Kadastr maşmaşasi
Qon bosimi yuqori bölganlarga öqiş tavsiya etilmaydi
Aslida voqea ança oldin boşlangandi.
2019 yilning 15 may kuni edi. Darvoza zulfi asta taqilladi. Çiqdim. Ikki yoş yigit bilan salom-alikdan söng kadastr idorasidan kelişganini aytib, uyga kirişga ruxsat söraşdi. Birdan işni boşlab yuborişdi. Metr olib har bir qariç yerni, xonalarni ölçay ketdi. Şunda: “Yigitlar, bir daqiqa töxtang” dedim-da, içkariga kirib uy çizmalarini olib çiqdim. Ular: “Doda, bu hujjatni otvorsangiz ham böladi”, deyişdi. “Ilgari şu qilayotgan işlaringiz plan çiziş deyilardi. Şunga qöşimça qilsanglar böldi-ku”, dedim. Yigitlar menga parvo ham qilmay işda davom etişdi.
“Pul pulni çaqiradi” degan gapga işonasizmi? Bölmagan safsata. Ammo qoğoz qoğozni çaqirişi esa bor gap ekan. Nimaga deysizmi? Unda eşiting. Yer berilganligi töğrisidagi bir varoq qoğoz bilan Zangiota tuman kadastr idorasiga bordim. Kadastr xodimi arxivdan şu haqdagi maʼlumotnoma olib kelişimni tuşuntirdi. Qişloqdan çiqib şahar oralab arxiv qaydasan, deb yölga tuşdim. Hujjatni olib yana kadastr idorasiga keldim. Kadastrçi mahalla idorasidan dalolatnoma olib kelişimni aytdi. Mahalla oqsoqolidan dalolatnomani oldimu, kadastrçiga uçib bordim. “Endi, otaxon, — dedi u, — xabaringiz bor, sizlar yaşayotgan Zangiota tumani Sergeli tumaniga ötdi. Ön kun keç qoldingiz. Biz kadastr qilolmaymiz” desa böladimi. “Maslahat ber, men qayoqqa boray, qişloqdan şaharga şahardan qişloqqa kezib örganib qoldim”, dedim.
Kadastrçi: “Tavakkal qilib yagona darçaga borib hujjatlarni körsating, işingiz balkim öxşab qolar”, dedi. Bir zum ötmay “yagona darça”da paydo böldim. U yerdagilar hujjatlarni birin-sirin körib, Sergeli kadastriga borasiz, biz buni qabul qilolmaymiz deyişdi. Sergeli kadastriga keldim. Bir yigit sarğayib ketgan qarorga köz taşladi-yu, qölini bir nima tişlab olganday sakrab menga zardaliroq qarab: “Voy, otaxon bu kolxoz-ku, umuman kadastr qilib bölmaydi”, deb qaytarib berdi va sudga murojaat etişimni aytdi. Birgina qaror hujjati idorama-idora yuraverib, bir papkaga siğmay qoldi. Qoğoz qoğozni çaqirişiga ana şunda işondim.
Xullas sudga keldim. Sudya qizçaning savol-javobi kadastrçinikidan ötib tuşdi. Qizça qoğozlarni közdan keçirgaç, menga qarab: “Onangiz nomiga qaror çiqqan ekan. Ularning pasportidan nusxa kerak”, dedi. “Keçirasiz, onam Ollohga omonatlarini toşirganlariga bir yil böldi” desam, “Unda ölimlari haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelasiz. Şundan söng yer kimga tegişliligi haqida sudga daʼvo arizasi kiritamiz”, dedi.
Şunda: “Keçirasiz, qaror bilan yaxşi tanişmadingiz çoği. Qarorda onam yerni sovğa tariqasida mening nomimga rasmiylaştirib bergan. Zangiota tuman kadastri Sergeliga borasiz dedi. Ular meni sizga yuborişdi”, dedim. Qizça özidan uyalibroq, unday bölsa Zangiota kadastriga borib kadastr çizmasini Sergeli tumaniga ötganligi sababli hujjatlarni qabul qilmagani haqida yozma bayonnoma olib kelişimni aytdi.
Bu maşmaşalar, sarson-sargardonliklarning oxirini bilolmay qoldim.
Taşqariga bazör çiqdim. Atrofdagi binolar, yöldagi maşinalar, daraxtlar, odamlar, yeru kök çirpirak bölib aylanib, boşimga qulayotgandek edi. Arang bir temir panjarani uşlab turib qoldim. Bir yigit, meni kuzatib turgan ekan çoği, yonimga kelib yelkamdan suyab: “Otaxon, yaxşimisiz, nima yordam kerak” deganini bazör eşitdim. U suv quyib uzatdi. Biroz özimga keldim. Bekatdan şahar transportiga ötirib, mahalla guzariga yetib keldim. Ming bir xayol bilan kelayotib taniş akaxon bilan uçraşib qoldim. Unga bor dardimni tökib solmoqçi böldim. U meni tuşundi çoği, gapimni böldi: “Özingni qiynabsan-da. “Oldingdan oqqan suvning qadri yöq” deyişadi. Şundoq qöşningga aytsang böldi edi. Işing hal bölardi-qöyardi”, dedi. “Axir, uning heç qanday maʼlumoti bölmasa, kadastrdan bexabar bölsa” desam, nima deydi deng, rozi qilsam uç kun deganda uyning çizmasi qölimda bölarkan. Axir bu turgan- bitgani korrupsiya emasmi.
Uyga kirdimu, özimni töşakka otdim. Oilada bir hamşira bölgani yaxşi ekan. Kelinim darhol qon bosimimni ölçadi. Bir yuz töqsonga çiqib ketibdi. Til tagiga paxtaga şimdirib qandaydir aççiq tomçi taşladi. Köp ötmay dunyo közimga gözal bölib körinib ketdi.
Uy hujjatlarimni e, nima bölsa bölsin deb, öylamay qöydim. Esimga tuşsa, biror yöli topilib qolar deya içimda öz-özimga taskin beradigan böldim.
Asror SULAYMON
