Eng katta baxtsizlik vatan tuyğusidan mosuvo bölişdir
“Maʼnaviy hayot” jurnali Boş muharriri, taniqli şoir, Özbekiston respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Eşqobil ŞUKUR bilan suhbat
— Eşqobil aka, jonajon Vatanimiz mustaqilligimizning 30 yilligini keng nişonlaş arafasidamiz. 30 yil ehtimol tarix oldida qisqa vaqtdir. Lekin bir inson taqdiri misolida u kiçik raqam emas. Ne-ne bobolarimiz Istiqlolni orzu qilgani uçun jon fido qilişgan axir. Ammo bugun ayrimlar Istiqlol neçoğlik ulkan baxt, naqadar uluğ saodat ekanligini u qadar anglamayotgandek…
— Yaqinda işim yuzasidan jadidlar faoliyatini biroz örgandim. Meni hayratga solgan narsa şu böldiki, ular millat va Vatan taraqqiyoti uçun özlarini şu darajada javobgar hisoblaganlarki, eng oilaparvar odam ham öz oilasi uçun bunça qayğurolmaydi. Bu yölda jon desa, joni kaftida, qon söralsa, qoni böğzida turgan ularning. Sarğaygan sahifalarni varaqlay turib, Vatanni qattiq seviş ularning qismati ekaniga amin bölasiz. Bu buyuk qismat! Kim nima desa desin, ularning ölimi ham yuzlab odamlarning hayotidan kuçli bölgan. Töğri aytasiz, pulini çangallab, özining qobiğidan narini körmay, pöpanak bosib, yurt tuyğusidan bebahra yurganlar qança. Eng katta baxtsizlik Vatan tuyğusidan mosuvo böliş desam, buni sira balandparvoz gapga yöymang. Haqiqatdan şunday. Bu tuyğudan mahrum qirq ming odamdan köra, könglida şu tuyğuni asrab-avaylab kelayotgan bitta odam afzal.
Elimizda juda oddiy, lekin juda muhim ikkita savol bor. Odatda biznikilar odamni taniş uçun şu ikki savolni beradilar. Ruslar bir qop tuz yedirib, odamni örgansa, özbeklar, uzoq gurunglarda odamni örganadi. Şu ikki savol odamning tarixini belgilaydi, könglining xaritasini ifodalaydi.
Bu savollar quyidagiça: 1. Kindik qoning qayerga tökilgan? 2. Ota-bobolaringning qabri qayerda? Bu ikki savol javobi zamirida inson yaşirinib yotadi.
Har narsaning qadrini biliş uçun şubhasiz uning mohiyatini anglaş kerak. Mustaqillikning mohiyatini maʼrifatsiz anglab bölmaydi. Çunki maʼrifatsiz mustaqillikning özi bölmaydi, bölgan taqdirda ham u mustaqillik emas, qullikning boşqa şaklidagi körinişi böladi xolos. Siz aytayotgan muammo – mustaqillikning qadriga yetiş muammosi köpçilik ziyolilarni taşvişga soladi. Istiqlolga biz osonlikça erişganimiz yöq. Bir yuz öttiz yil davomida köp qurbonlar berildi. Juda köp. Tarixga bir qur nazar solsangiz yurak titrab ketadi. Ular ham siz bilan biz kabi orzumand odamlar edi. Aksariyatining bolalari ortidan izillab qolaverdi. Qatağon qilindi, öldirildi, otildi, xörlandi, mahv etildi. Mana şu yetti sözlik jumlaning ortiga bir qarang. Uyoğda azoblar, uqubatlar, iztiroblar hasratlar qon qusib yotibdi. Millat gullari kallaklab taşlandi. Tirik qolganlari ham insonday erkin yaşay olişmadi. Naim aka (akademik Naim Karimov. Tahr.) aytardi: “Mirtemir aka qarib qolganda ham erta-indin meni olib ketişsa kerak degan vahima bilan yaşardi” deb. Şukrki, tovonidan çaqmoq çaqnaydigan dunyoga çiqayotgan ilm-maʼrifatli yoşlarimiz bor. Lekin, baʼzi yoşlarning mustaqillikka qaraşini körib xafa bölib ketasan. Ularning orasida mustaqillik haqida tuzukroq öylab körmaydiganlari ham bor. Bor şundaylar. Mustaqillikka jön qaraş Vatanga jön qaraş bilan barobar. Zero, istiqlol bizning hayotimiz, taqdirimiz.
— Adabiyot va ijod haqida çuqurroq, teranroq fikrlaringiz bilan örtoqlaşsangiz. Hamma zamonlarda ham millatning şoiru yozuvçisi uning dardini, fojialarini, oğriqlarini qalamga olgan. Bunga özbek va jahon adabiyotidan misollar bisyor. Ijodkorlar kerak bölsa jamiyatning asl yuzini oçib bergan, lekin hamdu sano bilan şuğullanmagan. Ular millatning buguni emas, balki ertasini öylagan. Özbek adabiyotida, keyingi 25-30 yilni oladigan bölsak, millatning yuzini, özbekning dardu-taşvişini yoritgan asarlar köp emasdek. Yoki xalqçil asarlar köp yozilyapti-yu, jamoatçilik, kitobxonlarimizning buni anglab olişi qiyin keçyaptimi? Yaʼni, asl “Adabiyot nadir?” va sizningça bugungi adabiyot qanaqadir?
— Yaxşi asarlar yaratilmayapti degan gapga unçalik qöşilmayman. Ozmi-köpmi, bor bunday asarlar. Faqat ommaning ehtiyojlari keskin özgarib borayapti, töğriroği, maydalaşyapti. Adabiyotdan köra, boşi-oxiri yöq seriallarga, köpçigan şov-şuvlarga ehtiyoj kuçaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil oldi-qoçdi, mayda-çuyda gaplar köplarni yuksak xayollardan, tafakkurdan, did va farosatdan uzoqlaştirib yuborayapti. Balzakning bir gapi bor: “Odamlarning mayda-çuyda gaplari har qanday dahoni görga tiqadi” degan. Bizda esa aksariyat ayni şu mayda-çuydalarga şaydo, oldi-qoçdilarga mahliyo. Gurunglaşib köring, ular şundan nariga ötolmaydi. 9-10-sinflarda öqib yurgan kezlarimni eslasam… Maktabdan söng doimo paxta dalasida bölardik. Işlardik. Lekin şunda ham hamma öqirdi. Öşa vaqtlarda bitta qissami, romanmi eʼlon qilinib qolsa, bu asarning yaxşi-yomonligidan qatʼi nazar, hammaning undan xabari bölardi. Aʼloçilarni-ku qöyavering, hatto bilmasvoylar ham öşa kitoblarni öqirdi.
Haqiqiy adabiyot bor, bozor adabiyoti bor. Bozor adabiyotiday sur adabiyot bölmas ekan, imkonini topsa, Navoiy yo Qodiriyni bir çetga surib taşlaşdan ham toymaydi. Buniyam körayapmiz. Abdulla akaning soxta şoirlarga qarata mayli yuraverginu lekin “Asl nusxaman deb dod solmasang bas” degan gapi bor. Holbuki bunday dod kundan kun köpayib borayapti. Tilsiz, tafakkursiz, didsiz asarlar paydo bölayapti. Hali past-balandni bilmagan bolalarimiz esa kitob degani şu ekan deb çiroyli muqovalangan “çiqindi”larni jimgina qabul qilişyapti, göyo tort qutisining içiga axlat tiqilganday… Yomon kitob şaytonning farişta libosida körinişiday gap. Bundan ehtiyot böliş kerak.
Prezidentimiz adabiyotga qançalik jiddiy eʼtibor bilan qarayotganiga, bu borada katta işlarni amalga oşirganiga hammamiz guvohmiz. Lekin özimiz, yaʼni yozuvçi şoirlar adabiyotga qanday qarayapmiz? Bu jiddiy savol. Şu savolni har birimiz özimizga berib körsak yaxşi bölardi.
— Ötgan asrda katta şoir-yozuvçilarimiz qaynoq asarlar bitibgina qolmay, publitsist sifatida ham maydonga çiqqan. Ularning muşohadaga undovçi, tahliliy-tanqidiy, oğriqli mavzular kötarilgan maqolalarini öqiganmiz. Yangi Özbekistonning buguni, qolaversa, sönggi 5 yilda amalga oşirilgan olamşumul işlarni, yon-atrofda keçayotgan özgarişu voqea-hodisalarni nega ziyolilarimiz qalamga olmayapti hisob? Onda-sonda nimadirlar eʼlon qilinadi, ammo toş bosadigan publitsistika juda oz. Xususan özingizda ham. Vaqt yetmayaptimi yoki boşqa sabablar bormi?
— Ha, deyarli hamma uluğlarimiz publitsistika bilan şuğullangan. Behbudiy, Çölpon, Fitrat, Qodiriylardan tortib, keyingi davr peşvolari Abdula Oripov, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyevalar hammasi muhim muammolar kötarilgan köplab maqolalar yozişgan. Heç narsaga befarq qaraşmagan. Uyğoqlik degani şu. Mustaqillik arafasida Xurşid Davronning “Bosqinçilik qahramonlik böladimi?”, Şavkat Rahmonning “Maxfiya”, Erkin Aʼzamning “Tafakkur” jurnalidagi “Muharrir minbari”dagi maqolalari har biri katta taʼsirga ega bölgan çiqişlar edi. Maqolani eʼlon qiliş oğir edi. U paytlar senzura qattiq işlardi.
Televideniyega endi işga kirganimda “Muşoira” degan körsatuvni tayyorlardim. Körsatuv körigidan söng direktor örinbosari – Opa meni kabinetiga çaqirib, körsatuvdan “Şukrulloning “Ona duosi” degan şeʼrini olib taşlang!” deb buyurdi. Men negaligini sörasam, u “Agar eplasangiz şeʼrdagi hamma “duo” degan sözni olib taşlab, beravering, faqat “ona duosi” degan gap efirga ketib qolmasin. Çunki, “Ona duosi” deb bersak, dinni tarğib qilgan bölamiz!” degan. Holbuki şeʼrda “duo” sözi köp edi, qofiyalar ham şunga boğliq edi. Yana bir voqea “Saodat” jurnalida işlab yurganimda bir maqola yuzasidan senzor çaqirdi. Bordim. Senzor juda tund odam edi. U qovoğidan qor yoğib: “Maqolada avtor “Tunda ğamgin kezaman” deb yozibdi. Bu gapning tagida qanday maʼno yotganini bilasizmi?” dedi. Men: “Ha endi tunda kezib yurgan bölsa, nimalarnidir eslaydi, xotirlaydi, şunga şunday yozgan-da” dedim. Senzor yana-da tundlaşib: “Yöq, bilmabsiz. Avtor bu yerda jamiyatdan norozi ekanligini sezdirib qöyayapti. U jamiyatdan norozi! Şuning uçun tunda ğamgin kezayapti” dedi. Men unga kesatib: “U holda avtorning şu gapini “Tunda öynab kezaman” deb özgartirib qöyamiz-da” desam, u qoşini çimirib, “Şunday deb özgartirib qöying!” dedi. Yana bir gal jurnalda berilayotgan “Nafsingiz bilan uruşda böling!” degan hadis masalasida meni öşa senzor çaqirtirgan va menga “Siz odamlarni uruşga daʼvat qilayapsizmi” deb iddao qilgan. Men tuşuntirişga harakat qildim: “Nafsingiz bilan uruşda böling” degani harom-xarişdan yiroq böling, öğirlik qilmang, birovning haqqini yemang, nafsingizni tiyib yuring, degani. Buning nimasi yomon desam, u: “Unda “uruşda” sözini olib taşlang!” degan. Tasavvur qiling: “Nafsingiz bilan uruşda böling” degan gapdan “uruşda” sözini olib taşlasak, nima qoladi? Körayapsizmi, ular hatto payğambar sözlarini özgartirişga majburlaşar edi. Bunday misollarni juda köp keltiriş mumkin. Şunday vaziyatda ham ustozlarimiz millat dardini aytişning yölini topişgan.
Publitsistika yoziş badiiy asar yoziş kabi özining qatʼiy talablariga ega. Qolaversa, yozuvçi Şaxslikka daʼvogar ekan, uning munosabati ham şunga yaraşa bölişi kerak.
Ijodkorning har bir narsaga öz munosabati bor. Faqat erinçoqlik qilmasdan yoziş kerak. Mamlakatimizda sönggi tört yilda amalga oşirilgan işlar va özgarişlar haqida publitsistik maqolalar kam bölsa-da yozilayapti. Men özim ham yigirmaga yaqin maqolalar yozdim va eʼlon qildim. “XXI asr öylari”, “Ona tilimizning abadiyati nima bilan kafolatlanadi?”, “Elsizlik bu yölsizlikdir”, “Xalq va tarix tili”, “Jiddiy va alamli bir savol”, “Tarixni şamolga muhrlab bölmaydi”, “Xalq qalbi bilan öynaşmang” kabi maqolalarim şular jumlasidandir. Özgarişlar va yangilanişlarga öz munosabatini bildirayotgan adib va şoirlarimiz bor. Lekin ularni öqiş qanday keçayapti? Endi bu boşqa masala.
— “Maʼnaviy hayot” jurnalining boş muharririsiz. Bizda bugun eng global muammo — MAʼNAVIYAT. Töğri, havas qiladigan yoşlarimiz albatta köp, lekin havas qilolmaydigan yoşlarimiz judayam köp! Deylik, jurnal juda katta maşaqqat bilan çop etilyapti. Saviyali, mazmuni toş bosadigan materiallar eʼlon qiliş uçun tahririyat xodimlari sidqidildan harakat qilayotganiga guvohmiz. Ammo boşqa bosma naşrlar singari uning ham öquvçisi juda kam. Gazeta-jurnal öqimaydigan avlod ertaga kim bölib yetişadi?
— Meni buyuk anʼana va qadriyatlarga nisbatan jön qaraşlar, soxta munosabatlar, balandparvoz ölik gaplar, prujinasifat tutumlar xavotirga soladi.
Keyingi qirq yil içida dunyo butunlay özgardi. Bu qaltis şitobga nafosat va gözallikning bardoşi yetmayapti. Adabiyot, tasviriy sanʼat, musiqa kabi nafis sanʼatlarga oğir bölayapti. Deylik, musiqa sanʼati örnini had-hududsiz şovqin-suron egallaşi ham şundan. Bir qarasangiz hammasi zör, hammasi aʼlo! Odam özining maişati uçun beqiyos imkoniyatlarni yaratdi. Qoyil! Lekin şuning barobarida maʼnodan uzoqlaşiş jarayoni tezlaşib ketdi, ona tabiatga zulm kuçaydi. Otalar va bolalar, onalar va qizlar, akalar va ukalar, opalar va singillar, qöni-qöşnilar munosabatlarida xatarli inqiloblar sodir böldi. Darvoqe, orada har narsada inqilob yasaş modaga aylandi. Bu kiyinişdan, yeb-içişdan tortib, katta madaniyatlargaça öpirilişlarni keltirib çiqardi. Ozarbayjon şoiri Salomning bir şeʼri bor: Bizga inqiloblar kerakmas, yetar! Xalqni uyğotiş degani unga uyqu bermaslik degani emas.
Meni yana bir narsa öylantiradi. Baʼzi odamlar şu yurtimizda voyaga yetişadi, mablağ topişadi, şu yerda boyişadi, puli köpaygaç qaysidir davlatga köçib ketişadi. Keyin uyoğlardan gap-sözlarini eşitsangiz, gap ohangida vatanga bepisandlik sezilib turadi. Men bu örinda kimlargadir yo qaysidir guruhlarga bepisandlik emas, ularning aynan vatanga va xalqqa, qadriyatlarimizga nisbatan bepisandligi haqida aytayapman. Baʼzilari yurtimizga yetti yot begona yurtga qaraganday qaraşadi. Axir ota-bobolaringning xoki şu yerda yotgan bölsa, sen qaydasan? Yaqinda şunday bir ayol nomaʼqul suratini ommaga eʼlon qilib, keyin bu holga jamoatning noroziligiga nisbatan iddao qilganini körib, bepisandlik ham evi bilan-da deb öyladim.
Yurtdan uzoqda yaşaş mumkin. Bunga heç kim qarşi emas. Baʼzan vaziyat yo taqdir ham buni taqozo qilişi mumkin. Çetda yaşab ham vataniga sidqidildan xizmat qilayotganlar bor. Muhimi, odam qayda bölmasin könglida vatanini olib yurişi şart. Çunki Vatan degani faqat yaşaş joyi emas, şunçaki uxlab turadigan, ovqatlanadigan omonat boşpana ham emas, unda har bir odamning tarixi, qonidagi keçmişlari, imon-eʼtiqodi, tayanç tuyğulari, hayot tomirlari, xullas, insonni inson sifatida tutib turuvçi hamma narsa mujassam.
Vatandan olisda yaşaş vatansizlikka olib bormasligi kerak.
Vatansizlik yomon. Millatining tayini yöq degan gapdan Xudo asrasin, bu juda xunuk gap. Özingiz öylab köring, millatsiz, vatansiz yaşaş mumkinmi? Aslo! Balki men eskiça qaraşlar odamidirman, lekin buni tasavvur qilolmayman. Vatansiz va millatsiz hayotning menga keragi yöq. Men bobolarim va momolarimning ruhi menda yaşayotganini, ular şu vatanning tuproğiga aylanganini, oyoqlarim ostida poyi patagim bölib, “Bolam qadamingni töğri bos” deb turganlarini eşitişim kerak. Heç qaçon vatanni oyoq osti qilişlariga yöl qöymang.
“Maʼnaviy hayot” jurnali haqida iliq gaplar aytdingiz. Rahmat. Taʼkidlaganingizday, bugungi kunda maʼnaviyat – global muammo! Yuqorida siz bilan gaplaşgan gaplarimizning hammasi bugungi maʼnaviy jarayonlar bilan boğliq. Jurnalning saviyasi uçun qölimizdan kelganiça harakat qilayapmiz. Har bir jumlani qayta-qayta köramiz. Hozir jurnalni maktablarga yetkaziş böyiça harakatlar ketayapti. Endi yanada qattiqroq işlaşga töğri keladi. Maqsadimiz aniq: saviya, did va fikr.
— Yaxşi bilasiz, bugun ming afsuski, bosma naşrlarga eʼtibor ança susaygan. Sizningça, matbuotning bugungi ahvoliga, obunaçilar yöqligiga va odamlar nega gazeta-jurnallardan uzoqlaşib ketganiga asosiy sabab nimada?
— Men bu haqda aytdim. Ommaviy ehtiyoj köp narsani hal qilar ekan. Lekin jamiyat öz ehtiyojlarini ham taftiş qilib turişi kerak ekan. Yaʼni, bu ehtiyojlar zaminida nimalar yotibdi, ular haqiqatan hayotiy ehtiyojmi yo şunçaki oçköz vasvasalarmi? Narkotik ham kimlar uçundir ehtiyoj. Odam şunday jumboqki, qöyib bersangiz, jaholatga ham ehtiyoj sezib qoladi. Şoir Fitratning bir şeʼrini juda yaxşi köraman. Unda şunday alamli satr bor: Oşang, afandilar, oşang, bu xoin iştaha sizniki!
Bundan bir neça yil avval nafaqat gazeta-jurnallar, hatto kitobga ehtiyoj sönib qoldi. Özi badiiy kitoblar kerakmi, yozuvçi va şoirlarning jamiyatga keragi bormi deganday qaraşlar ham paydo böldi. Biz buni kördik, alamini tortdik. Baʼzi joylarda “Nima iş qilasiz?” degan savolga “Yozuvçi yo şoirman” deb javob bersangiz, “Bular özi nima qilib yurişadi?” maʼnosida sovuq qaraşlarni ham kördik. Şunday vaziyatga kelib qolganimizda Prezidentimiz katta miqyosda kitob va mutolaa madaniyati masalasini kötardi, adabiyotning hurmatini tiklab qöydi, taraqqiyot maʼrifatsiz amalga oşmasligi, maʼrifat esa kitobdan olinişi ğoyasini ilgari surdi.
Tinimsiz serial körayotgan yo ijtimoiy tarmoqlarda oldi-qoçdilar izidan quvib yurgan odamning dunyoqaraşi bilan gazeta-jurnal yo kitob varaqlayotgan odamning dunyoqaraşida osmon bilan yerça farq bor. Lekin odamlarning gazeta-jurnallardan uzoqlaşuviga boşqa sabablar ham borki, bu bevosita naşrlarning özi bilan ham boğliq. Orada maʼlum bir muddat naşrlardagi bir xillik, haddan taşqari rasmiylik, bir-birini takrorlaş öquvçilarni bezdirgan. Lekin söz erkinligi şarofati bilan hozir gazeta-jurnallarimizda özgarişlar bölayapti. Endi öquvçilar avvalgi kayfiyat bilan emas, hafsala bilan gazeta va jurnallarni varaqlab körsalar, özlari uçun nimalarnidir olişi mumkin. Lekin jurnalist kadrlar masalasida, tahrir va til masalasida bir jahon gaplarim bor edi-yu, boşlasam, bir gazetaga siğmaydi. Alamlisi, baʼzan otini töğri yozolmaydiganlar özini jurnalist deb eʼlon qilişyapti. Holbuki, matbuot jamiyatning, madaniyatning şaffof oynasi bölib qolişi kerak.
Abdurasul JUMAQUL suhbatlaşdi.
