Xalq bankining xalqona xizmatlari

Xalq banki öz nomi bilan xalqimizning barça qatlamdagi odamlari uçun doimiy ravişda xizmat körsatib keladigan asosiy bank hisoblanadi. Yaʼni, diyorimizda dunyoga kelgan çaqaloqqa davlat tomonidan beriladigan suyunçi puli tölanişidan boşlab, fuqarolar va bank örtasidagi hamkorlik boşlanadi. Undan keyingi ön tört yoşgaça tölanadigan nafaqa, stipendiyalar hamda keksalik nafaqalari deysizmi, barça-barçasi Xalq banki tomonidan amalga oşiriladi.

Şunday ekan, Xalq banki tizimida olib borilayotgan işlar borasida xalqimizga doimiy ravişda axborot berib boriş örinlidir. Şu sababli kuni keça Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Xalq banki faoliyati oçiqligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilgan işlar sarhisobi” mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbirda 2021 yil mobaynida moliya muassasasi faoliyatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaş hamda axborot oliş erkinligini yanada soddalaştiriş orqali jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş borasida amalga oşirilgan işlar va ularning natijalari hakida söz yuritildi.

Anjuman avvalida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Zafar Azimov bank faoliyatida olib borilayotgan yangilik va özgartirişlar haqida batafsil maʼlumot berdi:

– Xalqqa yanada yaqin va xalqçil bölişni taʼminlaş maqsadida ötgan davr mobaynida bankning taşkiliy tuzilmasi tubdan takomillaştirildi. Xususan, Axborot xizmati fao­liyati ham butunlay yangilanib, uning örniga Bank brendi va Axborot xizmati faoliyati taşkil etildi. Ayni vaqtda Xalq banki faoliyatiga doir barça maʼlumotlar bankning www.xb.uz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinmoqda. Qolaversa, moliya muassasasining oçiq va şaffofligini taʼminlaş maqsadida 2021 yilda Axborot xizmati tomonidan yangi @xbpress_bot telegram boti ham işga tuşirilib, aholi va mijozlarning taklif va eʼtirozlarini öz vaqtida aniqlaş hamda unga samarali yeçim topiş imkoniyati yaratildi. Buning natijasida 2021 yil mobaynida aholidan kelgan murojaatlarning heç biri eʼtibordan çetda qolmadi. Aniqroq aytadigan bölsak, 2021 yilning yakuniga köra, Xalq banki Boşqaruviga jami 32 913 ta murojaat kelib tuşgan bölib, uning 98,3 foizi jismoniy, 1,7 foizi yuridik şaxslar tomonidan yöllangan. Ularning 36,4 foizi töliq va ijobiy qanoatlantirilgan bölsa, 63,6 foiziga tegişli huquqiy maslahat va maʼlumotlar berildi. Buni qarangki, yuqoridagi özgartiriş va yangiliklar natijasida joriy yil yanvar-fevral oylarida jismoniy va yuridik şaxslardan kelib tuşgan jami murojaatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga kamaydi, – deydi bank Boş­qaruvi raisining birinçi örinbosari Zafar Azimov.

Hammamizga maʼlumki, banklarga böladigan asosiy murojaatlar kredit oliş masalasi böyiça kelib tuşadi. Şu bois, Xalq banki tomonidan kredit oliş jarayonida turli muammolarning yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida qanday işlar olib borilayotgani bilan qiziqdik.

Z.Azimov tomonidan esa 2021 yil davomida 150,2 ming nafar fuqaroga qariyb 3,2 trillion sömlik kredit mablağlari ajratilgani, 1 martdan boşlab bölsa, Xalq bankidan elektronlaştirilgan tartibda imtiyozli kreditlarni “oilakredit.uz” platformasi orqali oliş imkoniyati yaratilib, kreditlaş jarayoni yanada soddalaştirilgani, bu orqali moliya muassasasida imtiyozli kredit oliş uçun taqdim etiladigan hujjatlar elektron ravişda harakatlanayotgani, Xalq bankida korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşişni yanada oşiriş maqsadida bankning Içki nazorat va komplayens tizimi ham qayta taşkil etilib, har bir filialda 1 tadan Içki nazorat va komplayens menejeri faoliyati yölga qöyilgani maʼlum qilindi.

Yurtdoşlarimiz ongida odamlar banklarda qandaydir işini bitirişi uçun baribir qaysidir bank xodimi bilan manfaatli kelişuv yölini tutişiga, korrupsiya yoki mahalliyçilik qilişiga töğri keladi degan tuşunça şakllanib qolgandi. Bu kabi holatlarning oldini oliş, aniqlaş böyiça qanday zamonaviy usullardan foydalanilayotgani ham barçaga qiziq. Bu böyiça esa bank brendi axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova quyidagiça axborot berdi:

– Mijozlarga xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş hamda korrupsion holatlar aniqlanganda zudlik bilan bankning markaziy apparatiga xabar berişni taʼminlaş maqsadida “Tezkor xabar” mobil ilovasi joriy etildi. Ötgan davr mobaynida mazkur ilova orqali kelib tuşgan murojaatlar inson omilisiz avtomatik ravişda qabul qilinib, belgilangan tartibda körib çiqildi hamda aniqlangan holatlar yuzasidan muayyan çoralar körildi.   Şuningdek, 2021 yil mobaynida Xalq banki tomonidan 5 mln.ga yaqin (15 foiz) fuqarolarga har oyda 4 trln. sömlik 12 turdagi pensiya, nafaqa va boşqa ijtimoiy tölovlar amalga oşirilib, hozirda mazkur tölovlarni tölaş mexanizmi yanada takomillaştirilmoqda. Xalq banki tomonidan fuqarolarga farzandi tuğilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylaştiriş bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali “suyunçi puli”ni oliş tizimi ham joriy etildi. Natijada, bugungi kunga qadar 13 mingga yaqin fuqarolarga 6,8 mlrd. sömdan ortiq nafaqa tölovlari onlayn tarzda bank kartalariga ötkazib berildi.

Matbuot anjumani davomida aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida “Bank xizmatlari markazlari” soni 94 taga, “24/7-Elektron ofislar” soni 430 taga, Xalqaro pul ötkazmalari şohobçalari soni 298 taga va valyuta ayirboşlaş şohobçalarining umumiy soni 261 taga yetgani aytib ötildi. Şuningdek, 1,5 mln. donadan ortiq bank kartalari muomalaga çiqarilib, ularning soni 5,6 mln. donaga yetkazildi. Amalga oşirilgan bunday ijobiy işlar natijasida Xalq bankining jami aktivlari 511 mlrd. sömga ortib, 26,9 trln. sömni, şundan, kredit portfeli 804 mlrd. sömga ortib, 19,6 trln. sömni taşkil etdi. Jami jalb qilingan depozitlar qoldiği 2 trln. sömga ortib, 11,6 trln. sömga yetdi. Bank ustav kapitali esa 3,2 trln. sömga oşirilib, 7,4 trln. sömga yetkazilgan.

2021 yil davomida Xalq banki tomonidan qişloq xöjaligi, sanoat va xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalarni amalga oşiriş hamda jismoniy şaxslarning yaşaş şa­roitini yaxşilaş uçun jami 7,9 trln. sömlik kredit mablağlari ajratildi.

Şundan, hududlarga taşriflar davomida tasdiqlangan majlis bayonlariga, asosan, 800 ta loyihaga 940 mlrd. sömlik kreditlar yönaltirildi. Çorvaçilik sohasini rivoj­lantiriş uçun esa 592 ta loyihaga 793 mlrd. sömlik kredit mablağlari taqdim etildi. “Oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantiriş dasturlari doirasida esa 150 mingdan ortiq fuqarolarga 3,2 trln. sömlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Xalq banki tomonidan taşkillangan uşbu matbuot anjumanida jurnalistlarning turli savollariga bank mutasaddilari tomonidan döstona ruhda berilgan atrofliça javoblardan Xalq banki çindan ham xalqparvarlik tamoyillari asosida faoliyatlarini yanada yuqori bosqiçga olib çiqiş harakatida ekanligini biliş mumkin. Kelgusidagi rejalarni amalga oşirişda ham mazkur bankka omad va zafarlar tilab qolamiz. Negaki, Xalq banki faqat xalq uçun işlaşi kerak.

Kamoliddin RÖZIMATOV.

Reklama huquqi asosida.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan