Samarali faoliyat asosi

Bugun mamlakatimizda xalq manfaatlarini himoya qiliş, taʼlim, tibbiyot, madaniyat kabi köplab sohalarda qariyb öng mingta nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ayni taşkilotlarning faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularga kömaklaşiş, erkin faoliyat yuritişiga yöl oçib beriş maqsadida davlatimiz tomonidan qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilgan.

Sönggi yillarda amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat taşkilotlarining huquqiy kafolatlarini taʼminlaydigan zamonaviy demokratik talablarga, xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy baza yaratildi. Ayni yönalişda 20 dan ziyod qonun, Prezident qaror-farmonlari, hukumat qarorlari qabul qilindi.

Şu örinda aytişni istardikki, ayni paytda mamlakatimizda nogironlar huquqlarini himoya qiliş böyiça 652 ta nodavlat notijorat taşkiloti faoliyat yuritmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbarining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni tarmoq faoliyatiga yanada keng yöl oçilayotganining namunasi böldi. Bu fikrimizning ham sababi bor, albatta. Çunki, nodavlat notijorat taşkilotlar faoliyatini qöllab-quvvatlaşga doir bunday hujjat avval qabul qilinmagan edi.

Asosiy Qonunimizga muvofiq, davlat zimmasiga NNTlarni qöllab-quvvatlaş borasida qator majburiyatlar yuklangan. Jumladan, “Özbekiston — 2030 strategiyasi”da ham xalq xizmatidagi davlat boşqaruvini taşkil etiş va jamoatçilik boşqaruvini rivojlantiriş böyiça islohotlar alohida yönaliş sifatida belgilangan. Mazkur farmon esa yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Özbekiston — 2030 strategiyasi” va 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasining uzviy ijrosini taʼminlaşga bevosita xizmat qiladi.

Uşbu farmon asosida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oşiriş hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirişda ularning salohiyatidan tölaqonli foydalaniş belgilandi. Bilasizki, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar jamoatçilik bilan bamaslahat qabul qilinişi tizimi joriy qilindi. Şuning zamirida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar birinçi navbatda xalq manfaatlariga asoslangan holda qabul qilinişiga erişiş nazarda tutilgan. Maʼlumki, bu boradagi işlar yurtimizda ançayin ilğorlab ketdi. Boş Qomusimizdan tortib, Prezident saylovlarigaça bölgan masalalar xalq muhokamasidan ötkazilmoqda.

Davlat, fuqarolar va NNTlar örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişda nimalarga eʼtibor qaratiş kerak, degan haqli savol tuğiladi. Avvalo, şuni aytiş kerakki, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş uçun parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari huzurida jamoat fondlari tuzilgan.  Şuningdek, 2008 yilda Oliy Majlis huzurida nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi taşkil etilgan, bundan taşqari, mahalliy Kengaşlar huzurida NNT va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondlari (hududiy fondlar) tuzilgan.

Mazkur fondlarning alohida faoliyat yuritişi, fondning hududlarda vakilliklari mavjud emasligi fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning yagona siyosatini amalga oşiriş, loyihalarning monitoringini olib boriş va samaradorligini taʼminlaşga tösqinlik qilgan. Bundan körinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini yanada kengaytiriş ehtiyoji bor edi. Farmon ayni paytda mana şu kabi masalalarga yeçim böldi.

Unda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning eng muhim yönalişlari belgilab berildi. Jumladan, endilikda davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlariga fuqarolik jamiyati instituti vakili raislik qilişi, faol aʼzolari moddiy rağbatlantirilişi, “Yuksaliş” harakati ularning faoliyatini baholab borişi kiritildi.

Xöş, farmon asosida fuqarolik jamiyati institutlariga qanday imtiyozlar berilişi mumkin? Yönalişimizdan kelib çiqib fikr yuritadigan bölsak, 2025 yilning 1 yanvaridan boşlab nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar taşkilotlarini röyxatdan ötkaziş uçun undiriladigan davlat boji ikki baravarga kamaytirildi. Homiylik taşkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslariga xayriya pulining soliq solinmaydigan miqdori amalda 15 million sömdan bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça oşiriladigan böldi.

Xususan, Karlar jamiyati ham davlat va parlament kömagi doirasida faoliyat yuritib, 2024 yilda eşitiş va gapirişida  nuqsoni bölgan insonlarning hayot sifatini yaxşilaşga qaratilgan qator tadbirlar va dasturlarni amalga oşirdi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi  moliyaviy kömagida ijtimoiy integratsiya, jamiyat aʼzolarini qöllab-quvvatlaş va imkoniyatlarni rivojlantirişga qaratilgan rejalaştirilgan vazifalarni bajariş yanada oson böldi.

Farmonning tegişli bandlariga asosan, fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ularga öz faoliyatini erkin amalga oşirişi uçun qulay taşkiliy-huquqiy şaroitlar yaratişga erişildi.

Şuni ham aytiş kerakki, nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş maqsadida Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Közi ojizlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, ularning 500 ga yaqin tizim taşkilotlari töliq davlat homiyligiga olindi. Buning zamirida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari doirasida har bir hududda “Nodavlat notijorat taşkilotlar uylari” taşkil etildi.

Aytiş mumkinki, farmon asosida amalga oşirilayotgan işlar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqadi. Eʼtibor qaratiş lozim bölgan muhim jihatlardan biri, fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat boşqaruvidagi bevosita iştiroki uçun yangi imkoniyatlar oçiladi.

Gözal ŞODIYEVA,

Özbekiston karlar jamiyati prezidenti.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan