Eng yaxşi jazo
Kitobxonlikning foydali tomonlari haqida köp gapiramiz, köp yozamiz. Yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida ham turli uçraşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkaziladi. Negaki, aynan kitob öqiş, inson dunyoqaraşini kengaytirib, fikrlaşi va tarbiyasiga juda katta ijobiy taʼsir körsatadi. Öz-özini idrok etişi, ruhiyatida sodir bölayotgan çigalliklar hamda turli illatlarga qarşi kuraşişda ham muhim vosita bölib xizmat qiladi.
Biz köproq öquv dargohlari, davlat taşkilotlari şu bilan birgalikda qandaydir izlaniş olib borayotgan odamlarning qölida kitob köramiz. Aslida esa har bir xonadonda kitob bölişi kerak. Yoşligimizdan bizni uydagilar kitob bilan “jazolaşardi”. (Boşingizga kitob bilan urişarmidi degan gap kelmasin yana xayolingizga.) Qanday qilib deysizmi. Ruhsatsiz köçaga çiqib ketib, tuproqqa belangança kiyimlarimizni kir qilib kelsak, köçaga çiqişni taqiqlab, qölimizga qandaydir kitob berişardi-da, öqib çiqişimizni talab qilişardi. Ularni qanday aldab bölardi deysiz. Buning sira ham iloji yöq edi. Çunki bizga bergan kitoblarini avval özlari öqib tugatişganliklari uçun mazmunini atrofliça sörab olişardi.
Endi bilsam öşa vaqtda juda töğri qilişgan ekan! Avvaliga bu jazodan xafa bölib, behafsala kitob uşlagan bölsak, keyinçalik bu bizning sevimli maşğulotimizga aylangan. Qolaversa boşqalar oldidagi qadrimizni ham oşirgan aynan kitobxonlikdir. Qanday qilib deysizmi? Juda oddiy. Yirtiq koptokni kötargança özimizdan katta bolalarning uyi oldiga borib, men bilan öynaysizmi deb yalinib turişni yiğiştirib, pokiza kiyimlarda mahallaga qisqa vaqtga çiqib keladigan bölganimizdan keyin ana öşa katta bolalarning özlari biz bilan öynaysanmi deb eşigimiz tagida yalinadigan bölişdi. E mayli, bu mavridi kelganda aytiladigan gaplar-da.
Yaqin kunlarda bir tadbir doirasida ustozlar bilan şu haqda gaplaşib turib, bir qiziq faktni qayerdadir öqib qoldim: rostmi, yolğonmi Braziliya davlati qamoqxonalaridagi mahbuslar ham xuddi biz yuqorida jazolangandek kitob bilan jazolanar ekanlar. Aniqroği, qamoqxonada kutubxonalar taşkil etilgan bölib, mahbuslarga kitob öqib, öz-özini tarbiya qilişlari va xatolarini çuqur anglab yetaşlari uqtirilar, bitta kitobni öqib, öşa yerdagi psixologlarga mazmunini aytib berişsa, ularga jazoni ötaşlari uçun belgilangan muddatdan tört kun ayirib taşlanar ekan. Bundan rosti, juda hayron qoldim. Hammamiz asarlarini sevib öqiydigan yozuvçimiz Anton Çexovning “Garov” nomli hikoyasi yodimga tuşdi. Unda bir bankir uyida ziyofat berib, mamlakatdagi eng közga köringan ziyolilar, jurnalistlarni taklif qiladi. Yiğilganlar ölim jazosi ğayriaxloqiy jazo bölganligi sabab uni butun umrlik qamoq jazosiga aylantiriş haqida bahslaşadilar. Mulohaza bilan aytadigan bölsak, ölim butun umrlik qamoqdan axloqiyroq va insoniyroqdir deb tortişadi. Oxiri, ziyofatga kelgan yoşroq yuristdan fikrini söraşadi. U ham qamoq ölimdan yaxşiroq degan fikrni aytadi. Bundan jahli çiqqan mezbon özingizni misol qiling atigi beş yil ham qamoqda ötirolmaysiz deydi. Yurist yigit esa jonini saqlaş uçun jinoyatçi istagança qamoqda ötirişi mumkinligini aytib men beş yil emas ön yil, balki undan köproq ham ötirişim mumkin deydi. Örtada garov öynaş taklifi kiritiladi. Bir muddatni belgilaşib, mana şu muddat içida yurist yigit rostdan ham qamoqda ötira olsa bankirning butun boyliklari unga topşiriladigan böladi. Yurist yigit qamoqdaligida köplab kitoblar öqiydi. Ayniqsa, muddat tugaşiga bir neça yillar qolganda şunaqangi mutolaaga beriladiki, bu dunyo boyliklarining hammasi ötkinçi va insonni yöldan ozdirib, közini kör qilguvçi narsalardir degan xulosaga keladi. Buni qarangki, garov böyiça belgilangan muddat tugaşiga sanoqli kunlar qolganda atayin garov qoidalarini buzadi hamda vaʼda qilingan boyliklarni olmay ozodlikka çiqadi.
Bular bilan tanişib, çindan ham kitob odamga kuçli taʼsir etib, dunyoqaraşini keskin özgartirib yuborişi mumkin bölgan tarbiya vositasi ekanligini anglaş mumkin. Xullas, gapning indallosi kitob bilan jazolaş yaxşi jazo çoralaridan ekan. Ehtimol, hamma narsa internetda, telefonimda deydigan, “gazeta-jurnal nimaga kerak, kitobni öqişga vaqt bormi”, deydigan kaslarga bugun biror gap kor qilmas. Ha, nima desangiz ham befoyda, samarasizdek. Ammo mening negadir işongim keladi: baribir hamma narsa bolalikdan, tarbiyadan. Terakday suyagi qotgan öqimaslarga esa qatʼiy jazo kerak. Yöqsa, ularni maʼnaviy yölga qaytarib bölmaydi, çoği.
K. DAVRONBEKOV
