“Zamonaviy ustoz”larga aldanmaylik
Bugungi kunda oliy taʼlimga tayyorlovçi markazlar juda köpaydi. Har qadamda turli fanlardan, tillardan dars-maşğulotlari ötamiz degan mazmundagi eʼlonlar. Katta-kiçik öqituvçilarimiz ham buning mazasini bilib oldilar çoği markazlar çetda qolib hatto xonadonlarida ham qöşimça pullik maşğulotlar ötişni odat qilişdi. Hammamiz koronavirusni yomonlaymiz, biroq bu vabo bizlarga ayrim foydali narsalarni örgatganini ham yoddan çiqarmaslik kerak. Ötgan yilgi qattiq karantin vaqtlarida maktab va oliygohlar qatorida yuqoridagidek tayyorlov maşğulotlari ötadigan öqituvçilar ham öz darslarini onlayn tarzda davom ettirişni örganib oldilar.
Baʼzilari karantin çeklovlari yumşatilganidan söng avvalgidek anʼanaviy tarzda dars ötişga qaytgan bölsa, baʼzilari endi faqatgina onlayn dars ötaman deydigan bölib olişdi. Farqi yöq, agar darslar doimiy yaxşi ötilsa, öquvçi diqqat bilan iştirok etsa onlaynda ham, anʼanaviyda ham közlangan natijaga erişsa bölar ekan. Şuning uçun bugun köpçilik mana şunday onlayn kurslarga işonib qoldi. Borinki mana şu işonç va ortiqça soddalik bilan çuv tuşib qolayotganlar ham yetarliça. Oçiqroq aytadigan bölsak, bu kabi onlayn kurslarga köp hollarda tölov ham oldindan onlayn tölangandan keyin maşğulotlarga qöşilişga ruxsat etiladi. Tölov qilganingizdan söng kutganingizdek dars-maşğulotlari ötilsaku mayli, biroq buning örniga sizni bunday maşğulotlarga taklif qilgan öşa “zamonaviy ustoz”ni tarmoqdan umuman topa olmay qolsangiz qanday holatga tuşasiz. Ha, çindan ham bu kabi voqealar haqida goh-gohida emas tez-tez eşitadigan bölib qoldik. Şörlik, bolasini öqitaman deb porloq istiqbolidan umid qilayotgan bir ayol telegram orqali yozib qoldi: — “Rus tilini örganamiz” degan telegram kanal bor edi. Kuzatsam yaxşi postlar berilyapti. Bir-ikki hafta qarab bir nimalarni örganib oldim, keyin şu kanalda berilgan onlayn darslar haqidagi eʼlonni öqib öğlimni unda öqitmoqçi böldim. Tölovni oldindan qiliş kerak ekan. Heç bir ikkilanişsiz töladim.
Şundan söng dars bir-ikki ötilib, keyingi haftada davom ettiriladi deb ortga surib borilaverdi. Na tayinli dars ötişdi na pulni qaytarişdi. Özimga qöşilib öğlimning ham asabi buzilgani, bekorga vaqtimiz va pulimizga kuyganimiz qoldi xolos. Xullas, onlayn dars ötaman deydigan har kasga işonmaslik kerak ekan.
Bu faqatgina bir misol. Aslida bunaqa aldangan va aldayotganlar oramizda tölib yotibdi. Onlayn pul işlaşni örgataman, Amerikaga işga yuboraman deb köpçilikni ahmoq qilayotganlar ham bor. Boz ustiga sönggi vaqtlarda haydovçilik guvohnomasi uçun ham nazariy bilimlarni onlayn tarzda iş va ofisingizda örganişingiz mumkin. Amaliy maşğulotlarga qatnasangiz, kifoya. Bu maşğulotlarga esa sizga qulay vaqtda özimiz çaqiramiz deb avtomaktablar nomidan taklif eʼlonlariga ham közimiz tuşyapti. Bularning qançalik rost yoki yolğonligini bilmadiku, lekin har ehtimolga qarşi boşidan bir suriştirib olgan maʼqulroq. Fikri ojizimça bunday “zamonaviy ustoz”larning nayrang va hiylalariga uçişimizning birinçi sababi ular vaʼda qilayotgan arzon narx va qandaydir imtiyozli çegirmalardir. Arzon şörva oğizga tatimas degan gapni yoddan çiqarmay, şoşqoloqlik bilan özimizga özimiz jabr qilişdan saqlanaylik, deyman-da.
Kamoliddin RÖZIMATOV.
