Yangi yil tabassumi
KAMROQ IÇIŞ KERAK
Uç oğayni suhbatlaşib qolişibdi:
— Men ötgan yili Yangi yilni Gavaya orollarida kutib olgandim.
Ikkinçisi:
— Men esa, okean tubida kutib olganman. Ajoyib bölgandi…
Uçinçisi:
— Ikkaloving ham men bilan çoyxonada kutib olgansan! Kamroq içiş kerak edi!
ORZU
Talabalar qattiqqöl öqituvçisiga Yangi yilga sovğa berişmoqçi:
—Domlajon, sizga nima sovğa qilsak böladi?
—Menga heç narsa kerakmas!
—Aytaqoling, biror orzuingiz bordir axir…
—Yagona orzuim, sizlar mening talabam bölganingizni heç kim bilmasin!
ALAM QILADI, AMMO…
Böydoq yigitga ota-onasi debdi:
— Döstlaringning hammasi uylandi. Oilasi, xotini bor. Senga alam qilmaydimi?!
Yigit debdi:
— Juda alam qiladi. Lekin nima qilay, ularga yordam beriş qölimdan kelmaydi!
QORBOBO EMAS!
31 dekabr. Bir qizaloq “Tez yordam”ga qönğiroq qilyapti:
— Alyo döxtir tezroq keling, dadamning mazasi qoçgandek… Qizil kiyim kiyib, paxtadan soqol qöyib olgan, men Qorboboman deyapti!
MEHRIBON ÖĞIL
Öqituvçi:
— Valijon, kundaligingni ota-onangga körsatdingmi?
Öquvçi:
— Yöq, ustoz!
Öqituvçi:
— Nega?
Öquvçi:
—Ota-onamning salomatligi men uçun juda muhim!
Muhammadsodiq TÖRAYEV töpladi.
