Umid va işonçlarga madadkor Samarqand sammiti
Qadim Samarqand… Tarixda butun dunyoni öziga qaratgan gözal va betakror Şarqning gavhari—röyi zamin sayqali deb eʼzozlanuvçi makon haqli ravişda yana takror şu yilning sentyabr oyi örtasida butun dunyoni maftun etdi desak, xato bölmasa kerak. Yangi Özbekistonning qadimiy va hamişa navqiron Samarqandida 15-16 sentyabr kunlari bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkilotining 22-sammiti juda yuqori darajada taşkil etilgani, unda kutilganidan ham ziyod natijalar qölga kiritilgani bilan tarixda qoldi.
Samarqand sammitiga qariyb dunyo aholisining yarmi yaşab istiqomat qiluvçi, jahonda har jihatdan öz örniga ega bölgan mamlakatlarning rahbarlari taşrif buyurişi, eng muhimi bu yuksak darajadagi Anjuman faoliyatiga katta baho berişgani bejiz emas. Negaki, yurtimizda uşbu Sammitga har tomonlama yuqori darajada tayyorgarlik körildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ŞHT aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining majlisidagi nutqida ilgari surilgan taklif va ğoyalar esa nihoyatda muhim, dolzarb ahamiyat kasb etdi. Sammit doirasida 44 ta hujjat imzolanib, taşkilot tarixida rekord natija qayd etilgani alohida eʼtirof etildi. ŞHT iştirokçilar tarkibini kengaytiriş böyiça ham juda muhim natijalarga erişilgani jahon afgor ommasining qiziqişiga sabab böldi. Jumladan, Taşkilotga aʼzolik böyiça Eron bilan memorandum imzolandi, Belarusni tölaqonli aʼzo sifatida qabul qiliş jarayonini boşlaşga kelişildi, Bahrayn, Kuvayt, Birlaşgan Arab Amirliklari, Maldiv va Myanma muloqot böyiça şerik maqomini oldi. Qolaversa, ŞHTning ötgan 20 yildan ortiq tarixida ilk bor unga aʼzo davlatlar rahbarlari taşkilotni yanada takomillaştiriş va modernizatsiyalaşga qaratilgan qarorni qabul qildilar.
Dunyo siyosatçilari haqli ravişda Samarqand sammitini Özbekiston diplomatiyasining yorqin ğalabasi sifatida baholaşmoqda. Sababi yurtimiz oxirgi 3 yildagi eng yirik tadbir — Samarqand sammitiga mezbonlik qildi. Uning qay darajada uluğvorlik darajasiga ega ekanligini tasavvur qiliş uçun uşbu sammitda 14 ta davlat rahbarlari va 10dan ortiq xalqaro taşkilotlar yetakçilari iştirok etganini aytişning özi tuşunarli bölsa kerak.
Bugun dunyoda Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Özbekistonning va ŞHTga aʼzo boşqa mamlakatlarning har jihatdan yuqori örni mavjud ekanligini taʼkidlaş joiz bölmasa kerak. Bejiz butun dunyoning OAV vositalari, yetakçi naşrlari hanuz Samarqand sammiti işiga qayta-qayta murojaat qilişayotgani yöq.
Jumladan, Koreya Respublikasining yetakçi naşrlardan sanalgan “The Korea Post” jurnali özining rasmiy saytida ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining tor doirada va kengaytirilgan tarkibdagi majlislari yakunlari haqidagi maʼlumotni, şuningdek, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining majlisidagi nutqining ingliz tilidagi töliq matnini çop etdi.
Materialda sammit iştirokçilari ŞHT doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilgani, mintaqada yuzaga kelayotgan siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşgani haqida söz yuritilgan.
Samarqand sammitida imzolaş uçun salmoqli hujjatlar töplami – 40 dan ziyod bitim va qarorlar taqdim etilgani, ularda ŞHT davlatlarining özaro boğliqlikni mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasi, “yaşil” iqtisodiyot, raqamlaştiriş, savdo kabi eng muhim va istiqbolli yönalişlarda hamkorlik qilişga doir umumiy yondaşuvlari aks etgani ham yoritilgan.
Hindistonlik jurnalist Dipanjan Roy Çaudxuri esa Samarqandda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti yuzasidan öz taassurotlarini “Dunyo” AA muxbiri bilan örtoqlaşar ekan şunday deydi:
— Bu mening Özbekistonga beşinçi bor kelişim, lekin Samarqandni birinçi marotaba kördim. Sönggi beş yil içida mamlakatingizni yetarli darajada bilib olişga muvaffaq böldim. Yurtingizda men Afğoniston va Janubiy Osiyoga bağişlangan xalqaro tadbirlarda ham qatnaşganman. Körib turganimdek, Özbekiston hamişa yirik xalqaro anjumanlarda muvaffaqiyat qozonayotir.
Bu yerda bizlar, yaʼni ommaviy axborot vositalari vakillarining işlaşlari uçun xalqaro andozalarga mos barça şaroitlar yaratilgan. Heç qanday şikoyatimiz yöq.
Öylaymanki, bu ŞHTning juda muhim sammiti hisoblanadi, çunki biz bugungi kunlarda köplab geosiyosiy beqarorliklarning guvohi bölmoqdamiz.
Bundan taşqari, davlatlar rahbarlarining uşbu sammiti sönggi uç yil içida, pandemiyadan keyingi davrdagi birinçi yuzma-yuz uçraşuvidir.
Iqtisodiyotda ham salbiy tendensiyalar kuzatilmoqda. Samarqand sammiti davlat rahbarlari uçun dolzarb muammolarni bevosita muhokama qiliş imkoniyatini yaratib bergani nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega böldi.
Darhaqiqat, ayrim xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar nufuzi yöqolib borayotgan bir davrda ŞHT oilasining ham geografik, ham son jihatdan ortib borayotgani uning muvaffaqiyat formulasi bilan boğliq. Mazkur formulaning siri taşkilot köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş, faoliyatida mafkuraviy dogma yöqligi, umuminsoniy qadriyatlar va umumeʼtirof etilgan meʼyorlarga amal qiliş tamoyilida faoliyat yuritişi, boş mezon böldi deyiş mumkin.
Prezidentimiz Samarqand sammitidagi sözlagan nutqida qator taşabbuslarni ilgari surib, xususan, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş platformasini yaratiş masalasiga ham eʼtibor qaratdi. Jumladan, köp jihatdan allaqaçon zamonaviy hayotni belgilayotgan xavfsiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratiş, faqat kuçlarni birlaştiriş orqali bir paytning özida axborot makonidagi tahdidlarni kamaytira borgan taqdirdagina raqamlaştiriş afzalliklaridan töla foydalana olişimiz mumkinligi, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş uçun qöşma platformani yaratiş vazifasi tobora dolzarb bölib borayotganini alohida taʼkidladilar.
Davlatimiz rahbari ŞHT doirasida muntazam ravişda oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumini taşkil etiş taşabbusini bildirdi. Mazkur taşabbus amalga oşsa, ŞHTga aʼzo davlatlar rektorlari tajriba va fikr almaşişi uçun qulay imkoniyat yaratiladi.
Aytiş joizki, Prezidentimiz ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi majlisida Özbekiston ŞHTga raislik qilgan davrda amalga oşirilgan işlarning yakuniy hisobotini hamda taşkilot oldida turgan global muammolarni yeçiş böyiça takliflar ham berdi. Şuningdek, dunyoda köplab muammolar vujudga kelayotganini taʼkidlab, pandemiya, iqlim özgarişi, oziq-ovqat xavfsizligi, energetika masalalari bilan boğliq muammolar sanab ötilmadi, balki ularning yeçimini topiş uçun qator taşabbuslarni ilgari surdi. Ana şunday taşabbuslardan biri Toşkent şahrida Mintaqalararo özaro boğliqlik markazini taşkil etiş taklifi böldi.
Sammit doirasida Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli qurilişi töğrisida bitim imzolangani tarixiy voqea, deya baholandi. Prezidentimiz strategik jihatdan yana bir muhim loyiha: Termiz – Mozori-Şarif – Qobul – Peşovar temir yöli qurilişini ham qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barça istiqbolli loyihalarni kelgusi yili ŞHTning Özbekistonda ötkaziladigan birinçi transport forumi doirasida muhokama qiliş mumkinligi taʼkidlandi.
Muhim taşabbuslardan yana biri – qişloq xöjaligi ekinlari yetiştiriş va qayta işlaş dasturlari, töğridan-töğri özaro taʼminotning muvofiqlaştirilgan sxemalarini şakllantiriş, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş uçun samarali logistika, “yaşil” va ekspress-yölaklarni taşkil etişga jiddiy eʼtibor qaratiş böldi.
…Bugun yer yuzining qator joylarida insoniyat turli tabiiy ofatlar, qonli töqnaşuvlar va oziq-ovqat, energiya resurslari tanqisligi, pandemiya xuruji bartaraf etilmagan bir şaroitda hayot keçirmoqda. Şunday ekan, bir söz bilan aytganda konstruktiv muloqotlarga ehtiyoj allaqaçon yetilgan edi.
Samarqand sammiti nufuzini, hatto qaysi davlatning unga qabul qilinişi yoki boşqa taşkiliy jihatlargina emas, balki bugun insoniyatni taşvişga solayotgan muammolar yeçimi kölami, “tor manfaatlar” çetga surilib, özaro hamkorlikning yangi bosqiçga kötarilişi belgilaydi, desak yanayam töğri bölsa kerak. Şu maʼnoda Samarqand Anujamani doirasida qöşni Afğonistonning mintaqaviy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga tobora keng jalb etilayotgani nihoyatda quvonarli holdir. Zero, Afğonistonda tinçlik va osoyiştalikning taʼminlanişi, barqarorlaşuv nafaqat Markaziy Osiyo, balki qitʼalararo transport va iqtisodiy özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişda muhim geosiyosiy voqea bölmoqda.
Mamlakatimiz rahbarining sammit arafasida respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlar OAVida naşr etilgan “Şanxay hamkorlik taşkilotining Samarqand sammiti: özaro boğliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” maqolasida ham masalaga töxtalgan edi. “Asrlar davomida global miqyosdagi davlatlar va mintaqaviy kuç markazlari örtasidagi qarama-qarşiliklarda bufer rolini ötab kelgan Afğoniston endilikda Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlovçi köprik vazifasini bajarişdek yangi tinçlik missiyasida özini namoyon etmoği lozim. Bunday özaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikning namunaviy ramzi sifatida Transafğon koridorining qurilişi loyihasini aytiş mumkin. Şuni ham anglaş muhimki, “Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar” temir yöli kabi qöşma infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oşiriş orqali, biz ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya vazifalarini hal etibgina qolmasdan, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaşga ham salmoqli hissa qöşişimiz mumkin”, deya taʼkidlanadi.
Xalqimiz “qöşning tinç, sen tinç”, deb bejiz aytmagan. Zero, bugun har qanday notinçlik bir mamlakat çegarasi ortida qolib ketmasligiga önlab misollar keltiriş mumkin. Şunday ekan, qöşni bilan hamkorlik aloqalarida uning tinçligi va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi eng ustuvor manfaat hisoblanadi. Bu borada mamlakatimiz rahbarining Afğoniston masalasidagi taşabbuslari dunyo hamjamiyati tomonidan mamnuniyat bilan eʼtirof etilayotganligining ham boisi şunda.
Davlatimiz rahbarining Şanxay hamkorlik taşkiloti oldidan yozgan maqolasi Nyu-Yorkda oçilgan BMT Boş Assambleyasi 77-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida çop etilgani, tarqatilgani bejiz emas. Dastlabki maʼlumotlarga köra uşbu maqola jahonning 35 dan ortiq mamlakatlardagi 150 dan ziyod OAVda önlab tillarda çop etilgan.
Ha, bani başar bugun Şanxay hamkorlik taşkilotining nufuzi va xalqaro maydonda keçayotgan jarayonlarga taʼsir ötkaziş salohiyatiga köz tikmoqda. Boisi uşbu taşkilot geografik jihatdan ulkan makon, yuqorida aytganimizdek, dunyo aholisining qariyb yarmini birlaştirgan holda, insoniyat tamadduniga tahdid solayotgan turli muammolar, davlatlararo qurolli mojarolar, energiyaga bölgan extiyojning kundan-kunga oşib borişi va tanqislik, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslarining yetişmovçiligi kabi global muammolarni özaro hamkorlik asosida samarali yeçim topişga öziga xos xizmat qilişiga umid uyğotdi.
Davlatimiz rahbari öz çiqişida “Samarqand ruhi” iborasini muomalaga kiritib, uning fenomenini “azal-azaldan Samarqand turli ğoya va bilimlar “qaynagan” makon bölib, bu maskanda insoniyatning tinç va farovon yaşaş, öz kuç va imkoniyatlarini röyobga çiqariş, baxtli hayot keçiriş kabi muştarak maqsadlari mujassam bölgan. Bu tabarruk zaminda yaşaydigan har bir odam, yaxşi qöşni — bu Xudo insonga ato etgan baxtning bir bölagi, tinç-totuv qöşniçilik esa barakot manbai ekanini çuqur anglagan. Zero, hamkorlik, savdo, ijod, ilm-fan va sanʼat, insoniy ğoyalar ustuvor bölgan joyda ezguliklar köpayadi, xalqlar farovon va özaro ahil yaşaydi”, deya izohlaydi. Tom maʼnoda ötgan hafta qadim şahardagi sammitdan butun dunyo öz muammolari, taraqqiyot va hamkorligining ravnaqiga najot kutdi. “Samarqand ruhi” ularning umid va işonçlariga madadkor böla oladi, degan bu ezgu niyat millionlab, töğriroği, milliardlab sayyoradoşlarimizning dilida barg yozdi.
Temur EŞBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi
