Dunyoning asosi — söz
Bugun jamiyatimiz aniq, oçiq va şaffof yölni tanlab, öşa yölda ilğor odimlab borayotgan ekan, ramziy maʼnoda aytiş mumkinki, jurnalistlar mana şunday oçiq va erkin jamiyatning şifokoridirlar. Ular jamiyatning buguni, ertasi, issiq-sovuğidan xabardor böladi, mavjud holatni bilib turadi. Yangi Özbekiston degan yangiça nomning mohiyatini kerak bölsa boşqalardan köra teranroq anglaşi, ijodiy faoliyati bilan, şaffof sözi bilan boşqalarga yetkazişi zarurdir. Negaki, bu şunçaki yangi tuşunça emas, yangiça hayot, yangi xohişlar bilan birga yangiça majburiyatlar ham degani. Ana şu majburiyatlar bugun barça soha vakillaridan zamon bilan hamnafaslikni taqozo etsa, jurnalistlardan peşqadamlikni, yaʼni islohotlardan bir qadam oldinda yurişni talab qiladi.
Aytiş joizki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning irodasi tufayli keyingi yillarda yurtimizda matbuotga, ommaviy axborot vositalariga, bir söz bilan aytganda erkin söz minbariga katta imkoniyatlar yaratib berildi. Davlatimiz rahbarining hamişa jurnalistlarga dalda va kuç bölayotgani, matbuot ahlini va sohani rivojlantirişda muhim qarorlar qabul qilinayotgani sözimiz isbotidir.
Kuni keça mamlakatimizda keng nişonlangan matbuot kuni munosabati bilan Yurtboşimizning soha vakillariga yöllagan tabrigi va “Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining eʼlon qilingani aytiş mumkinki barça hamkasblarimizni tölqinlantirib yubordi. Muhtaram Prezidentimiz öz tabriklarida jumladan, Özbekiston milliy media sohasini yanada rivojlantiriş, axborot sohasida miqdor körsatkiçlarini sifat körsatkiçlariga aylantiriş, jurnalistika taraqqiyotini yangi bosqiçga olib çiqiş borasida ham öz munosabatini bildirdi.
Qolaversa, Prezidentimiz tomonidan şu yil matbuot kuni imzo çekilgan tarixiy qaror OAV vakillarini, matbuot sohasini qöllab-quvvatlaş yölida muhim qadamdir.
Unga köra sohada izçil özgarişlarga yöl beriş, matbuot ahlini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kadrlar salohiyati va raqobatbardoşligini yanada oşiriş, ehtiyojmand va yoş jurnalistlarni uy-joy bilan taʼminlaş singari köplab hayotiy masalalarga eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş kerakki, Prezidentimiz qaroriga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boşlab 2025 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaydigan böldi. Bundan taşqari, faol jurnalistlarni muntazam rağbatlantiriş va ular örtasida ijodiy soğlom raqobat muhitini yanada yaxşilaş maqsadida pul mukofotlari bilan taqdirlaş, har yili jurnalistlar örtasida ötkazib kelinadigan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning boş milliy mukofoti uçun — yengil avtomaşina sovrin sifatida qöyilişi belgilab qöyildi.
Ha, şu paytgaça bunday qöllab-quvvatlov bölmagan!
Oçiq aytganda, ança yillardan buyon köplab bosma naşrlar tahririyatlari öz naşrlariga obuna uyuştiriş böyiça maʼlum qiyinçiliklarga duç kelişayotgani sir emas edi. Endi Prezident qarori bilan barça davlat organlari va taşkilotlariga öz muassisligidagi davriy naşrlarning zamonaviy elektron şakli, şu jumladan, mobil ilovalarini taşkil etiş yuklatildi. Obunaçilar sonini oşiriş yuzasidan esa maʼlum imtiyozlar közda tutiladigan böldi.
Eʼtiborli jihati mazkur qaror bilan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini yanada jonlantiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar ham közda tutilganini alohida taʼkidlaşni istardik.
Albatta bunday eʼtibor, ğamxörlikka javoban yurtimizning har bir jurnalisti, matbuot vakili yanada fidoyilik körsatib mehnat qilişi, ijod qilişi ham farz, ham qarzdir.
Şubhasiz, bugunning jurnalisti sözi ötkirligi barobarida professionallik malakasini, tajribasini oşirişi şart. Zero, endi matn bilangina öquvçi qalbini zabt etib bölmaydi. Endilikda hamma öquvçi yoki tomoşabin ham bir soatlab körsatuv körib, bir sahifalik maqolani öqişga hafsala qilmasligi mumkin. Ular sodda, lönda materiallar kutyapti jurnalistlardan. Agar tomoşabinni, muştariyni yöqotişni istaşmasa ayni paytda soha vakillari şunga tayyorlanişi kerak, buning uçun esa yuqorida aytganimizdek tinimsiz mehnat, ijodiy izlaniş şart. Aslida, dunyoning asosi söz ekanini inobatga oladigan bölsak, bu boradagi erkinlik — eng katta neʼmat, siyosiy immunitet böladi.
Hozirgi paytda Vatanimizdagi 8 ta oliy taʼlim dargohida jurnalistika böyiça saboq berilyapti. Bu yaxşi albatta. Zero, jurnalistika yoşlarni öziga jalb etadigan soha. Lekin ular sohaning maşaqqatini, zahmatini tölaqonli his qilişi kerak. Axir jurnalistika degani blogerlik emas, bu kasb uçun birinçi navbatda öqiş, oliy maʼlumotga ega böliş talab etiladi. Hatto jurnalistika radio yoki televideniyeda faqat mikrofon uşlab yuriş degani ham emas. Uning öziga xos jihatlari matbuotda namoyon böladi. Şu maʼnoda matbuot bugun axborot beriş emas, yuki oğir tahliliy materiallar bilan xalqni öziga jalb eta oladi. Şu bois har bir jurnalist mualliflik huquqi haqidagi qonunni nafaqat bilişi, balki unga amal qilişi burçga aylanişi kerak.
Öylaymizki, eʼtirofga molik natija: bu yil “Oltin qalam” tanlovi böyiça ijobiy fikrlar ustunligiga erişdik. Nomzodlarning ijod namunalarini ötgan yilgi köplab takliflarni inobatga olgan holda, joriy yil internetga joyladik. Odamlar istagan jurnalistning ijodi bilan tanişib, baholaş imkoniga ega böldi.
Ijodiy yutuqlarimiz juda köp böldi, albatta. Qisqa fursatda Uyuşmani respublikaning “Yilning eng namunali jamoat taşkiloti”ga aylantirişga muvaffaq bölganimiz ham harakatlarimizning natijasi desak, xato bölmaydi. Xabaringiz bor, mamlakatimizning faol jurnalistlari eʼtirofi asosida taʼsis etilgan “Yil tanlovi” anʼanaviy taqdirlaş marosimida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi “Yilning eng namunali jamoat taşkiloti” nominatsiyasi böyiça 1-örinni egalladi.
Ötgan qisqa davr içida Uyuşmaga aʼzo böliş istagini bildirganlar sezilarli darajada köpaydi. 2021 yil mobaynida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahri böyiça 160 nafar, bu yil 61 nafar eng faol jurnalistlar Uyuşma aʼzoligiga qabul qilindi. Ularga aʼzolik guvohnomalari va kökrak nişonlari Uyuşma hududiy bölimlari tomonidan taşkil etilgan tadbirlarda tantanali ravişda topşirilmoqda.
Uyuşmaga aʼzo böliş istagini bildirgan jurnalistlar uçun Jurnalistlar.uz veb-saytida barça maʼlumotlar joylaştirildi.
Maʼlumki, ayni paytda yurtimizda köplab xorijlik jurnalistlar ham faoliyat yuritmoqda. Şu bois, mamlakatimiz yetakçi OAVlarining ham çet ellarda muxbirlik punktlarini oçiş vaqti keldi.
2022 yil 7 may kuni Tojikiston Jurnalistlari ittifoqi bilan özaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Milliy matbuot markazida bölib ötgan tadbir mazkur hamkorlik masalasiga bağişlandi. Mazkur anjumanda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi va Tojikiston Jurnalistlari ittifoqi tomonidan bir guruh jurnalistlarga aʼzolik guvohnomalari hamda kökrak nişonlari topşirildi.
Xalqaro matbuot instituti Ozarbayjon milliy qömitasi raisi Umud Mirzayev bilan uçraşuvda ikki davlat jurnalistlari örtasida özaro tajriba almaşişni yölga qöyişga kelişib olindi.
Rossiya Federatsiyasi “YevroMedia” xalqaro naşriyot uyi hokimiyat organlari bilan aloqalar departamenti direktori Galina Amirova, “MediaYug” naşriyot uyi ijroçi direktori Vladimir Denisovning taklifiga köra, 2021 yil 27 oktyabr kuni Milliy matbuot markazida ötkazilgan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi rahbariyati bilan uçraşuv ham samarali keçdi.
Bundan taşqari, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya va Hindiston jurnalistlari uyuşmalari bilan hamkorlik memorandumini imzolaş, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya jurnalistlari uyuşmalari bilan kelişilgan holda bir guruh jurnalistlarni şu davlatlarga xizmat safariga yuboriş közda tutilgan. Bularning barçasi jurnalist kadrlar salohiyatini oşiriş, ularni zamon talablariga javob beradigan professional darajaga olib çiqiş maqsadida taşkil etiladi. Eng muhimi, yuqorida taʼkidlangan Prezidentimizning qarorida ham 2023-2024 yillarda 50 nafar jurnalist va tahririyat xodimlari xorij mamlakatlariga malaka oşiriş, tajriba örganiş, stajirovka ötaş va nufuzli media tadbirlarda iştirok etiş uçun yuborilişi hamda ular uçun xorijlik malakali mutaxassislar jalb etilgan holda öquv kurslari taşkil etiş vazifasi belgilab qöyildi.
Yana amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritsak, Uyuşmaning Sirdaryo viloyati bölimi tomonidan joriy yilda “Faxriylar doimo eʼtiborimizda” loyihasi doirasida 8 nafar faxriy jurnalistning yubileyi tantanali ravişda nişonlandi.
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi hamda “Salomatlik” gazetasi tahririyati taşabbusi bilan Navoiy viloyatida ilk bor faxriy va tajribali jurnalist Ibrohim Jumayevning mahorat maktabi faoliyat boşladi.
Albatta, ommaviy axborot vositalarida köp yillar davomida samarali faoliyat olib borgan va soha rivojiga munosib hissa qöşgan ustoz jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, ularning boy tajribasi, ijodiy mahoratidan yoş kadrlarning kasbiy salohiyatini oşirişda unumli foydalaniş eʼtiborga molik masala.
Öz örnida jurnalistlarimiz bir narsani çuqur his qilişlarini istardik. Davlatimiz rahbari bizni hamişa eʼtirof etib, dadil, sobitqadam bölişga çorlayapti. Demak, xalqimizning dardu-taşvişlariga şerik bölib, hamişa el işonçida böliş katta baxt, yuksak saodat ekanligini his qilib ijod qiliş zarur. Bu har bir jurnalistning, matbuot vakilining çinakam baxti. Eng asosiysi, mana şu baxt şuurida mehnatkaş va tanti yurtdoşlarimizning işonçi bizni har on Yangi Özbekistonda yangiça işlaşga ruhlantirib tursin.
Olimjon ÖSAROV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi
