VAKSINATSIYA: MIŞ-MIŞLARGA IŞONMANG!

Butun dunyoda özining misli körilmagan salbiy oqibatlari bilan davom etayotgan koronavirus balosi mana, ikkinçi yildirki davom etmoqda. Bu ofat hali yana qança davom etadi, vaqtlar ötib butunlay yöqolib ketadimi, insoniyat undan töla xalos böladimi yoxud doimiy “ehtiyotimizni qilib” yurişimizga töğri keladimi, aniq bir narsa deyiş qiyin. Şu narsa aniqki, koronavirus kasalligi böyiça dunyodagi vaziyat hamon murakkabligiça saqlanib turibdi. Bugun Yer yuzida koronavirusga çalinganlar soni 194 milliondan oşdi. Ayni paytda kasallik tasdiqlangan holatlar böyiça hamon AQŞ birinçi örinda. U yerda hozirgaça 34,44 milliondan ortiq kişi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan.
Keyingi oğir holat Hindiston (31,4 milliondan ortiq), Braziliya (19,7 milliondan ortiq), Rossiya (6,2 milliondan ortiq), Fransiya (5,9 milliondan ortiq) kabi davlatlarda qayd etilgan.
Mamlakatimizda ham ayni kunlarda afsuski, pandemiya boşlangandan beri koronavirusdan kunlik kasallaniş bö­yiça eng yuqori antirekord qayd etildi. Joriy yilning 26 iyul holatiga köra, kasallik aniqlanganlar soni 125784 (+789) nafarni taşkil etmoqda. Bundan taşqari, bir kun davomida 521 nafar kişida pnevmoniya aniqlangan. Şuningdek, 6 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 845 nafarni taşkil etdi.
Birdan bir çora esa hozirça kasallikka qarşi turadigan himoya — unga qarşi vaksina qabul qiliş bölib qolmoqda.
Davlatimiz rahbari şu yilning 23 iyulida bölib ötgan videoselektor yiğilişida joriy yilning avgust oyida AQŞda işlab çiqilgan koronavirusga qarşi vaksinadan 3 million doza res­publikamizga olib kelinişi haqida gapirib ötgan edi.
Darhaqiqat, Amerika Qöşma Ştatlarida işlab çiqarilgan “Moderna” vaksinasidan 3 million 60 ming doza vaksina COVAX jamğarmasi doirasida respublikamizga olib kelinişi kutilmoqda. “Moderna” vaksinasi (m-RNK-1273) AQŞning biotexnologiya kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Vaksina COVID-19 ga nisbatan samarador deb baholangan va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan koronavirus pandemiyasi bilan boğliq favqulodda holatlarda qöllaşga tavsiya qilingan.
Mazkur vaksinani ham 18 yoşdan katta bölgan barça aholi qatlami orasida qöllaş mumkin. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasida uşbu vaksina işlab çiqaruvçi taşkilotning yorliği (eslatmasi)ga muvofiq, 18 yoşdan katta bölgan aholi qatlami orasida işlatiladi.
Vaksina 28 kun oraliq bilan ikki marotaba yelkadagi deltasimon muşak orasiga 0,5 ml miqdorida yuboriş (emlaş) orqali amalga oşiriladi.
Jons Xopkins universitetining söng­­gi maʼlumotlariga köra, dunyo böyiça hozirgaça koronavirusga qarşi 3 milliard 885 milliondan ortiq doza vaksina qöllanilgan.
Aytiş joizki, bugun kasallikka qarşi emlaş — vaksina qabul qiliş dunyoning barça davlatlarida jadal amalga oşirilmoqda.
Misol uçun, Yaponiyada.
Bu yurtda aholining aksar qismi emlab bölingan. Bu jarayonda yetakçilik qilayotgan Xitoy, Hindiston, AQŞ, Braziliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, BAA, Fransiya, Turkiya, Italiya kabi rivoj­langan mamlakatlarda ham aholi ong­­li ravişda jadal amalga oşirilmoqda. Lekin kasallikka emlaş bilan boğliq holatlarga bilib-bilmay ijtimoiy tarmoqlarda turli noörin gap-sözlar, qarşi talqinlar ham davom etayotgani sir emas. Bu esa fuqarolarning notöğri tuşunçaga ega bölişiga sabab bölayotgani sir emas. Jumladan, yurtdoşlarimizdan biri quyidagiça savol bilan murojaat qilgan:
“Ijtimoiy tarmoqlarda “bemorning yelkasidagi deltasimon muşagidan magnit bilan metall parçasini tortib köriş, keyin uni lezviya bilan kesib çiqarib olib, vaksina bilan organizmga kiritilayotgan “çip” sifatida talqin qiliş holati” namoyiş etilayapti. Şunga munosabat bildirişingizni söraymiz”.
Nima emiş, şunday qilib, yaʼni uşbu videolavha “taşviqoti”da aytilişiça, emlaş bahonasida odam organizmiga “çip” qöyilib, uni şu tariqa boşqariş közda tutilayotgan ekan.
Bu gapga kulişni ham, kuyişni ham bilmaysan kişi. Juda mantiqsiz. Ozgina tafakkuri bor har qanday odam darrov fahmlay oladi.
Qolaversa, uşbu videolavhani men ham tomoşa qildim. Nazarimda qaçondir behosdan kirib ketgan metall parçasini çiqarib oliş jarayonini namoyiş etişgan. Mualliflar zinhor bu lavhani boşqa maqsadda yozib olişmagan. Faqat uni koronavirusga qarşi emlaniş bilan boğlaş, boşqa şaxslarning taşabbusidangina iborat. Tabiatda suyuq metall faqat simob bölişi mumkin, boş­­qa metallarni (deylik temir) erigan holda organizmga kiritib, keyin qotgan holga aylantiriş mumkin emas. Temirni organizmga eritib (qanday haroratda eriydi) organizmga kiritişni tasavvur qilib köring. Agar videoda namoyiş etilgandek jismni organizmga kiritmoqçi bölsangiz, unda ignaning diametri kamida şarikli ruçkaning sterjnidek bölişi kerak. Lekin koronavirusga emlanayotgan vaksina oddiy şprits orqali yönaltiriladi-ku! Şundan ham körinadiki, har bir inson, avvalo, mutaxassis maslahatiga qatʼiy amal qiladigan bölsa, aslo adaşmaydi.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimiz hududlari böylab 212 665 doza COVID-19ga qarşi vaksina qöllanildi. Ulardan:
1-bosqiç emlanganlar 145 826 nafarni;
2-bosqiç emlanganlar 44 907 nafarni;
3-bosqiç emlanganlar 21 932 nafarni taşkil etadi.
Ayni paytgaça respublikamizda jami 6 551 554 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqiç emlanganlar 4 201 493 nafarni;
2-bosqiçda emlanganlar 1 693 153 nafarni;
3-bosqiç emlanganlar 656 908 nafarni taşkil qildi.
Demak, şu kungaça töliq emlangan yurtdoşlarimiz 1 099 618 nafarga yetdi.
Ammo keyingi paytlarda yurtdoşlarimizning köpçiligi köçada niqobsiz yurganiga guvoh bölişimiz mumkin. Ayrimlar esa azbaroyi jarima solişmasin, deb niqobni iyagiga tuşirib olgan. Ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz aql örgatadiganlar serob. Odamlarni uyga “qamaş”, qatʼiy karantin çeklovlarini amalga oşiriş lozimligini uqtirayotganlar qança. “Davlat qayoqqa qarayapti?”, “Maxsus komissiya nima iş bilan şuğullanyapti?” deb bong urayotganlar köpaymoqda.
Lekin öylab köraylik: salomatligimizni, birinçi galda özimiz qadrlamas ekanmiz, ayni şaroitda majburiy çek­lovlardan biror natijaga erişişimiz mumkinmi? Şuni unutmasligimiz kerakki, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq dunyodagi pandemik vaziyatni barqarorlaştiradigan, unga qarşi samarali yeçim — vaksinadan köra işonçli vosita yöqligini körsatmoqda.
Töğri, emlangandan keyin ham virusni yana qayta yuqtirmaslikka töliq kafolat beriş qiyindir. Ammo aynan emlangan fuqarolar kasallik alomatlarini ança yengil ötkazayotganligini eʼtiborga oliş kerak.
Şunday ekan, yurtdoşlarimizdan koronavirusga qarşi vaksinalar olişda turli asossiz miş-mişlarga işonib qolmasliklarini sörar edik.
Nurmat OTABEKOV,
Respublika Sanitariya epidemiologiya osoyiştalik markazi va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari.
Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan