OAV vakillari uçun seminar

Urganç şahridagi Xorazm viloyat teleradiokom­paniyasining binosida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi hamda Xorazm vi­loyati hokimligi hamkorligida “Jamiyat va ommaviy axborot vositalari” mavzuida mintaqaviy seminar taşkil etildi.

Jurnalistlar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etgan mazkur seminarda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Olimjon Ösarov sözga çiqib, “Seminarning maqsad va vazifalari, bugungi kun jurnalistikasi” mavzusida maʼruza qildi. Uyuşma raisi davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 iyun kuni Matbuot va OAV xodimlariga yöllagan bayram tabrigida belgilab berilgan vazifalar xususida atrofliça töxtalar ekan, respublikamizning turli hududlarida ötkazilib kelinayotgan mana şunday anjumanlarning örni yuqori ekanligi haqida gapirdi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan jurnalistlar, internet naşrlari muharrirlari,   idora va taşkilotlarning axborot xizmati maʼsullari qatnaşib, “Gazeta va jurnallarning öqişliligini oşiriş omillari”, “Jamiyatda oşkoralik, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlaşda OAVning rolini oşiriş masalalari”, “Hududiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari” mavzularida özaro fikr almaşdilar.

Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Qoraqalpoğis­ton Respublikasi bölimi raisi K.Raimov va “Xiva tongi” gazetasi muharriri Ş.Maşaripovlar ham söz olib, bugungi matbuotimizning yutuq va muammolari xususida öz fikr-­mulohazalarini bayon etişdi.

Şundan söng uyuşma aʼzolariga yangi aʼzolik guvohnomalari va kökrak nişonlari topşirildi.

Darvoqe, seminar yakunlangaç, iştirokçilar qadimiy va navqiron Xiva şahriga sayohat qildilar.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy

uyuşmasi axborot xizmati.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan