Orolning tuganmas möʼjizalari

ATB “Turonbank” kömagida 7 dollarlik “artemiyalar” 15 dollardan eksport qilinadi!

Prezidentimizning “Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxşi yaşaşni istaydi”, degan

sözlari bugun har bir sohada, har bir tizimda öz aksini topmoqda. Inçunun, ATB “Turonbank” tizimida ham.

Bankka umid bilan kirgan har bir mijoz xursand bölib çiqib ketadi. Bu esa öz navbatida mamlakatimizning çekka hududi Qoraqalpoğistonning Möynoq tumanidagi tadbirkorlar faoliyatida ham namoyon bölmoqda.

Keskin kontinental iqlim

Özbekistonning şimoliy-ğarbida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylaşgan Qoraqalpoğiston Respublikasi özining betakror möʼjizalariga ega. Uning keskin kontinental iqlimi, yovvoyi tabiati va şunga mutanosib odamlarining feʼlu atvori — har biri bir olam.

Qoraqum sahrosiga tutaşib ketgan mintaqaning yaşaş maydonlari odamning ruhiyatiga özgaça bir sokinlik baxş etadi. Uning şimoli-ğarbida Ustyurt past tekisligi, şimoli-şarqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Qoraqalpoğis­tonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bölib, hududining kattaligi böyi­ça mamlakatimiz viloyatlari örtasida birinçi örinda turadi. Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari bilan çegaradoş. Uning maʼmuriy-hududiy tuzilmasiga Amudaryo, Beruniy, Qoraözak, Kegeyli, Qönğirot, Qonliköl, Möynoq, Nukus, Taxtaköpir, Törtköl, Xöjayli, Taxiatoş, Çimboy, Şumanoy, Ellikqalʼa tumanlari va Nukus şahri kiradi.

Möynoqda varaqlanayotgan tarix

Bir vaqtlar Orol dengizi bilan dunyoga donği ketgan, keyingi qariyb yarim asr mobaynida esa umuman eʼtibordan çetda qolib ketgan ölka Möynoq va u yerda qilinayotgan ezgu işlar haqida söz yuritmoqçimiz. Möynoq nomini eşitgan odamlar tasavvurida göyoki yer yuzining narigi çekkasi tuşuniladi, Möynoq göyoki Borsa kelmas orolçasining egizagidek xayolga boriladi.

Bir paytlar yoşi kattalar “Qönğirotdan Möynoqqaça yölda bironta avtomaşina uçratişingiz qiyin” deb aytişar edi. Bugun-çi, bugun Nukusdan Möynoqqaça bölgan yölda transport qatnovi bir lahza bölsin töxtamaydi. 2015 yilda tuman markazi köçalarida faqat kondensat gaz bilan yuradigan mototsikl va “Moskviç”larni körgan bölsangiz, hozirda zamonaviy yöltanlamas avtomaşinalarni ehtimol, boş­qa tumanlarda köra olmassiz, lekin Möynoqda bisyor.

Bu yerga birinçi marta kelişim, biroq şuni aytişim mumkinki, öziga ohanrabodek rom qilayotgan ölkaning sehri boşqaça ekan. Keng sahrolik odamga qandaydir özgaça kuç bağiş­laydi. Qönğirotdan ötgandan keyin ana şu his-tuyğu vujudingizni egallab oladi. Bir vaqtlar dengiz bölgan joylarga kelganingizda xayolingizdan köp narsalar keçadi. Tarix sahifalari köz oldingizda bir-bir varaqlanayotganga öxşaydi.

Köz ilğamas haqiqatlar

Mamlakatimizda olib borilayotgan izçil islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar Qoraqalpoğiston Respub­likasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, quriliş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarining jadal rivojiga xizmat qilmoqda. Ayni vaqtda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga töğri kelyapti. Iş bilan band bölgan aholining 75 foizi ham aynan şu sohada mehnat qilmoqda. Bularning natijasi esa bizni har qadamda xursand etmoqda. Muhimi, yangilik qilaman, yarataman degan odamning qadamlari tezroq unmoqda. Hayotning köz ilğab va ilğamagan haqiqatlari bizni tobora közlaganimizdan balandroq çöqqilarga çorlamoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 yanvardagi “Qoraqalpoğiston Res­publikasining Möynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğ­risida”gi qarori ijrosi doirasida atigi 32 ming aholisi bor bitta tuman uçun 1 trillion 485 milliard 176 million söm mablağ ajratildi (bunaqasi hali Özbekis­tonning boşqa heç bir hududida bölmagan) va ötgan yilning özida qator obʼyektlar qurildi, rekonstruksiya qilindi, kapital taʼmirlandi va foydalanişga topşirildi. Yangi işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy korxonalar qad rostladi. Eng muhimi, bugun odamlarning hayotga, ertangi kunga bölgan qaraşlari kes­kin tahrir qilindi.

Korxona qöşma, muvaffaqiyatlar esa…

Çet el bilan hamkorlikda oçilgan qöşma korxonalarning şu çekka hududlarga yetib borganining özi möʼjiza. Buning misoli sifatida hududning eksport hajmi ortişiga salmoqli hissa qöşib kelayotgan Möynoqdagi “Jasmine gold group” Özbekiston — Xitoy qöşma korxonasini keltirişimiz mumkin. Töğri, korxona qöşma bölişi mumkin, biroq uning erişayotgan muvaffaqiyat va yutuqlari alohida-alohida.

— Yiliga bir million dollarlik eksportni amalga oşirmoqdamiz, asosiy xaridorimiz Xitoy va Rossiya davlatlari bölib, xomaşyoning kilogrammi 7 dollar atrofida baholanmoqda, — deydi “Jasmine gold group” Özbekiston — Xitoy qöşma korxonasi iş yurituvçisi Omonyöl Mambetov.

Bunday narxdan hayron bölib, mahsulot turi bilan qiziqqanimizda “Oroldan olinadi, artemiya sistasi”, degan javobni eşitdik.

Şuni aytiş kerakki, Qoraqalpoğiston Respublikasi haqida söz borganda kattayu kiçik — köpçilikning köz öngiga Orol dengizi keladi. Mahalliy aholi, ayniqsa, katta avlod vakillari Orol sir-sinoati, undagi yirik baliq turlari, hatto akulalar haqida soatlab hikoya qilişi mumkin. Orolning katta qismi qurigan bölsa-da, qolgan qismidagi möʼjizalar mamlakatimiz uçun foyda keltirişda davom etmoqda.

Uçta közli artemiyalar

Suvda yaşayotgan artemiyalar, ularning ahamiyati, nima maqsadlarda qöllanilişi va “Turonbank”ning bu boradagi loyihasi bilan yaqindan tanişdik. Artemiyalar uçta közli va 11 juft oyoqli bölib, 15 millimetr­gaça ösişi mumkin ekan. Ularning qonida xuddi umurtqali hayvonlar singari gemoglobin mavjud bölarkan. Artemiya­lar aslida sayyoramizning deyarli barça burçaklaridagi şör köllar, dengizlar va daryolarda yaşovçi qisqiçbaqasimonlar oilasiga kiradi.

Artemiya tuxumlarining qimmatli xususiyati — bu yuqori protein miqdori va yetarli miqdordagi aminokislotalarga boyligidadir. Şuni ham taʼkidlaş kerakki, tuxum boşqa ozuqalar bilan taqqoslaganda, köp miqdordagi vitaminlarga ega. Qisqiçbaqasimon Artemiyaning tuxumlari kiçik baliqçalar, qisqiçbaqalar, akvarium baliqlari uçun birinçi darajali juda töyimli ovqatdir.

Artemiya kistalaridan esa parrandalarni boqişda foydalaniş mumkin va broyler tovuq göştining biologik qiymatini yaxşilaşga yordam beradi. Broyler tovuqlarining muşak töqimalarida glikogen va sut kislotasi indekslarining köpayişi Artemiya tuxumlarining ozuqaviy qöşimçasining göşt pişişi paytida yuz beradigan fermentativ jarayonlarga ijobiy taʼsirini ötkazişi bilan yanada qimmatli ekan.

Uç mavsum yiğimi

— 2017 yildan buyon keng miqyosda faoliyat yuritayotgan xususiy firmada 20 dan ortiq iş örni yaratilgan. Ularning asosiy qismi Orol tölqinlari qirğoqqa çiqarib taşlaydigan artemiya sistalarini terib keliş bilan şuğullanadi. Artemiyalarning örtaça diametri 235,5 mikrometr bölib, mikroskop yordamida köriş mumkin. Keltirilgan xomaşyo maxsus tayyorlangan hovuzga quyilib, belgilangan harortada liçinkalar paydo qilinadi. Şundan söng eksportga tayyorlanadi. Artemiyani yoz oylarini hisobga olmaganda yilning boşqa mavsumida bemalol yiğiş mumkin.

Artemiya sistalari asosida olingan mahsulotlar dunyo tajribasida keng sinalgan. Akvamadaniyat sanoatida, agrosanoat kompleksida, farmatsevtika, meditsina va kosmetolo­giya­da uşbu mahsulot keng qöllaniladi. Artemiya sistalaridan tay­yorlangan mahsulotlarning qariyb 90 foizi akvamadaniyat sohasini rivojlantiriş maqsadida işlatiladi. Çunki uşbu noyob mahsulotning tarkibi yuqori miqdordagi protein, aminokislota va vitaminlarga boy. Şu bois parrandaçilikda yuqori darajada oqsilga töyingan qöşimça ozuqa sifatida foydalaniladi. Artemiya sistasidan oziqlangan parrandaning immuniteti mustahkamlanadi, ösişi tezlaşadi. Umuman artemiya qişloq xöjaligi sohasida hayvonlarning biofaol qöşimça ozuqasi, veterinar dori vositasi sifatida hamda öğitda mikrobiologik jarayonlarni faollaştirişda keng qöllanadi, — dey­di “Jasmine gold group” Özbekiston — Xitoy qöşma korxonasi iş yurituvçisi Omonyöl Mambetov.

Tadbirkor — tadbirli, Turonbank — kömakçi

Farmatsevtika, tibbiyot sohasida artemiya sistasi boyitilgan ozuqa mahsuloti sifatida ham dong taratgan. Uni endokrin va qon-tomir tizimi kasalliklarining oldini olişda, hatto saratonga qarşi dori sifatida qöllanadi. Artemiya sistasi terining immunitetini tabiiy mus­tahkamlaydi, atrof-muhitdagi ag­ressiv taʼsirlardan himoya qiladi. Şu bois uşbu mahsulot dunyoda, asosan, rivojlangan şarq davlatlarida kosmetologiya sohasida bebaho neʼmat hisoblanadi. Uşbu noyob va qimmatbaho mahsulotga bölgan talabning ortişi korxona faoliyatining kenga­yişiga sabab bölmoqda.

ATB “Turonbank” esa tadbirkorning bu taşabbusiga nisbatan ijobiy munosabat bildirib, uni qöllab-quvvatlaşga kirişdi. Bank ajratgan 1,3 million yevro kredit evaziga işbilarmon artemiya sistasini ovlaş va qayta işlaş böyiça yangi quvvatlarni taşkil etişda ilğor texnologiyalarni joriy etişga kirişgan. Ana şunda iş örinlari soni yuzdan oşadi. Eng muhimi, hozirda xomaşyo sifatida bir kilosi 7 dollarga baholanayotgan artemiyalarni qayta işlab 15 dollarga sotiş imkoni paydo böladi. Ayni vaqtda Turkiya va Vyetnamda belgilangan narxda xarid qilişni istayotgan xaridorlar kam emas. Ularga tayyor mahsulotlar “Özbekistonda işlab çiqarilgan” belgisi bilan eksport qilinadi.

Orolda artemiyalar qaçon paydo bölgan?

Bu yerda hammani öylantiradigan bir savol tuğiladi: xöş, Orol dengizida artemiyalar qayerdan paydo bölgan, qaçon paydo bölgan? Ular haqidagi ilk maʼlumotlar 1980 yillarning oxirlarida paydo bölgan edi. 1990 yillarning örtalarida esa artemiyalar Orol dengizining Özbekis­ton hududlarini egallay boşlagan. Bunga dengizning jadal surʼatlar bilan qurib, suvda şörlanişning ortib borişi sabab bölgan. Maʼlum bölişiça, ular tuzlilik miqdori 100 gramm litrdan oşgan suvda faol rivojlanadi. Tabiiyki şörlaniş ortgan sari dengizdagi boşqa jonzotlar qiriladi va artemiyalarning köpayişiga zamin yaratadi.

Bugunga kunga kelib, artemiyalarni ovlaş uçun faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼyektlari kun sayin ortib bormoqda. 2009 yilda Orolda artemiya ovlaydigan bitta korxona faoliyat yuritgan bölsa, 2018 yilga kelib, ularning soni 23 taga yetdi va 580 tonnaga yaqin mahsulot yiğildi. Ayni vaqtda Orol dengizidagi artemiya sistasi resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oqilona foydalaniş çoralari körilmoqda. Xususan, artemiya sistasining tabiiy ösiş maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni ovlaş va qayta işlaş hajmlari bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Bu esa Möynoq tumanida artemiya sistasini ovlaş, qayta işlaş tarmoğini takomillaştiriş hamda yuqori sifatli artemiya sistasi mahsulotlari eksporti haj­mini yanada oşirişda qöl keladi.

Ha, aytganday…

Möynoqda bugun çindan ham afsonalar haqiqatga aylanmoqda. Butun xalq bir maqsad yölida jipslaşgan Orol­böyi­da amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozib qoldiriladi. Va bu buyuk işlar, albatta, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev nomi bilan boğliqdir.

Biz bugun bu sohada yangi kuç va yangi umidlar bilan faoliyat olib borayotgan “Jasmine gold group” Özbekis­ton — Xitoy qöşma korxonasini ham, uning izlaniş­lariga qanot bölayotgan ATB “Turonbank” qöllovlarini ham astoydil mamnuniyat bilan olqiş­laymiz. Çunonçi, yangilik qidirayotgan köngilning salohiyatiga, tavakkaliga, umidlariga “Ha, barakalla” deyiş hammaga emas. Buni “Turonbank” birinçilardan va birinçi bölib ayta oldi. Qolganini esa mamlakatni, xalqni yangilanişlar sari çorlayotgan va boşlayotgan ertangi kun aytadi. Biz esa bu işni xolis qöllab-quvvatlagan bankka va bu iş boşida turganlarga Navoiy hazratlarining “Ummidim şulki, ummidingga yetgil!” degan satrlari bilan ezguliklar istab qolamiz. Ona Orolning möʼjizalari esa öz qatidagi möʼjizalari bilan avlodlarni lol qoldirişda davom etajak.

Gözal Matyoqubova,

Reklama huquqi asosida.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan