“U KIŞI AXBOROT XIZMATIDAN EKAN…”

Viloyat miqyosida ötkazilgan bir tadbirda viloyatimiz televideniyesi, şahar-tuman gazetalari jurnalistlari hamda hokimliklarning axborot xizmati xodimlari bilan qatnaşdik. Barçamiz tadbir jarayonlarini kuzatib, maʼlumotlar töpladik. Ayrimlar onlayn yoritişga ham ulgurdi. Tadbir oxirlab, OAV vakillari bir-birimiz bilan viloyatdagi işlar haqida suhbatlaşib turganimizda başang kiyingan, öqimiş­lilarga öxşab daftar-ruçka uşlagan bir odam suhbatga qöşildi.

Barçamiz bilan söraşib, heç kimga yoqmaydigan soxta mulozamat körsatganidan keyin bitta xunuk tirjayib oldida, savol berdi:

— Sizlar qaysi taşkilotdansizlar?

— Viloyatning turli gazeta-jurnal jurnalistlarimiz, şu tadbirni yoritiş taklifi kiritilgan, — deya   suratkaşimiz Abror Esonov hammani birma-bir bu kişi mana bu gazetadan, bu kişi esa mana bu jurnaldan deb nomma-nom   taniştira boş­ladi.

Bularni eşitgaç, bizga hozirça notaniş odam viloyatimizda şunça çiqadigan narsalar bor ekanku bilmas ekanmizda, deya xuddi “Ötkan kunlar”- dagi Yusufbek hojining gapiga öxşatiş qilgandek, davom etdi. — Bizning tumandayam qaysidir gazeta çiqardi.

Hozir nomini eslolmayap­man, nima edi-ya… deb boşini qaşladi. Qiziqqonligim tutib uning ham iş jo­yini söradim. U oğzini töldirib falon tumanning axborot xizmatidanman, dedi. Eşitib, oğzimiz oçildi. Buning ustiga xotirasi ham “juda zör” ekan. Suratkaşimiz hozirgina taniştirişiga qaramay, yana mendan siz qaysi gazetdanman dedingiz, deb qayta söradi. Viloyat gazetasi muxbiriman dedim-u, bir-biridan qiziq savollar girdobida qoldim:

— Kimning gazeti u?

— Viloyat hokimligining boş naşrini bilmaysizmi, dedim taajjublanib.

— Işga endi keldim. Buyoğiga sekin-asta bilib olamanda. Qaçongi gazeta özi? Yangi çiqdimi?

— Aka, bu gazeta 1928 yildan buyon çiqadi. Özi birorta gazetani bilasizmi, dedim aççiğim çiqqanidan zörğa özimni bosib.

— Ha, bölmasam-çi. Köp gazeta va kitob öqiyman. Faqat internetda, şuning uçun nomlarini eslab qolişim qiyin böladi, dedi u.

Negadir şu tobda çuqur uf tordim, yuragim siqildi.

Şu orada safimizga “Mening yurtim” telekanali mikrafonini uşlagan singlimiz qöşildi. Uni körib boyagi akamizga boşqaça jon kirdi. Hovliqib:

— Keling, bir suratga tuşib olaylik. Televizordagilar bilan doim ham rasmga tuşiş nasib qilavermaydi. Maylimi, endi bir özim manavi mikrafoningizni uşlab tuşsam? Bu mening qaçongi orzuim, deb aylanib-örgilib özini suratga olaverdi-olaverdi. Bu ham yetmaganidek mikrafonni qayerda yasattirgansizlar, men ham özimga “axborot xizmati” deb yozilganidan tayyorlatib olaman, deb qöşimça qildi. Bularni kuzatib turgan hamkasblar ham bir-biriga qarab oldi-da, oğir xörsinişdi.

Nahot, hozir jurnalist böliş uçun öqiş ham şart bölmay qoldi. Çunki hatto özining hududidagi gazetalarni bilmaydiganlar ham hokim­liklarda işlab yurişsa?! Bitta qimmat telefondan sotib olib, xohlagan yozuvni qöyib, mikrafon yasatib olsangiz, böldimi? Çiroyli kastyum bilan “jurnalist”ga aylanasiz-qöyasiz. Yurişingizni ham şunga moslab biroz kibor bilan yursangiz yana ham aʼlo bölar ekan. Kim sizdan “tuman gazetasini bilasanmi, viloyat gazetasini bilasanmi?”, deb sörardi? Internetda kanal oçib, bilganingizni joylayverasiz. Bitta-yarimta sörab qolgunça çindan ham asta-sekin örganib olarsiz. Agar özingizni şunday aqqidek tutaversangiz, birov bir nima söramasa ham kerak.

Bu gaplarda aslo mubolağa yöq. Aksinça, bari haqiqat. Poytaxtga eng yaqin Toşkent viloyati tumanlarida mana şunday “mutaxassis”larning işlayotganidan töğrisi açiniblar ketdim. Boşqa yönalişda işlaganman, biroq jurnalistikaga eskitdan qiziqaman degan “axborot xizmati” vakilining kimligini, qaysi tumandan ekanligini aytardim, ammo seni gazetangni bilmagan faqat men ekanmi, ana falonçi ham bilmaydi, pistonçi ham bilmaydi deb ortiqça taʼna qilişini istamadim.

Qolaversa, kuzatuvlarim adaştirmasa, hozirgi ahvol şunday darajadaki, aynan axborot xizmatlariga kim özi, avval qayerda işlagan yo işlamagan, maʼlumoti qanaqa — bularning bari farqi yöqdek.

Bu holga qarab yo tovba, deysan-da. Nima, jurnalis­tika, axborot xizmatlari şu darajada “ikkilamçi” işga aylanib qoldimikan?

Aytgança, yuqoridagi akamiz öşa kuni tuşgan suratlarini internet tarmoqlariga ham joylagandir. Biroq hozirça közim tuşgani yöq. Balki bu suratni siz körib qolsangiz, “qahramonimiz”ning kim ekanligini ham anglarsiz.

Kamoliddin RÖZIMATOV.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan