Jurnalistlar huquqi himoyaga muhtoj…mi?
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Özbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va yeçimlar” mavzuida kuni keça ötkazilgan davra suhbatida jurnalist va blogerlar, huquq-tirtibot idoralarining axborot xizmatlari masʼullari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirda Uyuşma raisi Olimjon Ösarov Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida matbuot va söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalari vakillarining haq-huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar izçil davom ettirilayotganini alohida taʼkidladi.
Şu bilan birga Uyuşma raisi Toşkent şahri hokimidan juda xafa ekanligini ham yaşirmadi. “Töğri, şaharda juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirilyapti, buni biz hamişa eʼtirof etamiz, har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz. Biroq Prezidentimizning 2017 yil 10 avgustda “Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan.
Törttagina banddan iborat qarorda Toşkent şahar hokimligiga Toşkent şahrining Islom Karimov köçasidagi 15-a uydan uyuşma uçun joy beriş vazifasi yuklatilgan. Mana, oradan qariyb beş yil vaqt ötdi. Lekin haligaça uyuşmaga joy ajratilgani yöq. Haligaça axborot sohasidagi vakolatli davlat organining binosida ijarada ötiribmiz.
Prezident saylovi munosabati bilan yurtimizga köplab xorijiy jurnalistlar taşrif buyurmoqda. Ularning köpçiligi uyuşma faoliyati bilan tanişiş istagida bizga murojaat qilişmoqda. Ammo gapning oçiği, biz ularni qabul qiliş uçun hozirgi holatimizdan uyalyapmiz”.
Olimjon Ösarov Jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga oid yuqorida taʼkidlagan Prezident qarorining boşqa bandlarida közda tutilgan vazifalar ham amalga oşirilmaganligini, xususan, mamlakatimizning har bir hududida jurnalistlar uçun imtiyozli narxlar asosida uylar qurilişi belgilangan bölsa-da, şu paytgaça bu vazifa ham bajarilmaganligini taʼkidladi.
Tadbirda söz olgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati R. Kuşerbayev, “Madad” nodavlat taşkiloti rahbari T.Tursunov, Uyuşma qoşidagi kasb etikasi böyiça jamoatçilik kengaşi raisi K. Bahriyev sohaga oid qonun hujjatlariga kiritilgan va kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartiş va qöşimçalar, jurnalistlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yuksaltirişga doir işlar samaradorligini yanada oşiriş hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga huquqiy yordam körsatiş böyiça bir qator vazifalar xususida söz yuritdi.
Jumladan, taniqli jurnalist Karim Bahriyev yurtimizda jurnalistlar himoyasiga oid qonunlarning hanuzgaça qabul qilinmayotgani böyiça munosabatini bildirdi:
— Deputatlar — xalq xizmatkori. Xalq istagi va orzularini röyobga çiqaradi ganlar ham ular. Ammo bizda deputatlik joyiga şu joydan ketganidan keyin ötiriladigan mansab uçun kelinadi. Şuning uçun ularning tafakkuri xalqqa emas, mansabdorga kerak qonunlarni qabul qilişga örgangan.
Hozir söz erkinligini taʼminlaş böyiça hatto Prezident qatʼiy iroda körsatyapti. Lekin jurnalistlar himoyasiga oid bir neçta qonunlar bugun deputatlar qölida turibdi. Masalan, jurnalistlarni himoya qilişga oid qonunni oling. Uşbu qonunda jurnalistlarning majburiyatlari bir yarim bet qilib belgilab qöyilgan. Agar jurnalist bu qoidalarni buzsa, katta miqdorda jarima belgilangan va qattiq jazolar oladi. Lekin qonunda uning faoliyati himoyasiz qolsa, bunga jazo bormi? Yöq.
Jurnalistlarni himoya qilişga oid qonunda uning faoliyati tegişli tartibda himoya qilinadi, deyilgan. Lekin öşa tegişli tartibning özi yöq.
Parlamentda “Televideniye va radioeşittiriş töğrisida”gi qonun loyihasi ham neça yillardan beri qabul qilinmay yotibdi.
Agar insonda erkin gapiriş huquqi bölmasa, qolgan huquqlar ham amalga oşmaydi. Mamlakatda söz erkinligida ortga qaytilsa, qolgan huquqlar haqida öylamasa ham böladi, – dedi u.
Deputat Rasul Kuşerbayev yuqoridagi mulohazalarni qöllab-quvvatlagan holda, jurnalistlar himoyasiga oid qonunçiligimizdagi kamçiliklar mavjudligini inkor qilmadi.
—Baʼzi holatlarda jurnalistlarning kameralarini sindirib taşlaşganini kördik, – dedi u. – Qayergadir jurnalistni kiritişmaydi yoki ortidan quvib yurganiga ham guvohmiz. Bu – juda uyatli va kulgili holat. Afsuski, biz jurnalistlar himoyasiga doir qonunni qabul qilgan bölsak ham, uni buzganlik uçun javobgarlik masalasini hozirgaça qabul qilmaganmiz.
Davra suhbatida jurnalistlarga baʼzida bölayotgan bosim va tazyiqlar böyiça aniq misollar keltirilib, bunday xunuk holatlarning oldini oliş, şunday vaziyatlar yuzaga kelganda OAV vakillari qayerga, kimga murojaat qilişi kerakligi xususida ham fikr almaşildi.
Köplab jurnalistlar ham mavzu yuzasidan öz taklif va mulohazalarini örtaga taşladi.
Tadbir yakunida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va “Madad” nodavlat taşkiloti örtasida jurnalistlarga huquqiy yordam körsatiş borasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mutaxassislar tomonidan uşbu hujjat asosida matbuot ahliga körsatiladigan huquqiy yordam turlari va maqsadlari haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Şuningdek, uyuşma aʼzoligiga qabul qilingan bir guruh ijodkorlarga tegişli guvohnoma va kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi axborot xizmati.
