“Turonbank” yoshlari: Umid bayrog'i ostida

Hayotda juda ko'p munosabatlar biri ikkinchisiga bog'liq, biri boshqasini takrorlaydi. Lekin shunday bir jihat borki, u hech nimaga borib bog'lanmaydi, tashqi kuch ta'sirida islohotga yuz tutmaydi: bu insonning ichki intellektual salohiyatidir.

Yoshlik bor joyda tabiiy go'zallik va jo'shqinlik bo'ladi, yoshlar jamuljam bo'lgan maskanni bahor hech qachon tashlab ketmaydi. Yoshlar – millatning tabiiy ziynatlangan qiyofasidir. Shu ma'noda yoshlar bilan hamqadam va hamnafas bo'lish, ularning istaklarini o'rgangan holda o'z faoliyatingga o'zgartishlar kiritish, yoshlar shijoatiga, ertasi umidli tog'larga qaragan misol tikilish mamlakatimizning eng nufuzli moliya muassasalaridan biri bo'lgan — “Turonbank” ATBning imijiga aylangan.

Ertaning go'zal qiyofasi

Chunonchi, “Turonbank” ATB jamoasi bilan tanishishni boshlar ekansiz, jamoaning 30 foizdan ziyodini yoshlar tashkil qilayotganiga guvoh bo'lasiz. Muhimi, ularning barchasi zamonaviy fikrga, jahoniy ilmga, milliy tarbiyaga ega yoshlar. Bugun “Turonbank” ATBning respublikamiz banklari orasida o'zining alohida nufuziga ega bo'layotgani, xizmat turlari va qulayliklarning ko'­payayotgani, raqamlashtirish savodxonligining balandligi yoshlarning jo'shqin kuch va hayotsevarligi sabab bo'lsa, ajab emas.

Har yili bank-moliya sohasi 3- va 4-bosqich talabalari hali o'qish davridayoq bank ishiga jalb qilinadi. Eng muhimi, ular bank rahbarining yakkama-yakka suhbatidan o'tadilar. Deylik, 2018 yilda 40 nafar iste'dodli talaba ishga olingan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich yana oshib, 70 nafar yosh ishga qabul qilindi. Eng muhimi, talabalar o'z ta'lim jarayonlarini to'xtatmay, parallel ravishda amaliy tajribalarini ham oshirib borishadi. Bu orqali esa ular ertangi kunning go'zal qiyofasini yaratadilar.

Shunisi e'tiborliki, bank tomonidan yoshlarning bilim va malakalarining oshishi va maroqli dam olish­lari uchun barcha shart-sha­roitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, turli o'quv-seminarlar va rahbariyat bilan ochiq muloqotlarning tashkil etilishi ularning kasbiga bo'lgan mehrini yanada oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan ana shunday jonli muloqot o'tkazildi. Unga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O'zbekis­ton xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a'zosi Sirojiddin Sayyid, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari, Senat a'zosi Alisher Sa'dullayev hamda bankning poytaxtimizdagi filiallari yosh xodimlari taklif etildi.

Joriy yilning 24 yanvar sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag'ish­langan ushbu tadbir barcha yoshlarning yurak-yuragidan joy oldi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'­yicha ilgari surilgan qator tashab­buslar, takliflar muhokama etilib, ushbu vazifalarni bajarishda bank yoshlarining o'rni muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Uchrashuvda “Turonbank” ATB boshqaruvi raisi Chori Mirzayev moliya muassasasida yoshlarning soha sirlari va xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal o'rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta'kidladi. Aslida “Turonbank”da yoshlarga berilayotgan e'tibor bank boshqaruvi raisi kamtarona sanab o'tganidan ancha kuchli va asosga ega ekanligini shu yerda o'tirgan har bir yosh yaxshi biladi.

Tadbir davomida Sirojiddin Sayyid va Alisher Sa'dullayevning chiqishlari tadbir ishtirokchilarini yanada g'ayratli va shijoatli bo'lishga undadi. So'ngra uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzda davom etib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan taklif istaklarini bildirishi barobarida ko'plab savollariga javob oldilar.

Tadbirda ishtirokchilar davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda iste'dodli yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, xususan, bank-moliya sohasiga yetuk kadrlarni jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlarni muhokama etishdi, faoliyatda mavjud muammolarni o'rganib, ularni bartaraf etish bo'­yicha yoshlarning takliflari ma'qullandi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida bankda amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar rejasi ham ko'rib chiqildi.

G'uncha ham, gul ham go'zal

“G'uncha guldan go'zalroqdir”, dey­di taniqli adiblarimizdan biri. Bizning nazdimizda esa g'uncha ham, gul ham go'zal. Chunonchi nozikkina o'sha gul hayotning bor hikmatini, bori go'zalligini o'zida jamuljam etadi. Biroq bu gullarni o'z vaqtida parvarishlash va uning atridan bahramand bo'lish yana-da muhimroqdir. Rahbariyat oldida o'z tashabbus va takliflarini ilgari surish oddiy bir mutaxassis lavozimidagi xodimga har doim ham nasib etavermaydi. Umumiy personalning 30 foizdan ko'prog'ini yoshlar tashkil etuvchi “Turonbank” jamoasidagi uchrashuv bunday cheklovlardan xoli tarzda, g'ayratli yosh bankirlarning qizg'in savol-javoblari bilan esda qolarli bo'ldi.

Aytish kerak, “Turonbank” rahbariyati intellektga sarmoya kiritishni eng oliy vazifa sifatida belgilagan. Bunga misol qilib, har yili bilimli yoshlarning nufuzli oliygohlarga qabul qilinishi va xorijiy safarlarda o'z tajribalarini orttirishlarini keltirishimiz mumkin. Birgina o'tgan 2019 yilning o'zida 400 nafarga yaqin yosh xodimlar O'zbekiston Banklari assotsiatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank – moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank o'quv markazlarida malakalarini oshirishgan.

“Zakovat”dagi zap omad

Mamlakatimizda yoshlarning tashabbus va intilishlari, jahon maydonida o'zbek degan nomning tanilishi va katta marralarni egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda 2020 yilning fevral oyi­­da O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan birinchi “Banklararo intellektual liga”, ya'ni “Zakovat” o'yinlariga start berildi. Unda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan deyarli barcha moliya muassasalarining olti nafar iste'dodli yoshlardan tarkib topgan jamoalar safida “Turonbank” xodimlari ham ishtirok etishdi.

Yil davomida muntazam o'tkazilishi rejalashtirilgan ushbu tafakkur bellashuvi 3 ta turdan iborat bo'ldi va har bir bosqichda ja­moalarga 12 tadan moliyaviy mantiqiy savollar berildi. Javoblarni esa O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Zakovat” intellektual o'yi­­ni ishtirokchilaridan iborat ekspertlar guruhi baholab borishdi.

9000dan ziyod aksiyadori bor bank yoki ko'ngildagidek ishxona bu – omaddan darak

“Turonbank” ATB yoshlari bilan suhbatlashar, ekanmiz ulardagi mardona, serzavq ruh bizga ham ko'chadi. Beixtiyor shoirning “Yoshlikda yosh bo'lgan yaxshidir” satri esga tushadi. Zero, yoshlikning 18ga kirishday go'zal­liklari, hayotga faqat va faqat muhabbat bilan qarashday otash nigohlari, osmonni qo'limda ko'taraman qabilidagi shahdu shijoatlari ertangi kun bilan bog'liq orzularimizga qanot ato etadi. Gulning go'zalligi urug'idan, insonning husni esa qalbidandir, dey­di faylasuflarimiz. “Turonbank”ning qalbiga aylangan yoshlarimiz ertaga millatning qiyofasiga aylansa, ajab emas. Zero, ularning hammasi umid bayrog'i ostida jamuljamdirlar.

Bitta nuqtadagi tutashuv

Sabina Saidahmedova, Markaziy amaliyot boshqarmasi Buxgalteriya hisobi mutaxassisi;

– Ayni paytda Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasiman. “Turonbank” ATBga ishga kirish uchun bosh­qaruv raisi suhbatidan o'tib, ishga qabul qilindim. Mana o'qish davomidagi kontraktimni to'lab berishdi, til o'rganamizmi, tajriba almashamizmi, malaka oshiramizmi, hammasi istaganimizdan ham a'lo tarzda muhayyo etilmoqda. Bu kabi shart-sharoit boshqa banklarda borligi haqida esa hali eshitganim yo'q. Ha, chindan ham 2-3 kurs talabalariga hali birorta bank ishonch bildirayotgani haqida ma'lumotga ega emasman.

Bankimizda bitta an'ana bor, har oyda yoshlar bilan mamlakatimizning ilg'or qatlami vakillari uchrashuvlar o'tkazadi. Bu uchrashuvda biz o'zimizni qiziqtirgan fikr va takliflar bilan ishtirok etamiz. “Yosh kitobxon” tanlovlari o'tkaziladi. Unda faol qatnashganlar tegishli mukofotlar bilan taqdirlanadilar. Men o'z hamkasblarimni mamlakatimizdagi eng kitobxon bank xodimlari, deb atagan bo'lar edim.

Rahimjon Mahmudov, Markaziy amaliyot boshqarmasi, pul muomalasi va chakana xizmatlar bo'limi boshlig'i;

– 2017 yilda “Turonbank” Markaziy amaliyot boshqarmasiga bosh mutaxassis bo'lib ishga qabul qilinganman. Aslida bu aytganda juda osonday tuyuladi, biroq yuzlab yoshlarning orasida test topshirib, unda g'olib bo'lish, bank rahbariyatining ishonchini qozonish, aslida ko'plar uchun hali orzuligicha qolib ketayotgan bo'lishi mumkin. Biroq men bunga erishdim. Xususan, viloyatlarda tashkil etilayotgan seminarlar, ichki intellektual o'yinlar, jahon standartlariga mos keladigan kadrlarni tayyorlash maqsadida bankimizda bepul tarzda ingliz va rus tili kurs­larining tashkil qilinishi bizni juda mamnun etadi. O'zim ushbu kurslarda o'qib, ingliz tili kurslarini bitirganligim haqidagi sertifikatga ega bo'ldim.

Yoshlarga qaratilgan e'tibor meni ham chetlab o'tmadi. 2018 yilda Xitoyning Shanxay shahrida Rivojlangan davlatlar moliya muassasalari kursini bitirdim. Bu men uchun juda katta qadam va katta saboq bo'ldi. Bu yerda olgan ilmlarimning barini bankka tatbiq etmoqdaman. Bu ham biz yoshlar uchun berilgan katta imkoniyat deb bilaman.

 

Rushana Aytmurodova, Tashqi iqtisodiy Faoliyat departamenti, Xalqaro banklararo amaliyotlar bo'limi mutaxassisi;

— Men O'zbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot fakulteti ikkinchi kurs talabasiman. O'tgan 2019 yil hayotimda muhim ma'no kasb etdi, chunki o'zimning orzuimdagi joyga ishga kirdim.

Albatta, o'zim bilan faxrlanish uchun barcha asoslar bor. Biroq mening va boshqa ko'plab yoshlarning muvaffaqiyatimizda bank rahbariyati va jamoasi juda katta rol o'ynamoqda. Xodimlar tanlovi mamlakatimizdagi turli universitetlarning yoshlari o'rtasida bo'lib o'tdi. Har bir ishtirokchining haya­joni bor edi, ammo tanlov jarayoni juda qiziqarli va adolatli bo'ldi.

Tanlovda yaxshi natijalarga erishganimdan so'ng, shu yil yanvar oyidan men do'stona, yaxshi xulqli hamkasblar qurshovida o'z ishimni boshladim. Hozir esa “Turonbank” qo'llab-quvvatlashi bilan, men o'qish va ishimni bitta nuqtada birlashtira olaman va shu bilan birga, o'z kelajagimning yorqin bo'lishiga ishonaman.

 

Dilshod Rustamov, G'aznachilik va qimmatli qog'ozlar departamenti direktori:

— Ikki yildan buyon ushbu departament direktori bo'lib faoliyat yuritib kelayapman. Yosh bo'lsam ham rahbariyat menga ishonib shunday ishni topshirgan, bu albatta, ham quvonarli, ham mas'uliyatdir.

Bizning departamentimiz, asosan ikkiga bo'linadi: g'aznachilik va qimmatli qog'ozlar bo'limlari. Biz bank tizimida ishlar ekanmiz, har kuni, albatta, bitta bo'lsa-da yangilikka duch kelamiz. O'zgarishlar, yangilanishlar, bank va mijoz o'rtasidagi sarsongarchiliklarga chek qo'­yilishi – hamma-hammasi bizni bu sohada sevinib ishlashga chog'laydi. Bankimizda 9000dan ziyod yuridik va jismoniy aksiyadorlar mavjud. Bankning eshigida sarg'ayib o'tirish degan gaplar o'tgan zamonda qolib ketgan.

Men ushbu jamoaning yosh bir vakili sifatida shu yerda ishlayotganimdan, yaxshi insonlar qo'lida tajriba orttirayotganimdan xursandman.

Reklama huquqi asosida.

Go'zal Matyoqubova tayyorladi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 1 =