Bağrikenglik va mehr-oqibat maskani
11 fevral — Özbekiston radiosining muntazam eşittirişlari boşlangan kun
Biz har kuni eşitib, quloğimiz örganib qolgan radio öz davrining buyuk kaşfiyoti hisoblanib, özining 129 yillik tarixida köplab voqealarning guvohi bölgan. Özbekistonda muntazam radioeşittirişlar 1927 yil 11 fevraldan boşlangan. Özining tezkorligi, jarangdor ovozi asnosida benazir, qolaversa, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida arzon axborot vositasi hisoblangan radioni hozir ham köpçilik tinglaydi. Özbekiston radiosi 97 yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan bölsa, uning har bir kuni öçmas sahifalar va xotiralarga boy, desak heç bir mubolağa bölmaydi. Quyidagi maqolamizda radio bilan boğliq baʼzi hayotiy lavhalarni yoritişga harakat qildik.
Ming töqqiz yuz yetmiş sakkizinçi yilning yoz fasli. Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetining uçinçi kursini tugatgaç, işlab çiqariş amaliyotini Özbekiston radiosining “Bolalar va ösmirlar uçun eşittirişlar” boş muharririyatida ötaydigan böldim. Öşanda muharririyatning boş muharriri yozuvçi, publitsist va olim Meli Normatov edi. Bu muharririyat boşqa muharririyatlar orasida öziga xos mavqega ega bölib, jamoa juda ahil, inoq ekan. Bunda Aziz Yoqubov, Tölqin Ilhomov, Olim Mahkamov, Hafiza Hayitmetova, Muhammadjon Rahmon kabi bir-biriga mehribon, bolajon ijodkorlar işlaşar edi. Amaliyot davridagi qisqa vaqt içida ularning har biri öz ovoziga ega ijodkor, öz kasbining fidoyilari, qölidan kelgança yaxşilik qilib, savobni soğinib yaşaydigan insonlar ekanligini bilib oldim. Doimo yuzidan tabassum balqib turadigan ovoz rejissyori Tuhfa opaning eşittirişga kelgan bolalarni suyib, erkalab, eʼzozlaşlarini aytmaysizmi! Ijodkor jamoa bilan birpasda til topişib, apoq-çapoq bölib ketdik. Men yoşligimdan bolalar uçun şeʼr, kiçik hikoyalar yozişni yoqtirar edim. Bu menga juda qöl keldi va bolalar uçun tayyorlagan eşittirişlarim muharrirlarga maʼqul böldi, şekilli, ular ketma-ket efirga berila boşladi. Hatto bir marta eşittiriş tayyorlaş uçun Jizzax viloyatiga safarga ham yuborişdi. Öşanda Jizzax tumanidagi ilğor xöjalikning rahbari, ikki marta Mehnat Qahramoni Hamroqul Nosirov bilan suhbatlaşiş şarafiga muyassar bölganman.
Yoş, qiziquvçan emasmanmi, muharririyat topşiriq bilan qayoqqa yuborsa, öşa joydan eşittiriş tayyorlab kelar, eşittiriş heç bir qiyinçiliksiz efirga uzatilardi. Meli akaning oğir, vazminlik asnosida tajribalarini örtoqlaşişlari, kuyunçak, hammaga birdek mehribon Aziz akaning çin dildan bergan maslahatlari, Muhammadjon akaning dono ögitlari, Hafiza opaning mehribonliklari, eşittirişga kelgan bolajonlarni öz bolalaridek körib, kuyib-pişib, suyib yordam berişlari hali-hali yodimda. Bu ajoyib ijodkorlardan bir oy içida köp narsalarni örgandim. Radioning öziga xos, ajoyib xislatlari, bağrikeng, ijodkor insonlar mehrini ilk bor şu dargoh, şu muhitda his etganman.
Yozgi amaliyot köngildagidek ötdi va şu-şu radioga boğlanib qoldim va radio eşittirişlariga doimo qatnaşib turadigan böldim. Tayyorlagan eşittirişlarim nafaqat “Bolalar va ösmirlar boş muharririyati”, yana boşqa muharririyatlar orqali ham efirga berila boşladi. Deyarli har haftada radioxabar, radiolavha, radiooçerklarim “Özbekiston” va öşa paytdagi “Maşʼal” (hozirgi “Mahalla”) radiokanallarining “Axborot” informatsion dasturi, “Qişloq hayoti” eşittirişlarida berib borilardi. 1984 yil taşkil etilib, hozirgaça faoliyat yuritayotgan, tinglovçilarning sevimli eşittirişiga aylangan “Oqşom tölqinlarida” axborot-musiqiy dasturida, şu yillarda taşkil etilib, ança “şov-şuv”larga sababçi bölgan “Qarmoq” satirik radiojurnalida ham muntazam qatnaşib turganman. Radioda işlaydigan xoh oddiy xodim, muharrir yoki rahbar bölsin, ularning tabiiy va samimiyligi, bundagi ijodiy muhit meni doimo öziga tortar, şuning uçun bu dargoh men uçun qadrdon bölib qolgan edi. Bu yerda mohir radiojurnalistlar, öz sohasini yaxşi biladigan ijodkor insonlar bilan tanişdim, ularni ustoz, deb etaklaridan tutdim va bilmaganlarimni örgandim.
2000 yilning kuzidan “Özbekiston” radiokanalining “Ijtimoiy-siyosiy eşittirişlar” boş muharririyatida örindoşlik asosida işga kirdim, bu endi meni qadrdon radio bilan ijodiy aloqalarimni yanada mustahkamladi. Boşlanişida jurnalist Alişer Nazar bilan “Gazetalar şarhi”ni olib bordik. 10 daqiqalik bu eşittirişda respublika gazetalarining yangi sonlarini qisqaça şarhlar edik. Bir muddat ötib, endi gazetalarni özimiz navbatma-navbat mustaqil şarhlaşga ötdik. Eşittiriş efirga jonli uzatilar, tabiiyki, bu ança masʼuliyatni talab qilar edi. Şu orada menga şu muharririyatdan — “Talqin” nomli yangi eşittirişni tayyorlaş topşirildi. 15 daqiqalik mualliflik eşittirişining asosiy mavzusi milliy ğoya va milliy mafkura tarğiboti edi. Eşittiriş haftasiga bir marta efirga uzatilar, jiddiy eşittiriş bölgani bois, muharririyatga, asosan, taniqli tarixçi, faylasuf olimlarni taklif etib, ular bilan mavzu yuzasidan qiziqarli suhbatlar uyuştirardim. Boşlanişida birmunça qiyinçiliklar ham böldi, ammo asta-sekinlik bilan hammasi izga tuşib ketdi. Bu muharririyatda Barno Rajabov, Isoqjon Ğoziyev, Mahkam Risqiyev, Abduhamid Habibullayev, Saidmurod Tillaxöjayev, Muyassar Saidxonova, Z.Toşxöjayeva, Muxtor Murodov kabi tajribali radiojurnalistlar bir tan, bir jon bölib işlar edi. Keyinçalik B.Rajabov “Özbekiston” radiokanali eşittirişlarining boş direktori lavozimiga işga ötdi.
Odatda, har bir eşittirişning mazmuni, örni, hozirgi til bilan aytganda, reytingini belgilaydigan omil — unga bildiriladigan munosabatlar, jamoatçilik fikri böladi. “Gazetalar şarhi”, “Talqin” eşittirişi haqida muharririyatga tinglovçilardan xatlar kelar, telefon qönğiroqlari bölib turardi. Ularda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib çiqqan holda, keyingi eşittirişlarning yanada mazmunli, taʼsirçan bölişiga harakat qilar edim. Kunlar ketidan kunlar ötdi, eşittirişlarim ketma-ket efirga uzatilaverdi. Aytiş kerakki, doimo ustozlardan maslahatlar sörab, ularning tajribasini örganib, eşittirişlarga singdirib borişga harakat qilardim.
Şu yerda omma orasida telekörsatuv va radioeşittirişlarni keng tarğib qilgan, tom maʼnoda, soha xodimlari, ayniqsa, yoş teleradiojurnalistlar uçun mahorat maktabi vazifasini ötagan “Sado” gazetasi haqida ham töxtalib ötsak, maqsadga muvofiq böladi. Gazeta Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi muassisligidagi naşr bölib, haftada bir marta çiqardi. Gazetaga Özbekiston radiosining tarixi, radioeşittirişlarning taraqqiyot bosqiçlari, radio janrlari, zamonaviy radioeşittiriş va telekörsatuvlar haqidagi maqolalarim bilan muntazam qatnaşib turdim. Gazetada 30 ga yaqin ilmiy-ommabop maqolalarim bosilib çiqdi va gazeta öquvçilarining bu maqolalarga iliq fikrlari bildirilgan maktublari kelib turdi. “Sado” nafaqat soha mutaxassislari, şuningdek, keng omma tomonidan qölma-qöl bölib öqilar, uning sahifalarida bosilgan maqolalar haqida gazeta tahririyatiga öquvçilarning fikr-mulohazalari kelib turardi. Bu munosabat, takliflarni hisobga olib, gazetaning keyingi sonlari uçun yangi-yangi mavzulardagi qiziqarli maqolalar yozişga harakat qilardik. “Sado” gazetasi ham hayotimda öziga xos bir maktab bölgan desam, heç bir mubolağa bölmaydi.
Hali keçagidek esimda, 2005 yil edi. Men faoliyat yuritayotgan boş muharririyat rahbariyati har yili Özbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida ötkaziladigan “Eng uluğ, eng aziz” respublika körik-tanloviga biz ham eşittirişlarimiz bilan qatnaşişimiz lozimligi haqida topşiriq berdi. Men “Talqin” mualliflik eşittirişimdan namunalar va yana talab etiladigan hujjatlarni tayyorlab, hayʼat komissiyasiga topşirdim. Avgust oyining oxiri edi, telefonda özini körik-tanlovning kotibi deb taniştirgan yigit ertaga Alişer Navoiy köçasidagi “Milliy matbuot markazi” binosida tadbir bölişi, şunda men ham qatnaşişim kerakligini aytdi. Aytilgan vaqtda yetib bordim. Ança-munça odamlar yiğilgan ğala-ğovur zaldagi örindiqlardan biriga borib ötirdim. Köp ötmay, tadbir boşlandi. “Eng uluğ, eng aziz” respublika körik-tanlovining raisi, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov davraning törida ötirgan ekan. Taqdirlaş marosimi boşlandi. Körik-tanlov ğoliblarining ism-şariflari eʼlon qilinib, sahnaga taklif qilinar, Abdulla aka esa ularni samimiy qutlab, diplom va mukofotlar topşirar edi.
Bir payt mikrofondan mening familiyam öqildi, quloqlarimga işonmadim. Biroz nafas rostlab, sahnaga yöl oldim. Abdulla aka meni samimiy qutlab, qölimga 1-darajali diplom va mukofot topşirdi. Bu respublika körik-tanlovining eng yaxşi radioeşittirişlar nominatsiyasi böyiça birinçi öringa munosib körilgan ğoliblik diplomi va sovğasi edi. Keyingi yil esa “Talqin” eşittirişi respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining eng yaxşi mukofoti bilan taqdirlanib, “Maʼnaviyat fidoyisi” faxriy yorliği va sovğa olişga sazovor böldi.
2016 — 2017 yillar davomida “Toshkent” radiokanalida “Gazetalar şarhi” va “Mahorat maktabi” mualliflik eşittirişini olib bordim. Gazetalar şarhi yana yaxşi eşittirişlar sirasiga kirdi. “Mahorat maktabi” eşittirişi loyihasini taniqli jurnalist Dilşod Böriyev bilan maslahatlaşgan holda amalga oşirdik. Eşittirişga talaba-yoşlarni taklif qilib, ularga jurnalistika böyiça saboq berilar, töğriroği, universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, mustaqil radioeşittiriş tayyorlaşga örgatar edik. Eşittirişning bir neça soni efirga çiqqaç, poytaxt oliy öquv yurtlarining jurnalistikaga qiziqadigan köplab talabalari radioga kela boşladi. Yoş yigit-qizlar urinib, ança-munça qiynalib (hali tajriba yetişmasdi-da) eşittiriş tayyorlaşar, eşittiriş efirga ketgaç, quvonçdan közlari porlab, bir-birlarini qutlaşar, ularning yuz-közlaridagi şodlikni körib, biz ham xursand bölar edik.
Radio nafaqat menga hayot maktabi böldi, şuningdek, izdoşim, kenja qizim — radiojurnalist Dilşodaning ham kelajagini belgilab berdi. Dilşoda dastlab Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavriatini “aʼlo” baholarga yakunladi, keyin esa Özbekiston Milliy universitetining magistraturasini muvaffaqiyatli tugatdi. U yoşligidan “Kelajak tongi” (oldingi “Pioner ertaligi”) eşittirişiga qatnaşar, oliy öquv yurtini bitirguniga qadar, radioeşittirişlar tayyorlaş borasida ança-munça amaliy könikmaga ega bölgan edi. Öqişni bitirgaç, respublika radiosining “Axborot” informatsion eşittirişlar boş muharririyatiga muxbir lavozimiga işga qabul qilindi. Yoş jurnalist özining dolzarb mavzulardagi mazmunli va qiziqarli eşittirişlari bilan radio rahbariyati va tinglovçilar eʼtiboriga tuşdi. U eşittiriş diktori bölib ham işladi va mehnatlari munosib taqdirlanib, radioeşittirişlar nominatsiyasi böyiça bir neça tanlovlar sohibi böldi. Dilşoda Hamdamova hozirda Özbekiston radiosi eşittirişlari böyiça ilmiy işini yakunlab, fan doktori dissertatsiya himoyasiga çiqiş arafasida turibdi.
Oçiği, uşbu satrlarni ortiqça urinmasdan, zavq bilan qoğozga tuşirayapman. Çunki, Özbekiston radiosi men uçun katta hayot maktabini ötagan, qolaversa, men qiziqqan sohalardan biri edi. Vaqtni tizginlab yoki töxtatib bölmas ekan, radio bilan yaqin hamkorligimiz boşlanganiga ham qariyb ellik yil bölibdi. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti talabalariga radioeşittirişlar böyiça ham saboq beraman. Radio uyiga har borganimda, fakultetimizda öqigan sobiq talabalarim, şogirdlarimni körsam, könglim toğdek kötariladi. Samimiy alpozda hol-ahvol söraşadi, hurmatimizni joyiga qöyişadi. Mehnatlarimiz zoye ketmaganligidan xursand bölaman, ularning kamoli, ijodiy yutuqlarini körib, eşitib, boşim kökka yetadi, iç-içimdan faxr tuyaman.
Poytaxtimizning Xorazm köçasida joylaşgan Özbekiston radiosi uyi men uçun qadrdon dargoh bölib qolganiga ham qariyb yarim asr bölibdi. Ehhe, oradan qança suvlar oqib ötdi. Kimlar kelib, kimlar ketmadi. Bu dargohda qança-qança buloqlar köz oçdi, ular yiğilib-yiğilib, şöx soylar, şarqirab oqadigan daryolarga aylandi. Bu daryolar esa har kuni millionlab odamlarni maʼnaviyat çaşmasidan bahramand etib, ularning qalblariga faqat yaxşilik, ezgulikni singdirgan holda, xonadonlariga yaxşi kayfiyat, quvonç va zavq-şavq olib kirmoqda.
Har gal radio binosi joylaşgan köçadan ötganimda, hayajondan yuragim hapriqadi, serzavq, jöşqin, betaşviş yoşlik davrlarim yodga tuşadi. Beixtiyor öşa doimo odamlar bilan gavjum, serşovqin, fayzli dargohdagi oddiy, kamtarin, samimiy insonlar bilan yonma-yon işlaganimni eslayman. Ustozlarning tilloga teng ögit va foydali maslahatlari hali-hamon quloqlarim ostida jaranglab turadi. Mening hayot yölimni tanlab olişimga sabab bölgan, kasbni eʼzozlaş, unga sadoqatli bölişga örgatgan, ustozu şogirdlik anʼanalarining bardavom bölişiga sabab bölgan qadrdon maskanga, qolaversa, kasbini jonu dilidan sevgan, boriga şukur qilib yaşab, hayoti mazmunini doimo yaxşilik va ezgulikdan iborat deb bilgan oqibatli, bağri keng ustozlar oldida doimo taʼzimdaman.
Yusuf HAMDAMOV,
Mirzo Uluğbek nomidagi
Özbekiston Milliy universiteti
dotsenti, filologiya fanlari doktori.
