Yonğoq tagidagi tarğibotçi
Davlatimiz rahbari ijodkor, jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş barobarida, maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yölga qöyişga yordam beriş maqsadida “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonni imzolagan edi. Farmonga muvofiq har bir umumtaʼlim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçi lavozimi joriy etildi. Uşbu vazifaga Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli şoir, yozuvçi, jurnalist va ijodkorlar, oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va öqituvçilari jalb qilinişi kerak edi, biroq…
Öz viloyatimizdan kelib çiqib tahlil qilsak, tarğibotçi lavozimi “uloq”qa aylanib ulgurdi. Yozuvçilar, Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar maktablarga borib, iş boşlab körişdi. Biroq maktab direktorlari tomonidan turli xil bahonalar, “haftada 5 kun kelasiz, sizni iş joyingiz bor ekan” degan iddaolar bilan vazifasidan bezdirilib yoki “öz xohişlari”ga köra çetlatildi. Norin tumani maktablarining birida tarğibotçi bölib işga kirgan ijodkor Qimmatxon Mamajonova işga borgandagi holatni şeʼrga solib, tarğibotçilar guruhiga joyladi:
“Tarğibotçi sifatida direktordan tögarak uçun joy sörasam, yonğoqning tagidagi örindiqni berdi. Meni qidirib maktabga kelganlar, manzil: yonğoqning tagi…
Uluğ şoh bir uluğ farmonlar qildi,
Tuşungan, suyungan qadrimiz bildi.
Kim nazarga ilmay, kimlardir ildi,
Yonğoqning tagidan joy tegdi mana.
Zulfiyalar keling, Usmonlar keling,
Gulçehralar keling, Dilbarlar keling.
Joy tegmay qolmasin, yuguring, yeling,
Yonğoqning tagidan joy tegdi mana.
Yonğoqning tagidan ötganmisan deb,
Yonğoqning ustidan kulişgandi xöb.
Yonğoqning obrösi hammasidan köp,
Yonğoqning tagidan joy tegdi mana.
Aslida yonğoqning ostimi, usti,
Şoirga farqi yöq bölsa kam-kösti.
Endi men bugundan yonğoqning dösti,
Yonğoqning tagidan joy tegdi mana.
Ha, ayrim maktablarda tarğibotçilar vazifasini tölaqonli tuşunmagan yoki tuşunişni xohlamagan direktorlar şu lavozimdan ham “unumli” foydalanib qolişmoqçi va buni uddasidan çiqişmoqda. Ijodkorlar mehnatidan, ijodidan bahra olişni xohlamaydigan rahbarlar öz kadrlarini “tiqiştiriş” bilan ovora. “Dod”ini aytib çarçagan ijodkorlarning köplari yana öz “olam”lariga şönğib ham ketişdi. Farmonning ijrosi tölaqonli taʼminlanmayotganidan bevosita xabardor viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi, tuman, şahar xalq taʼlimi bölimlari ham bu holatlarga jimgina qöl siltab qöyaqolişgan. Aslida mazkur tarğibotçilarga yoş avlodni maʼnan barkamol etib tarbiyalaş, maktab öqituvçilari va faol öquvçilarining ijodiy işlarini keng jamoatçilikka yetkazişga kömaklaşiş, turli xildagi viktorinalar, muşoiralar, adabiy keçalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va şeʼrxonlik musobaqalarini taşkil etiş vazifalari yuklangan. Bu yumuşlarni esa ulargina uddalay olişardi. Öquvçilarimiz internetga, telefonga mukkasidan ketayotgan “ötiş” davrida ijodkorlar maʼnaviy olamga yetaklaşi, yangi isteʼdodlarni kaşf etişi juda muhim masala edi fikrimça. Ayrim maktab direktorlarining “3 kun ertadan-to keçgaça maktabda bölsangizgina, işlang” degan talablari noörin menimça. Ijodkor vaqt, masofa, makon tanlamaydi, albatta. Biroq maqsad maʼnaviy muhitni yaxşilaş. Qöyib bering, ijodkorlarni topsin, vaqtini nazorat qilmang. Ijodkor, birinçi navbatda – erkin inson. Moddiyatga qiziqmagani uçun ham arzimagan maoşiga baraka tilab, sizga öşa lavozimni taşlab ketyapti. Bundan manfaatdor rahbarlar “özi ketib qoldi” deya, “taniş”larini joylaganidan xursand. Belgilab qöyilganiga qaramay, ijrosi taʼminlanmayotgan mazkur farmon ham oğriqli masalaga aylandi.
Farmon çiqqan kezlari davlatimiz rahbarining eʼtiboridan boşi osmonga yetgan ijodkorlarning köplari yana öz “manzillari”da qolişdi. Tortişişni, maktab rahbariga elanişni ep bilişmadi. Balki, farmonning ijrosi bilan masʼul taşkilot rahbarlari şuğullanib körişar… Bu vazifada kim işlayotgani, hukumatning millionlab mablağidan kim foydalanayotganini nazoratga olişar… Harqalay lavozimga öz egalari ötirsa, maqsadga muvofiq bölardi…
Saida Ismoilova,
jurnalist.
