Buxoroda mintaqaviy seminar

“Jamiyat va ommaviy axborot vositalari” mavzusida Buxoroda   ötkazilgan mintaqaviy seminarda söz olgan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 26 iyundagi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan bayram tabrigida jurnalistika sohasi rivojiga qaratilgan qator dolzarb vazifalar belgilab berilgani, uşbu tadbir ana şu vazifalardan kelib çiqqan holda taşkil etilganini alohida taʼkidladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlaridagi OAVda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar qatnaşgan seminarda bu kabi tadbirlar soha vakillari örtasida özaro tajriba almaşiş, jurnalistikaga oid yuzaga kelgan muammolar haqida fikr almaşiş, ularga yeçim izlaş, bu borada taklif va tavsiyalar işlab çiqiş, qolaversa, ijodkorlarni rağbatlantiriş kabi ezgu maqsadlardan iborat ekani qayd etildi.

Tadbirda “Buxoronoma” gazetasi boş muharriri Ş.Sulaymonov, Buxoro davlat universiteti professori F.Möminov, uyuşmaning Navoiy viloyat bölimi raisi O.Aslonov, “Rometannoma” gazetasi muharriri M.Atoyeva, 3-Buxoro saylov okrugi komis­siyasi huzuridagi matbuot xizmati rahbari A.Rustamovning mavzu yuzasidan maʼruzalari tinglandi, ommaviy axborot vositalari vakillari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar xususida fikr almaşildi.

Şuningdek, mamlakatimizda yoş jurnalistlarni tayyorlaş va tarbiyalaş işiga qöşib kelayotgan hissasi uçun BuxDU professori F.Möminovga Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining maxsus sovğasi, Navoiy viloyatida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriy jurnalist Hamdam Eşonqulovga 2-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni tantanali topşirildi.

— “Yurgan daryo, ötirgan böyra” deya bejiz aytişmagan, — deydi Navoiy viloyat hokimligi soğliqni saqlaş boşqarmasining “Salomatlik” gazetasi boş muharriri Ibrohim Jumayev. — Bunday tadbirlar odamga kuç, ilhom beradi. Seminar bahona buxorolik hamkasblar bilan döstlaşdik, tajriba almaşdik, uşbu viloyatda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanişdik. Özgarişlar juda katta. Ular haqida batafsil hikoya qiluvçi maqola yozişni köng­limga tugdim.

Seminar doirasida iştirokçilar köhna şahar — Buxoroning madaniy yodgorliklari, muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib, “Buxoro yoşlari” gazetasi tahririyati iş faoliyati va tizimlarga yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişişdi.

Şarh – janrlar qiroli

Soha ekspertlari taʼrifi bilan aytganda, şarh – jurnalistik janr­lar qiroli. U orqali voqea-hodisalarning mazmun-mohiyatini tuşunib yetiş, biror narsa haqida batafsil maʼlumotga ega böliş, taqdim etilgan axborotning asl maqsadini, davlatlar pozitsiyasini aniq va oson usulda qabul qiliş mumkin.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi qoşidagi Xalqaro şarhlovçilar kengaşi tomonidan Özbekiston Jahon tillari universitetining Media va kommunikatsiya fakultetida taşkil etilgan yiğilişida xalqaro şarhlovçilik, bu boradagi yutuq va kamçiliklar haqida söz yuritildi.

“Xalqaro mavzudagi materiallarni tayyorlaş mahorati” mavzusida ötgan yiğilişda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari Xolmurod Salimov ğoyaviy tahdidlar, mafkuraviy kuraşlar avj olayotgan ayni kunda aholida bu borada real qaraşlarni şakllantiriş, dunyoda sodir bölayotgan voqea-hodisalar haqida tezkor va xolis axborotlar – şarhlar tayyorlaş, odamlarda jarayonlarga töğri munosabat uyğotiş juda muhimligini taʼkidlab, xalqaro şarhlovçilarga bölgan talab ortib borayotganini alohida taʼkidladi. Uyuşma qoşidagi Xalqaro şarhlovçilar kengaşi raisi Q.Karimbekov, “Dunyo böylab” telekanali boş muharriri Ğ.Jamolov, Jahon tillari universitetining Media va kommunikatsiya fakulteti dekani A.Karimov, uşbu fakultet kafedra mudiri O.Toşboyevning “Xalqaro şarh yoziş texnologiyasi: Özbekiston bosma naşrlari misolida”, “Axborotlaşgan jamiyatda xalqaro şarhning zarurati va ahamiyati” kabi mavzulardagi maʼruzalari tinglandi.

Erkin muloqot tarzida ötgan yiğilişda mamlakatimiz bosma naşrlari, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi teleradiokanallari, Özbekis­ton Milliy axborot agentligi kabi yetakçi davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarida xalqaro şarhlovçilik maktablari faoliyati va bu boradagi muammolar yeçimi xususida fikr almaşildi.

Jurnalistlar uyuşmasi qoşidagi Xalqaro şarhlovçilar kengaşi aʼzolari, markaziy ommaviy axborot vositalarining xalqaro mavzuni yoritişga ixtisos­laşgan jurnalistlari, Jahon tillari universitetining Media va kommunikatsiya fakulteti öqituvçi va talabalari qatnaşgan mazkur yiğilişda xalqaro şarhlovçilik maktablarini tiklaş, bu borada “Ustoz-şogird” anʼanasini yölga qöyiş va boşqa taklif-tavsiyalar bildirildi.

Jurnalistlar dona surganda…

“Kun.uz” sayti va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi hamkorligida Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz yilligiga bağişlab ötkazilgan tezkor şaxmat musoboqasida öttiz nafar jurnalist va bloger dona surdi.

Toşkent şahridagi “Start” sport majmuasida yuqori saviyada taşkil etilgan aql öyini xalqaro standartlar asosida ötdi. Uning oçiliş va yopiliş marosimlarida söz olgan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov davlatimiz rahbarining sportga, soğlom turmuş tarziga qaratayotgan alohida eʼtibori, musobaqaning ahamiyati, uni taşkil etişdan közda tutilgan asosiy maqsad xususida söz yuritdi.

Tadbirda şuningdek, “Kun.uz” masʼul xodimi A. Zohidov, “Işonç”, “Maʼrifat” gazetalari boş muharrirlari H. Ermatov, H. Nişonov va boşqalar bu kabi bellaşuv va tadbirlarning davomli bölişi jurnalist va blogerlarni birlaştiriş, tadbir bahona yanada yaqin böliş, diydorlaşiş, qolaversa, ijodiy hamkorlikni mustahkamlaş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilişini alohida taʼkidladilar.

— Şaxmatga qiziqaman, vaqti-vaqti bilan öynab turaman, — deydi Özbekis­ton Milliy axborot agentligi boş muharrir örinbosari Oçil Hazratov. — Bu borada özimni ança kuçli hisoblardim. Bugungi öyin hali öz ustimda ança işlaşim kerakligini körsatdi. Musobaqada törtta ğalaba, uçta mağlubiyat qayd etdim. Muhimi, ança vaqtdan beri körmagan ustoz jurnalistlar va hamkasblar bilan körişdim. Ular bilan bir dasturxon atrofida suhbatlaşiş imkoniyatiga ega böldik. Bunday tadbirlarni soğingan ekanmiz.

Qariyb kun böyi davom etgan musobaqada birinçi örin “Muştum” jurnali boş muharriri Nosirjon Toşmatovga, ikkinçi örin şu naşr xodimi Murodilla Xoliyorovga, uçinçi örin esa Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Asror Möminovga nasib etdi.

Ğolib va sovrindorlarga taşkilotçilarning pul mukofoti, diplom va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi axborot xizmati.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan