Vatanimiz mustaqilligi – biz uçun kuç-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi

Keça, yaʼni 31 avgust kuni Istiqlolimizning öttiz yilligiga bağişlab bunyod etilgan “Yangi Özbekiston” boği va Mustaqillik monumentining tantanali oçiliş marosimi böldi. Unda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

Uşbu muazzam göşada Istiqlol bayrami oqşomi Vatanimiz mustaqillik bayramining 30 yilligiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda Prezidentimiz nutq sözladi va butun halqimizni mustaqillikning 30 yillik bayrami bilan qutladi.

Yurtimizning taniqli sanʼat ustalari, yoş ijroçilar iştirokidagi bayram konserti bölib ötdi.

Istiqlol ayyomi dillarga çeksiz quvonç, şodlik, ğurur va iftixor tuyğularini baxş ayladi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Bugun yurtimizda uluğ bayram, katta tantana. Köpmillatli Özbekis­ton xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining şonli öttiz yillik tö­yini zör şodu xurramlik bilan nişonlamoqda.

“Yangi Özbekiston” deb nom olgan mana şu muazzam boğda biz bugun birinçi marta Mustaqillik bayramini ötkazmoqdamiz.

Şu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni çin qalbimdan tabriklab, özimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Aziz döstlar!

Barçamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yaşadi. Bu muqaddas maqsad yölida jon olib, jon berib kuraşdi, maşaqqatli sinovlarni mardona yengib ötdi.

Xalqimiz qalbidagi hurriyat sari ezgu intilişni heç qanday bosqin, zulm va zöravonliklar yöqota olmadi. Bunga köhna tariximizning özi guvoh.

1991 yil 31 avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub buriliş yasagan, tom maʼnodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Neça yuz yillar davomida kelajakka katta umid va işonç bilan qarab, hamişa sabr-matonat bilan yaşagan xalqimiz uluğ orzusiga erişdi – özining davlat mustaqilligini qölga kiritdi.

Bugungi qutluğ ayyomda barçamiz, butun xalqimiz Özbekiston mus­taqilligini eʼlon qilib, tariximizning eng murakkab va oğir davrlarida davlatimizni boşqargan Birinçi Prezidentimiz muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimov nomini, u kişining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oşirilgan ulkan işlarni esga olişimiz tabiiydir.

Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat quriş yölida muhim işlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitu­siyasi işlab çiqildi. Zamonaviy davlatçilik asoslari, qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatlari şakllandi.

Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini işonçli himoya qilişga qodir bölgan Qurolli Kuçlar barpo etildi.

Milliy valyutamiz – söm joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz şakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, özligimiz tiklandi.

Muxtasar aytganda, köpni körgan xalqimiz özining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursat içida ulkan taraqqiyot yölini bosib ötdi.

Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib örin egalladi.

Mana şunday buyuk tarixiy jarayonlarda faol iştirok etiş nasib qilganidan köpçilik vatandoşlarim qatori men ham baxtiyorman.

Hurmatli tantana qatnaşçilari!

Biz bugun xalqçil va demokratik tamoyillarga asoslangan Yangi Özbekiston davlatini, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etmoqdamiz. Şu maqsadda, avvalo, bebaho boyligimiz bölgan tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşga eng muhim vazifa sifatida ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.

Bugun dunyoda va mintaqamizda, çegaralarimizda keskinlik, turli tahdid va xatarlar kuçayib borayotgan bir şaroitda bu masalaning qanday beqiyos ahamiyatga ega ekanini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Davlat va jamiyatimizning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlaş, mamlakatni modernizatsiya qiliş, bu jarayonda parlament va siyosiy partiyalarning rolini, jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan keng kölamli demokratik islohotlar jadal amalga oşirilmoqda. Demokratiyaning asosiy talabi bölgan inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, söz va vijdon erkinligini taʼminlaşga alohida eʼtibor berilmoqda.

Respublikamizda Inson huquqlari böyiça Milliy strategiya qabul qilindi. Köp yillardan buyon jiddiy muammo bölib kelgan majburiy va bolalar mehnati töliq tugatildi.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining fuqarolik masalasi böyiça çaqiriğiga javoban 2020 yilning özida 50 mingdan ortiq yurtdoşimizga Özbekiston fuqaroligi berildi.

Maʼlumki, mustaqil va kuçli sud hokimiyati inson huquqlari, demok­ratiya va qonuniylikni qaror toptirişning asosiy şartidir. Bu yönalişdagi ustuvor vazifalarga doir 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Hozirgi vaqtda ular asosida jiddiy amaliy işlar olib borilmoqda.

Ana şunday xayrli işlarimizning mantiqiy davomi sifatida men kuni keça Mustaqillik bayrami munosabati bilan yana bir muhim farmonga imzo çekdim. Uşbu hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 215 nafar şaxs afv etilib, öz oilasi va yaqinlari bağriga qaytiş imkoniga ega böldi.

Özbekiston Respublikasi tarixda ilk bor Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça kengaşi aʼzoligiga saylandi. Bu esa, uşbu yönalişdagi islohotlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilayotganining yaqqol tasdiğidir.

Muhtaram yurtdoşlar!

Şuni alohida taʼkidlaş zarurki, ötgan beş yillik vaqt barçamiz, butun mamlakatimiz, xalqimiz uçun keskin sinovlar davri böldi. Ayniqsa, 2020 yili boşlangan koronavirus pandemiyasi va şu sababli kelib çiqqan iqtisodiy inqiroz global dunyoning ajralmas qismi sifatida Özbekiston uçun ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi.

(Davomi. Boşlanişi 1-betda)

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xulosasiga köra, pandemiya Ikkinçi jahon uruşidan keyin dunyo miqyosida yuz bergan eng ulkan sinovdir.

Yodingizda bölsa, biz pandemiya boşlangan ilk kunlarda bu qiyinçiliklardan yanada toblanib, kuçli va qudratli bölib çiqişni öz oldimizga maqsad qilib qöygan edik. Yaratganning inoyati, el-yurtimizning ahilligi va fidokorona mehnati bilan bu maşaqqatli sinovlarni mardona yengib ötmoqdamiz.

Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng kölamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi Özbekiston davrini boşlab berdi.

Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangiça siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-maʼrifiy va madaniy muhit paydo böldi, deb aytişga barça asoslarimiz bor.

Xalqaro valyuta jamğarmasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga köra, hozirgi qiyin va murakkab şaroitda Özbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, işlab çiqariş tarmoqlarini tiklaş va iqtisodiy faollikni oşirişga erişib kelmoqda.

Mana, yaqinda Amerika Qöşma Ştatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan eʼlon qilingan “Özbekiston: yuksaliş yöli” nomli tahliliy hisobotda ham ayni şu fikrlar bayon etilgan.

Şu örinda iqtisodiyotimizdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar haqida ayrim maʼlumotlarni keltirib ötişni zarur, deb bilaman.

2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy ösiş darajasi 18,3 foizni taşkil etib, yalpi içki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, taşqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga köpayganini taʼkid­laş lozim. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 369 trillion sömni taşkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga ösdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 19,5 foizdan 27,4 foizga kötarildi.

Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tar­tiblarini liberallaştiriş tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni taşkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga ösdi.

Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinişi mamlakatimiz uçun xalqaro moliya bozorlariga çiqiş imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion sömlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard sömlik va “Özavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari çet el investorlariga sotildi.

Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bölgan işonçini keskin oşirişga muvaffaq böldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, şu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin ösgani ham buning isbotidir.

Ötgan uç yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablağdan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qöşilgan qiymat soliği stavkasi 20 foizdan 15 foizgaça pasaytirilib, uşbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi.

2017-2020 yillarda banklarimiz kapitalini 5,7 barobar yoki 5 milliard dollargaça oşirişga erişdik.

Elektroenergetika, neft-gaz, kommunal sohalarda amalga oşirilgan tarkibiy özgarişlar natijasida davlat boşqaruvi va xöjalik funksiyalari bir-biridan ajratildi, raqobat muhitini yaratiş uçun muhim qadamlar taşlandi.

Ayni paytda yangi-yangi infratuzilma tarmoqlari barpo etildi. Minglab kilometr uzunlikdagi yangi yöllar, elektr va gaz tarmoqlari qurildi va taʼmirlandi.

Jamoat transporti izçil rivojlanmoqda. Jumladan, Toşkent şahrida 2 ta yangi metro stansiyasi hamda qariyb 12 kilometrlik yer usti metro liniyasi foydalanişga topşirildi.

“Sergeli” yönalişi böyiça 6,2 kilometrlik quriliş işlari yakunlandi.

Ayni paytda Özbekistonda köplab yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oşirilayotganini alohida taʼkidlaş joiz. Şular qatorida yaqinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qiymati 2 milliard AQŞ dollariga teng bölgan 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişiga tamal toşi qöyilganidan barçangiz xabardorsiz.

Kuni keça Navoiy viloyatining Karmana tumanida 110 million dollar investitsiya hisobidan işga tuşirilgan quyoş elektr stansiyasi Özbekis­ton energetika tizimida birinçi ulkan qadam böldi.

Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ikkita yangi zavod – azot kislotasi hamda ammiak va karbamid işlab çiqariş korxonalari işga tuşirildi. Umumiy qiymati 1,5 milliard dollar bölgan uşbu loyihalar evaziga “Navoiyazot”da mahsulot işlab çiqariş hajmi 3 barobarga oşadi.

Bunday muhim voqealar milliy sanoatimiz tarixida yangi davr boşlanayotganidan dalolat beradi.

Yurtimizda kiçik va xususiy biznes subʼyekt­lari ikki barobar köpayib, sohada 1 million 400 mingta yangi iş örni yaratildi. Bu korxonalarning yarmidan köproği keyingi uç yilda taşkil etilgani alohida ahamiyatga ega.

Tadbirkorlik faoliyatini erkinlaştiriş maqsadida 16 ta qonun, 100 dan ziyod qaror qabul qilindi. Ötgan bir yil davomida litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş tartibi soddalaştirildi hamda ularni beriş muddatlari qisqartirildi. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş maqsadida barça tekşiruvlar uçun moratoriy eʼlon qilindi.

Şuningdek, özini özi iş bilan band qilgan aholi uçun qulay şaroit yaratiş natijasida bir yilda 500 ming nafar fuqaro röyxatdan ötib, faoliyatini qonuniy asosda yölga qöydi.

Tadbirkorlik sohasidagi mana şunday yondaşuv natijasida Jahon bankining “Biznesni yuritiş” xalqaro reytingida Özbekiston beş yil içida 141-örindan 69-öringa kötarildi. Albatta, bu jiddiy körsatkiç, ammo u hali bizni qoniqtirmaydi. Şuning uçun biz uşbu yönalişdagi işlarimizni izçil davom ettiramiz.

Xabaringiz bor, yaqinda tadbirkorlar bilan yangi formatdagi uçraşuv ötkazdik. Unda mamlakatimiz böyiça 10 mingdan ziyod işbilarmonlar qatnaşdi. Oçiq muloqotga tayyorgarlik doirasida 15 mingdan ortiq taklif va taşabbuslar atrofliça örganilib, tadbirkorlar kötargan masalalar böyiça amaliy çoralar belgilandi.

Biz milliy iqtisodiyotimizda haqiqiy bozor munosabatlarini joriy etiş, şu asosda mamlakatimizni taraqqiy ettiriş uçun tadbirkorlarga bundan buyon ham barça şaroitlarni yaratib beramiz. Nega deganda, tadbirkor – iqtisodiyotning, islohotlarimizning asosiy tayançi va lokomotividir.

Mana şu haqiqatni heç kim unutmasligi kerak.

Bugungi kunda zamonaviy iqtisodiyotning eng istiqbolli sohasi bölgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimizda keng joriy etilmoqda. Şu maqsadda önlab IT-parklar, kiçik sanoat zonalari, soha uçun mutaxassislar tayyorlaydigan öquv maskanlari, iqtidorli kompyuter dasturçilari uçun maxsus loyihalar taşkil etilmoqda.

Aholimizning katta qismi yaşaydigan qişloq joylarini rivojlantiriş va obod qiliş, agrar sohaning samaradorligi va raqobatdoşligini oşiriş, tarmoqda yangi iş örinlari yaratiş masalasi doimiy eʼtiborimiz markazida bölib kelmoqda.

Biz qişloq xöjaligida narxlar şakllanişiga davlat aralaşuvini bekor qildik, paxta va ğalla yetiştirişda davlat buyurtmasi tugatildi. 122 ta paxta-töqimaçilik klasteri faoliyati yölga qöyilib, yuqori hosil olişga erişildi. Qişloq xöjaligini moliyalaş tizimi qayta körib çiqilmoqda.

Biz hududlarni tarmoqlar bilan birga komp­leks rivojlantiriş böyiça yangi tizimni joriy etdik. Buning natijasida hududlarning moliyaviy imkoniyatlari kengayib, 2021 yilning özida mahalliy dasturlar uçun qöşimça 3 trillion söm mablağ şakllantiriş imkoniyati paydo böldi.

Bugun işonç bilan ayta olamizki, Özbekiston uçun global inqirozning oğir damlari ortda qolmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlaniş surʼatini aholining real yalpi daromadi 2016 yilga nisbatan 28 foizga ösganida ham köriş mumkin.

Hozirgi kunda nominal hisoblangan örtaça oylik iş haqi 2,7 million sömni taşkil qilib, 2016 yilga nisbatan 2,1 barobarga oşirildi.

Mana, yaqinda qabul qilingan Farmonga binoan, mamlakatimizda 1 sentyabrdan iş haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini yana oşirdik.

Biz bundan buyon ham aholimizning daromadi va turmuş darajasini muntazam yaxşilab borişga jiddiy ahamiyat qaratamiz.

Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etişning öziga xos yangi tizimi yaratilganidan barçangiz yaxşi xabardorsiz. “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoşlar daftari”, “mehr daftari”, “mahallabay” işlaş usullari aynan şu maqsadda joriy etilmoqda.

Islohotlar doirasida qabul qilingan yirik dasturlar jamiyatimizda ijtimoiy muhitni yaxşilaş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qilmoqda. Birgina “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini oladigan bölsak, joriy yilning özida jami 8 mingga yaqin qişloq va mahallada umumiy qiymati 20 trillion sömlik quriliş, taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari olib borilayotgani, öylaymanki, köp narsadan dalolat beradi.

Bu işlarning barçasi “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik” degan ezgu daʼvat asosida amalga oşirilmoqda.

Aholini uy-joy bilan taʼminlaş masalasi ham biz uçun ustuvor vazifa bölib kelmoqda. 2017-2020 yillar davomida 140 mingdan ziyod arzon va sifatli uy-joylar bunyod etildi. Uşbu körsatkiç 2016 yilga nisbatan qariyb 11 barobar oşdi. Respublikamizda ipoteka tizimi izçil rivojlanmoqda.

Şuni taʼkidlaş zarurki, yurtimizda ilgari heç qaçon bunday katta kölamdagi quriliş işlari amalga oşirilmagan.

Oğir turmuş şaroitida yaşayotgan oilalarning uy-joy böyiça boşlanğiç badallari davlat byudjeti hisobidan tölab berilmoqda. Bu yönalişdagi işlarimiz davom ettiriladi, şu yilning özida yana 50 mingga yaqin oila uy-joy bilan taʼminlanadi.

Qadrli döstlar!

Davlat va jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligini taʼminlaşda soğliqni saqlaş, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalari hal qiluvçi örin tutişini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Bugungi kunda yurtimizda tibbiyot sohasi, uning faoliyat mazmuni tubdan özgarmoqda, desak, yanglişmagan bölamiz. Avvalo, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning sifati va samaradorligi, soğlom turmuş tarzi yangi bosqiçga kötarildi. Köp tarmoqli poliklinika va kasalxonalarning moddiy-texnik bazasi, kadr­lar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Tez tibbiy yordam tizimi zamon talablari asosida qayta taşkil etilib, moliyaviy taʼminoti kuçaytirildi.

2016 yilda mavjud bölgan 800 ta “Tez yordam” şoxobçasining soni bugunga kelib 1 ming 666 taga yetkazildi. Tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 ming 648 tadan 2 ming 685 taga köpaytirildi.

Maʼlumki, ilgari köplab yurtdoşlarimiz murakkab tibbiy operatsiyalarni ötkaziş uçun çet ellarga borişga majbur edi. Keyingi yillarda tibbiyot sohasini rivojlantirişga oid islohotlar natijasida bunday amaliyotlar endi özimizda ham muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Respublikamiz aholisiga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatayotgan markazlar soni 2016 yilda 10 tani, ularning hududiy filiallari esa atigi 2 tani taşkil etardi. Bugungi kunda bunday markazlarning soni 20 taga yetkazildi, joylarda esa 124 ta filial faoliyati yölga qöyildi. Bu işni davom ettirib, joriy yilda yana qöşimça 48 ta hududiy filial taşkil etiladi.

Hammangiz körib turibsiz, soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarni öz vaqtida boşlab, töğri yöl tanlaganimiz uçun kutilmagan pandemiya qarşisida sarosimaga tuşib qolmadik. Xalqimizning soğliği va hayotini asraş maqsadida zudlik bilan barça tadbirlarni işlab çiqdik. Jumladan, koronavirusga qarşi kuraşiş uçun maxsus tibbiy markazlar taşkil etildi. Dori-darmon va himoya vositalarining zaxirasi şakllantirildi.

Hududlarda işga tuşirilgan 60 ta kislorod stansiyasi tegişli şifoxonalarni kislorod bilan uzluksiz taʼminlaşga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda vaksina işlab çiqariş bö­yiça amaliy işlar boşlandi.

2021 yil uçun davlat byudjetida 3 trillion söm zaxira şakllantirilib, aholi soğliğini saqlaş va koronavirusga qarşi emlaş çoralarini köryapmiz.

Xalqimizni tezkor va samarador, sifatli tibbiy yordam bilan taʼminlaşga qaratilgan islohotlar izçil davom ettiriladi.

Aziz vatandoşlar!

Atoqli maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmatli sözlarini men qayta-qayta takrorlaşdan çarçamayman.

Keyingi yillarda masalaga mana şunday yondaşuv bizning uşbu sohadagi faoliyatimiz mezoniga aylandi. Çindan ham, agar biz taʼlimni özgartirsak, taʼlim insonni özgartiradi. Inson özgarsa – butun jamiyatimiz özgaradi.

Şu bois biz uzluksiz taʼlimni takomillaştiriş, farzandlarimizni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalaş, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlaşni tubdan yaxşilaşga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.

Taʼlim-tarbiyaning boşlanğiç böğini bölgan maktabgaça taʼlim tizimidagi özgarişlardan hammangiz yaxşi xabardorsiz. Sohada yagona davlat siyosatini yuritiş maqsadida Maktabgaça taʼlim vazirligini taşkil etdik.

2017 yili yurtimizda 5 ming 211 ta boğça faoliyat yuritgan bölsa, joriy yilda bu raqam – tasavvur qiling – 19 ming 316 taga yetdi. Davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari hamda oilaviy boğçalarning joriy etilişi, bir qator imtiyozlar berilişi tufayli 13 mingdan ziyod nodav­lat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati yölga qöyildi. Uşbu islohotlar natijasida biz maktabgaça taʼlimga qamrov darajasini 62 foizga, 6 yoşdagi bolalar örtasida esa 77 foizga yetkazişga erişdik.

Yangi turdagi taʼlim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslaşgan maktablar faoliyati yölga qöyilmoqda. Birgina 2020 yilni oladigan bölsak, yurtimizda matematika fani böyiça 56 ta, kimyo-biologiya fani böyiça 28 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bö­yiça 14 ta ana şunday maktablar taşkil etildi.

Taʼlim sohasida yangiça yondaşuvlar faol joriy etilmoqda. Özingiz ayting, bundan tört-beş yil oldin respublikamizda xususiy maktab yoki boğça bölişini tasavvur qiliş mumkinmidi?

Biz bu sohada jahon tajribasini örganib, yangi tartib-qoidalarni, zamonaviy taʼlim usullarini joriy etmoqdamiz. Jumladan, xususiy maktab oçiş uçun litsenziya oliş tartibi soddalaştirildi. Nodavlat taʼlim maskanlari davlat tomonidan keng qöllab-quvvatlanayotgani tufayli hozirgi vaqtda ularning soni 195 taga yetdi.

Bularning barçasi öz ijobiy natijasini bermoqda. Buni 2017-2020 yillarda öquvçilarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 30 ta medalni qölga kiritgani misolida ham yaqqol köriş mumkin.

Yoşlarni talab yuqori bölgan zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş uçun ötgan öquv yilida 339 ta kasb-hunar maktabi, 194 ta kollej va 195 ta texnikum faoliyati yölga qöyildi.

Bugungi kunda islohotlarimiz talabi, hayotning özi oliy taʼlim sohasini jadal rivojlantirişni taqozo etmoqda. Şu bois yurtimizda sönggi 5 yilda 64 ta yangi oliy taʼlim muassasasi taşkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oşirildi.

Endilikda bitiruvçi yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi 2016 yilgi 9 foizdan – şunga eʼtibor bering – 28 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida uşbu körsatkiçni 50-60 foizga yetkaziş möljallanmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalambor, yoşlarni qöllab-quvvatlaş doimiy eʼtiborimiz markazida turibdi. Şu maqsadda joriy yilda nogironligi bölgan yoşlar uçun – 3 ming 155 ta, “Mehribonlik” uylari va Bolalar şaharçalari bitiruvçilari uçun – 1 ming 580 ta, kam taʼminlangan oilalarga mansub xotin-qizlar uçun – 2 mingta qöşimça qabul kvotalari davlat granti sifatida ajratildi.

Bugungi kunda yangiça va mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli, taşabbuskor, vatanparvar yoşlarimiz jahon maydonlarida turli soha va yönalişlarda yuksak marralarni egallamoqda.

Mana, yaqinda Yaponiyada bölib ötgan XXXII yozgi Olimpiya öyinlarida mohir sportçilarimiz ğolib va sovrindor bölib, barçamizni quvontirdilar.

Ayni kunlarda Tokioda yozgi Paralimpiya öyin­lari qizğin davom etmoqda. Unda iştirok etayotgan Özbekiston jamoasi aʼzolari bugungi kunga qadar 5 ta oltin, 4 ta kumuş, 6 ta bronza medallarini qölga kiritib, özlarining tengsiz matonatini namoyon etmoqdalar.

Yurtimiz şarafini munosib himoya qilayotgan mana şu jasoratli öğil-qizlarimizga yangi muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz.

Hurmatli döstlar!

Bugun mustaqilligimizning birinçi yilida tuğilgan bolalar öttiz yoşga – ayni kamolot yoşiga yetdi. Men mana şu navqiron yoşlarimizga, aziz öğil-qizlarimga murojaat qilib aytmoqçiman.

Siz istiqlol farzandlari, ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uçun eng katta baxt, katta davlatdir.

Men işonaman, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot çöqqilarini puxta egallab, biz boşlagan işlarni munosib davom ettirasiz.

Yuksak ğayrat-şijoatingiz va fidokorona mehnatingiz bilan yurtimizda Yangi Özbekis­tonni – Uçinçi Renessansni bunyod etişga albatta qodir bölasiz.

Heç qaçon böş kelmang, aziz farzandlarim! Sizlarga hamişa baxt va omad yor bölsin!

Muhtaram vatandoşlar!

Hammangiz guvohi bölib turibsiz, sönggi yillarda biz “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” degan ezgu tamoyil asosida Qurolli Kuçlarimizni yanada takomillaştiriş, davlatimizning mudofaa salohiyatini oşiriş böyiça muhim islohotlarni amalga oşirdik. Milliy gvardiya, Davlat mudofaa sanoati qömitasi tuzildi.

Sohada zamonaviy kadrlarni tayyorlaş, harbiy xizmatçilarni uy-joy bilan taʼminlaş, ularning oila aʼzolarini, harbiy pensionerlarni qöllab-quvvatlaşga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda milliy armiyamizning tezkor va ixçam, har qanday tahdidlarga munosib zarba berişga qodir jangovar kuçga aylanib borayotgani bizning eng katta yutuğimizdir.

Albatta, armiya faqat qurol va aslaha bilangina kuçli hisoblanmaydi. Armiya avvalo ona Vatan uçun jonini ham ayamaydigan harbiylar – askar va serjantlar, ofitser va generallar bilan qudratlidir.

Bugun Qurolli Kuçlarimiz safida Vatan himoyaçisi bölişni öz hayotining maʼno-mazmuni deb bilgan haqiqiy bahodir, mardi maydon farzandlarimiz xizmat qilmoqda. Ular Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur Mirzo kabi buyuk bobolarimizning jangovar mahoratini şaraf bilan davom ettirmoqda.

Har qanday şaroitda ham öz burçini vijdonan bajarişga qasamyod qilgan mard va jasur posbonlarimizning fidokorona xizmatlari va jasoratini barçamiz yaxşi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Öz hayotini Vatan himoyasidek muqaddas va masʼuliyatli işga bağişlagan va buni har kuni, har daqiqada amalda isbotlayotgan ona yurt qalqonlari bizning faxrimiz va ğururimizdir.

Mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş maqsadida davlat, jamiyat va şaxs xavfsizligini taʼminlaş tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Buning uçun eng quyi tizim – profilaktika inspektorlari tizimi zamonaviy tuzilma sifatida şakllantirildi. Ular endilikda mahalla idoralari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda 2017 yilga nisbatan jinoyatlar soni 12 mingga kamaygani, joriy yilning olti oyi yakuniga köra esa, mavjud 9 ming 251 ta mahalladan qariyb 50 foizida bironta ham jinoyatga yöl qöyilmaganini alohida taʼkidlaş lozim. Bu albatta islohotlarimizning ijobiy samarasidan dalolat beradi va bu işlarimizni izçil davom ettirişni taqozo etadi.

Qadrli tantana iştirokçilari!

Mamlakatimiz yangilaniş davriga qadam qöygan birinçi kunlardan boşlab biz oçiq, pragmatik va amaliy taşqi siyosat yuritib kelayotganimiz sizlarga yaxşi maʼlum.

Ötgan qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy örni va nufuzi keskin oşdi. Dunyoda Özbekistonga nisbatan işonç ruhi va hamkorlikka intiliş tamoyillari kuçaydi.

Avvalo, mintaqamizdagi davlatlar bilan döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari yölga qöyildi. Çegaralar oçildi, odamlar qavmu qarindoşlari bilan aloqalarini tiklab, bir mamlakatdan ikkinçi davlatga emin-erkin borib kela boşladi.

Jahon siyosatşunosligida “Markaziy Osiyo ruhi” degan ibora paydo böldi. Xalqaro maydonda mintaqa nomidan yangi taşabbuslar ilgari surila boşlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uçraşuvlarini ötkaziş yaxşi anʼanaga aylandi. Yaqinda Turkmanistonda bölib ötgan navbatdagi maslahat kengaşida hamkorlikning yangi, istiqbolli yönalişlari belgilab olindi.

Sönggi kunlarda yon qöşnimiz Afğonistonda yuz berayotgan voqealarni hammamiz taşviş bilan kuzatib turibmiz. Biz bu mamlakatda tezroq tinç­lik va barqarorlik örnatilişi tarafdorimiz.

Afğoniston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari örtasida özaro boğliqlikni mustahkamlaşda köprik vazifasini bajara olişiga işonamiz.

Afğoniston bilan aloqalarimizda döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini qöllab-quvvatlaş hamda içki işlarga aralaşmaslik tamoyillariga sodiq qolamiz.

Uşbu mamlakatda hokimiyat tranziti xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlarini inobatga olgan holda, milliy kelişuv asosida tinç yöl bilan amalga oşirilişi öta muhim, deb hisoblaymiz.

Ötgan davrda Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa mamlakatlar bilan samarali bitim va kelişuvlarga erişdik. Amerika Qöşma Ştatlari va Ğarb davlatlari bilan pragmatik hamkorlik sari yangi qadamlar taşlandi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Şanxay hamkorlik taşkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi kabi xalqaro tuzilmalar bilan aloqalar sifat jihatidan yangi bosqiçda davom ettirilmoqda. 2019 yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga töla huquqli aʼzo böldik. Bu mamlakatimiz uçun xalqaro maydonda yangi iqtisodiy, siyosiy va madaniy imkoniyatlar oçib berdi.

Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvçi davlat maqomida qisqa davrda samarali aloqalarni yölga qöyişga erişdi. 2020 yilda mamlakatimiz ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida raislik qildi. Bu davr pandemiya şaroitida ötganiga qaramasdan, Özbekis­tonning bu boradagi faoliyati muvaffaqiyatli taşkil etildi va yuqori baholandi.

Bu yil Şanxay hamkorlik taşkiloti raisligini qabul qilib olamiz va uning kelgusi yili ötadigan Sammitiga puxta tayyorgarlik körayapmiz.

Iqtisodiy diplomatiya vositalaridan samarali foydalaniş respublika eksporti va inves­titsiyalar oqimiga ijobiy taʼsir körsatmoqda.

Çet ellardagi vatandoşlarimizni qöllab-quvvatlaşga, ular bilan samarali hamkorlik qilişga katta eʼtibor berilmoqda. Ular respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga jalb qilinmoqda. Yaqinda ana şunday muhim vazifalar bilan bevosita şuğullanadigan “Vatandoşlar” jamoat fondini taşkil etganimizdan barçangiz xabardorsiz.

Ayni paytda uzoq-yaqindagi barça taraqqiyparvar mamlakatlar bilan özaro döstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaş bizning ustuvor maqsadimiz bölib qoladi.

Bugungi quvonçli kunda biz bilan davramizda ötirgan xorijiy davlatlarning muhtaram elçilariga, xalqaro taşkilotlar vakillariga, çet ellik şeriklarimizga, Özbekistonning barça döstlariga tinçlik va ravnaq tilaymiz. Xususan, tantanamizda iştirok etayotgan Fransiya Senatining hurmatli vakillariga çuqur ehtiromimizni bildiramiz.

Hurmatli yurtdoşlar!

Hammangizga yaxşi maʼlumki, şu yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda Özbekiston Respub­likasi Prezidenti saylovi bölib ötadi.

Sönggi beş yil mobaynida mamlakatimiz milliy saylov qonunçiligida jiddiy özgariş­lar yuz berdi. Nufuzli xalqaro ekspertlar taʼkidlaganidek, yangi Özbekistonda saylov qonunçiligini izçil takomillaştiriş hamda saylovlarni ötkaziş amaliyoti sifat jihatidan yangi poğonaga kötarildi.

Bu galgi Prezident saylovlari ilk bor 2019 yilning 25 iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bölib ötadi.

Bu saylov barçamiz uçun Özbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yöldan boradi, farzand­larimiz, oilamiz, mamlakatimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan hal qiluvçi savollarga javob beradigan ğoyat muhim siyosiy tadbirdir. Şuning uçun uşbu siyosiy jarayonga köpmillatli xalqimiz ham, jahon hamjamiyati ham katta qiziqiş va eʼtibor bilan qaramoqda.

Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda önlab xalqaro taşkilotlardan kuzatuvçilar iştirok etişi kutilmoqda.

Şu maʼnoda, bölğusi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida ötadi hamda yangi Özbekiston xalqining ösib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va madaniy saviyasini yaqqol namoyon etadi, deb işonaman.

Aziz va muhtaram vatandoşlarim!

Biz keyingi yillarda belimizni mahkam boğlab, milliy manfaatlarimizni taʼminlaş, xalqimizni rozi qiliş yölida sidqidildan mehnat qilib, ğoyat muhim natijalarni qölga kiritmoqdamiz.

Eng asosiy natija – boşlagan islohotlarimiz ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganida, bugungi jamiyatimizning maʼnaviy uyğonişida namoyon bölmoqda.

Maʼnaviy uyğoq jamiyatni, öz oldiga ulkan vazifalar qöyib, kelajak sari işonç bilan borayotgan xalqni heç kim öz yölidan töxtata olmaydi. Bunday xalqni Yaratganimiz ham qöllab-quvvatlaydi, doimo yölini oçib beradi.

Bugun million-million vatandoşlarimizning ongu tafakkuri özgarib, ular islohotlar jarayoniga özini bevosita daxldor deb bilmoqda, bu özgarişlarning faol iştirokçisiga aylanmoqda.

Bugun biz yagona xalq, yagona millat bölib, közlagan yuksak maqsadlarimiz sari dadil bormoqdamiz. Vujudimizda, qonimizda ajdodlarimizdan meros buyuk qudrat jöş urayotgan ekan, biz ezgu orzu va maqsadimiz bölmiş yangi Özbekistonni albatta bunyod etamiz. Özbekiston har tomonlama obod va farovon, erkin demokratik mamlakatga aylanadi.

Men siz, azizlarni, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barça yurtdoşlarimizni ana şunday uluğ va şarafli safda – yangi Özbekiston bunyodkorlari safida körib turganimdan baxtiyorman.

Oradan hali qança yillar, asrlar ötadi. Yurtimizda yangi-yangi avlodlar dunyoga keladi. Milliy davlatçiligimizni tiklab, bizga taraqqiyot va farovonlikka erişiş yölida mana şunday beqiyos imkoniyatlarni yaratib bergan istiqlolimiz jonajon Vatanimizning şonli tarixida hamişa eng yorqin, öçmas sahifa bölib qoladi.

Fursatdan foydalanib, siz qadrdonlarimni, möʼtabar nuroniylarimiz, mehribon opa-singillarimiz, azmu şijoatli yoşlarimizni, butun xalqimizni Mustaqillik bayrami bilan yana bir bor çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Mana şu muborak ayyomda barça yutuqlarimizning bunyodkori bölgan mehnatkaş, mard va saxovatli, bağrikeng va olijanob xalqimizga farzandlik mehri bilan taʼzim qilaman.

Barçamizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan ona xalqimiz doimo omon bölsin!

Yurtimizda yaşayotgan har bir oila, har bir inson ezgu maqsadlariga yetsin!

Mustaqilligimiz abadiy bölsin!

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan