ATB “Mikrokreditbank”: Kelgusi rejalar yanada yuksak
Kuni keça Milliy matbuot markazida ATB “Mikrokreditbank” tomonidan ötgan yilda amalga oşirilgan işlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda ATB “Mikrokreditbank” Boşqaruvi aʼzosi, departament direktori Alişer Mustafayev, bankning transformatsiya ofisi direktori örinbosari Husniddin Madumarov hamda Davlat dasturlari va hukumat qarorlari bilan işlaş departamenti direktori Ğolib Sanoyevlar qatnaşib, bugungi kunda moliya muassasasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar haqida jurnalistlarga batafsil maʼlumot berdi.
Jumladan, Alişer Mustafayev bank tomonidan ötgan yilda amalga oşirilgan işlar töğrisida şunday dedi: “Bugungi kunda bankning 71 ta filiali, 90 ta bank xizmatlari markazi, 24 ta mini-banki, 120 ta öz-öziga xizmat körsatiş ofisi, 150 ta maxsus kassalari faoliyat yuritib, 250 mingga yaqin yuridik şaxsga, 1 250 mingdan ortiq jismoniy şaxsga xizmat körsatmoqda.
2021 yilda bank aktivlari 31 foizga, kredit portfeli 27 foizga, depozitlar qoldiği 31 foizga, şundan aholi omonatlari qoldiği 29 foizga ösdi.
Ötgan yilda barça moliyalaştiriş manbalari hisobidan jami 5,9 trln. sömlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Xususan: oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturiga asosan, 72 715 ta aholi va tadbirkorlik subʼyektiga 2 048 mlrd. sömlik kreditlar ajratildi va 81 mingdan ziyod yangi iş örni yaratildi.
Maʼlumki, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida alohida taʼkidlanganidek, yoşlarni tadbirkorlikka jalb qiliş va ularni iş bilan taʼminlaş borasida bank öz oldiga aniq vazifalarni belgilab olgan. Uşbu vazifa ijrosini taʼminlaş maqsadida, bank tomonidan ijtimoiy dasturlar doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan 1 270 mlrd. sömlik (yoki 62 foizi) qismi 45 mingga yaqin yoşlarning öz biznesini taşkil etişi uçun yönaltirildi va buning natijasida 49 mingga yaqin yoşlar bandligi taʼminlandi. Uşbu kreditlarning asosiy qismi tegişli sertifikatga ega bölgan yoşlarga ajratildi.
Şu bilan birga, hududlarda oçilgan “temir daftar”, “yoşlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan 28 mingga yaqin aholining ehtiyojmand qatlami vakillariga 633 mlrd. sömlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada, 2020 yilga nisbatan imtiyozli kreditlar hajmi 611 mlrd. sömga yoki ikki barobarga, aholi bandligini taʼminlaş körsatkiçi 27 mingtaga ösdi.
Investitsion dasturlar doirasida esa 246 ta loyihaga 1 429 mlrd. söm miqdorida kreditlar ajratilişi va loyihalarning işga tuşirilişi natijasida 4 732 ta yangi iş örinlari yaratildi. Xususan, uşbu yönalişda sanoat sohasida 3 089 ta, xizmat körsatiş sohasida 578 ta va qişloq xöjaligi sohasida 1 065 ta aholining bandligi taʼminlandi.
Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantiriş dasturlari doirasida ajratilgan 1 946 mlrd. söm miqdoridagi kreditlar hisobiga 1 254 ta yangi loyiha işga tuşirildi.
Prezidentimizning “Parrandaçilikni rivojlantiriş va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlaşga qaratilgan qöşimça çora–tadbirlar töğrisida” 2021 yil 14 iyundagi PQ-5146-sonli qarori ijrosi yuzasidan 182 ta loyihaga 444,2 mlrd. söm miqdorida kreditlar ajratildi. Uşbu loyihalarning işga tuşişi natijasida yiliga qöşimça 1 265 mln. dona tuxum va 74,4 ming tonna parranda göşti, 180,5 ming tonna parranda ozuqasi yetiştiriş quvvatlari yaratilişi kutilmoqda.
Şuningdek, ötgan yil davomida 66 ta quyonçilik xöjaliklariga 168,4 mlrd. söm, 1 639 ta jismoniy şaxslarga öz xonadonida quyonçilikni rivojlantiriş maqsadi 40,5 mlrd.söm uçun yönaltirildi. Bugungi kunda mazkur sohaga ajratilgan jami kreditlar miqdorida 4 773 ta mijozda 453,6 mlrd.sömni taşkil etmoqda.
Bundan taşqari, mijozlarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş maqsadida 15 ta yangi bank binolari qurildi, 31 ta binolar kapital va joriy taʼmirlandi. 25 ta yangi, zamonaviy ixçam bank xizmatlari markazlari faoliyati yölga qöyildi. Vengriya davlatidan 300 ta yangi bankomat keltirilib, yurtimizning çekka hududlardagi 24/7- xizmat körsatiş ofislariga joylaştirildi.
Taʼkidlab ötiş joizki, onlayn xizmatlar ommalaşuvini inobatga olgan holda bankning yangi mobil ilovasi işlab çiqildi. Hozirda ilovada 20 dan ortiq yangi onlayn xizmatlar yölga qöyildi. 300 mingdan ortiq foydalanuvçi omonat, kredit, pul ötkazmalari, kommunal tölovlar kabi xizmatlardan masofadan turib foydalanmoqda.
Şu bilan birga, kredit qarorlarini qabul qiliş jarayonlarini avtomatlaştiriş böyiça anderrayter tizimi joriy qilinib, 20 turdagi kredit mahsulotlarini uşbu tizim orqali ajratilmoqda. Uşbu tizim orqali 104 mingdan ortiq jismoniy şaxsga hamda 26 mingdan ortiq yuridik şaxsga modulli kreditlar ajratildi. Jismoniy şaxslarga “Overdraft”, “Isteʼmol”, “Mikroqarz” kreditlarini ajratiş jarayoni töliq avtomatlaştirildi.
2022 yilda ham transformatsiya işlari izçil davom ettiriladi, jumladan:
— Mehnat migrantlari uçun kredit oliş, omonat oçiş, xalqaro pul ötkazmalarini amalga oşiriş kabi xizmatlarni öz içiga olgan kompleks bank xizmatlari yaratiladi;
— elektron virtual kartalar taqdim etiş funksiyalari joriy qilinadi;
— biznes jarayonlarni optimallaştiriş orqali operatsion xarajatlar qisqartiriladi;
— bankning yangi korporativ sayti işga tuşirilib, aholi moliyaviy savodxonligini oşiriş böyiça dasturlar taqdim etiladi;
— sohada xalqaro nufuzga ega kompaniyalar iştirokida mikrokredit taşkilotini taşkil etiş loyihasini amalga oşiriş kabi qator tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, tadbir davomida Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Davlat dasturlari va hukumat qarorlari bilan işlaş departamenti direktori Ğolib Sanoyev tadbir iştirokçilari va jurnalistlarga töliq maʼlumot berdi.
Matbuot anjumani davomida ATB “Mikrokreditbank” masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan turli savollarga atrofliça javob qaytardi.
Hikmatullo QODIROV.
Reklama huquqi asosida.
