Uyqudagi Qonunbek yoki biz köz tikkan pahlavon
Rus adibi Saltikov-Şedrinning “Pahlavon” degan ertagi bor. Baba Yaga kampir azamat bir bahodirni tuğadi. Boqib parvarişlaydi. Botir yigit ösib, kuç-quvvatga tölib, toğday azamat böladi. Bir kun quyuq örmonga kirib ketadi. Yölida bir ulkan emanni ildizi bilan yerdan suğurib, otib yuboradi. Boşqa katta emanni bir urib, çört ikkiga bölib taşlaydi. Keng kovakli uçinçi bir emanning içiga kirib yotib uxlab qoladi.
Pahlavonning xurragi tevarak-atrofni tutadi, hatto vahşiy hayvonlar ham örmonni aylanib ötar, quşlar bu yaqindan uçib ötmas ekan. Boşqa mamlakatlardagi ğanimlar pahlavonning haybatidan hayiqib qolişib, bosqin qilişdan tiyilişadi. Eli-yurti, bahodirimiz rosa yotib uxlab, kuçga tölyapti, uyğonsa, yurtimizdagi barça balo-ofatlarni daf etadi, deb umid qiladi. Çunki yurtda yomonlar köpayib, yaxşilar ozor topayotgan ekan-da. Ammo yovlar qarasaki, pahlavon öz odamlariga ham bir misqol yaxşilik qilmay, neça yil ötsa ham, yotib uxlayapti. Yurt oqsoqollari töplanib, pahlavondan yordam söraşga qaror qilişadi. Pahlavon esa uyğonmaydi, bir joyda toşday yotaveradi.
Toqatlari toq bölib, eman kavagi yaqiniga borib qaraşsa, tevarakni badböy hid tutib ketgan. Nega desangiz, Pahlavon şu yotganiça ölib qolgan ekan…
Saltikov-Şedrin domlaning bu ertagi ramz-ibrat maʼnosiga töliq. Bir iş qilişga kirişmay, şaylanib yota-yota, fursatni boy beriş mumkin.
…Ming taassuflar bölsinki, bizning umid yulduzimiz bölgan bir pahlavonimiz ham 30 yildan oşdiki uyqudan turmaydi, biz esa uyğatolmay halakmiz.
Bu uyquçi pahlavon kim özi, oti nimaydi, deyayotgandirsiz? Uning oti – Qonunbek, zoti şarifini ham qöşib aytadigan bölsak – “Davlat tili töğrisida”gi qonundir.
Bola, muştdekkina bölsa ham, soğlom tuğilsin ekan. Yöqsa, botinidagi illatlarni yöqotiş mahol bölarkan. Yaʼni, andişalilikkina emas, serandişalilik, keraksiz “andişalilik” ham Qonunbekning qonida bor edi. Boşqa davlatlarning qonuni qonunga öxşab şart kessa, bu şörlik çaynalib tura berar edi.
Qarang, boşqa qöşni davlatlarning til töğrisidagi qonunlarida serhadik, mayinlik yöq – ularda qonun ruhi va uslubi ustuvor:
Armaniston: “Armaniston Respublikasining davlat tili – arman tilidir, bu til respublika hayotining barça sohasida amal qiladi. Armaniston Respublikasining rasmiy tili – arman adabiy tilidir. Armaniston Respublikasi arman tilining mamlakat taşqarisida yaşaydigan armanlar örtasida saqlanişi va tarqalişiga kömaklaşadi”.
Tojikiston: “1. Tojikiston Respublikasining davlat tili tojik tilidir. 2. Tojikiston Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilişga majburdir”.
Ozarbayjon: “1. Ozarbayjon Respublikasining davlat tili ozarbayjon tilidir. Ozarbayjon Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilişga majburdir. 2. Ozarbayjon tili davlat tili sifatida mamlakat hayotining barça siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalarida foydalaniladi. 3. Ozarbayjon Respublikasi davlat tilidan foydalanişni, uni himoya qiliş va rivojlantirişni taʼminlaydi”.
Qozoğiston: “Qozoğiston Respublikasining davlat tili qozoq tilidir. Davlat tili davlat boşqaruvi, qonunlar, sud yuritiş, iş yuritiş tili bölib, butun davlat hududida ijtimoiy munosabatlarning barça sohalarida amal qiladi. Davlat tilini biliş har bir Qozoğiston Respublikasi fuqarosining burçidir”.
Köramizki, qonunlar – qonunday. Tili ham, ruhi ham. Biroq bizning Qonunbekning peşonasiga esa boşqaçaroq taqdir yozib qöyilgan edi:
“1-modda. Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir.”
Biroq bu “qaltis” gap uçun keyingi beş moddada rosa “uzr” söraladi:
“2-modda. Özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi Respublika hududida yaşovçi millat va elatlarning öz ona tilini qöllaşdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. Özbek tilining Özbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilişining huquqiy asoslari uşbu Qonun va boşqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpoğiston Respublikasida amal qilişiga boğliq masalalar, Qoraqalpoğiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Uşbu Qonun tillarning turmuşda, şaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan boğliq udumlarni ado etişda qöllanişini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini öz xohişlariga köra tanlaş huquqiga egadirlar.
4-modda. Özbekiston Respublikasida davlat tilini örganiş uçun barça fuqarolarga şart-şaroit hamda uning hududida yaşovçi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda böliş taʼminlanadi, bu tillarni rivojlantiriş uçun şart-şaroit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini öqitiş bepul amalga oşiriladi.
5-modda. Özbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat körsatadigan, milliy guruhlar ziç yaşaydigan joylarda esa – ularning tillarida faoliyat körsatadigan maktabgaça tarbiya bolalar muassasalarini taşkil etiş taʼminlanadi.
6-modda. Özbekiston Respublikasida yaşovçi şaxslarga taʼlim oliş tilini erkin tanlaş huquqi beriladi. Özbekiston Respublikasi davlat tilida, şuningdek, boşqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, örta-maxsus va oliy maʼlumot olişni taʼminlaydi.”
Tovba, tovba! Yaʼni, biz-ku, qonun çiqarib qöydik, mana, ammo sen könglingga kelganini qila ber, deganday bir gapga öxşab qolgandaymi?
Oqibatini esa körib turibmiz – savodsizlik, saviyasizlik. Buni yaşirib, yöğimizni oşirgandan kimga foyda?
Ota-onalar öğil-qizlarini rus tilli maktablarga bera boşladi. Bunga ularning lotin yozuvidan bexabarligi, ammo rus tilini yaxşi bilişi bir sabab bölsa, ajab emas. Axir, bolasining darsini nazorat qiliş istagi bor-ku, ularda. Oqibat, neça ön ming qoraköz özbek farzandi allaqaysi bir çet elda emas, Özbekistonning özida, poytaxti azim Toşkentda ona tilisini qöyib, özga tilda taʼlim-tarbiya olayotibdi, mana natija!
Ilm-fan qaysi tilda rivoj topsa, öşa millat ösadi. Ajabki, 35 million nufuslik marrani hatlab ötgan Özbekiston aholisining qariyb sakson foizi özbek bölgani holda, bizda ilmiy naşrlarning ançagina qismi rus tilida tayyorlanadi va çop etiladi. Çunonçi, Fanlar Akademiyasi institutlarining asosiy jurnallari – rusça. Hatto “Özbekistonda ijtimoiy fanlar” – “Obщestvenniye nauki v Uzbekistane” jurnali ham deyarli 90 foiz rus tilida. Ellik yillar muqaddam butun özbek xalqining sevimli naşri bölgan “Fan va turmuş” jurnalini bugun varaqlasangiz, yarmi rusça, yarmi özbekça böpketganini körasiz. Hatto… “Özbek tili va adabiyoti” jurnali ham har bir maqola oxirida rus va ingliz tillarida “rezyume” berişga ötib oldi. Fanning turli tarmoqlariga, şuningdek, tibbiyotga, texnikaga, texnologiya va hokazolarga bağişlangan asosiy ilmiy jurnallar özbek tilida çiqmasa, bu fanlarga oid terminologiya ona tilimizda şakllantirilmasa, özbek ilm-fani qayoqdan taraqqiy etsin? Bu holda, biz bir joyda depsinib tura veramizgina emas, tobora ortga qarab ketamiz. Çunki boşqalar oldinga intilişyapti. Bularni özbekçalaştiriş, özbek ilm-fanini özbekça asosda taraqqiy toptirişga harakat qiliş örniga, Davlat tilini rivojlantiriş departamenti butun kuçi-ğayratini lotin yozuviga ötişga, davlat xizmatçilari uçun lotin yozuviga örgatadigan pullik kurslar oçişga berib, toliqib ham qolayotir. Holbuki, bizdan boşqa heç bir mamlakatning davlat tili haqidagi qonunida milliy yozuvning qaysi şaklida iş yuritişi belgilanmagan, çunki lotin yozuviga ötiş — davlat tilini rivojlantirişga mutlaqo aloqasi yöq narsa.
1990 yillar boşida oçilib, bir neça yil katta işlarni bajargan Til qömitasi yopilgaç, köp işlar ölda-jölda qolib ketdi. Uning örniga taʼsis etilişi belgilangan Til komissiyasi esa öz oti bilan komissiya – har zamonda bir yiğiladi, birov bu yerda maoş olib işlamaydi, biron rejali işni bajarmaydi va heç kimda bu borada heç masʼuliyat yöq.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti va til siyosatiga daxldor (aslida hamma daxldor bölişi kerak emasmi?) taşkilotlar esa avvalo, ona tilimizning öz ona yurtimizdagi örni uçun qayğurişi lozim.
Har bir mamlakatning közgusi hamma zamonlarda ham öşa yurtning poytaxti bölgan. Endi tilimizning davlat tili maqomidagi amaliy ifodasi Toşkentda qay ahvoldaligiga qaraylik-da, xulosa qilaveraylik: bugun aytaylik, qaysi bank idorasiga kirmang yo qay bir binoga, köçaga qaramang, ajnabiy sözlaru, atamalarga tölib toşgan. Biz qayerda yaşayapmiz özi? Şunçalik ham baynalmilallik bölar ekanmi?!
Töğri, xalqlar döstligi yaxşi, muhim, kerak, şart, lekin bu degani öz tilingga behurmat bölaver degani ham emas-da. Mana ayting, Rossiyaning Moskva şahrida qança odam, qança millat vakillari yaşaydi yoxud London yo Rigayu Tallindagi birorta idora, köçasi peşlavhasiga özbek yo tojikça bitilgan joyni topib köring-çi! Nega, nega şu oddiy haqiqatni sira anglagimiz kelmaydi, kimdan bunça çöçiymiz özi?! Qolaversa, özbek davlatçiligining asosida özbek tilining turişi heç qanday bahsga, ikkilanişga hojat, asosningda bölişi mumkin emas!
Hali Sovet davlati hukmron paytida özbek eli öz irodasini namoyon etib, ona tilini davlat tili deb belgilagan edi. Ammo şiddat va şaştimiz bundan nariga ötmadi – alpong-talpong qadam taşlagan Qonunbek pahlavonimiz sal içkariga kirib borar-bormas, xurrak otib uxlaşga tuşdi, esizki, xurragi ham pasayib borayotir. Yaqinroq borib qarab, holidan xabar olaylik, yuziga suv sepib bölsa ham uyğotib olaylik, işqilib… Söng parvariş qilib, oyoqqa turğizib olmasak bölmaydi.
Zuhriddin ISOMIDDINOV,
Özbekiston Respublikasida
xizmat körsatgan madaniyat xodimi
