Tilla uzuk

Baʼzan hayotda sodir böladigan ayrim voqealar odamning esidan çiqmas ekan. U paytlar kelin bölib tuşgan uyimga unça uzoq bölmagan kollejda endigina yordamçi mutaxassis bölib işga kirgandim. Öşanda turmuş örtoğim va qaynotamning tadbirkorligi yurişmay, işlari yopilib, uyda qiynalib qolgan paytimiz edi.

Öğlim boğçaga borardi. U hayotim mazmuni edi. Bolajonim doimo oyijon, oylik olsangiz şirinliklar olamiz-a, derdi. Afsus­ki, maoşim uning boğça tölovlari, kundalik çiqimlardan ortmasdi. Lekin men umidimni uzmadim. Hali şunday kun keladiki, Allohim menga ham zakotlar berişimga yetarli mab­lağlar yetkazadi, deb çin dildan Yaratgandan sörab yurardim.

Kunlarning birida juda ham pul kerak böldi. Aksiga olib xöjayinim ikkalamizning ham çöntagimiz qup-quruq edi. Nima qilişni bilmasdik. Şunda xayolimga bir fikr keldi:

— Keling, — dedim turmuş örtoğimga. — Biz ötirgan uyning pasti katta yertöla, içi töla qoğoz, şularni yiğib-töplab mahalla çetidagi çiqindi qabul qiliş joyiga olib borib sotib kelamiz, — dedim.

Avvaliga turmuş örtoğim rozi bölmadi. Lekin mening qistovim bilan bazör köndi. Rejamizni uyda ötirgan qaynotamga ham ayt­dik ular ham yöq demadilar. Biz yeng şimarib mab­lağ topiş ilinjida yertöla omboriga tuşib astoydil işga şönğib ketdik. Bizga jajji bolajonim ham, qöyaver deyişimizga qaramasdan, kömaklaşardi.

Yertölamizda qoğoz uyumlari juda köp edi. Bir pasda bir uyum qoğoz çiqindilarini yiğiştirib oldik. Bahonada yertölamiz ham tartibli bölayotgan edi. Birinçi töp­laganimizni öğlim ikkovimiz çiqindi qabul qiliş joyiga borib sotib keldik. Yana işga şönğidik. Tasodifan qölim qattiqroq narsaga ilindi. Olib qarasam usti çang, eskirib ketgan, ikki uç qavat lattaga öralgan narsa, içida qattiqroq bir narsa borligini sezdim. Içini oçib körsam bir xalta pul turar edi.

Hayron bölib qotib qoldim. Çunki bu joy pul berkitadigan joy emas edi-da. Eşigi ham qulflanmasdi. Şunda beixtiyor, voy, pul topib oldim, deb baqirib yubordim. Turmuş örtoğim “qani-qani”, deya yonimga yugurib keldi. Bilaman bu pul ularniki emas edi. Men öylanib ötirmasdan bu pullar dadajonniki, deya xursand bölib, ularga beriş uçun taşqariga   intildim. Şunda bir qadam yurmasimdan qölimdan mahkam uşlab olgan xöjayinim: “Menga ber onasi, axir bizga pul kerak-ku! Qolaversa, kamçiligimizni butlab olardik. Uydagilarga aytmay qöya qol, baribir bu yerga pul qöyganlarini bilişmaydi. Qara, hamma yoği eskirib, çang bosib ketganini”, deb qölimdan pulni olmoqçi böldi.

Men könmadim. Keyin: “Heç bölmasa, ikki-uç paçkasini taşlab ketgin”, deya jahl qildi. Şunda ham könmadim. Men qaynotamning yonlariga qanot qoqib uçib bordim. “Dadajon, dadajon”, deb hayqirdim. Qaynotam qattiqroq çaqirganimni eşitib, “ha kelin, tinçlikmi?” — deb menga qaradi.

— Qarang, yertöladan pul topib oldim, sizniki bölsa kerak, — deb yugurib borib qölimdagi xaltani ularga tutqazdim.

Ular öylanib qoldilar. Biroz ötib: “Qayerdan topdingiz?” —dedi.

— Yertöladan…

Nihoyat bir menga, bir pullarga qarab: “Rahmat kelin, baraka toping, umringiz uzoq bölsin”, deya duo qildilar. Qaynotam ham, men ham juda xursand edik. Şunda qaynotam: “Kelin, ertaga sizga hamma rözğorligingizni olib kelib beraman”, dedi. Ammo özlari ham bu pullarni qaçon qöyganligini bilmasligi yuzlaridan körinib turardi.

Va yana yertölaga tuşib işimni davom ettirdim. Xöjayinim esa menga bir söz ham demas, jimgina işini davom ettirardi. Ikkinçi marta ham qoğoz çiqindilarini töpladik-da, yana öğlim bilan ularni olib borib sotib, pul qilib qaytdik. Bolajonim qöllarida uşlab olgan unça köp bölmagan bu pullarni, sanaşni bilmasa-da, qayta-qayta sanab körardi. Uni xursandçiligidan çarçoğim ham bilinmas, yana uyga kelib yertölaga tuşib qoğoz çiqindilarini yiğib, terişga kirişib ketgan edim.

Voqeaning qiziği esa keyin boşlandi. Şunça yil öşa yertöla ustidagi uyda yaşab u yerdan qoğoz çiqindilarini yiğiştiriş xayolimga ham kelmagan ekan. Aslida u yerni xöjayinim har zamonda jiyanlarini olib kelib tartibga solib turardi. Çiqindi qoğozlarini yiğar ekanman, har doimgidek qoladigan va ketadiganlarini ajratişni davom ettirdim. Keraksiz daftar, qoğoz parçalarini ajratar ekanman, közim bir çiroyli oq közli uzukka tuşdi.

Avvaliga unça eʼtibor bermadim. Lekin uzuk yaltiraşi bilan meni öziga jalb etardi. Şoşib uzukni oldim-da, xöjayinimga:

— Dadasi, qarang uzuk topib oldim, — deya qölimga taqib oldim.

Xuddi quyib qöygandek barmoğimga loyiq keldi. Ular: “ha, qulluğ bölsin”, deya tönğilladi.

— Rahmat, — dedim.

Nihoyat, bugunga yetadigan pulni töplagan odamlardek, işimizni yakunladik. Qoğoz çiqindilarini sotib kelib, yuvinib-taranib, pullarni kissaga solib, köçamizda joylaşgan savdo dökoniga kirib, turli xil yeguliklar olib kelib, özimizça bayram qildik. Hamma uy işlarimni qilib bölib, keçasi hujjatli işlarimni yoziş uçun dars stolimga ötirdim. Hammayoq jim-jit öğlim ham qornini töqlab, uxlab qolgandi. Xöjayinim bölsa televizor qarşisida   yonboşlab ötirar edi. Şunda hujjatlarimni yozayotib qölim barmoqlarida   haliyam taquvlik turgan, çiroq ostida yalt-yult etayotgan haligi oq közli uzukning şuʼlasi meni öziga yana jalb etdi. Bamaylixotir ötirib, uni barmoqlarimdan asta yeçib olib tomoşa qila boşladim. Uzuk kiçikroq bölsa-da, lekin juda çiroyli edi.

U xuddi asl tillaga öxşab jilolanardi. Uni tomoşa qilar ekanman, aylana tomonida joylaşgan asl tillalarga xos muhriga közim tuşdi. Uzukni özimga yaqinlaştirib sinçkovlik bilan tikildim. Ha, u oddiy uzuk emasdi. Ha-ha, u asl tilla, muhr bosilgan Buxoro tillasi ekaniga közlarimga işonmasdan qayta-qayta qaradim.

Xursandçiligimdan yiğlab yuboribman. Şunda xöjayinim menga hayron boqib: “Yana nima böldi, onasi”, deb söradi. Ha, ulardan içimni tirnayotgan biror gap bölgudek bölsa berkitib turolmas edim. Aybim bölsa ham, gap eşitsam ham içimdagi gaplarni şartta aytib tökib solmagunimça yorilib ketgudek bölardim.

— Qarang dadasi, uzukka, — dedim.

Xöjayinim: “Ha, nima bölibdi”, dedi eʼti­borsizlik bilan.

— Tavba, qarang bunga yoki men adaşyapmanmi axir unda tilla muhri bor ekan, — deb ularning qöliga tutqazdim.

Xöjayinim ham uzukni qöliga oldi-da,   közlari çaqnab ketdi. Va ular ham uzukda rostdan ham tilla muhri bor ekan, deya tasdiqladi. Ular menga bu uzuk öşa yertöladan topib olgan uzugingmi deya savolga tutar edi hayratlanib. Men esa öşa çiqindilarni ajrata turib topib olgan uzugim tilla bölsa-ya, deya közlarimga işonmas edim. Xöjayinim qölida   uzukni uşlab turar ekan, menga   tikilgan mamnun közlari bilan: “uzukni ol onasi bu sening töğri sözligingga, halolligingga Allohimni bergan nasibasidir. Buni sen mehnat qilayotgan   paytingda topib olgan halol uzuging. U heç kimniki emas, aks holda yertölada yotmas edi. Senga nasib qilgan ekan bu uzuk uni qöllaringga taqib ol yoki sotib kamçiliklaringga işlat. Baribir men hozir sen aytgan narsalaringni olib bera olmayapman, – dedi. Oilamizda faqat singillarim bor ular esa allaqaçon turmuşga çiqib ketgan. Qolaversa, ularning hozir bundan ham zör tillalari bor. Aytgan taqdiringda ham “olavering kelinoyi”, deyişgan bölar edi. Men ularni bilaman. Onam bölsa tillalarini çiqindiga taşlab qöymas edi”, deya uzukni xuddi özlari sotib olib bergan kişidek qölimga taqib qöydi. Men bölsa   nima deyişni bilmasdan bir tilla uzukka, bir turmuş örtoğimga qarar edim. Xöjayinimning har doim aytadigan gaplari bor edi: “Onasi sen har doim Allohimdan nima niyat qilsang, bilasanmi, doim senga beradi. Iltimos, faqat sen köp-köp yaxşi niyatlar qilgin. Nimagadir sening duolaring, albatta, ijobat böladi”, deya yana takrorladi. Men bu gaplarni eşitib juda-juda xursand bölib, bir past yiğlab ham oldim.

Yana öylab qoldim: rostdan ham bu Allohim qaynotamga topib bergan pullarni evaziga bergan hadyasimikan? Axir men bu tilla uzukni yaşirinça olmadim-ku. Aytişadi-ku: “Oltin olma, duo ol”, deb.

Turmuş örtoğim roziligi bilan bu tilla uzukni özimda qoldirişga qaror qildim. Ertasi kuni işxonamga uzukni yaltiratib taqib bordim. Kollejda işimni tugatib bölib, har doimgidek öqituvçi dugonalarim töplanib ötiradigan kutubxonaga kirdim va ular bilan körişib bölib, hamkasblarimga aytinglar-çi, menda nima özgariş bölibdi, dedim. Va bitta öqituvçi dugonam sezib qolib, uzukni körsatib “uzuk olibsizmi, muborak bölsin”, dedi. Birozdan keyin ularga keçagi bölgan voqealarni gapirib berdim. Hammasi hayron edi. Baʼzilari soddasan desa, baʼzisi töğri iş qilibsan, deyişardi. Xullas, hangoma bölib ketdi.

Lekin bu tilla uzukni qölimda köp saqlab tura olmadim. Nimaga deysizmi, sababi öşa paytda bizga juda ham pul kerak edi, kamçiliklarimiz talaygina, butlaşga pulimiz yetmayotgan edi. Tilla uzukni taqdimda bozorga otlandim. Tilla oluvçi dökonga kirib, pulga almaştirdim.

Lekin baribir özimdan mamnun edim. Har tugul rözğorimizga yaraydigan iş qila oldim-ku.

Sadoqat ISLOMOVA,

Farğona viloyati, Uçköprik tumani.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan