Oqoltinda oçiq osmon ostida

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Sirdaryo viloyat bölimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining viloyat bölimi hamda viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi bilan hamkorlikda Oqoltin tumanida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy işlar tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi asosida “Ijodiy tarğibotçilar işini qanday qilib yangi poğonaga kötariş mumkin?” mavzusida tumandagi 13-sonli maktabda “Oçiq osmon ostida mahorat dars­lari” tadbiri taşkil etildi.

Unda   Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi raisi Boyjigit Abdullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bölimi rahbari Murodjon Hayitov, viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi vakillari, Guliston davlat universiteti professori Ravşanbek Mahmudov va umumtaʼlim maktablarida mehnat qilayotgan ijodiy-madaniy tarğibotçilar iştirok etişdi.

Dastlab, uşbu maktabda maktabning ijodiy-madaniy tarğibotçisi Bahrom Boymurodov taşabbusi bilan taşkil etilgan Özbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslaşgan sanʼat maktab-internati Amaliy grafika va dizayn bölimi öqituvçisi Dildora Hamidova va şu guruh öquvçilarining ijodiy körgazmasi namoyiş etildi.

Şundan söng, şu yilning aprel oyidan umumtaʼlim maktablarida joriy etilgan ijodiy-madaniy tarğibotçilar ştati, şu asosda mehnat qilişayotgan tarğibotçilarning vazifalari, ularning faoliyatlari tahlil qilindi, kerakli tavsiyalar berildi. Özaro foydali fikr almaşuv ruhida ötgan tadbir iştirokçilarga maʼqul böldi.

Ğulom PRIMOV,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan