Elga tanitgan tanlov

Poytaxtdan Namanganga “Eng uluğ, eng aziz” respublika tanlovining ğolibi sifatida qaytdim. Tabriklar hali davom etyapti. Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida taqdirlanganim quvonçimni yanada oşirdi. Joriy yilgi körik-tanlovning öziga xosligi — unga taqdim etilgan ijodiy işlarda “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” degan ezgu ğoya mujassamligi bilan diqqatga sazovordir.

Bundan 4 yil avval “Yilning eng faol jurnalisti — 2017” respublika tanlovida ham ğolib çiqqandim. Töğrisi, öşa yillarda barça jarayonlar yopiq keçardi. Nomzodlarning ijodiy işlari soni, sifati, mazmuni va ularni baholaş haqida faqat hakamlar hayʼati aʼzolarigina bilardi. Natijalarni kutaverib, umidimizni uzardik, mavhumlikdan kayfiyatimiz tuşardi.

Bu safar esa butunlay şaffof va oçiq tarzda taşkillaştirildi, deb öylayman. Tanlovga yuborilgan ijodiy işlarimiz internet imkoniyatlaridan foydalanib keng jamoatçilik eʼtiboriga havola qilindi. Mamlakatimizning jami hududlaridan turli yoşdagi ijodkorlarning materiallari maxsus oçilgan https://tanlov2021.uz/ saytiga joylaştirilib, onlayn ovoz beriş taʼminlandi. Hakamlar hayʼati ğolib va sovrindorlarni aniqlaşda onlayn ovoz beriş natijalariga ham tayanibdi. Demoqçimanki, ijod namunalarimizdan ijtimoiy tarmoqlar faol kuzatuvçilari xabardor böldi. Şu bahonada mazkur tanlov har tomonlama bizni elga tanitdi. Eng köp ovoz töplaşimiz uçun turli sohalar vakillarining munosabati ham inobatga olindi. Bunda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining olib borgan taşkilotçilik faoliyati, xolislik mezoniga qatʼiy amal qilgan tanlov hayʼati aʼzolarining xizmatlari tahsinga loyiq, albatta.

Körik-tanlovga “Yangi Özbekiston” va “Namangan sadosi” gazetalarida ötgan bir yil davomida Namanganda amalga oşirilayotgan keng islohotlar samaralari, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotiga oid, qizğin bunyodkorlik jarayonlariga bağişlab çop etilgan önga yaqin tahliliy maqolalarimni jönatgandim va yuqori baholanib, “Bosma OAV xodimlarining jurnalistik işlari uçun” yönalişida faxrli öringa munosib körilganidan xursandman. Albatta, bu nafaqat menga, balki jamoamizga ham bölgan eʼtirofdir. Tabiiyki, şu kabi mukofotlar, eʼtiroflar yanada tinimsiz, tezkor, çarçoq bilmasdan ijod qilişga çorlaydi, qalamkaşga qanot ulaşadi.

Şu örinda, ustoz jurnalist va taniqli şoir, ÖzA boş direktori Abdusaid Köçimovning “Jurnalist” nomli maşhur şeʼridan quyidagi ötli satrlari bilan örtoqlaşsam:

Bir kun piyodasiz, bir kuni rolda,

Tongda şahardasiz, keçqurun çölda,

Umrning yarmisi yomğirda, dölda,

Yarmisi töşalib yotadi yölda.

Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,

Jurnalist döstlarim, qadrdonlarim!

 

Bitta xabar uçun, bir satr uçun,

Goh olam nurafşon, gohida tutun,

Şundan baxtiyorsiz, şundan baxtlisiz,

Dunyoda baxt yöqdir şu baxtdan ustun.

Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim,

Jurnalist döstlarim, qadrdonlarim!..

Darhaqiqat, sözda qudrat, tasvirda haqiqat bor. Ayni fikrlarning isbotini anʼanaviy “Eng uluğ, eng aziz” res­publika körik-tanlovi misolida yana bir karra angladik, guvohiga, iştirokçisiga aylandik.

Orifjon JÖRAYEV,

“Yangi Özbekiston” gazetasining Namangan viloyati böyiça muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan