Ekran orqali asabni qaqşatmang!
Bugungi kunda aholining köpçilik qismi har kuni, ayniqsa dam oliş kunlarini televizor qarşisida turli köngiloçar körsatuvlar namoyişini muştoqlik bilan kutişadi. Ayniqsa, keksa yoşdagi insonlarimiz bunga köp vaqtlarini sarflaşadi. Özbekiston televideniyesining deyarli barça kanallarida keyingi paytlarda turli kasalliklarga şifo böluvçi biologik faol qöşimçalar “dori”larning reklamalari va ular haqida yollangan mutaxassislarning fikrlari köpçilikning asabiga tega boşladi.
Ayniqsa, “Guanjou” klinikasini maqtovçi roliklar tomoşabinning şunçalik asabiga tegadiki, göyo salomat yurgan odamni ham kasal qilişgaça undaşayotgandek! U yerda, yaʼni rekalamada iştirok etayotgan kasallarning klinika haqidagi maqtovlari yoki özlarining orttirgan kasalligiyu, bu yerdan olgan davosi haqidagi beöxşov musiqa ortidan sözlaşlari tomoşabinning asablarini qaqşatadi. Yoşgina juvonning gap-sözlarini eşitib, xotin-qizlarimiz şunçalik dardçil yoki hamma aʼzolari şikastlanganmikan deb, öylaysan. Uning barçani şu klinikaga “lutfan taklif etişi” esa yanada ötib tuşadi.
Eʼtibor qiling, mana millionlab yurtdoşlarimizga nima deyilmoqda:
“Guanjou”—zör! Sizlarning ham bu yerga kelişingizni taklif qilamiz!”
Astahfirulloh! Sizlar ham kasal bölib, şu şifoxonaga kelinglar, deyaptimi?
Axir, özi koronavirus hammaning tinka-madorini quritgani yetmaydimi, endi yana “Guanjou”ga borib yotsinmi hamma?!
Yaxşimi, zörmi, kasalxona — kasalxona. Bu joy bir dam oliş sihatgohi yoki teatr emaski, hammani taklif qilsang.
Nima bölayapti özi? Şunça odam, ming-ming xodim işlaydigan Milliy teleradiokompaniyada xato, ğaliz ketgan gaplarni özgartiradigan, tahrir qiladigan, qöpol qilib aytsak, körib beradigan nahotki biror kişi topilmasa?! Yo pulini olgandan keyin nima bölsa ham, şu reklama tayyorlab uzatilsa, böldimikan? Bu yoqda 35 millionli xalq-çi, uni kim öylaydi?
Bundan taşqari, özining xastaligi, hatto gemoroyi köp azob berişini butun xalqning oldida gapirayotgan otaxonlarni körib, tavba deb yuborging keladi. Andişa qayoqda qoldi, otaxon?
Ayniqsa, turli biologik faol qöşimçalarini reklama qiliş esa bundan ötadi. Ayni, körsatuv yoki badiiy filmlar namoyişi, sport musobaqalari namoyişi orasida körsatuvni uzib tomoşabinni 10-15 minutlab bir mahsulotni ertayu keç namoyiş etişi, isteʼmolçining asablarini öynatiş kimga kerak bölib qoldi. Yoki bunday klinikalarning mablağlari Aliboboning xazinasidek uyulib yotibdi-mi? Bu kimlarningdir manfaatini közlab qilinayotgan ğalati bir “reja”ga öxşaydi.
Taniqli jurnalist Baxtiyor Haydarovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan: “TV sohasining kuni “Guanjou…”ga qoldimi? Baçkanalik ham evi bilan-da! Pul uçun şunçalik past ketiladimi? Kap-katta erkak tomoşabinlarga közini löq qilib: “men grija, prostatit …” deb gap boşlasa, asab öynaydigan bölyapti. Reklamayam şunçalik bemaʼni böladimi? Bu—pul uçun xalq, maʼnaviyat, axloq, qonun-qoida — barisiga tupuriş…ga öxşaydi! Qolaversa, musulmonçilikda öz dardini elga dasturxon qilişdan qaytariladi…
— Bir tanişim insult olgandi. Ön kun davolandim bir çaqalik foydasi tegmadi,—dedi. Reklama şunçalik soxta bejalganki, “hoziroq qönğiroq qiling” deganiga balo bormi? Dorini bepul yetkazarmiş. Qaysi kanalga qarasang dorilar reklamasi avji taronasi. Göyoki, özbek xalqi dorisiz yaşasa, umri uziladigan darajada xunuk holat,—deb yozadi öz izohida taniqli ijodkor Öroz Haydar.
— Bu reklama roliklarini körib ança odam asab yoki qon bosimi kasalligini orttirib olişi aniq, bunday klinikalar pul işlab topişning antiqa usulini topişgan, har bir narsada meʼyor bölişi kerak, — deyişadi, jurnalistlar Oçil Tohir, Gulçehra Umarovalar ham öz izohlarida.
Maqsadimiz tanqid qiliş emas. Hamkasblarimiz töğri tuşunsin. Milliy televideniyemizda yaxşi özgarişlar ham yöq emas. Yaxşi, mazmunli va saviyasi yuqori körsatuvlar, şu jumladan reklama roliklari ham mavjud. Ammo… bu borada kamçiliklar juda yetarli. Yana bir masala: öylab köring, biz gazetada eʼlon qilingan, aytaylik, ötgan haftada çop etilgan maqolani nega bu hafta yana boşqatdan çop qilmaymiz? Axir, uni kimdir öqisa öqidi, öqilmasa çetga taşlab qöydi. Bu hol tuşunarli.
Ammo TV kanallarida bitta kinoni har hafta takror-takror beriş bu odatiy holga aylandi. Bir paytlar TVda “Körsatuvlar dasturi” degan tuşunça bor edi. Hatto hamma “Programma” sotib olar edi. Hozir ham şu narsa yaʼni haftalik teledasturlar tayyorlanadimi, yöqmi, odam bilmay qoldi. Agar şunday bölsa, nahotki, qaysi kanal, qaysi körsatuv yo kinoni berayotganiga birrov qarab qöyilmasa?
Bir zamonlar bir kinofilm bir-ikki yilda bir bor namoyiş etilardi. Odam soğinib körardi. Hozir esa “Qaynona” filmini yoki “Dada”ni har oyda, har ikki haftadayam qayta-qayta körib ötiraverasiz. Savol tuğiladi, nimabalo kino yetişmaydimi, şu paytgaça dunyoda millionta kino işlangan emasmi? Yo, saralaş, namoyişga tayyorlaş uçun erinçoqlikmi bu?!
Reklamalar… reklamalar. Bu nafaqat Özbekiston Milliy teleradiokanallarida berilayotgan reklamalardagina emas, xususiy telekanallar ham aslo peş emas.
“Sosa-Sola” içimligining reklamasini körib, oçiği, şu ajoyib içimlikni sira içging kelmaydi. Unda: şahar, qaysi bir markaziy xiyobon. Bir soqolli öspirin devorga suyanib, xuddi bangi (ming uzr) singari turibdi. Söng bir dona kiçik şişali kolani oçadi-yu, yutoqib sipqoradi. Şundan söng bu içimlik unga şunday “taʼsir” qiladiki, u eşilib-eşilib bir nimabalo harakatlarga tuşib ketadi…
Yo alhazar! Şunday içimliklarni milliy ruhda, kayfiyatni kötaradigan tarzda tayyorlaş ham mumkin-ku! Yoxud faqat qanaqadir “ajnabiy” ruh bölişi kerakmi?
Tarbiyali, maʼnaviyatli kişi “E, reklamangdan” deydi-da, ahvol şu bölgaç.
Tomoşabinning asosiy vaqti beöxşov reklamalar körişga sarflanişini esa qöyavering. Aslida, har bir tijoriy roliklardan tomoşabinni bezdiriş emas, jalb qiliş sanʼatini qaçon egallaymiz?
Hikmatulloh QODIROV,
“Hurriyat” gazetasining
reklama va marketing bölimi mudiri
