Bayram hazillari
“Tafakkur” jurnali Boş muharriri — Erkin Aʼzamga
Donişmandlik qonida bor,
Qonidamas jonida bor.
Asarlarin dunyo öqir,
Öqimagan bölar söqir.
“Tafakkur”da tafakkur qil,
Biror sonin qoldirmagil.
Obuna böl öz vaqtida,
Eriş muştariy baxtiga.
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi — Alişer Xadjayevga
Sifatlari ozmas, töp-töp,
Yana kanallari köp.
“Yoşlar”zörmi, yo “1”çi,
Qani öylab bir köring-çi?..

“Jahon adabiyoti” jurnali Boş muharriri — Ahmadjon Meliboyevga
Ustoz erur yoşi katta,
Yozganlarin toşi katta.
Şöxliklarin quvgani yöq,
Unvonini “yuvgani” yöq.
“Zarafşon” gazetasi Boş muharriri, senator — Farmon Toşevga
Juda kamtar, kamsuqum,
Birov demas: “Amaldor”.
Öylamaydi obunani,
“Hokim bor-ku, ne ğami bor?!”

“XXI asr” gazetasi Boş muharriri —Norqobil Jalilga
Yaxşilikni yaxşi körar,
Ezgulikdan suyunadi.
Ijod desa xursand doim,
Muammo deb kuyinadi.
Tadbirkorlar qanotidir,
Gazeti-ku katta minbar.
“Göşt köp yemang” deganlarga,
Murosa ham qilmas minbaʼd.
ÖzA Boş direktori — Abdusaid Köçimovga
Dars beradi hammaga,
Kerak bölsa ammaga.
ÖzA özi şunday dargoh—
Tarqatadi hammaga.

“Guliston” jurnali Boş muharriri — Mamatqul Hazratqulovga
Jiddiy odam özlari,
Maʼnolidir sözlari.
Ilhom böldi zör doya,
Yozdi qissa, hikoya!
Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub rahbari — Şerzodxon Qudratxöjaga
Unga sifat bedorlik,
Hazil gapmi rektorlik.
Goh ulovda, goh oyoqda,
Goh u yoqda, goh bu yoqda.
Judayam köp safari,
Unga kerak “Ferrari”.
“Şarq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari Boş muharriri —Sirojiddin Raufga
Şoirlarning zöridir,
Tahrirda ham benazir.
Huzuriga borsangiz,
Deydi: “Keling, xöş, taqsir”…
Hoji akamga gap yöq,
Jurnalxonlar köngli töq.
Ötayotgan bu yilda,
“Podpiska”dan köngli töldi,
Lekin hali bilmas sira,
Yangi yilda ne böldi?
ATB “Qişloqqurilişbank” Boşqaruv raisining matbuot kotibi-Axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi — Şuhrat Orifga
Deydi men şoirman, bankir emasman,
Şeʼrni bilmaganni odam demasman.
Deydi pulni emas, yaxşi köraman gulni.
Sayrataman bulbulni, yomon köraman kulni.
Qaramaydi jononlar, nima qilay yoronlar?
Özim ham bilmayman, nimalar dedim,
“Men odam emasman asli yor edim,”
Köring, kitobimning nomi şul,
Lekin ziyon qilmas, bölsa pul.
“Nuroniy” gazetasi Boş muharriri —Şuhrat Dehqonovga
Noiblikdan zerikdi u,
Ne qilsam deb öylab qoldi.
Yoş bölsa ham tinçlik istab,
“Nuroniy”ga ötib oldi.
Rejasida ne borligin,
Birov bildi, birov yöq.
Namanganlik böz bola-da,
Kelajakdan köngli töq!
“Yangi Özbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari Boş muharriri — Salim Doniyorovga
Feʼli şunday: oğir-bosiq,
Ustozlarin yaxşi körar.
Içmaydi ham, çekmaydi ham,
Bayramlarda “yuzta” urar.
“Pravda Vostoka” köhna juda,
“Yangi Özbekiston” yap-yangida.
Ularga men boşman deydi,
Hali özim yoşman deydi.

“Qişloq hayoti” gazetasi Boş muharriri — Çori Latipovga
Özi qişloq odami,
Tuzuk edi qalami.
“Majburiy obuna” deyilgaç,
Oşib ketdi alami…
“Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari Boş muharriri — Husan Ermatovga
Gazeti zör, özi ham zör,
“Doveriye”dan çiqqan emas.
“Işonç” bölsa, bari bölar,
“Obuna” deb boş qotirmas.

“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi Boş muharriri — Salim Aşurga
Salim aka – salim odam,
Ğirrom qilmas, halim odam.
Şeʼr işqida yonar özi,
Gullardadir ikki közi.
Köp joylarda işladi u,
Dovonlarni oşib ötdi.
“Adabiyot va sanʼat” debon,
Orzusiga mana yetdi.
“Ovozi tojik” gazetasi Boş muharriri — Şerpölat Vakilovga
Özbekçani “qotiradi”,
Yaqin ulfat , jöradir.
Agar devor bölmasa,
Köçaniyam köradir.

“Inson va qonun” gazetasi Boş muharriri— Qöçqor Norqobilga
Afğon mavzusi yopildi,
Guldur-gup.
Lekin tinmay yozadi,
Mavzu köp…
Öylab körsa yaxşi körar,
Muharrirning zotini.
Çunki özi muharrir,
Muharrirdir xotini…
“Nurlы jol” gazetasi Boş muharriri — Ğulomzakir Yusupovga
“Gazetam eng öqişli” der,
Keriladi misli şer.
Lekin bitta “aybi” şulki,
Tinim bilmay tökar ter.
“Kitob dunyosi” gazetasi Boş muharriri — Xosiyat Rustamovaga
Bu çehrani dunyo bilar,
Muxlislar ham bilyapti.
Goh Turkiya, goho Xitoy,
Amirqodan kelyapti…
“Mahalla” gazetasi Boş muharriri — Baxtiyor Abdusattorovga
Kimdan xafa, kimdan xursand,
Birovga sir aytmaydi.
Vaʼda bersa, öşa gap-gap,
Sözidan heç qaytmaydi.
Vazirlikdan gina qilar,
Öpka qilar, kina qilar.
Obunaga moşin qöyib,
Qolmasin-da faqat kuyib…

“Saodat” jurnali Boş muharriri — Munavvarxon Usmonovaga
Şeʼrlarini öqisangiz,
Uzoqqa heç ketolmaysiz.
Orzu qilmang özaman deb,
Opaga heç yetolmaysiz.
Bayram hazillari
tahririyat ijodkorlari tomonidan
haşar usulida yozildi.
