Sarmoyador amaki, qaçon korxona qurasiz?
Biror işda işlab, topayotgan puliga köngli tölmagan beş odamning biri: “E, biznes qiliş kerak ekan. Şundan foyda ekan”, deydigan bölib qolgan hozir. Siz ham kuzatgan bölsangiz kerak. Şu xayol özingizning boşingizdan ham ötgan bölsa, ajabmas.
Qani, ayting-çi, bugun yurtimizda qaysi biznes eng köp rivoj topib bormoqda? Qaysi birini aytay, deysizmi? Ha, töğri, xayolni çalkaştiradigan darajada biznesning turlari köpayib ketdi. Lekin yaxşilab öylab köring, ançagina puli bor işbilarmonning bari özini qaysi sohaga uryapti? A labbay, “stroyka”, deysizmi? Ha, bor böling, bu özimizning özbekçada “quriliş”, deyiladi, “bunyodkorlik”, deyilsa, yanada töğri böladi.
Kamina ham şu fikrdaman. Umuman, yana boşqa birovdan sörasangiz ham, şunday deydi. Albatta-da, hozirda yurtimizda keçayotgan bunyodkorlik işlarini hamma mahliyo bölib kuzatib turibdi-ku…
Uy-joy qurilişi. Özi biznes-piznesdan uzoq odam ham bundan köp foyda köriş mumkinligini tuşunib qoldi-yov. Rost-da, ham soqqali, ham savobli iş. Ayniqsa, poytaxtda!
Lekin hozir faqat poytaxt Toşkentdagina emas, barça viloyat markazlarida ham uy-joylar, butun-butun xususiy uy-joylar kompleksi qurilişi avjida. Qoyil qolmaslikning iloji yöq. Hozir bir oy oldin ötgan köçangizdan ötib köring, törtta daraxt turgan joyda haşamati hayajonlantiradigan köp qavatli uylar turgan böladi. Hayratlanganingizdan yoqangizni uşlaş ham esingizga kelmay qoladi baʼzan.
Şu baraka topkur işning közqorasini bilgan tadbirkorlarimiz uy-joy qurilişida ğayrat körsatib zap iş qilişyapti-da. Toğday-toğday savobning tagida qolişyapti-yov. Axir ularning mehnati ortidan qançadan-qança odam uyli-joyli bölib qolişi mumkin. Özingiz ham bilasiz-ku, ijarama-ijara sarson bölib yurgan yurtdoşlarimiz qança…
Ammo-lekin… şu uy deganlarining narxi özining böyidan ham baland bölgani çatoq-da. Tan oling, uylarni ja çiroyli qurib qöyişyapti, a! Bir uyingiz bölsa, yana bir uy olgingiz kelib ketadi-yey. Faqat bir noqulay tomoni şundaki, osmonöpar uylarning osmonöpar narxlari-da. Labbay, “Osmonöpar bölmagan uylarning ham narxi osmonni öpib yuboryapti”, deysizmi? Bu gapingizga qöşilmay iloj yöq. Men qöşilmasam, “gaping töğri!” — deydigan son mingta tarafdoringiz topilişi aniq.
Atrofga qarang. Bunyodkorliklarni köring. Uy-joylarni köring, uy-joylarni. Ikki xonaligiyam 300-400 million söm-a! Qurib ketgur, oylik yetmagani yomon-da…
“Qiziq, şunça uyni kim olarkin, qaçon olarkin?” — deysiz-da. Şu tadbirkorlarimiz, bir sirni bilarki, ğayrat bilan uy qurişyapti.
Internetga kirsangiz, köçada yursaniz, televizorni qöşganingizda heç bölmasa bir marta, bölmasa bot-bot uy-joylarning ohanrabo reklamalariga közingiz tuşadi: “Tanlovda adaşmang! E-e-ng qulay va zamonaviy, körkam uy-joylar!..”
Tanlovda adaşmaslik ham bir qişloq öy soladi kişining boşiga. “Şunça uy-joy qurilyapti, mustahkam, pişiqmikan, işqilib?” — deb, boşingizni qaşlab qolasiz. Xudo körsatmasin, bundan beş-olti oy avval Jizzaxda hali bitmay turib şamolga ağanab tuşgan uydan bölsa, nima qilasiz?!
“E, u bir böldi, boşqa bölmaydi”, deydi qurilişda işlovçi qadrdon bir akaxon. Kazo-kazo quriliş kompaniyalarining nomlarini falon-falon deb qatorlaştirib sanab taşlab, “Bularning uylariga ming foiz işonsa böladi”, deydi u. Uning qatʼiy işonç bilan gapirişidan könglingiz xotirjam böladi-yu, baribir köz oldingizdan Jizzaxda qulagan uyning çanglari ketmaydi-da!
Uy quriliş rostdan ham juda rivoj topdi. Bir zamonlar qayda edi bunday imoratlar. Lekin şu desangiz, tunov kuni xayolimga bir fikr kelib qoldi. Şu puldor amakilar “vsyo taki” nima uçun nuqul uy qurişadi-a? Sarmoyasini katta-kiçik zavod, fabrika yo biror işlab çiqariş korxonasiga tiksa, odamlarni işli qilsa, bölmasmikan? Axir, uyni quradi, sotdi. Tamom. Lekin biror işlab çiqariş muassasasiga asos solsa, unda qança odam işlaydi, qança yil qança oilaga daromad keltiradi, töğrimi?
Bilasiz-ku, özimizdan iş topolmagan qança-qança qora közlar çet ellarda işlab yuribdi. Şu puli köp biznesmenlarimiz aylanib-örgilib faqat uy quravermay, korxonalar oçib, zavod-pavodlarni işga tuşirib yuborsa, neça yuz ming odam işli bölarmidi? Xöş, şunday qilişsa, bu biznes bölmaydimi yo?
Töğri şunday qilayotgan tadbirkorlarimiz ham bor. Lekin pudratçi biznesmenlarimizçalik emas-da. Yo işlab çiqariş sal “nevыgodnыy”roqmikan-a?
Özingizdan qolar gap yöq. Yurtimiz uzoq yillar davomida xomaşyo bazasi vazifasini ötab kelgan. Bu köp bor aytilgan, gazetalarda ham yozilgan! Hatto özimizda bir paytlar oddiygina bir mix ham işlab çiqarilmagan. Xöp, hozir öşa mixdan tortib maşinagaça turfa xil mahsulotlar özimizda işlab çiqayaptimi, şunday. Ammo hanuz ayniqsa, viloyatlarda, tumanlarda işlab çiqariş sohasi quyi darajada.
Davlatimiz rahbari bu borada bejiz kuyinib gapirmayapti. Aqalli 500–1000 kişini işli qiladigan korxonalar nega kam? Odamlar qayoqqa borsin? Aytilsa, oğizga oğirlik qiladigan narxdagi uylarni qaysi puliga sotib olsin? Faqat köpqavatli uy quriş bilan xalq işli bölarmidi?!
Özingiz öylang-da, şu 4-5 ta uyni “beş kunda” qurişga ketgan sarmoyasiga bitta korxona oçsa bölmasmikan işning közini biladiganlar. Buning orqasidan ham pul topsa böladi-ku. Savobi ham uy qurgannikiçalik bölsa kerak.
“Puli borning özi biladi-da”, deysizmi? Buyam töğri. Lekin ajab, nega bugun köp tadbirkorlar şu uy-joy qurilişiga ötib olişdi? Bir balosi bölmasa, xirmonda quyruq na qilur, degan maqollarimiz ham bor-da…
Özimdan sörasangiz, iş topolmay yuribman-da. Bekorçilikda şu narsalarni öylab qolaman. Aytmasam, dilim kuyyapti, aytsam, tilimni birov kuydirmas. Şuning uçun sizga ayta qoldim…
Qiziquvçan yölovçining gaplarini oqqa köçiruvçi:
Bahodir Qaytmasov.
