Fuqarolarning axborot oliş erkinligi — jamiyat taraqqiyotining muhim mezoni

Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatni söz va axborot erkinligisiz tasavvur etib bölmaydi. Şiddat bilan özgarib borayotgan hozirgi zamonda ommaviy axborot   vositalarini davr solnomaçisiga qiyoslasak, bu közguda mamlakatimiz hayotidagi özgarişlar butun borliği bilan aks etadi.

Bundan beş yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida 2017–2021 yillarda davlat va jamiyat qurilişini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini taʼminlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş, ijtimoiy sohani rivojlantiriş, xalqning osoyişta va farovon hayot keçirişi uçun şart-şaroitlar yaratiş, xalqaro maydonda Özbekistonning munosib örin egallaşiga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirildi.

Prezidentimizning joriy yil 28 yanvarda imzolangan farmoni bilan 2022−2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strate­giyasi hamda uni “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Taʼkidlaş joizki, Taraqqiyot strategiyasi sönggi yillarda mamlakatimizdagi tizimli ijobiy özgarişlarning asosiy huquqiy poydevori bölib xizmat qilgan Harakatlar strategiyasining uzviy davomi hisob­lanadi.

“Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil asosida şakllantirilgan “Inson qadri uçun”, “Davlat – inson uçun” degan ezgu ğoyalarni hayotga tatbiq etiş maqsadida işlab çiqilgan uşbu dasturiy hujjatda yaqin va örta istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş tendensiyalari, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab olingani, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strate­giyasi sari” degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgani eʼtirofga molik va barça sohalar ravnaq topişiga, Özbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olişiga, xalqimizning adolatli, erkin va farovon jamiyat qurişdek uluğ istaklari ijobat bölişiga xizmat qiladi.

Taraqqiyot strategiyasining xalqçilligi xususida alohida töxtalib, uning loyihasi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va keng jamoatçilik muhokamasidan ötkazilgani, muhokamalar jarayonida yurtdoşlarimiz tomonidan 17 mingdan ortiq takliflar bildirilgani, ularning aksariyatidan loyihani takomillaştirişda foydalanilgani, şu jumladan, jurnalistlarning ham köplab takliflari inobatga olingani bizni quvontiradi. Keyingi beş yilda mamlakatimiz taraqqiyoti uçun dasturilamal bölgan Taraqqiyot strategiyasi loyihasining muhokamasi kölami, bildirilgan takliflar, ularning dasturiy hujjatda aksini topişi yurtimizda erkin fuqarolik jamiyatining rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Taraqqiyot strategiyasi haqiqiy özbekona dastur böldi desak, mubolağa bölmaydi. Odatda, xalqimizga xos anʼanaga köra, katta işni boşlaşdan oldin köpçilik bilan maslahat qilinadi. Maslahatlaşuv jarayonida jöyali takliflar bildiriladi. Qizğin muhokamalardan söng köpçilikning rizoligi bilan yakuniy qarorga kelinib, işga kirişiladi. Taraqqiyot strategiyasi loyihasi böyiça ham aynan şunday yöl tutildi.

Uşbu hujjatda mamlakatimizning rivoj­laniş tendensiyalari, bu boradagi ustuvor vazifalar, 7 ta ustuvor yönaliş yuzasidan keyingi beş yilda 100 ta maqsadni amalga oşiriş belgilangan. Şu maqsadlarga erişiş yölidagi saʼy-harakatlar ham, ajratilgan mablağlar   ham aniq. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oşiriş böyiça Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. söm va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta çora-tadbirning közda tutilganligi bunga yaqqol misol böla oladi.

Taʼkidlaş joizki, taraqqiyot strate­giyasining bir neça maqsadlarida ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuçaytiriş, fuqarolarning axborot oliş va tarqatiş erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlaş belgilanganligi biz soha xodimlarini yanada ruhlantirdi. Jumladan, taʼsirçan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning taşkiliy-huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan 12-maqsadda jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning zamonaviy şakllarini rivojlantiriş, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekşiriş amaliyotini joriy etiş, ayrim davlat funksiyalarini amalga oşiriş jarayoniga jamoatçilik nazorati subʼyektlarini keng jalb qiliş, davlat organlari faoliyatini örganişda ijtimoiy sörovlar ötkaziş hamda aniqlangan kamçiliklarni oçiq muhokama qiliş amaliyotini yölga qöyiş nazarda tutilmoqda. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuçaytiriş, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini örganişda ularning mehnatidan samarali foydalaniş belgilanmoqda. Xususan, fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning samaradorligini örganişda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiliş tartibi joriy qilinadi, şuningdek, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralaşganlik va tösqinlik qilganlik, şu jumladan, mansabdor şaxs­lar tomonidan senzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş, materiallar va texnik vositalarni ulardan ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş harakatlari sodir etilgani uçun javobgarlik yanada kuçaytiriladi. Yana bir muhim jihati, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar şakllarida qöllab-quvvatlaş hajmini ikki barobarga oşiriş közda tutilmoqda.

Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglik muhitini mus­tahkamlaş deb nomlangan 74-maqsadda xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qöşimça qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanmoqda. Xususan, “O’zbekiston”, “Zvezda Vostoka” va “Amudaryo” jurnallari, “Yerkin Qaraqalpaqstan”, “Nurlы jol”, “Ovozi tojik”, “Mekan” va “Dostuk” gazetalarining moddiy-texnik bazasi yaxşilanadi. Sohaga oid materiallarni ommaviy axborot vositalarida yoritiş böyiça tanlovlar, grantlar taşkil etiladi. Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlarni press-turlarda iştirok etiş, ularga beriladigan ijtimoiy buyurtmalarni qop­laş tartibi ham belgilanmoqda.

Fuqarolarning axborot oliş va tarqatiş erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlaş — Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi yettinçi yönalişining dastlabki va muhim maqsadi sifatida belgilanganidan ham anglaş mumkinki, biz yaşayotgan globallaşuv va axborot asrida hayotimiz, jamiyat taraqqiyoti, mamlakat ravnaqi zamonaviy media makon va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari fao­liyati bilan bevosita boğliq.

Darhaqiqat, kundalik hayotimizni yoki biron sohani har kunlik axborotsiz tasavvur qiliş muşkul. Texnika va texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda axborotning ahamiyatini yanada oşirdi. Axborot barça sohaga qadar çuqur kirib borgani, inson va jamiyat hayotiga taʼsiri misli körilmagan darajada ortgani, öz navbatida, ularni tartibga soliş zaruratini ham yuzaga keltirdi.

Taraqqiyot strategiyasining yettinçi, yaʼni “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuçaytiriş, oçiq va pragmatik, faol taşqi siyosat olib boriş” deb nomlangan ustuvor yönalişining 89-maqsadida “Axborot sohasini tartibga soluvçi yagona tizimlaştirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş” doirasida zamon talab­lari asosida axborot sohasidagi qonunçilikni takomillaştiriş, axborot sohasini tartibga solişga qaratilgan mavjud qonunlarni Özbekiston Respublikasi Axborot kodeksi şaklida unifikatsiya qiliş belgilangan.

Axborot kodeksini işlab çiqişning zaruriyati şundaki, bugungi kunda axborot sohasidagi mavjud bölgan öndan ortiq qonunlardagi ayrim moddalar bir-birini inkor etiş holatlari ham kuzatilayotganidan köz yumib bölmaydi.

Taraqqiyot strategiyasi yettinçi yönalişining 89-maqsadida davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligi hamda matbuot kotiblari faoliyati samaradorligi reytingini tuziş orqali sohada yuqori natijalarga erişgan taşkilotlar matbuot kotiblarini rağbatlantiriş tizimini joriy qiliş belgilangani ham fuqarolarning axborot oliş borasidagi huquqlarini taʼminlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

Barçamizga maʼlumki, sönggi yillarda davlat idoralarining jamoatçilik bilan aloqalarini mustahkamlaşga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Agar 2019 yilda davlat va nodavlat taşkilotlaridagi axborot xizmatlarining manbalari — rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani taşkil etgan bölsa, 2021 yilda bu raqam 2410 taga yetdi.

Ommaviy axborot vositalaridagi tanqidiy çiqişlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildiriş amaliyoti şakllandi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislari “O‘zbekiston” va “UzReport” telekanallari, şuningdek, Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali töğridan-töğri efirda namoyiş etilmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning “Facebook”dagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida fuqarolar bilan onlayn muloqotlari ham yurtdoşlarimizda qiziqiş uyğotmoqda. Uşbu muloqotlar davomida adliya vaziri fuqarolarning köplab savollariga javob beryapti.

Zamonaviy dunyoda axborot nafaqat uzatiladi, balki sotib olinadi yoki sotiladi, undan foyda köriş nazarda tutilar ekan, globallaşuv davrida axborotning köpayişi tufayli bizga nafaqat köp foydali maʼlumotlar, balki xavfli tahdidlar ham kirib keladi. Maʼlumotlarga köra, mamlakatimizda hozirgi vaqtda “Facebook”da 4,7 mln., “Instagram”da 3,7 mln. , “LinkedIn”da 288 ming, “Telegram”da 18 mln., “Odnoklassniki”da 16,7 mln., “Twitter”da 51,6 va “V-kontakte”da 2,6 mln. foydalanuvçi borligining öziyoq ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş madaniyati va zararli axborotdan himoya qiliş masalalari dolzarbligini anglatadi.

Şuni hisobga olgan holda, mamlakatimizda fuqarolarning axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalaniş madaniyatini oşiriş maqsadida turli yoş toifasi uçun möljallangan öquv kurslari hamda onlayn dasturlarni ommalaştiriş, xalq taʼlimi va professional taʼlim tizimining tegişli darsliklariga media savodxonlik böyiça mavzular kiritilişini davrning özi taqozo etmoqda.

Zero, hozirgi globallaşuv zamonida axborot oqimi şunçalar köpaydiki, ularni tahlil qiliş, anglaş, qolaversa, tegişli xulosa çiqariş har birimizning bilim va dunyoqaraşimizga bevosita boğliq.

Darhaqiqat, jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlaştiriş, zamonaviy kommunikatsiya vositalari, elektron maʼlumotlar bazasi, tezkor axborot texnologiyalaridan foydalaniş bizga qator qulayliklar berdi. Masalan, internet tarmoği orqali dunyoning istalgan joyidagi yangilikdan tezda xabardor bölamiz. Ammo qaysi manbalardan axborot olişni va undan qayerda, qanday foydalanişni biliş ham talab etiladi.

Axborot maydonida yaşirin maqsad-muddaolar, yot ğoyalar, ğarazli maqsadlar bölişi ehtimoldan yiroq emas. Biz jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşişga bel boğlagan ekanmiz, bu qarama-qarşi­liklar hududiga qadam bosişdan oldin tafakkurni çarhlab olişimiz zarur. Şundagina tahdidlarga qarşi immunitet hosil böladi, ongda mafkuraviy himoya tizimi şakllanadi va axborot oqimi, tahdidi salbiy taʼsir körsata olmaydi.

Taraqqiyot strategiyasida qayd etilgan 89-maqsad böyiça şaxsiy va sir saqlanişi lozim bölgan maʼlumotlarni Internet tarmoğida oşkor qiliş bilan boğliq daxlsizlik huquqlar buzilişining oldini oliş uçun Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarning şaxs daxlsizlik huquqlari bilan boğliq moddalariga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi tayyorlanişi közda tutilmoqda.

Şuningdek, kiberjinoyatçilik uçun jinoiy javobgarlik qayta körib çiqiladi. Axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qiliş tizimi yanada takomillaştiriladi. Bunda: kiberxavfsizlikning Yagona tarmoğining texnik infratuzilmasini kengaytiriş; “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallaştiriş; IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar öquv markazlari negizida yoşlarni kiberxavfsizlik asoslari böyiça öqitilişini taʼminlaş, hamda har yili talaba va öquvçilar orasida kiberhujumlarni aniqlaş böyiça respublika miqyosida konkurslar ötkaziş nazarda tutiladi.

Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot-kommunikatsion dasturlar yaratişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratişga jalb qiliş, maʼlumotlarni uzatiş va qayta işlaşning zamonaviy talablariga mos dasturiy taʼminot va texnik vositalar bilan taʼminlaş belgilangan.

Taraqqiyot strategiyasining 98-maqsadi Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oşirişga qaratilgan axborotlar yetkaziş samaradorligini oşirişni nazarda tutadi. Bunda “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi. Şuningdek, jahondagi yetakçi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yanada jadallaştiriş, Özbekiston imidjini jahon sahnasida ilgari surişni nazarda tutuvçi çora-tadbirlarni amalga oşiriş, mamlakatimizda islohotlarning borişi, jamiyatni demokratik yangilaş jarayonlari haqida xolis axborot tarqatiş samarali davom ettiriladi. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining özaro hamkorligi va sohada mavjud muammolarni örganiş, ularni bartaraf etiş hamda istiqbollarni belgilab oliş uçun qulay media-maydon yaratiladi.

Bu jarayonda xalqaro axborot bozorlariga çiqiş, Özbekistonning ijobiy imidjini ilgari suriş mexanizmlari, vositalari va kanallarini birgalikda işlab çiqiş, xalqaro maydonda PR-şeriklik loyihalarini amalga oşiriş maqsadida yetakçi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan özaro aloqalar rivojlantiriladi, hamkorlik aloqalari örnatiladi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlar va joriy yil böyiça qabul qilingan Davlat dasturida belgilangan vazifalarga asoslanib, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining joriy yildagi ustuvor yönalişlarini belgilaşda avvalgi yillardan farqli ravişda butunlay yangiça ğoya va maqsadlar asosida yondaşildi.

Muxtasar aytganda, 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida fuqarolarning axborot oliş va tarqatiş erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlaşga alohida urğu berilgani “Inson qad­ri uçun”, “Davlat – inson uçun” degan ğoyalarning hayotbaxşligini namoyon etadi.

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar fuqarolarning axborot sohasidagi huquqini yanada kengroq röyobga çiqariş uçun imkon yaratiş, OAVlarning davlat hokimiyati va boş­qaruv organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini taʼminlaş borasidagi rolini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng tarğib etiş, uning mazmun-mohiyatini jamoatçilikka yetkazişda jurnalistlar oldingi safda bölişiga işonçimiz komil.

Olimjon Ösarov,

Özbekiston Jurnalistlari

ijodiy uyuşmasi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan