Biz zamondan ortda qolmoqdamiz…mi?

Biz bugun global ötiş davrini boşdan keçiryapmiz. Yaʼni, toş, mis, temir davrini bosib ötiş uçun millionlab yil sarflagan insoniyat plastik davrda “bir lahza” yaşab, virtual davrga şunçalik tez ötyaptiki, baʼzi sohalarning yangi davrga moslaşuvi ança qiyin keçayotgandek, nazarimda.

Bu ayniqsa, “Axborot asri” degan taʼriflaganimiz bugungi zamonning avangard sohasi bölgan jurnalistikada yanada yaqqol namoyon bölmoqda. Masalan, ommaviy axborot vositalarida ayni holat bugun bosma matbuot, radio jurnalistika va qisman televideniyeda kuzatilyapti.

Telejurnalist sifatida meni ayniqsa, bir paytlar tomoşabin uyining töridan joy olgan va har bir xonadonning eng aziz buyumi bölgan televizorlar, aniqroği, televideniyening öz ahamiyatini tobora yöqotayotgani taşvişlantiradi.

Agar biz vaqtida prognozlaş, yaʼni kelajakni oldindan köra oliş funksiyasini yoqmasak, yaʼni zamonga moslaşiş çoralarini körmasak, noxuş vaziyatlar yuzaga kelişi mumkin degan xavotirlar ham yöq emas.

Insoniyat bir umr axborotga ehtiyoj sezib yaşagan. Lekin agar jurnalistika tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, tadrijiy taraqqiyot sabab ommaviy axborot vositalarining qançadan-qança şakllari tarix qatlaridan tuşib qolganiga guvoh bölamiz.

Turli maʼlumotlar yozib qoldirilgan sopol taxtaçalar, kabutarlar yetkazgan maktublar, otu eşak minib qiçqirgan jarçilar tarix sahifalarida qolib ketdi.

Qoğozning paydo bölişi, fan va texnikaning rivoj­lanişi, radio hamda televideniye ixtirosi ularni safdan çiqib ketişga “majbur qildi”.

Buni qarangki, bu davrning ham umri unça uzoq bölmadi. Bugun insoniyat virtual dunyoda yaşay boşlamoqda. Va davr jurnalistika oldiga yangi talablarni qöya boşladi. Qisqa va aqlbovar qilmas şitob bilan axborot tarqatişning juda köp qoida va tamoyillari özgarib ketdi.

Faqatgina bir qoida özgarmay qoldi. U ham bölsa, dunyodagi eng tez eskiradigan narsa – bu axborot degan haqiqat!

Bugun biz nazarimda ana şu haqiqat sabab barça öyin qoidalarini qayta körib çiqişimiz va öz yönalişimizni qayta isloh qilişimiz kerak böladi.

Internet jurnalistikasi deb atalayotgan bu yangi yönaliş garçi bizda biroz keçroq, sekin, şoşilmay kirib kelayotgan bölsa-da, allaqaçon internet tezligi nisbatan normal bölgan hududlarda yuqorida tilga olib ötilgan jurnalistikaning boşqa sohalarini deyarli siqib çiqarib böldi ham.

Ha, u yoş, juda tezkor, boz ustiga, raqiblariga nisbatan öta şafqatsiz! U dunyoning bu çekkasida sodir bölayotgan voqeani köz oçib yumgunça yer yuzining narigi çekkasiga va hatto koinotga qadar yetkazib bera olişdek qudratga ega.

Va biz buyoğiga “uning öyin qoidalari” bilan hisoblaşişga majburmiz. Qolaversa, “bundan ham ortiğini kuting” degan ibora tobora faollaşib bormoqda.

Yana biz söz yuritayotganimiz virtual jurnalistikasining “şu paytgaça amalda bölgan gazeta, radio, telekanallarning örnini bir özim bosaman” degan juda katta bir iddaosi bor.

Mening nazarimda, bu iddaoda haqiqat unsurlari ham böy körsatib turibdi. Negaki, matbuot, televideniye va radioda qöllanilayotgan janrlarning deyarli barçasini bugun onlayn kontentda uçratiş mumkin. Yana şunisi aniqki, mazkur janrlar biroz özgargan şaklda, takomillaşgan va siqiq formatda, öz nomlarini zamonaviylaştirib (insayder, fliranser, kolumnist, faktçeking, keys, target, inflyuyenser va h.k), öz muxlislarini topib bormoqda. Internetning faol foydalanuvçilari esa (ular qatorida özimiz ham) ommaviy axborot vositalarining boşqa turlari bölgan gazeta, radio, jurnal, televideniyedan osongina keçib yuboryapmiz.

Xullas, kuzatişlarim natijasi bölgan prog­nozlar jurnalistikaning yuqorida sanagan yönalişlari uçun ançayin xavotirli.

Xöş, bunday vaziyatda jamiyatga kerakli böliş uçun, taʼbir joiz bölsa, yaşab qoliş va kerakli böliş uçun nima qiliş kerak?

Bu savol umrini axborot sohasiga bağişlagan, noni ham, şoni ham şunda bölgan har bir jurnalistni bezovta qilişi tabiiy. Jumladan, özimni ham.

Jurnalistikaning boşqa sohalari uçun javob berişim qiyinku-ya, ammo telejurna­listika borasida öz qaraşlarim, xulosalarim va yeçimlarim bor, albatta.

Özingizga maʼlum, efir vaqtlari juda qimmat. Çunki aslida ham vaqt eng bebaho neʼmat. MTRK tizimini olib körasizmi, xususiy telekanallarning reklama daqiqalarini körasizmi, narx tölaş minutlar bilan emas, daqiqalar bilan ölçanadi. Bas şunday ekan, bugun qimmatbaho efirlarni faqat studiyada, tört, beş va undan ortiq odamni yiğib olib, siyqasi çiqqan, rasmiy tildagi soatlab suhbatlar qilib ötiradigan körsatuvlar bilan töldirişga qançalik hojat bor?

Tomoşabin eʼtiboriga loyiq böliş uçun dinamikasi tez, rasmiy “qoliplarni” buzgan, adabiy til normalariga amal qilsa-da, xalqona yönalişdagi körsatuvlarni köpaytiriş kerak. Masalan, ming tanqid qilinmasin, xususiy kanallardagi juda köp loyihalarning tomoşabinbopligi, reytinglarda yuqori natijalar körsatişi ana şu sababdan. “Xafa böliş yöq”, “Zirapça”, “Real xit”, “Özim” kabi körsatuvlar, realiti şoular aynan qoliplarni buzgan loyihalar sifatida tomoşabin eʼtiboriga tuşdi degan fikrdaman.

Hozirgi kunda körsatuvlar körimligini oşiriş kerak degan vazifa qöyilsa, nimagadir köpçilik rahbarlar ekran qiyofalarini yoşartirişga tuşişadi. Tajribali lekin yoşi ulğaygan boşlovçilar çetlaştirilib, yoş qiyo­falar jalb etiladi. Lekin mana neça yildirki kuzataman, bu usul özini oqlamayapti. Aksinça, efirlar hali tajribasiz, ğör boş­lovçilaru sanʼatkorlarga qolib ketib, öta sayozlaşib bormoqda.

Yana ham aniqroq aytadigan bölsak, efirni yoşartiriş MTRKga, taniqli qiyofalarga taya­niş esa xususiy telekanallarga xos “kasallik”. MTRKga “keraksiz” bölgan tajribali jurnalistlarning köpçiligi bugun xususiy kanallarda öz örnini topib ketgani, hatto hukumat eʼtirofiga sazovor bölayotgani ham bor haqiqat.

Asror Abrorxöjayev, Abdurasul Abdullayev, Mohiniso Kamolova, Gulnoza Husanova, Nas­riddin Asriddinov, Muhabbat Hamroyeva… Xullas, röyxatni yana uzoq davom ettiriş mumkin. Vaholanki sanaganlarim hali uzoq vaqt öz bilim va tajribasi bilan MTRKdek katta dargohda foydali va tomoşabinbop teleloyihalar qilişi, sohaga yangi kirib kelayotgan şogirdlarga öz bilim va tajribalarini örgatib, özlaridan bir maktab qoldirişlari mumkin edi. Afsus bunday bölmadi.

Lekin bundan faqat MTRK yutqazdi xolos. Xususiy telekanallarning “xatosi” esa taniqli qiyofalarga “yopişib” olgani va sayoz, arzon voqealar, baʼzan umuman heç bir qolip­larga siğmaydigan, maʼnaviyat, qadriyat kabi har qanday çegarani bosib ötuvçi mavzularni hozirgi til bilan aytganda “xayp” qiliş, “trend”ga çiqariş.

Yana bir gap, davlat byudjeti hisobiga kun köruvçi telekanallarni tomoşabin lo­yihalarni köryaptimi yöqmi, umuman qiziqtirmaydi. Yillar davomida bir xil nomdagi, soatlab çöziladigan, “monotonniy” körsatuvlar efir vaqtlarini “yeb” aylanib yotaveradi. Efir bu — vaqt, vaqt esa pul degani TV sohasida. Vaqtning ham, pulning ham uvoli borku! Bu borada xususiy telekanaldan örganadigan, özlaştiradigan jihatlar bor. Yaʼni, reyting bermaydigan loyihani yopiş!

Bugun tomoşabinga qanday mavzudagi, qanday formatdagi körsatuvlar kerak degan savolni har bir telejurnalist öziga berib körişi kerak. Lekin yana bir jihati borki, telemahsulot heç qaçon faqat birgina jurnalistning xohiş irodasi va ğoyasiga tayanib efir yuzini köra olmaydi. Bu masalada ham kino sanoatida bölgani kabi prodyuserlar, marketolog va menejerlarning örni juda katta.

Men “Dunyoning özgarişini istasang, avvalo, özingdan boşla” degan iborani tez-tez işlataman. Bu moslaşuv degani! Mazkur jarayonda ham uşbu naql mening tamoyilimni belgilaydi.

Şunday ekan, bugun televideniye internet zamoniga moslaşişi, yaʼni jonli efirlarni köpaytirişi kerak! Internet jurnalistikasi, garçi yoş bölsa-da, yuqorida aytganimday undan örganadigan jihatlarimiz yöq emas. Birinçi nav­batda, tezkorlik, jonlilik, xaqqoniylik. Afsuski, telejurnalistika bugun aynan mana şu tomondan oqsayapti. Yaʼni bir yangilikni tas­virga olib, montaj qilib, körikdan ötkazib, söng efirga bergunga qadar maʼlum bir vaqt, hatto kunlar ötadi. “Özbekiston 24” telekanalini aytmasa, informatsion dasturlar uçun voqea joyidan töğridan-töğri efirga çiqadigan jonli körsatuvlar deyarli yöq.

Şu maʼnoda agar televideniye bugun 75-80 foiz jonli efirga ötmas ekan, u tomoşabin uçun tobora öz ahamiyatini yöqotib boraveradi, degan fikrlarda jon bor. Qolgan foizlarni esa asosan tahliliy, portret janrdagi hamda hujjatli körsatuvlarga beriş kerak.

Butun yer yuzi pandemiya davrida karantinda yaşagan bir davrda internet jurnalistikaning insoniyat hayotidagi örni yanada mustahkamlandi. Öşa davrda bir qaraşda televideniyeda virtuallaşuv jarayoni tezlaşgandek böldi. Lekin karantin çeklovlari yumşaşi bilan, sohadagi harakatlar ham sustlaşib qolgandek.

Men internetning çeksiz qudratidan birinçilardan bölib foydalanişni boşlaganlardanman desam mubolağa bölmas. 2015 yil “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida “Fayz­­li oqşom” köngiloçar dasturini tayyorlaganimda “Suyunçi” filmidagi Nazira rolini ijro etgan Şahnoza Hamroyevani Nigeriyadan topib, u bilan film ijodkorlarining onlayn muloqotini uyuştirganim hamon yodimda. Bilasizmi, öşanda rahmatli Melis Abzalov, Rixsivoy Muhammadjonov hamda Abdurayim Abduvahobovlar juda taʼsirlanişgan. Va öşandan keyin “Darakçi” naşri ham Şahnoza Hamroyevaning manzilini olib, u bilan suhbat uyuştirgan edi.

Yana bir tajriba şuki, ikki yil mobaynida “Özbekiston tarixi” telekanalida “Ibtido” tok-şousini muallif va boşlovçi sifatida tayyorladim.

Tarix kanalidagi birorta körsatuvni mutaxassislar — tarixçi va arxeologlar, etnograflarsiz tayyorlaşning iloji yöq. Poytaxt­­da faoliyat körsatayotgan mutaxassislar yil – ön ikki oy efir bölgandan keyin qayta-qayta efirga çiqaverib, salkam teleyulduzga aylanib bölişdi. Biroq viloyatlarda, çet ellarda ham “Ibtido” kabi tarixiy mavzulardagi körsatuvlarda ekspert sifatida iştirok etişi mumkin bölgan tadqiqotçilar, tarixçi olimlar, arxeologlar bor edi. Men esa asosan öşalarni internet imkoniyatlaridan foydalanib, körsatuvga jalb qilardim. Surxondaryo, Andijon, Buxoro, Xorazm kabi viloyatlar, Turkiya, Amerika kabi davlatlarda faoliyat olib borayotgan ekspertlarni ham studiyadagi monitorga ulab, ular bilan mavzu yuzasidan qiziqarli suhbatlar uyuştirardik. Lekin men bu tok-şou hamda körsatuvlarimni töğridan-töğri efirga uzatmaganman. Ayni paytda “Özbekiston tarixi” telekanalida bir qança körsatuvlar tarixçi muallif va boşlovçilar iştirokida töğridan-töğri efirga çiqişadi.

Bu tajribalarimdan bugun televideniye internetning mislsiz imkoniyatlaridan foydalanişga ötişni tezlaştirişi darkor degan xulosa kelib çiqmoqda. Buning uçun eng avvalo yuksak texnologiyalar, çeksiz internet, yetarli iş haqi hamda katta tajriba hamda bilimga ega bölgan telejurnalistlar va boşqa soha mutaxassislariga katta ehtiyoj bor, davlat telekanallarida ham, xususiy telekanallarda ham. Ayni paytda ular yöq emas, bor, faqat yetarli emas!

Töğri, tan oliş kerak, bu jabhada öziga xos iş ketmoqda. Onlayn darslar, masofadan turib körsatuvlarni efirga uzatiş masalalarida televideniye yetakçi. Lekin baribir bu hali yetarli emas deb hisoblayman.

Xöş, unda masalaning yeçimini nimada köraman?

Albatta, yuqorida aytganimdek, jonli, töğridan-töğri efirlarda! Biz jonli efirlarni köpaytirmas ekanmiz, bu axborot öyinida aniq internet jurnalistikasiga yutqazamiz.

Oçiğini aytsam meni bu yutqazişgina xavotirga solayotgani yöq. Çunki hamma gap xalqimizga töğri, xolis va haqqoniy axborotni, sa­viyasi baland körsatuvlarni taqdim etişdadir. Istaymizmi yöqmi, internet jurnalistikasi köpinça pala-partiş, qöpol, sayoz, masalaga, mavzuga yengil, aksariyat hollarda haqiqatdan yiroq yondaşuv ustun. Şunda kim jabrlanuvçi — xalq. Kim işonçni yöqotadi — xalq!

Mening bu boradagi ijobiy qaraşlarim şundan iboratki, bir kun kelib, bu ikki soha birikib, simbioz holatini hosil qiladi. Smart televizorlari bu jarayon qançalik tezlaşganining isboti sifatida yana uyimiz töridan joy egallayapti.

Demak, telejurnalist uçun virtuallaşiş zarurati aniq bölib qolmoqda. Yaʼni biz faqat mavzu tanlaş, uni yetkaziş va mavzuga yondaşuv masalalarida tomoşabin, isteʼmolçi ehtiyojlari bilan hisoblaşişni töğri yölga qöymoğimiz şart. Aks holda, televideniye va telejurnalist degan nomning obrösi tobora pastga şönğib boraveradi. Xususan, bizning yurtda. Albatta, bular mening şaxsiy xulosalarim.

Xöş, rivojlangan mamlakatlarda-çi, bugun matbuot, xususan, televideniye qanday yaşayapti? Bizning ahvoldan qanday farqlari bor? Bor bölsa, ulardan ulgu oladigan, örganadigan jihatlarimiz qaysi?

Bu endi keyingi maqolamizga alohida mavzu.

Şohira HAMRO,

telejurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan