“103” KOVID markaziga köçganmi?
Har bir inson uçun soğliq, salomatlikdan ortiq boylik yöq. Salomatlik ham kişi uçun omonatdir aslida. Bu omonatni asrab-avaylaşda barçamizga yaqin kömakdoş, avvalo, şifokorlardir.
Ammo sönggi vaqtlarda tibbiyot xodimlarini nojoiz sözlar bilan haqoratlaş, hatto kaltaklaş, omma oldida obrösizlantirişdek köplab köngilsiz holatlar tez-tez uçrayotgani barçani huşyor torttirişi kerak.
Yaqinda Kun.uz ijtimoiy tarmoğida “9 yil muştlaşişga emas, döxtirlikka öqiganman” — Andijonda tez yordam şifokori kaltaklandi”, sarlavhali maqolani öqib qoldim. Unda yozilişiça, Paxtaobod tumanida bemorning mast qarindoşi tez yordam şifokorini döpposlab, burnini sindiradi. Hali magistraturada öqiyotgan yoş vraçning ota-onasi bu voqeadan söng farzandining “Tez yordam”da işlaşiga qarşi bölmoqda.
Yana bir şunga öxşaş misol: ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanida Tez tibbiy yordam şifokori T.M. çaqiruv böyiça tungi 23:30larda Xalqabod mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi M.Ş. xonadoniga borganida bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklangani va jiddiy jarohatlar olganligi haqida ham öqib qoldim.
Uşbu holat böyiça ötkazilgan suriştiruv işlarida bunga şifokor vaqtida yetib kelmagani va bemorga öz vaqtida birinçi yordam körsatilmagani sababli yuz bergani aniqlanadi. Nima bölgandayam, biz öz qölimiz bilan ötirgan daraxt şoxini kesmasligimiz kerak.
Özimdan misol, bir kuni Pskent tumanida istiqomat qiluvçi 67 yoşli onamning qon bosimlari tösatdan kötarilib ketdi. Tez tibbiy yordam — “103” raqamiga qönğiroq qildim va ğaroyib holatning içiga tuşib qoldim.
Buni qarangki, göşakdan “Toşkent viloyatining Nurafşon “Kovid markazi” eşitadi” degan ovoz keldi. Men esa Nurafşonga emas Pskent tumani “Tez tibbiy yordam”ga qönğiroq qilganimni aytganimda, operator qiz “Sizning maʼlumotlaringizni yozib olamiz va Piskent tumani Tez tibbiy yordam bölimiga yetkazamiz, hozir tuman bölimlari viloyatga ulangan, tartib şunday bölgan”, deb javob berdi.
Onamning qon bosimlari oşib, ahvollari yaxşi emas edi, oradan 10-15 daqiqa ötsa hamki, tez tibbiy yordamdagilardan darak bölmadi. Şunda yana qönğiroq qildim va yana Nurafşon şahar “Kovid markazi”ga tuşdim. Ular yana qaytadan onamning yoşlari, uy manzilimiz, telefon raqamimizni birma-bir söradi. Şunda beixtiyor asabiylaşib ketdim, bemorning ahvoli oğirlaşib turganda bunday savol-javoblar örinlimi? Olmaliq şahrida istiqomat qiladigan yaqin qarindoşimning aytişiga qaraganda ularda ham ahvol şu ekan.
Buni qarangki, oradan çamasi 20 daqiqalar ötganidan söng, Pskent tumani tez tibbiy yordam şifokori qönğiroq qilib, manzilga kelayotganini, keçikişayotgani uçun uzr söradi. Hayriyat, roppa-rosa 35 daqiqada şifokor yetib keldi va birinçi yordamni körsatdi.
Ularni kuzatar ekanman, nima sababdan men viloyat “Kovid markazi”ga tuşib qolayotganimni söraganimda, ular “özimiz ham tuşunmay qolayapmiz, şuning ortidan bemorlarning yaqinlaridan haqoratli sözlarni eşitayapmiz”, deyişdi.
Bunday holat keyin ham uç-tört marotaba takrorlandi. Töğri, öşa paytda pandemiya avj olgan va balki, virus bilan çalingan bemorlarga tezkor yordam körsatiş maqsadida bu amaliyot öylab topilgandir. Biroq tizimning içiga çuqur kirmasdan, tajriba sinov maydonçasi tarzida bu kabi ajabtovur “yangiliklar”ning öylab topilayotgani — aholining jiddiy eʼtirozlariga sabab bölayapti. Ahvol şu bölgaç, örtada aybsiz aybdor bölib qolayotgan eng quyi böğindagi şifokorlarda ne gunoh?
Yana bir misol. Namangan şahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikaga tungi soat 2:30larda isitmasi borligidan murojaat qilib kelgan bemor şifokorni kaltaklaydi va jarohat yetkazadi. Voqeani ijtimoiy tarmoqlar orqali körib oq xalat kiyib olgan şifokorlarga qattiq rahmim keldi.
Yaqinda esa farzandlarimni olib Toşkent şahrining Yunusobod tumani 19-mavzega qaraşli oilaviy poliklinikaga bordim. Oilaviy poliklinikada şifokor huzuriga yoşu qari navbat kutib turibdi. Xonada terapevt şifokor bolalarni ham, yoşi kattalarni ham qabul qilib, kerakli muolajani qilmoqda edi.
Lekin öylantiradigan jihati şundaki, qanday qilib bolalar şifokori yoşi katta insonlarga ham aniq taşxis qöya olişi mumkin? Muhtaram tibbiyot mutasaddilari mana, sizga oğriqli muammolardan yana biri.
Öylaşimça, şifokorlar kaltaklanişiga sabab bölayotgan voqealar zamirida aynan mana şunday tizimli hal qilinmagan masalalar mavjudligidan köz yumib bölmaydi. Masʼuliyatsiz, poraxör va öz işini puxta bilmaydigan kimsalar tibbiyot sohada ham bor, albatta. Lekin baribir, hamma narsani qonun yöli bilan hal qilişga örganişimiz kerak.
Nima bölganda ham şifokorlarni uruş, sökiş hatto kaltaklaş bilan iş bitmaydi. Muammo ham hal bölib qolmaydi. Jamiki masala tizimda, undagi yeçimini kutayotgan muammolarda. Aytaylik, bugun oddiy oilaviy poliklinika yoki şifoxonalarda mehnat qilayotgan eng quyi qatlam — sanitar xodimi, hamşiralarning oylik maoşi qança? Sörab köring, hamon 600-700 ming söm atrofida. Töqqiz yil tibbiyot oliy dargohida öqib işga çiqqan şifokor-çi, sizningça qança maoş oladi, bilasizmi qöliga ikki million söm ham tegmas ekan!
Bu uyatli ahvol. Yana biz ular halol işlaşi kerak deymiz, ulardan noliymiz. Albatta, şifo istab murojaat qilguvçilarga bu narsalarga mutlaqo daxli yöq, aloqasi yöq deyişingiz mumkin. Ammo barçaning istagi şuki, nima bölganda ham tibbiyot tizimi ijobiy tomonga özgarişi kerak.
Mana eşitdik, yaqinda soğliqni saqlaş vaziri özgardi. Lekin sohada ham biror özgarişlar bölarmikin?!
Lobar ŞOMURODOVA,
jurnalist
