Şeʼr – şaxsiyat şarhlari
Şeʼr ijodkor botini, tiynati, fikratining aksi ölaroq paydo böladi, unda inson qalbida yaşirinib yotgan iztirob, pörtana, dard, oğriq, armon, nadomat turli şakllarda zuhurlanadi. Taniqli şoir Sirojiddin Raufning “MASHHUR-PRESS” naşriyotida çop etilgan “Muallaq çeksizlik” şeʼrlar kitobi ayni şu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi. Tirik satrlar kitobxonni Olam va Odamning mohiyati töğrisida öylaşga, yon-atrofda sodir bölayotgan voqea-hodisalar asl sababini anglaşga undaydi.Öquvçini fikrlaşga majburlaydigan bu şeʼrlarda insonni tuşuniş, anglaş, his qiliş ruhiy ehtiyoj ekanligi ifodalangan, hayotning turli körinişlari haqda falsafiy muşohada yuritilgan.
“Asl muddaomiz muhabbat edi”, –şoir tiriklikni, hayotning mazmunini şunday taʼriflaydi. Muhabbatsiz inson puç, nursiz, gumroh bir jonzotdan bölak narsa emas. Darhaqiqat, odam bolalarining şarifligi uning muhabbati, iymoni, haqni nohaqdan ajrata olişida.
Kelsak – yaraşadi muhabbat uçun,
Kulsak – yaraşadi muhabbat uçun.
Işq debon sarğarib, laxta qon yutib,
Ölsak – yaraşadi muhabbat uçun.
Şoirlik aslida murosasizlik, şoir yolğon, xuşomad, xoinlik, pastkaşlik, qörqoqlik, ikkiyuzlamaçilik bilan heç qaçon kelişmaydi. Heç qanaqasiga oqlaş mumkin bölmagan illatlardan hazar qiliş şoirning şaxsini belgilovçi mezon. Ruhiy muvozanatini barqaror uşlab tura olgan ijodkorgina samimiy va xuddi tabiatdek tabiiy yoza oladi. “Muallaq çeksizlik”da hayotda tez-tez uçraydigan, ayrimlar esa yaşaş quroliga aylantirib olgan illatlar keskin tanqid qilinadi.
Sirojiddin Raufning şeʼrlarini içdan nurlantirib, çöğ berib turgan narsa nazarimda uning şaxsi bilan bevosita boğliq. Çunki şaxs bölmagan joyda haqiqiy ijod bölişi mumkin emas. Hayotni kuraş maydoni deb bilgan muallif özining har bir şeʼrida yangi fikr, falsafiy muşohada, ötkir söz, keskin xulosani bayon qilgan. “Bugunning odami”, “Haqiqat”, “Tuğyon”, “Favvora”, “Hasbi hol”, “Paradoks”, “Dunyoning işi” singari şeʼrlar ham ğoviy, ham badiiy jihatdan maromiga yetgan, pişiq, puxta.
“Inson” traktati tarkibiga kiritilgan “Nasiba”, “Nadomat”, “Adolat”, “Xudbinlik”, “Ona”, “Nisbiylik”, “Dunyo”, “Insof”, “Taqdir”, “Haqiqat” singari şeʼrlar bir qaraşda alohida mustaqil manzumalarga öxşab körinsa-da, aslida bir-birining uzviy davomi, özaro bir-birini töldirib turgan real hayotiy dramatik lavhalardir.
Şoir inson olam va odam haqida qança köp narsani bilgani sari özining yöqotişlari, qalbidagi kemtikliklar, umrning naqadar omonat, har bir lahza, har bir nafas ğanimatligini tobora çuqurroq anglaydi, deb uqtiradi.
Bahorni anglamay yozga yetibman,
Umrim boğlarida ğimirlar kuzak.
Şaxsi mavhum, qiyofasi xira öz mustaqil fikriga ega bölmagan, kimning aravasiga ötirsa, öşaning qöşiğini aytib ketaveradigan tuturuqsiz, subutsiz, zaif kişilar barça zamonlarda taraqqiyotga ğov, tösiq ekanligini şoir şunday yozadi:
Ikki soat minbar oldida
Kuyib-pişib beçora notiq
Özining bir oğiz sözin aytmadi.
Öz sözi bölmagan kişi juda xavfli, u istagan tomonga ergaşib ketaverişi, kutilmagan nomaʼqulçiliklarga qöl urişi, öz manfaati yölida xiyonat qilişi mumkin. Jamiyatning oğriq nuqtasi bölgan bu toifani qanday qilib töğri yölga soliş mumkin, hidoyatga qaytarişning iloji bormi? “Hatto maşhur şifoxona ham dardni tuzatadi odamni emas”. Şoir tabiati sunʼiylaşib, dunyoqaraşi mörtlaşib, ruhiyati nosoğlomlaşib borayotganlarni tuzatişga uriniş samarasiz degan dahşatli xulosa — hukmni bayon qiladi. Yillar davomida körgan-keçirganlari, guvoh bölganlari, tuşunib yetganlari natijasida va qançalar oğir bölmasin haqiqat baribir hamma narsadan ustun, degan fikrga keladi. Ayni şu his, şu tuyğuni buyuk söz salaflari ijodida uçratamiz. Benazir şoir Abdulla Oripov hayoti sönggida yozganlarida xuddi şu singari iqror börtib turadi.
Şoir şunçaki yaşayotganlar, çek-çegarasiz bemaʼni havaslarga berilib kun keçirayotganlarni hayotda heç kimligini tasvirlaydi:
Nimadir aslida ölim degan söz,
Özi tirik turib ölganlar kammi?
Qorin qayğusidir ularda gap-söz,
Behuda quvonçi, baçkana ğami…
U xudbin, qorin-qursoq taşvişidan özga fikri, xayoli bölmagan kimsalarni ogohlantirmoqçi, insonlik rutbasiga munosib bölişga çaqirmoqçi böladi. Adolatsizlik, yolğon, ikkiyuzlamaçilikka qarşi kuraşiş şart, bunda kelişiş, sulh, murosaga örin yöq. Aks holda kelajak oldida gunohkor, yuzqora bölib qolamiz.
Keçagi yaltiroq yolğon-yaşiqlar
Bugungi noörin andişa uçun
Bizni keçirarmi ertaga…tarix?
Sirojiddin Rauf şoirlik haqida yozar ekan, şoir ham hamma kabi oddiy bir odam, lekin tuğilganida Yaratgan Egam ijodkorga şoir qalbini tortiq qilgan, deydi. Suratan sokin, ammo siyratida isyon, töfon yaşirin zotning oğir öylar surişi va turfa muloqotlardan iç-bağri zardobga tölişini eʼtirof etadi, nafs domiga botgan maxluqotning qilmişlaridan ozorlanadi, köngli oğriydi, ğamga botadi. Lekin bundan umidsizlikka tuşmaydi, ğamzada köngilga tasalli bölguvçi umidni najotkor sanaydi.
“Uç tomçi” sarlavhasi ostida keltirilgan uç satrli tizmalarda şoir fikrlar ğavvosiga öxşaydi. Aytmoqçi bölgan har bir inja fikrini xalqona tilda – el içida keng tarqalgan aytim, hikmat, maqollarni badiiy jihatdan qayta jilolab, öz ğoyaviy maqsadiga böysundiradi. U şu usulda aytmoqçi bölgan falsafiy-badiiy umumlaşmalarini öquvçiga tuşunilişi oson bölgan javohirga aylantiradi. Şoirning mahorati bor böy-basti bilan körinib turgan köplab şeʼrlarda voqelik va keçinma parallel ravişda tasvirlanişi bu asarlarning öziga xos alohida jihatlaridan biri.
Söz yöli oğir, maşaqqatli. Mehnat sözining luğaviy maʼnosi azob ekanligini eslasak, ijodning juda noyob, sirli ruhiy holat ekanligi oydinlaşadi. “Bugun şeʼr yoziş – havas. Tuşuniş donişmandlikdir”. Şoir til uçida şeʼr aytadiganlar, qöl uçida yozadiganlar, tomoği, halqumi bilan şeʼr öqiydiganlar köpayib borayotganligidan öksinadi. Şeʼrda hikmat bölişi şartligini, şeʼrni tuşuniş, sözning maʼno qavatlarini köriş, seziş, idrok qiliş donişmandlik ekanligini ixçam bir tarzda eslatadi.
Şeʼr – şaxsiyat şarhlari, “Muallaq çeksizlik” kitobi ayni şu fikrning tasdiği va isboti. Unda şoirning ruhiyati, qalb keçinmalari, yaşaş yöli, maslak, eʼtiqodi betakror bir ohangda jaranglagan. Kitobning nomidan körinib turganidek, bu şeʼrlar öquvçini yangi bir ruhiy olamga boşlab ketadi, uni yerdan kötarilişga, samoviy yuksaklikka çorlaydi. Bu şeʼrlar topiş va yöqotişlardan çarçagan şiddatli zamonning fikri teran, zukko kitobsevarlari qalbida hayotga muhabbat, ertangi kunga işonç, ruhiga halovat baxş etadi. Zero, haqiqiy ijodning kuç-qudrati ham ana şundadir. Iqtidorli şoir Sirojiddin Rauf yozganidek:
Judolik köngilga solsa-da ğuluv,
Alvido demasman bağrimni tiğlab.
Işongum: oldinda bordir uçraşuv,
Salom, deb aytmoqqa mudom intiq lab.
Ilhom ĞANIYEV,
filologiya fanlari doktori
