YANGI QONUN — YANGI IMKONIYATLAR
Endi fuqarolar va yuridik şaxslar tegişli huquqlari buzilganligi yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga şikoyat bilan murojaat qilişi mumkin
Har bir inson kelajakka umid bilan yaşaydi. Özi yaşayotgan jamiyatning, davlatning huquqiy poydevorini mustahkam qurişga harakat qiladi.
Özbekiston Respublikasi mustaqilligining birinçi kunlaridan mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etiş, şuningdek, qonun ustuvorligini taʼminlaşga muhim vazifa sifatida qarab kelinmoqda.Bu borada ayniqsa, davlat hokimiyatining mustaqil tarmoği bölgan sud tizimining örni va ahamiyatini yanada oşiriş, inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş borasida ulkan işlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Mamlakatda Konstitutsiya va qonun ustuvorligining qaror topişi, huquqiy davlat asoslarining mutahkamlanişi, konstitusiyaviy qonuniylik taʼminlanişi uçun Konstitutsiyaning barqarorligi, uning normalariga oğişmay rioya qilinişi muhim ahamiyatga ega.
Bu köp jihatdan Konstitutsiyaviy sud tomonidan konstitutsiyaviy nazorat faoliyatining amalga oşirilişi bilan boğliqdir.
Sönggi yillarda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida mamlakatimizda sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlaş borasida sezilarli özgarişlar amalga oşirilmoqda. Sud hokimiyati eski davrdagi jazolovçi organdan inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişi lozim bölgan, jamiyatda adolat tamoyilining qaror topişida nafaqat qonun hujjatlari tarğibotini, davlat hokimiyatining mustaqil tarmoği sifatida faoliyat yuritmoqda.
Taʼkidlaş joizki, dunyo hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotgan Yangi Özbekistonda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan fuqarolarning odil sudlovga işonçi ortişiga erişiş, sud hokimiyatining amalda mustaqilligini taʼminlaş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş borasida islohotlarning yangi davriga asos solindi.
Bunda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz sud-huquq tizimini isloh qilişda muhim asos bölib xizmat qilayotganligini alohida qayd etiş joiz.
2021 yilning 27 aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi yangi Konstitutsiyaviy qonunning imzolanişi va kuçga kirişi bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatida yangi davr boşlandi, desak mubolağa bölmaydi.
Davlatimiz rahbarining Özbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir” maʼruzasida taʼkilanganidek, “Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etiş uçun biz hayotimizning barça jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuçaytirişimiz zarur.
Bu esa pirovard natijada inson huquq va erkinliklarini, uning şaʼni, qadr-qimmati, mol-mulkining daxlsizligini saqlaş, fuqarolarning mehnat qiliş, taʼlim oliş, tibbiy yordamdan foydalaniş kabi eng asosiy huquqlarini töla taʼminlaş imkonini beradi”. Uşbu vazifalar “Özbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi töğrisida”gi yangi Konstitutsiyaviy qonunini işlab çiqiş va qabul qilinişida muhim omil böldi.
“Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun 101 moddani öz içiga olgan ön uçta bobdan iborat. Taqqoslaş uçun: avvalgi Qonun – 5 bob, 45 moddadan iborat edi. Bu, avvalo, mazkur organ faoliyatining kengayişi bilan boğliqdir.
Yangi qonun Konstitutsiyaviy sud faoliyatining samaradorligini va nufuzini oşiriş, mustaqilligini yanada mustahkamlaş, vakolatlarini kengaytiriş, uni şakllantiriş tartibini yanada demokratlaştiriş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Qonunda Konstitutsiyaviy sudda iş yuritişning barça protsessual bosqiçlari, yaʼni murojaatlarni dastlabki tarzda körib çiqiş va örganiş, işni köriş uçun qabul qiliş, sud işlarini yuritiş iştirokçilari hamda ularning huquq va majburiyatlari, sud muhokamasi, sudning qarorlari, sud majlisining bayonnomasi va boşqa harakatlarni belgilangani mazkur organning faoliyat kölami va nufuzini yanada oşirişi şubhasiz.
Şuningdek, Konstitutsiyaviy sudga masala kiritiş huquqiga ega bölgan subʼyektlar doirasi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvçi taşkilotlar — Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy markazi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil (Biznes ombudsman), Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil hisobiga yanada kengaydi.
Konstitutsiyaviy qonunning asosiy yangiliklaridan biri – fuqarolar va yuridik şaxslarga muayyan işda qöllangan qonunga binoan ularning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganligi yuzasidan şikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqi berildi. Uşbu mexanizmni joriy etiş Konstitutsiyaning 44-moddasida mustahkamlab qöyilgan har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilişni işonçli kafolatlaşga xizmat qiladi. Agar qonun fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bölsa, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda körilişi tugallangan muayyan işda qöllanilgan bölsa va sudda himoya qilişning barça boşqa vositalaridan foydalanib bölingan bölsa, fuqarolar va yuridik şaxslar qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşiriş töğrisidagi şikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etişga haqlidir.
Taʼkidlaş joizki, avval fuqarolar va yuridik şaxslarga bunday huquq berilmagan edi. “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi yangi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinişi inson huquqlarini himoya qiliş tizimida Konstitutsiyaviy sudning rolini yanada oşiriş, uning faoliyatini takomillaştiriş, fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini işonçli himoya qiliş, konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlaş, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Saodat MUHAMEDOVA,
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining eksperti.
