Ijtimoiy tarmoq ilmoqli qarmoqmi?

Rost-da!!! Obunaçilar safiga qöşiş uçun qanday ilmoqlardan foydalanişmayapti, qanday noqobilliklar qilişmayapti deysiz. Tasavvur qiling: elektron naşrda taʼziyasi eʼlon qilingan inson ikki kundan keyin “tirikman”, deb intervyu beryapti?! Qolaversa, qaysidir davlatdagi, familiyasi öxşaş “qarindoş”laringizdan qayta-qayta “meros qolgan”ligi töğrisida xabarlar kelyapti. Onlayn kurslarga oldindan pul tölab çuv tuşib qolganlar bölyapti. Kunda-kunora “şok xabar” rukni bilan qaysidir taniqli insonning surati ostiga yozilgan turli böhton va uydurmalarni aytmaysizmi? Qiziqiş bilan kirib borsangiz umuman boşqa narsa çiqib tursa?! Kanaliga (e, qança-mingdan!) aʼzo qiliş maqsadida şu kabi egri yöllardan foydalanayotganliklarini körib bir jahlingiz çiqsa, bir ketgan vaqtingizga açinasiz. Xöş, bunday yolğonlarga aldanavergan odamning internet sahifalariga, undagi yaxşi-yomon xabarlarga işonçi qoladimi?  

Yaxşilikka çorlovçi   audio va videolar ham yöq emas, şu bois, internetdan qanday foydalaniş hammaning öziga boğliq, har kimning tanlov ixtiyori özida, deyişimiz örinlimi?

Telegramdagi qaysidir kanalda behayo videolar joylangan, boşqasida esa elektron şakldagi badiiy yoki ilmiy adabiyotlar. Qaysi birida “prosmotr” köproq böladi? Hali baloğatga yetmagan yoş öğil-qizlar körişi mumkin bölmagan kanallarga “18+” belgisi qö­yilgan, deb özimizni ovutsak neçoğli töğri? Ular çindan ham mana şunday taqiq belgisini körib bunday uyatsiz kanallarga kiriş fikridan qaytadilarmi?

Tarmoqlarda tarqatilayotgan ayrim materiallar haqida söz ketganda darrov “söz erkinligiga tahdid”, “senzura”, “soğlom raqobat bölişi kerak”, “taqiqlar bilan heç narsaga erişib bölmaydi” qabilidagi gaplar bilan özlarini oqlamoqçi bölişadi.

Yolğon va asoslanmagan uydirma xabarni tarmoqda keng ommaga tarqatiş odamlarda işonç­sizlik va loqaydlik   kayfiyatiga sabab bölişini anglaşimiz uçun ruhşunos-mutaxassis bölişimiz şart emas! Mahallaga bölajak kelin yoki kuyovini sörab-suriştiriş maqsadida kelganlarga ayrim   ğarazgöy va hasadgöy qöşnilar tomonidan notöğri, yolğon maʼlumotlar berilişi natijasida qançadan-qança yoşlarning töyi bekor qilingani holatlari kam emas. Bu örinda ham töyni buziş uçun tanlayotgan kuyovingiz unday, keliningiz bunday qabilidagi noxolis gap-sözlarni tarqatilgani sabab bölmayaptimi? Holbuki, muqaddas kitoblarda bir fosiq xabar keltirsa, u keltirgan xabarni tekşirmay turib, işonmaslikka va keyin xijolat tortib qolmaslikka çaqiriladi. Özim guvoh bölgan voqealar misolida aytadigan bölsam bugun internetdagi köplab tarmoqlar yolğon xabarlarni tarqatiş bobida juda “faol”likka erişdilar. Mulohazalarimiz quruq iddao bölib qolmasligi bois bir voqeani misol keltirmoqçiman:

Avgust oyida ijtimoiiy tarmoqlarda: “UzChasys” faralar işlab çiqaruvçi zavodda yonğin bölayotgani aks etgan video “Sʼyomka qiling, hammani qaqşatgani uçun kuyyapti” degan izoh bilan tarqatildi. Biroq oradan biroz fursat ötgaç, aynan ana şu zavoddagi yonğinga doir yana bir xabar paydo böldi. Unda “UzChasys” fara zavodida yuzaga kelgan yonğin aslida mazkur zavodning çiqindixonasidan tasvirga olingani maʼlum böldi. FVV yonğinni bartaraf etişgan. “Axlatxonadagi yonğinda heç kimga zarar yetgani yöq va öt öçiruvçilar yonğinni bartaraf etişdi…” deyiladi zavoddagi asl holat bayon qilingan xabarda. Ana sizga “professional” izohlangan “röy-rost” hamda “oşkoralik” bilan bayon qilingan tezkor maʼlumot.

Bular bilan tanişgan har bir odamning xayo­liga ijtimoiy tarmoqlar korxona, taşkilot va muassasani yoki istalgan insonni yolğonu böhton vositasida badnom qiliş mumkin bölgan vositaga aylandimi degan fikr kelişi mumkin. Bu kabi qabihlikni amalga oşiriş uçun esa ozgina gina-kudurat, hasad yoki qasd qilişning özi kifoya qiladi. Qayerdadir tas­virga olib notöğri talqin qilib tarqatsangiz qança odam tekşirib köradi-yu, qançasi şunday xulosa çiqarib qöya qoladi. Axir “xabarçi” böliş uçun heç qanaqa bilim, malaka yoki diplom şart emas. Sönggi rusmdagi telefoni bölsa yetarli. Keyin esa “bilmabman”, “anglamabman” qabilida uzrxohlik qiliş   holatlari yuzaga keladi. Ana şu   keyinçalik “anglab yetiş” va “puşaymon” bölişgaça ötgan vaqt mobaynida haligi yolğonu böhton va balki tuhmatlar kutilganidek, dunyoga tezkor tarqalib, minglab, yuz ming­lab fuqarolarning ongu şuuriga taʼsirini ötkazişga ulguradi va voqiflarga özining ğoyaviy xurujini, taʼsirini ötkazib böladi.

Aytmoqçimizki,   keng ommaga allaqanday asossiz maʼlumotlarni tarqatib, ğoyaviy tah­didga sababçi böliş baʼzilar öylaganidek, oddiygina “bilmasvoylik” emasligini qaçon anglab yetamiz?! Omma psixologiyasiga işonçsizlik, noumidlik va norozilik   kayfiyatini singdirişning oqibati heç qaçon xayrli bölmas!

Aslida tarqatilayotgan har qanday axborot bu – mahsulotdir. Mahsulot bor joyda albatta, isteʼmolçi hoziru nozirdir. Bozordan yoki dökondan sifatsiz va salomatlik uçun zararli bölgan, qalbaki mahsulotni muvofiqlik sertifikatiga, yaroqlilik muddatiga eʼtibor bermay xarid qilib, isteʼmol qilsak,   hayotimizni jiddiy xavfu xatarga qöygan bölamiz.

Demak, ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyot bölib, ularning ilmoqli qarmoğiga tuşib qolmaslik lozim!

Muhiddin MAĞZUMOV,

XV “Oltin qalam” xalqaro körik-tanlovi sovrindori.

Namangan şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan