Pulsanar fonendoskop yoxud insofi “qöşni mahallaga” çiqib ketgan şifokorlar haqida
Şifokor deganda köz oldingizga oq xalatdagi najot fariştalari, soğligimiz posbonlari keladi. Töğrimi? Töğri, malakali, tinib-tinçimas, kasbini yurakdan sevadigan salomatlik posponlari kam emas. Lekin baʼzi qasamini suv qilib içib, yutib yuborgan guruçdagi kurmaklar borki, ular haqida eşitganda, beixtiyor oq rangning ezgulik ramzi ekaniga şubhalanib qolasan kişi…
Ayrim “şifokor”larning boşidagi uzun qalpoği göyo puling qança köp bölsa, şunça tez tuzalasan deyotganday. Böynidagi yurak urişini eşituvçi moslama sanalayotgan pullar şitirini eşitişga şay, çöntak ham kuniga ön-ön beş qöl kirib çiqaverganidan oğzining tanobi qoçgan odamday bir tomonga qiyşayib qolgan körinadi. Agar joningiz özingizga şirin, soğligingiz kerak bölsa, öşa qiyşaygan oğizga qöl suqişingiz kerak, bu zarur va şart!
Agar adolatsizlik deb jar solib, haqiqat izlamoqçi bölsangiz, ana, eşik oçiq, bemalol çiqib ketişingiz mumkin. Çunki bugun tibbiyot sohasida, yaʼni ixtisoslaşgan şifoxonalar, tuman tibbiyot birlaşmalari, oilaviy poliklinikalar, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş markazlari, farmatsevtika… qöyingçi, uning barça tarmoqlarida taʼmagirlik şu qadar urçiganki, agar osmondan adolat yomğiri yoğsa ham, buni osonlikça bartaraf etolmaysiz…
Maʼlumotlarga köra, oxirgi ikki yilning özida 581 nafar tibbiyot xodimi turli jinoyatlarni sodir etgani uçun javobgarlikka tortilgan, ularning 114 nafari aynan korrupsion holatlar bilan boğliq. Tibbiyot muassasalarini davlat hisobidan dori-darmon, tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlaşda byudjet mablağlarini samarasiz sovuriş, özlaştiriş va suiisteʼmol qiliş holatlari köplab muammolarni keltirib çiqargani sir emas.
Misol uçun, maʼlum bölişiça, “Özmedimpeks” davlat korxonasi mansabdor şaxslari xorijdan “ampitsilin”, “sefazolin”, “seftriakson” va şu kabi boşqa dorilarni bir neça barobar qimmat narxda sotib olib, 9,3 million AQŞ dollari va 4 milliard söm byudjet mablağlarini talon-toroj qilgan. Öylab köring-çi, bu maʼlumotlar maʼlum qilingani xolos, biz xabar topmaganimiz qança ekan? Adolatni “qöşni mahalla”ga çiqarib yuborib, “imi-jimi”da hal qilingan oldi-berdilar-çi?
Oddiy misol: şifokor qabuliga oldinroq kiriş uçun hamşiraning çöntagiga bir qöl suqsangiz bas, köz yumib oçgunça, 27-30 ta navbatdan “sakrab”, doktor huzurida turgan bölasiz. Bir gala qoğozlarga kömilgan “xaloskor”ingiz esa sizga boşini kötarib ham qaramaydi. Qöl kirib-çiqaverganidan “holdan toygan” çöntagingizdan ataganingizni olasiz-da, stol ustiga qöyasiz. Qarabsizki, şifokorning yo qarindoşi, yo yaqin dösti bölib turibsiz-da! Uyga kelib, hisob-kitob qilsangiz, maoşingizning yarmidan köpi apparatlarga tuşiş, “rozi-rizolik” va dori-darmonlarga ketgan böladi…
Kuyunib ötirsam, yonimga qöşnim çiqib qoldi. Özi haqiqatan ham 1-guruh nogironi bölaturib, şifokorga umrbod nogironlikni belgilab beruvçi bir parça qoğoz uçun 1,5 million söm berganini aytdi. Nega pora berasiz, axir barça hujjatlaringiz joyida-ku desam: “Alohida anatomik nuqsonlar, yaʼni qöl-oyoği amputatsiya qilinganlar, bolaligidan tuğma nogironlar, daun kasalligiga çalinganlar nogironlikni oliş uçun 4 oydan 6 oygaça behuda davolanyapti, agar pul bermaganimda men ham şunça vaqt kasalxonada bekordan-bekor yotişga majbur bölardim”, — deya yozğirib qoldi u.
Yo falak! Nogironlikni belgilaş, nogironligi bölgan kişilarni tibbiy körikdan ötkaziş, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilişda ham şu darajada adolatsizlik böladimi-a?! Qöşnimning keyingi gaplari quloğimga kirmadi…
Bular dengizdan tomçi, xolos. Şoşilinç tez tibbiy yordam körsatişdagi taʼmagirliklar, homilador ayollarni dispanser röyxatiga oliş uçun talab qilinadigan pullar, har oyda aslida tekin bölişi kerak bölgan tekşiruvlar, hatto tuğuruqni operatsiya bilan ötkaziş evaziga ham pul talab qilişadi. Farzand dunyoga kelgaç esa suyunçi puli maşmaşasi… Pul ketsa ketsin, obrö ketmasin!
Haqsiz, ortiqça vaqt sarflamaslik, işimizni tezroq bitiriş uçun özimiz ham har qanday çorani körişga tayyormiz. Minnatdorlik, suyunçi, qöl haqqi… deya hotamtoylik qilişni qoyillatamiz! Aslida, özimizda ham köp gap bor…
Xullas, boşingizni öngga bursangiz korrupsiya, çapga bursangiz taniş-bilişçilik, osmonga qarasangiz, öz aybingizni öylab, vijdoningiz azoblanişi mumkin. Şuning uçun yerga qarab, korrupsiyaga qarşi kuraşyapmiz, bu yil ötgan yilgiga nisbatan qonunbuzarliklar kamaydi deb özingizga özingiz tasalli berib yuraverasiz…
Menimça, qaçonki tepakallarning soçi jingalak bölib, yelkaga tuşsa; sigirlar majnuntol şoxlariga in qursa; osmonga narvon bilan çiqilib, tuyaning dumi yerga tegsagina, poraxörlik kamayib, unga qarşi kuraşlarimiz iş berişi mumkin…
Qöysangçi, oşirib yubording, insofli, öz kasbiga sadoqatli şifokorlar ham bor, hamma ham sen aytganday insofsiz emas, deysizmi? Hozir şifoxonaga ketyapman. Agar mendan keyingi bemor yana mendan oldin qabulga kirib ketmasa, qabulga kirgaç, çöntagimga qöl suqmasam, doktor dorilar yozilgan röyxatni bera turib, “faqat falon manzildagi dorixonadan oling” degan “topşiriq” bermasa… insofli şifokorlar haqida ham, albatta, yozaman!
Şahruza SATTOROVA
