Taraqqiyot strategiyasi: Inson qadri uçun 100 ta maqsad
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda inson qadr- qimmati, uning manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlaş, tadbirkorlik va işbilarmonlikni yanada rivojlantiriş, taʼlim va tibbiy xizmat sifatini oşiriş, qisqaça aytganda davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini yangi bosqiçga olib çiqişni özida aks ettirgan “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi Farmon imzolandi.
Keyingi beş yilga möljallangan mazkur Taraqqiyot strategiyasi jami 7 ta yönaliş, 100 ta maqsaddan iborat.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasi ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va keng jamoatçilik muhokamasidan ötkazildi. Uşbu jarayonda jami 17 mingdan ortiq taklif, 300 dan ortiq yangi taşabbus kelib tuşgan. Viloyatimizning faol fuqarolari ham 2 mingga yaqin taklif va tavsiyalari bilan iştirok etgan. Bu mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatining rivojlanayotganligidan dalolatdir.
“Inson qadri uçun” tamoyili asosida xalq bilan oçiq muloqot natijalari hamohangligida tayyorlangan uşbu strategiyaning pirovard maqsadi barça sohalarni rivojlantiriş orqali xalqimizning farovonligini oşiriş va kundalik hayotidagi muammolarni hal etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Davlat boşqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilişga yönaltiriş” tamoyili asosida transformatsiya qiliş orqali, davlat idoralari faoliyatining barça yönalişlarini “Davlat – xalq xizmatçisi” tamoyili asosida fuqaroga töğridan-töğri xizmat körsatişga yönaltirilayotganligi ham aholi manfaatlarini öylab amalga oşirilayotgan islohotlarning yaqqol namunasidir. Albatta, strategiyani işlab çiqib tasdiqlaş bir tomon bölsa, uning ijrosini öz vaqtida va sifatli taʼminlaş ikkinçi muhim masala hisoblanadi.
Farmonning 25-bandida Adliya vazirligi, Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksaliş” umummilliy harakatiga Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturlari amalga oşirilişining borişini tizimli monitoring qiliş, uni sifatli va öz vaqtida bajariş uçun qöşimça çoralar körib boriş böyiça muhim vazifalar yuklatildi.
Şuningdek, taʼsirçan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştirgan holda, ayrim davlat funksiyalarini amalga oşiriş jarayoniga jamoatçilik nazorati subʼyektlarini keng jalb qiliş, davlat organlari faoliyatini örganişda ijtimoiy sörovlar ötkaziş hamda aniqlangan kamçiliklarni oçiq muhokama qiliş amaliyoti joriy etilmoqda. Faol jamoatçilik nazoratini yölga qöyişda esa fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlarning mehnatidan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bundan taşqari, Taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş jarayonlariga xalqaro hamjamiyatni keng jalb qiliş va ularni islohotlardan xabardor qilib borişga ham alohida eʼtibor qaratilib, “Yuksaliş” umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvçi Mustaqil monitoring va baholaş jamoatçilik guruhi taşkil etilmoqda. Şu bilan birga hududlarda nodavlat notijorat taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qöllab-quvvatlaş jamoatçilik guruhlari faoliyatini yölga qöygan holda tizimli ravişda jamoatçilik eşituvlarini ötkazib boriş amaliyoti joriy etilganligi ham mamlakat taraqqiyotining yangiça mexanizmlari yaratilayotganligining ifodasidir.
Xulosa qilib şuni aytiş mumkinki, Yangi Özbekistonning 2022-2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi nafaqat mamlakatimizning kelgusi beş yillik taraqqiyotini, şu bilan birga, uning uzoq yillik rivojlaniş strategiyasini belgilab beruvçi muhim hujjat hisoblanadi. Unda nazarda tutilgan maqsadlarning izçillik bilan hayotga tatbiq etilişi, Yangi Özbekistonning har bir fuqarosi bugungi turmuşidan mamnun bölib, yurt taraqqiyoti va rivojidan özida daxldorlik hissini tuyib yaşaşiga xizmat qiladi.
Davron ŞODMONOV,
“Yuksaliş” umummilliy harakati
Qaşqadaryo viloyati hududiy bölinmasi rahbari.
ÖzA
