Özbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI QURBON HAYITINI NIŞONLAŞ TÖĞRISIDA

Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bölgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va özaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirişdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni uluğlaş maqsadida:

  1. 1. Özbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinçi kuni 20 iyul – seşanbaga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 maydagi “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi PF–6122-son Farmoniga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi PF–6222-son Farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari ham dam oliş kunlari sifatida belgilanganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.

  1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravişda oila davrasida ötkaziş afzalligi haqida keng tuşuntiriş işlarini amalga oşirsin.
  2. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni yoritiş tavsiya etilsin.
  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2021 yil 13 iyul

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan