Yangilanayotgan Bobotoğ

Xabar sarlavhasini öqişingiz bilan   million yoşdan ortiq   toğ ham yangilanarkanmi, deb öylaşingiz tayin.   Bugun Uçinçi Renessans   nasimini nafaqat mamlakatimiz poytaxti, viloyatlar   markazlarida, balki eng   çekka hududlarda ham körişingiz mumkin. Aytaylik, Uzun   tumanining Bobotoğ massivi viloyat markazidan 265 kilometr   uzoqlikda joylaşgan. Bu yerdagi   tub aholining madaniy   turmuş darajasi tört- beş   yil ilgari ançayin   oğir edi. Bu toğli   massivda 16 mingdan ortiq   aholi istiqomat qilişini   aytsak, masala yanada   oydinlaşadi.

Har bir yangilik,   özgarişning öz vaqti-soati bölarkan. Bobotoğ qiş­loğidagi   şaroit obdon örganib   çiqilib, joriy yilning 17   fevralida Prezidentimizning “2021-2023 yillarda   Surxondaryo   viloyati Uzun tumani   Bobotoğ   hududini   ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.   Xöş, ötgan qisqa   vaqt oraliğida   qaror   ijrosi böyiça qanday   özgarişlar   böldi?   “Bobotoğ” va   “Yangi hayot” mahallalarida barça qulayliklarga ega, zamonaviy   jihozlangan 120 örinli   2 ta yangi maktabgaça taʼlim muassasasi qurilib foydalanişga topşirildi.   Kelgusi yilda esa   “Oqmasçit” hamda   “Toltöğay”   mahallalarida yana 2 ta har biri 150   örinli bölgan bolalar   boğçasi qurilib, jajji farzandlarimizni öz   bağriga oladi.

Hududda 9 ta   umumtaʼlim maktabi bölib,   şundan törttasida 210   örinli, 36-maktab bolalari uçun şahardagidan   qolişmaydigan uç qavatli 320   örinli qöşimça öquv   binosi va zamonaviy   sport zali   öquvçilar   ixtiyoriga topşirilgan. Şuningdek, 46-maktab   ja­moasi ham yangidan   bunyod etilgan qöşimça öquv   binosi va sport zali   uçun Yurtboşimizdan behad   minnatdor. Darvoqe, Bobotoğ aholisining   oğirini yengil qiliş maqsadida suyultirilgan gaz   yetkazib beriş şoxobçasi   qurilganligi ham ayni muddao   böldi.

Massivda yaşab xizmat qilayotgan çegara qöşinlari harbiylari oilalari uçun 72 xonadonga möljallangan 3 ta köp qavatli uyning   quriliş işlari ham jadal surʼatlarda   olib borilmoqda. Bu yerdagi bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlarini öz közlari bilan körib, yaqindan tanişgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatçilik vakillariga kelgusidagi rejalar xususida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Bunday keng kölamdagi vazifani ön oyda   bajariş mutasaddi xodimlar, mutaxassislar va quruvçilardan katta matonat va şijoat talab qilişini aytmasak ham böladi. Bir söz bilan aytganda, qadim Bobotoğ qişloği mutlaqo yangiça köriniş va şukuhli tarovat kasb etmoqda.

Safar OMON,

         “Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan