Oqquşlar — çirqirab uçgan xotiram
Zulfiya Möminova
Vatan
Senga paxta kerak – deb öylaganman,
Paxta terib, kösak çuvigan menman.
Özimdan oğirroq qopni kötarib,
Sovuq yomğirlarda uvigan menman.
Aççiq ayozlarda tars-tars yorilgan,
Labim aytolmadi dil dardlarimni.
Qor yoqqan egatning bir çekkasida,
Yoqib isinganman şeʼr daftarimni.
Endi yoşim ötgan, husn ham ketgan,
Jonim şubha qilma sadoqatimga.
Vatan, seni qança sevayin Vatan,
Qanday işontiray muhabbatimga?!
“Soçi uzun qiz” — deb ataşar edi,
Dalaga soçildi gavhar soçlarim.
Bir tomçi ösmaga zor-zor tökildi,
Qorabaxmal qoşim — qaldirğoçlarim.
“Vatan bu — paxta” deb aldaşdi meni,
Çang yutganlarim rost, toş öpganim rost.
Sening noming aytsa loylarga botib,
Sening noming aytsa, tiz çökkanim rost.
Endi yoşim ötgan, çiroy ham ketgan,
Jonim şubha qilma sadoqatimga.
Vatan, seni qança sevayin Vatan,
Qanday işontiray muhabbatimga?!
Uzoqlaşib borar menga bildirmay,
Yaratgan yoniga qaytarim — hayot.
Yillar yulib ketgan qöziçoqlarim,
Böri oralagan otarim — hayot.
Oqquşlar çirqirab uçgan xotiram –
Tançada qunişgan qişlarimmikan?
Marvarid oqtutlar — köz yoşimmi yo,
Birma –bir tökilgan tişlarimmikan?
Endi yoşim ötgan, çiroy ham ketgan,
Jonim şubha qilma sadoqatimga.
Vatan, seni qança sevayin, Vatan,
Qanday işontiray muhabbatimga?!
Mening bobolarim u diyorlarda
(Muqaddas hoklari Afğonistonda qolgan
uluğ bobolarim xotirasiga bağişlayman.)
Yulduzli xayollar surib yoturlar,
Kim bilan suhbatlar qurib yoturlar,
Jonini Jabborga berib yoturlar,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Jonimga aylanib bölgan bu dargoh,
Har keç quloğimda Bobur çekkan oh,
Unga jonim fido navzambililloh,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Mangu yiğlab yotgan buloqlar – közlar
Yantoqlar tagida yiğlagan qizlar —
Navoiy qabrida gullagan sözlar,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Aqliga egilgan oylar, osmonlar,
Oltinga topilmas kitob karvonlar,
Davlatli sultonlar, çin musulmonlar,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Men borsam, ziyorat dovonin öpsam,
Maşrabning yorilgan tovonin öpsam,
Çoponi siltagan böronin öpsam,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Boşga salla qilib töfonlarini,
Insofga çaqirgan böronlarini,
Qumda qasr qilgan armonlarini,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Bir yonda Beruniy, bir yonda Maşrab,
Biri ilm talab, biri şeʼr talab,
Şayton bazmlarga qöymas ham qarab,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Imon, eʼtiqodla köklarga uçgan,
Mehru muhabbatla dunyoni quçgan,
Amudan yölbarsdek yotib suv içgan,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Jonu jahonimga tutaş tomirlar,
Oltindek kömilgan xonlar, amirlar,
“Mozori şarif”da şarif qabrlar,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Soğinç sellarida uvib yoturlar,
Tuproq ostida ham sevib yoturlar,
Boşlarin Qiblaga qöyib yoturlar,
Mening bobolarim bu diyorlarda.
Yulduzli xayollar surib yoturlar,
Rasululloh ila suhbat qurib yoturlar,
Jonini Jabborga berib yoturlar,
Mening bobolarim u diyorlarda.
Maylimi?
Tikanlar ustida yotsak maylimi?
Qumga oltin kabi botsak maylimi?
Qiliçlar damidan ötsak maylimi?
Qalbimning sultoni ayting, maylimi?
Bir dona mayizdek tökildim men ham,
Yuragim çöqisa quşçalar xurram,
Talaşib taşisa çumolilar jam,
Maylimi sultonim, ayting maylimi?
Hali kelmay turib ketsak maylimi?
Sizni deb olovlar yutsak maylimi?
Dunyodan kuyublar ötsak maylimi?
Qalbimning sultoni ayting, maylimi?
Zahri qotil içsak koşonalarda,
Hurlarga qöşilsak afsonalarda,
Siz açinmaysizmi Farğonalarda?
Qalbimning sultoni ayting maylimi?
Ming yil yaşaymizmi, biridan keçsa?
Sabrga temirdan liboslar biçsa,
Qorabotir — tunlar qonimiz içsa,
Qalbimning sultoni ayting maylimi?
Bir bor tinglamadik köngil maylini,
Hatto gunoh dedik, gullar saylini,
Toş yölda yotgan gul — şörlik Laylimi?
Maylimi, sultonim ayting maylimi?
Toğdan lola bölib pastga yöl olsak,
Bizni olarmi deb termulsak, tolsak,
Davonda kimningdir qölida qolsak,
Qalbimning sultoni ayting maylimi?
Köngil adaşibdi Yozyovonlarda,
Oltita ariği bor makonlarda,
Suv sörob sarğaysak saratonlarda,
Maylimi sultonim, ayting maylimi?
Umr uçdi tiği parronalarda
Nodiradek yiğlab sarsonalarda,
Tongimiz otmasa Farğonalarda,
Maylimi sultonim, ayting maylimi?
Öylama
Öylama, men ketsam u söladi deb,
Yölda taşlab ketsang, yölda gullaydi.
Öylama, men ketsam u öladi deb,
Ayol ötda gullar, kulda gullaydi.
Kunduz mağrur yurar ifor taratib,
Nigohi tuşganni kulib çöğlaydi.
Tun. Uvlagan itin böynidan quçib,
Öksinib yiğlaydi, jim – jim yiğlaydi.
Kunduz oyoğidan ajratib olgan,
Qopqonlarni çetga otib yiğlaydi.
Tunda malham surtib iztiroblarga,
Bardoşi boşiga botib yiğlaydi.
Öşalar odammi ayol nomiga
Turfa ğiybat tuzgan, kir röyxat tuzgan.
Öşalar odammi, fariştalarning
Yoqasiga yopişib tugmasin uzgan.
Nafs bandalari anglab yetmagan,
Eng muqaddas qöşiq, sabrgul — ayol.
Kibru havo uzib otib yuborgan,
Tuproqlarda yotgan atirgul — ayol.
Ayolni unutmas birgina Alloh –
Ming bir balolardan özi qöllaydi.
Muzlarni sindirib, toşlarni yorib,
Ayol gullab çiqar, ayol gullaydi.
Bizlar körişmadik
Bizlar körişmadik, yuz yillar ötdi,
Hijron tunlari bor, saharingiz yöq.
Umr ötda ötdi, köz yoşda ötdi,
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq.
Menga aytdilarki: “Vaqt davolaydi”
Vaqt davolamadi, xabaringiz yöq.
Vaqt, bevaqt dovuldek egdi, sindirdi,
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq.
Boği Dilkuşoda gul bölib kutdik,
Sizning Samarqandga safaringiz yöq.
Olmalar tökildi Boğişamolda
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq.
Hijron muzliklari yutdi bu işqni,
Muzlarni yorişga tabaringiz yöq.
Bu holni yozişga daftaringiz yöq,
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq.
Boği Firuzada Sulton Uluğbek
Işqdan saboq berdi xabaringiz yöq.
Kavokib saylida hulkaringiz yöq,
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq.
Bizlar körişmadik, yuz yillar böldi,
Neçun bu yurakdan ketaringiz yöq?!
Yo borsa kelmasdan,borsa kelardan,
Maktub jönatişga kaptaringiz yöq.
Na bu yoziqlarni tuzaringiz yöq,
Na bu riştalarki uzaringiz yöq.
Omon qoldirişga şakaringiz yöq,
Tamom öldirişga zaharingiz yöq.
Qalbimning sultoni xabaringiz yöq…
Muallif haqida:
Zulfiya Möminova — Narpay tumanida tavallud topgan. ToşDU — hozirgi Özbekiston Milliy universitetini tugatgan.
“Vatan taşlab ketmaydi” ( 1984), “Beşiklarni asragin dunyo” (1986), “Yonayotgan ayol” (1992) ,“Istiqlol oltin gulim” (1998), “Samoga soçilgan yulduzlar” (2000), “Qudratli yurtimga” (2003), “Nikoh şartnomasi” (2005), “Birinçi öqituvçim” (2008), “Ayolga baxt bering” (2011), “Xöroz nega uçolmaydi?” (2014), “Bir kuni dars qoldirgan bir umr puşaymon” (2015), “Işq boğida bor edim” (2016), “Yumşoğoy ismli tipratikança” (2017), “Surxonning muhtarama ayollari” (2018), “Buyuk uyğoniş” (2020), “Surxonning tadbirkor öğloni”, “Donişmand toşbaqaning köz oynagi. Ertaklar” (2020), “Yuragida anor gullagan ayol”, (2021), “Yuragiga Surxondaryo siqqan ayol”, “Bolalarga kitob bering” (2021) singari köplab kitoblari naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
