NOMUS
MUALLIF HAQIDA:Olimjon Böriyev — 1954 yil Tojikistonning Çinor qişloğida tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. U köpgina şeʼriy va tarjima asarlar muallifiligini muştariylar yaxşi bilişadi. U navoiyşunoslikka oid uç muhim manba: Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy “Haft avrang”larini forsiydan özbek tiliga ögirgan. Muqaddas Qurʼoni karim maʼnolarini şeʼriy tarzda kitobxonlarga taqdim etgan.Quyida şoirning sönggi paytda yozgan tarbiyaviy ahamiyatga ega balladasi eʼlon qilinmoqda.
NOMUS
(Otamdan eşitgandim)
Bir toğlik yigit yaqin ötgan zamonda oğir maşaqqatlar bilan qarz-qavolaga botib, uylanibdi. Gözal qayliğini çimildiqda körib, yarim bağri butun bölib, “Qarzni uzaman, xotin yonga qoladi” deb, faroğatli lahzalar oğuşiga ğarq bölibdi. Kelin esa faqat özigagina maʼlum bölgan aççiq haqiqatdan dahşatga tuşib, közlaridan daryo-daryo yoş tökibdi. Çunki uning sevgan yigiti bor ekan. Qizning otasi sevganiga bermagani uçun gumrohlik ila xiyonat yuz beribdi. Qayliğining notökisligidan dunyosi qoronğu bölib, yigit bir oğiz daşnom bermabdi. Ertalab ular yölga tuşibdi. Yigitning yelkasida miltiq, ayoli eşakda izidan. Toğning önqir-çönqir yöllarida tebranib-tebranib kelayotir.
Bu yöllardan köp ötganman, goh yayov, goh suvori,
Yuragimda çökib qolgan ming yillarning ğubori.
Otam uzoq yaşamadi, ölib ketdi nomusdan,
Ögay enam ötkinçi bir yölovçiga köz suzgan.
Öşa kuni uç murdani kömişgandi ovulda,
Keyin ötdi qolgan umrim iskanjayu dovulda.
Oyoqyalang, poda boqib Köhimazor yoqlarda,
Körpa qayda, uxlar edim poxolu ötloqlarda.
Nega otam yöloçini qöşib ögay enamga,
Qöşoğizdan bir ondayoq jönatdi jahannamga?!
Özini ham otdi nahot, bir urğoçi zot uçun?
Kuraşmadi özgalardek şirinroq hayot uçun.
Mana anov yuribdiku öynaş tutar xotini,
Puli köpda şuning uçun birov tutmas otini.
Zanğar degan sözni aslo eşitmay deb padarim,
Bir öq bilan bu dunyodan ketdi ğamu kadarim.
Fojialar faqat mening hayotimga xos bir tus,
Baland toğlar talqon bölsin agar toptalsa nomus!
Omad ketsa, ketaverar, yetti puşting doğdadir,
Közlarimdan bugun yoşmas, yo Rabb, öqlar yoğadir!
Otam kabi ölar edim, döstlar arzim bölmasa,
Odamlardan xotin uçun olgan qarzim bölmasa.
Hayoti quyoşi söna boşlaganini, sanoqli daqiqalardan söng mangulik zulmatiga çökişini his etgan, ehtiyotsizlik qurboni bölmiş beçora kelinning könglidan ötganlari:
Qurbonlikka atalgan qöy, töyda aslo söyilmas,
Heç qaçonda ayol zoti tirik görga qöyilmas.
Yelkasida qöş oğizi, erim ayon öldirar,
Közim töymay bu hayotdan tuproq bilan töldirar.
Men nomusi toptalgan qiz, yurak-bağrim tilimdir,
Sevgilimga yetolmadim, şuning özi ölimdir.
Zörlamadi özim unga hadya qildim oğuşni,
Nomusli er şaksiz otar men qanotsiz oqquşni!
Dölanaga mahkam boğlar, közimni ham boğlaydi,
Rahm qilmay kökragimni bir öq bilan doğlaydi.
Arqon bölar uzun soçim, qayiradi qölimni,
Balki sezib rahmi kelar qornimdagi bolamni.
Qarğamayman köngilxuşim, aldab ketgan xuştorim,
Sen-la ketdi endi bilsam ham nomusu ham orim.
Peşonamga yozilgani şu ekan-da Xudoyim,
Otsang tezroq ota qolgin qarzga botgan gadoyim.
Sen qimorda yutqazgan bir qimorbozdek noçorsan,
Menga qarab rahm qilmay miltiqdan öt oçarsan.
Mening aybim muhabbatdir, işq boğladi közimni,
Könglim tusab fido qildim nomusimni, özimni.
Halol edi tuyğularim, gardsiz edi yuragim,
Endi teşik toğoradek heç kimga yöq keragim.
Ojizaman, qismatimni kimga sözlab, aylay dod,
Tuğilmagan öğlim senga özim tiğ tortgan jallod!
Nomi qursin yigit bölib, çertib köngil torini,
Birovlarning oğuşiga berib qöysa yorini.
Yo aldandim yo muhabbat şunday dardu ğam ekan,
Dunyo degan tugal emas, doimo bir kam ekan.
Erkaklarning istaklari rohat, işqu oh ekan,
Ayollarning nomuslari toptalsa gunoh ekan.
Ön tört yoşdan muççi olib, rom ayladi labimdan,
Ön oltida çidolmay joy berdim özim qalbimdan.
Öz maylimga qöymay otam, zörlab berdi kuyovga,
Baxt — miltirab öçguvçi şam, berib bölmas birovga…
Er-xotin öz xayoli bilan yölida ketaversin. Endi gapni qizning xuştoridan eşiting. U qişloqning podasini boqib, oşihalol yiğib, birovlarnig eşigida kun körib yurgan sağir yigit ekan. Qizga uylanişga oğiz oçolmay doğda qolib, bağrini yerga berib, bir tepalikda yotib, podalari tarqab ketgan, har joy, har joyda ötlab yurar ekan. Es-huşi qizda qismatini qarğab:
Ota-onam tirik bölsa, sarflab yöğu borini,
Olib berar edi balkim öğli sevgan yorini.
Otam jangga ketgan ekan tört kunlik kuyov bölib,
Qattol ğanim yurtimizni bosganida yov bölib.
Men dunyoga kelganimda şörlik onam Maşaqqat
Bir kun ötmay Törasidan olgan ekan qoraxat.
Zaçça1 holda yiğlab-yiğlab, beş kundan söng ölibdi,
Yolğiz buvim bu dunyoda menga panoh bölibdi.
Yetim boşi toşdan deya, Toşpölat nom qöyibdi,
Bir burda non topib berib, erkalabdi, suyibdi.
Yillar ötib, kötarilgaç ğalabaning bayroği,
Momomga ham yetib kebdi ajal quşin sayroği.
Enajon, deb bözlab qoldim, uni olib ketdilar,
Bilmaymanki öşa mahal neçuk şunday etdilar?
Qahatçilik, non topilmas, meni kim ham boqardi,
Şumşuk yetim bexosiyat, kimlarga ham yoqardi?
Egiz ekan bu dunyoda ezguligu razolat,
Birov turtsa yetimça deb, birov qildi adolat.
Uka böldim men mehribon ayolning qizlariga,
Malham qöydi u çandiqli qalbimning izlariga.
Yillar ötib, opalarim topib ketdi joyini,
U ayol ham qazo qildi yaşab yilu oyini.
Peşonaga bitganidan tökiladir közyoşim,
Mana endi qayerlarga urilarkin toş boşim?
Oğir yillar ötib ketdi, çidar ekan odamzod,
Panohiga oldi meni podaçi çol Döstmurod.
Oşihalol yiğib bir keç, duç keldim Gulruxsorga,
Keyin mangu mehrim tuşdi şu közlari xumorga.
U ham meni yotlamadi, bösa berdi bir keça,
Bu sağirning saodati takror böldi bir neça.
Öylabmanki erişmoqqa faqatgina bir yöl bor,
Yöqsa menday kambağalga berilmaydi Gulruxsor.
Injagina oğuşida botganida silsilim,
Totdim şirin olmasidan öşa keça bir tilim.
Oçilgandi Gulruxsorning endi yakka ğunçasi,
Mendan edi u ğunçaning oçilgan tugunçasi.
Sevdim endi armonim yöq, sevilganim baxt edi,
Men sağirga bu martaba ham toju ham taxt edi.
Oşihalol payti bir kun gulim közi yoşlandi,
Mening baxti qaroligim öşa kundan boşlandi.
Yorim endi menikimas, unaşilgan Ğayurga,
Qanday aytay hasratimni tuşunmagan u zörga.
Tilim-tilim böldi dilim yangraganda noğora,
Suv solganda bilinadi tagi teşik toğora.
Qayliğidan bilib olib yana mening “sirim”ni,
Qassob kabi böğizlaydi, şilib olar terimni.
Otasidek yoki meni dölanaga boğlaydi,
Bir öq yetar yoki zimdan bildirmay piçoqlaydi.
Gulruxsorni alam bilan quçoğiga bosadi,
Qörqitadi, kelib meni bir daraxtga osadi.
Otam öldi yov öqidan, onam öldi ohida,
Ossa osar, öksik qalbim bir daraxtning şoxiga.
Alam qilmas öldirgani yo urib yo osgani,
Alam qilar sevgilimni quçoğiga bosgani.
Kökragimni zaxga berib, yotganimdan ne foyda?
Borib aytay u ham menday bir adaşgan gadoyda!
Yo öldirar yo qaytarib berajakdir Gulimni,
Yöqsa bunday yaşagandan afzal bilay ölimni.
U yoş edi, bilmas edi, nima deya aytişni
Hamda tuzgan rejasidan keçib ortga qaytişni.
Qarasaki yon bağirlab kelmoqda qöş yölovçi,
Eşak mingan ayol bilan miltiq taqqan bir ovçi.
Birdan unga ayon böldi Gulruxsorning qismati,
Oqibati mana unga baxş etilgan ismati.
Tuyoğini olib asta izlaridan jönadi,
Balki insof qilar Ğayur, öldirmasdan könadi.
Yo öldirsa avval uni söng qatl etsin ayolni,
Butlab bölmas darz ketganda heç mahalda sopolni.
Demak, Guli sevar ekan, hatto etib jon fido,
Işq qurboni bölişidan asra uni ey Xudo!
Aslida men gunohkorman, mendan ötdi bu körlik,
Meni sevib bu kunlarga qoldingmi-a sen şörlik?
Kuçi yetmas Ğayur bilan solişmoqqa sağirni,
Mayli edi bir öq bilan tilkalasa bağirni.
Onasidan örganganin quş uyada qiladi,
U Ğayurning niyatini endi aniq biladi.
Qöşoğizni qöyib Ğayur, boğlar Gulin daraxtga,
Miltiğini olib şu payt, öt oçgay u badbaxtga.
Guli bilan şunda birga qoçar özga ovulga,
Keyin mayli duç kelsa ham falokatu dovulga.
Niyat xolis, zimdan keldi, röy bermoqda şu holat,
Ana miltiq, kimsasiz joy, yöqdir guvoh kafolat.
Sal narida Gulruxsorni Ğayur daraxtga boylar,
Bu fursatdan foydalanib Toşpölat uni poylar.
Töxta deya u qotilvaş, aniq möljallab otar,
Lek daydi öq uçib kelib qizning köksiga botar.
Nima qildim, qaltiraydi, xato qilgan Toşpölat,
Ikkinçi öq endi unga taskin bölolar faqat.
Qöşoğizning qöndoğini yerga bosdi alamdan,
Kökragini nişon etib, qutuldi dardu ğamdan.
Ğayur tirik qoldi, Xudo eşitganda arzini,
Ön yil yotib, keyin uzdi odamlardan qarzini…
02.07. 2021 yil.
1 Zaçça – çillasi çiqmagan ayol.

