Qalb buyurgan iş
Ijtimoiy sohaga muhim eʼtibor hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Adolatli jamiyat hamişa ularni himoya qilişni öz zimmasiga oladi.
Hozir yurtimizning qaysi mahallasiga kirmang, aholining baxtli yaşaşi uçun qulay şaroitlar yaratişga kirişilganiga guvoh bölasiz. Köp qavatli uylarning fasadlari taʼmirlanyapti. Bu uylar orasidagi yöl va yölaklar obod qilinmoqda. Bolalar uçun öyingohlar yangidan jihozlanyapti. Şaharning böş turgan inşootlarida yangi-yangi işlab çiqariş va xizmat körsatiş şoxobçalari bunyod etilyapti. Bu köplab yangi iş örinlarini taşkil etiş imkonini beryapti.
Bularning bari — ijtimoiy sohani rivojlantiriş, aholining turmuş darajasini kötarişni közlab amalga oşirilyapti, albatta.
Jamiyat — bir butun tana. Uning ayrim şoxlari gullab-yaşnab ketsayu, boşqalari qurib qolsa, adolatdan böladimi? Aslo!
Şu bois, joriy yildan eʼtiboran mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslari tubdan yangilandi.
Endi bir mulohaza yuritsak böladi: ijtimoiy himoya iborasini, umuman olganda, saxovat egalarining muhtojlarga qayişuvi deb tuşuniş mumkin.
Bu qatʼiyat — umuminsoniy qadriyatlardan biri. Bu qatʼiyat — muqaddas islom dinining ham özak masalalaridan biri hisoblanadi. Bu qatʼiyat — demokratiyaning ham asosiy talablariga töla javob beradi. Bu qatʼiyat — özbek milliy mentalitetining ham mağzi-mağziga singib ketgan.
Hayot — hamişa harakatda. Uni bir zum töxtatib turiş yoki tarix ğildiragini orqaga aylantirişning aslo iloji yöq. Jamiyat doimo oldinga intilaverar ekan, u bilan birga ong ham tinimsiz özgarib boraveradi.
Lekin heç bir zamon ongni bir tuzumdan batamom voz keçib, ikkinçisiga ötiş davridagidek özgartirişga muhtoj bölmaydi.
Axir, tuzumni kim özgartiradi?
Inson.
Islohot kim uçun?
Odamlar uçun.
Şunday ekan, özgarişlar mohiyati ham şaxs, uning manfaatlari bilan bevosita boğliq, islohotlar masʼuliyati ham töğridan-töğri fuqaro zimmasiga tuşadi. Körinib turibdiki, kuçli ijtimoiy himoya doimo davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib kelgan. Mamlakat ijtimoiy sohani tartibga solmas ekan, toki yurtdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolğiz yaşovçilarning hayotini yaxşilamas ekan rivojlanişi aslo mumkin emas.
Mamlakatimizda bejiz davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yönaltirilmagan va bu qatʼiy qoidaga izçil amal qilib kelinyapti.
Şu yilning 26 noyabr kuni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, Moliya, Iqtisodiy rivojlaniş va kambağallikni qisqartiriş, Favqulodda vaziyatlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş, Soğliqni saqlaş, Oliy va Örta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Maktabgaça taʼlim, Içki işlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, YUNISEFning Özbekistondagi vakillaridan iborat nufuzli guruh iştirokida “Ijtimoiy iş töğrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi bölib ötdi.
Maʼlumki, Özbekistonda uzoq vaqt davomida maʼlum ijtimoiy iş turlari amalga oşirilgan. Ularga nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza qiliş va reabilitatsiya qiliş, yolğiz va yolğiz qariyalarga hamda taşqaridan qarovga muhtoj nogironlarga kasanaçilik, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yolğiz qariyalarga statsionar tibbiy-ijtimoiy xizmat körsatiş, protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan bepul taʼminlaş, bepul sanatoriylarda soğlomlaştiriş, “Mehribonlik” uylarida ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar va yetimlarga ijtimoiy xizmat körsatib kelingan.
Qonun loyihasi 8 bob va 60 moddadan iborat bölib, uşbu qonun kelajakda ijtimoiy iş turlarini kengaytiriş, inson, oilani qöllab-quvvatlaş böyiça ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş, ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb eʼtirof etilgan zaif şaxslarga yuqori sifatli ijtimoiy xizmatlar körsatiş uçun davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boşqa davlat taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslarining masʼuliyatini oşirişni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy himoyaga muhtoj va yordamga muhtoj aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifalarini aniq belgilab beradi, davlat byudjetiga ajratilgan mablağlarni maksimal darajada maqsadli va örinli sarflaşga imkon beradi va agar kerak bölsa, ularni tegişli aholi guruhlarining joriy ehtiyojlariga qarab qayta taqsimlaş imkonini beradi. Ijtimoiy işlarning bajarilişini monitoring qiliş va baholaşning belgilangan mexanizmi ijtimoiy himoya, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy xizmatlar tizimini jamoatçilik nazoratiga oçiq qiladi, fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanişiga yordam beradi, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari rolini oşiradi. Idoralararo hamkorlik va ijtimoiy şeriklikning rejalaştirilişi qiyin hayot şaroitida har bir kişini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimini yaratiş, ijtimoiy iş provayderlarining töliq reyestrini va mamlakatda ijtimoiy xizmatlar oluvçilarning reyestrini tuziş imkonini beradi.
Agentlik faoliyatida yangi ösiş nuqtalarini belgilab berişi kutilgan – “ijtimoiy iş” yönalişini rivojlantiriş böyiça savobli işlarni amalga oşiriş va muhtoj oilalar va aholining yangi ijtimoiy xizmat turlari bilan qamrab olinişini kengaytiradi. Şuningdek, xizmat sifatini yaxşilaydi. Jamiyatimizda ijtimoiy xodim degan kasbning nufuzini oşirişga xizmat qiladi.
Agentlik idoralararo işçi guruh deputatlik korpusining faol kömagida va YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasining texnik kömagida “Ijtimoiy iş töğrisida”gi qonun loyihasini tayyorladi. Körinib turibdiki, yaqin kelajakda ijtimoiy iş yurtimizning faol va obröli kasb yönalişiga aylanadi.
Hikmatullo QODIROV,
“Hurriyat” muxbiri
