QARZ

(Hikoya)

Muallif haqida: Jöra Mahmud — 1942 yili Toşkentda tuğilgan. 1971 yil Toşkent teatr va rassomçilik institutini tamomlagan. Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi (1992), “Töğon”, “Muallim”, “Sadoqat”, “Quloqsiz xötikça”, “Beşvoy-ikkivoy” singari 10dan ortiq pyesalari respublika teatrlarida sahnalaştirilgan.

Aktyorlik mahorati böyiça qator darslik va öquv qöllanmalari muallifi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

 

ozir heç kim nazarga ilmaydigan, ammo öşa yillari ança-munça odamning qöli yetmaydigan törtburçak maşinamni sotgan kunim hali devori yöq darvozamni taqillatib Sunnatillo kirib keldi.

— Eşitdim, eşitdim maşina sotibsan. Ozgina qarz berib turmasang ustimga kerosin sepib, özimni yoqib yuborişdan boşqa ilojim qolmaydi, oşnajon.

— Tinçlikmi özi? Mana bu çoydan xöpla, ranging özgarib ketibdi.

U men uzatgan çoyning içiga muştumdek nov­vot taşlab çoydan xöpladi.

— E, oşnajon, tinçlik bölganida kallai saharlab darvozangni qoqarmidim.

Yer sotib olib, imorat qurmay har narsa bölay. Şu uyning devorini kötarib qöyib, tom yopişga qölim kaltalik qilganidan ostonangda yolvorib turibman, oşnajon.

— Qoyilman, — dedim tamaki tutatib, sen-ku devorini tiklabsan, men hali hovlini örab olganim ham yöq. Uyni-ku qöyaver. Poydevoridan nariga ötolmadim. Şuning uçun das­tyorgina bölib turgan moşinni sotişga majbur böldim-da!

Sunnatillo yonimda turgan paçkadagi sigaretdan ikki dona olib, birini quloği ortiga, birini labiga qistirdi. Tamakini yondirib qattiq tortdi-da, “uhh” deb oğzidan tutun çiqardi.

— Xudoga şukur qil, bir xona bölsa ham uying bor. Qiş-qirovli kunlardan ziyon-zahmatsiz çiqib olasan. Erta bir kuni şir etib yomğir yoğib qolsa, yangang ikkimizning holimizga maymunlar yiğlaydi.

“Pul jigardan böladi” degan gap bor emasmi, men ham böş kelmadim.

— Oşxonani ayvonga köçirib, uç xonalik uyni tört xonalikka aylantirib olganding şekilli.

— Eskilar bilib aytişgan ekan, — dedi Sunnatillo quloğidagi sigaretani ham tutatib. — “Birga tuğiliş bor, birga turiş yöq” deb ikki kelinning nozi-firoğiyu, nevaralarning janjali jonimdan töydirib yubordi. Şuning uçun yer sotib olib imoratni boşlab yuborgan edim. Ammo qariçimni ölçamagan ekanman. Bir moşin tuproq qança turişini bilsang kerak. Toş, qumning narxini qöyaver, yertöla bilan poydevorning öziga bir vagon sement yetmadi.

Xullas, Sunnatillo ham böş kelmadi, “u” desam, “bu” dedi. Noiloj jağ tişimni suğurgandek qilib bir haftada qaytariş şarti bilan yetti puştining arvohini örtaga solib qasam içib, ikki ming “köki”ni olib ketdi…

Qadrdon döstimning “ikki haftasi”, bir oyga çözilib ketdi.

Sunnatillo uçastka qurayotgan mahallani bir hafta sörab-suriştirib, topib borganimda, u hovlida   yangi ekilgan gullarga suv sepayotgan ekan.

Eşikdan kirişim bilan, xuddi Haj safaridan qaytgan odamni qarşilagandek, quçoq oçib kutib oldi. Uç marta boşini boşimga uriştirib ham qöydi.

Men endi puldan oğiz oçgan edim:

— Yaxşiyam özing kelib qolding, ertaga sendan uzr söragani özim bormoqçi bölib turgandim. Jon döstim, yana bir hafta sabr qilib turgin. Şu kasofat yertölaning ustini yopib olay. Bir haftaga ham qoldirmay, pulingni qöş-qöllab özim oborib beraman.

Men tuproq yöllardan kalişimni sud­rab noçor orqaga qaytdim.

Sunnatilloning bir haftasi endi bir yilga çözilib ketdi. Men har kuni eşik “tiq” etsa, tanga top­gan telbadek, köçaga yuguraman.

Oxiri “Toğ Sulaymonning oldiga kelmasa, Sulaymonning özi toğning yoniga boradi” degan hikmatga amal qilgan holda yana döstimning uyiga ravona böldim.

Bu safar u meni ustiga tösin taşlangan uyning birinçi qavatida kutib oldi.

— E, yaxşi özing kelib qolding. Ertaga şu tomning ustiga lömboz bosib bölgandan keyin özim bormoqçi bölib turuvdim.

Özi yumşoq kursiga, meni allanarsadan böşagan yaşikning ustiga ötqazib, qölimga bir piyola sovuq çoy uzatdi. Men hali uning qarzidan oğiz oçmasdan, hasrat das­turxonini yozdi.

— Şu desang, bu tösin deganlari ham otning kallasidek pul turar ekan. Moşin kirasini aytmaysanmi, eşitsa ilon pöst taşlaydi. Kelasi hafta, albatta qöş-qöllab pulingni oborib beraman. Menga işonaver. Mana qiblaga qarab ötiribman. Öşa pulingni olasan. Qörqma!

— Axir oğayni degan ham…

— Böldi, böldi. Tuşundim! Endi sen ham gapni çuvalaştirmagin. Bemalol uyingga boraver. Qörqma, qoçib ketmayman. Olasan dedimmi, pulingni olasan.

Yana bir böxça vaʼdani   qöltiqqa qistirib ortga qaytdim.

Darvozasi devor bilan öralmagan hovlidagi qari tutning soyasiga körpaça taşlab, darvozadan köz uzmay yana olti   oy kutib yotdim.

Oxiri sabr kosam tölib, töğri borib yoqasidan olaman, degan niyat bilan yölga tuşdim. Bu safar u meni   uyining ikkinçi qavatidagi nozik mehmonlarga atalgan xonaning yölagida   qarşi oldi. “Qarz”dan oğiz oçişga ham ulgurmasimdan meni “insofga çaqirgan” böldi:

— Insofing bormi özi?! Sulloh tilamçiday, hadeb eşikni taqillatmay kirib kelaverasanmi? Qanaqa odamsan-a? Öşa pulingni beraman dedimmi, beraman-da. Özing körib turibsan, hali mehmonxonaning böyoği qurigani yöq. Seyfdan pulingni olib beray desam, içkariga ötib bölmaydi. Qimmatbaho böyoğining rangini buzib qöyişim mumkin. “Tak çto”, uyning böyoği quriganidan keyin pulingni özim oborib beraman. Hozir esa uzr, oyoğing tagini ham böyaş kerak ekan, ustalar kutib turişipti, nariroq böl, deb meni hovliga kuzatib qöydi.

Oradan yana yetti oy ötdi. Bu safar pulimni sörab borganimda, u meni uyiga kiritmadi. Haşamatli hovlining yangi qurilgan darvozasining qulfi yaxşi işlamasligi sababli, men köçada, Sunnatillo esa uyining uçinçi qavatidagi ayvonidan turib gaplaşdik…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan