Yölning “taşxisi”ni kim qöyadi?

yoxud YTH sodir bölganda   hamişa ham haydovçi aybdor emasligi xususida

Maʼlumotlarga köra, avtomobil yöllarida sodir bölayotgan avtohalokatlar oqibatida halok bölayotganlar soni bugungi kunda koronavirus yuqtirib vafot etayotganlardan kam emas ekan.

Demak, nosoz yöllar bugun tarqalgan kasallik kabi epidemiya öçoği ekan-da. Xöş, şunday ekan, nima uçun biz kasallikka qarşi barça vositalar bilan, hamma kuçlarni birlaştirgan va yönaltirgan holda qarşi turib, har bir bemor hayoti uçun kuraşamiz-u, yölda sodir bölişi mumkin bölgan yöl-transport hodisalarini keltirib çiqaruvçi holatlarga qarşi va bunga duçor bölişi mumkin bölgan har bir haydovçining hayoti uçun kuraşmaymiz?!

Kasallikka qarşi kuraşiş uçun uning kelib çiqiş omillari örganiladi, tahlil qilinadi va söngra taşxis qöyiladi. Agar taşxis notöğri qöyilsa, berilgan muolajalar ham foydadan köra ziyoniga işlaydi. Xöş, şunday ekan, yöllardagi avtohalokatlarning töğri taşxisi qanday va unga qanday qilib qarşi kuraşmoq kerak?

Hozirga kunda ommalaşgan va yagona hisob­langan taşxis— haydovçining aybi. “Haydovçi boşqaruvni yöqotib…” “Haydovçi yöl qöygan xatolik tufayli…” va hokazo. Xöş haydovçi nima uçun yöl qoidasini buzadi, nima sababdan boşqaruvni   yöqotadi, qanday qilib yöl çetida turgan yölovçini urib yuboradi? Bunday savollarni istagança keltiriş mumkin.

Eng mudhiş va köproq ölimga olib keladigan avtohalokat bu röparama-röpara kelayotgan avtomaşinalarning töqnaşuvi oqibatida kelib çiqadi. Orqadan, yon tomonlardan urilişlar ham yöl-transport hodisasi hisoblanadi. Lekin u odam vafot etadigan darajagaça olib bormasligi mumkin.

Yölda töqnaşuv sodir böldi, deylik. Bu yerda birinçi navbatda tez yordam körsatayotgan tibbiyot xodimlari va avtohalokat sabab­larini örganayotgan yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini va tomoşatalab olomonni uçratasiz. Tibbiyot xodimlari jarohatlanganlarga birinçi yordam körsatişadi. Lozim bölsa, şifoxonaga olib ketişadi. YHXB xodimlari töqnaşuv sabablarini örganişadi. Avtomobil tormoz çiziqlarini ölçab, uning yölning qaysi qismida sodir bölganligi, avtomaşina, yölovçilar holati haqida maʼlumot töplaşadi. Oxirida   haydovçilardan birining aybi bilan avtohalokat kelib çiqqan degan xulosa qilinadi.. Unga nisbatan maʼmuriy yoki jinoiy iş oçiladi.

Şu yerda bir savol tuğiladi: nima uçun röparama-röpara kelayotgan avtomaşinalar töqnaşib ketişi kerak? Boringki, haydovçi boşqaruvni yöqotdi. Nima sababdan yöqotdi? Bunga köpgina sabablar bölişi mumkin. Birinçi navbatda haydovçi ham odam, robot emasligini unutmasligimiz kerak. Har xil holatlar bölişi — keçinmalar, asabiy zöriqiş, telefonda sözlaşiş, çarçoq va qolaversa, organizmdagi tösatdan qözğalgan surunkali kasallik tufayli boşqarolmay qolişi mumkin.

Avtomaşina ham hali töliq mukammallaşmagan, yaʼni buzilsa öz-özidan töxtaydigan, şinasi yorilsa özini özi eplab oladigan, yöldan çiqsa öz yöliga tuşib oladigan holatga yetib kelmagan. Gazni bossang yuradigan oddiy bir texnika (Har holda bizning avtomaşinalar).

Şunday ekan nega inson omili yoki texnika nosozligi tufayli avtomaşina boşqaruvni yöqotsa, u yölning röpara qismiga ötib ketişi kerak? Nima uçun bunga monelik yöq. Örtada beton tösiq örnatilgan yöllarda töqnaşuv kamdan-kam sodir böladi. Hozirgaça heç bölmasa viloyat, tuman markazlarini bir biri bilan boğlaydigan magistral yöllar orasini maxsus tösiqlar bilan töliq ajrata olmayapmiz. Buning sababi bitta: yöllarda avtohalokatlarning sababçisi faqat haydovçi bölib qolayotganligida. Aslida avtohalokat sodir bölsa, yölovçilarga tan jarohati yetsa yoki vafot etsa buning uçun avtohalokat tafsiloti va sodir böliş holatiga qarab yöl quruvçisi, yöl belgilari örnatadigan va qöşimça ogohlantiriş çoralarini köradigan mutasaddi taşkilotning şu yölga biriktirilgan vakili, YHXB xodimlari ham tegişli tartibda javobgar bölişi kerak emasmi? Şuning­dek, transport hodisasi texnik nosozlik oqibatida kelib çiqqan bölsa, agar avtomaşina kafolat muddatida bölsa, işlab çiqaruvçi yoki uni sotgan vakolatli taşkilot xodimi, kafolat muddati tugagan bölsa, uning sozligi haqida “otning kallasiday” pul evasiga maʼlumot bergan texnik xizmat körsatiş şoxobçasi ustasi javobgarlikka tortilişi lozim.

Buni amalga oşiriş uçun avtohalokat tufayli sodir bölgan holatiga qotillik sifatida qaralişi va transport prokuraturasi kriminalistlari birinçi navbatda yölning holati, yöl belgilari va ogohlantiruvçi belgilarining yetarli darajada va öz örnida körinadigan qilib joylaştirilganligi, avtomaşinaning texnik holati va undan keyingina haydovçi yöl qöygan xato, uning ahvoli ruhiyati haqida batafsil bayonnoma tuzişi bari hisobga olinişi kerak nazarimda.

Ayni paytda esa köpinça javobgar bitta —haydovçi. Yöllarda şunçalik köp avtohalokatlar sodir bölayotgan, qançadan-qança odamlar halok bölayotgan, qançalari bir umrga mayib, majruh bölayotgan, bir umr işlab, çet mamlakatlarda sarsonu sargardon bölib, ming maşaqqatlar evaziga, bir amallab erişgan avtomaşinasidan ayrilayotgan bölsa-da, yölni standart talabida qurmagan quruvçining, yölda ogohlantiruvçi belgilarini töğri yoki umuman örnatmagan mutasaddi va qolaversa, yöl harakati xavfsizligi boş­qarmasi xodimlarining parvoyiga ham kelmaydi.                Oddiy holat: yölda qoida buzdingiz. YHXB xodimi qoida buzişingizni oldindan bilganday (albatta biladi. Çunki, yölning şu qismida qoida buzmaslikning iloji bölmaydi. Bölganda ham yöl holati qoidani buz­maslikdan köra uni buzişga köproq mos keladi) röparangizdan çiqib sizni töxtatadi. Albatta, siz özingizni oqlamoqçi bölasiz. YHXB xodimi bilan örtangizda taxminan şunday savol-javob böladi:

— Örtoq komandir, körib turibsiz, yöl nosoz ekan. Aylanib ötaman deb…

— Yöl uçun biz javob bermaymiz.

Yoki bölmasa:

— Örtoq komandir. Bu yerda yöl belgilari notöğri örnatilgan-ku. Nima uçun biz?..

— Belgilarni biz örnatmaymiz.

Bu yerda YHXB xodimlarini ayblay olasizmi? Ayblay olişingiz mumkin, qaçonki yöl qoidalarini “suv qilib içib yuborgan” bölsangiz yoki ötaketgan qonunşunos, asabi metindan bölgan odam bölsangiz.

Aslida YHXB xodimlari nimaga javobgar?! Yöl harakati xavfsizligi deganda nimani tuşuniş lozim? Yöl oddiy standart talablariga javob bermaydigan darajada nosoz, ogohlantiriş belgilari qöyilmagan, avtomaşinalar zörğa harakatlanadigan yöllarda ham haydovçidan yöl qoidalariga amal qilişni talab qiliş qançalik adolatli? Şunday holatda majburlikdan qoida buzgan haydovçini jarimaga tortiş-çi?

Aslida YHXB xodimlari haydovçiga qarşi pozitsiyada turmasdan, uni himoya qilişi, haydovçining yöllarda betalafot, bemalol harakatlanişi uçun şaroit yaratib berişi, buning uçun yölsozlardan yölning standart talabiga javob berişini, yöl ogohlantiriş belgilarining, yoritgiçlarning qonuniy talab asosida, haydovçini çalğitadigan emas, uni töğri yölga boşlaydigan qilib örnatilişini nazorat qilişi lozim emasmi? Transportda yöl harakati xavfsizligi qoidalari faqat haydovçiga boğliqmi? Yöl nosozligi, ogohlantiruvçi belgilarning joyida emasligi, texnika nosozligi va boşqa holatlar oqibatida yöl transport hodisasi röy berganda, nega u boşqa holatlarga köz yumib, faqat haydovçini aybdor qilişi kerak?!

Körinib turibdiki, mamlakatimizda yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş uçun yagona tizimning özi yöq. Taklif şuki, yölda harakatlanayotgan avtomaşinalar va ulardagi yölovçilar xavfsizligini taʼminlaydigan barça taşkilotlarni biriktiriş kerak.

Eng asosiysi esa jarimalardan, tonirovkadan, davlat raqamlarini sotişdan, avtomaşinalarni rasmiylaştirişdan va inspeksiya orqali tuşadigan boşqa barça mablağlar Içki işlar vazirligi hisob-raqamiga emas, yöl qurilişi jamğarmasiga kelib tuşişi va bu mablağlar faqat va faqat yöl qurilişi, ularning jahon standartlari darajasiga yetkazilişi uçun sarflanmoği lozim. Bu sarf-xarajatlarga oşkoralik berilişi, qança pul qayerga, nima uçun işlatilganligi yöl qurilişidagi mutasaddilar yoki inspeksiyaning matbuotda eʼlon qilinadigan oylik hisobotida öz aksini topişi kerak emasmi?

Hozir davlat raqamlarini auksionda sotiş, tonirovka, jarimalar, transport vositalarini rasmiylaştiriş va boşqa manbalardan milliardlab sömlar Içki işlar vazirligining hisob-raqamiga tuşayotganini OAV xabarlari orqali bilib turibmiz. Balkim bu pullar byudjetga tuşayapti, deb eʼtiroz bildiruvçilar ham bölar. Nima bölganda ham xalq hozir bu pullarning aniq qaysi hisob-raqamiga tuşayotgani va u qanday sarflanayotganidan xabardor emas.

Yöl — mamlakat yuzi. Yurtimizga çetdan kim kelsa ham şu yöllardan yuradi va bizning kimligimizga, yaşaş tarzi va darajamizga baho beradi. Özimiz-çi? Öttiz beş millionlik xalq-çi?

Örtadan beton yoki kamida ikki metr enlikdagi gulzor bilan ihotalangan, har tomonida kamida ikkitadan (yöl çiziği) polasa, zamonaviy, yaqqol közga taşlanadigan yöl körsatkiçlari va ogohlantiruvçi belgilar örnatilgan, yöl çetlari ikki tomonda yigirma metrdan enlikdagi daraxtzor bilan burkalgan, har ellik çaqirim joyda yonilği quyiş, texnik xizmat körsatiş punktlari, avtoturargoh, hojatxona, taharotxona, duşlari mavjud bölgan umumiy ovqatlaniş şoxobçalari mavjud yöllar bizning yurt egalariga yaraşmaydimi? Yigirma birinçi asrning 21-yili ötib borayotgan vaqtda, qaçonki inglizlar, fransuzlar, nemis, arab, yapon va xitoylar şaharlarni qöying, biyday daşt va toğu toşlarda avtomaşinalar uçun çeklanmagan yuqori tezlikni taʼminlab qöyganda, bizning özbek magistrallarida tezlikni yetmişdan oşira olmayotganligini, bunga ham qonunan va hamda texnik jihatdan imkoniyat yaratilmayotganligini qanday izohlaş mumkin?

Muhiddin ABDURAHMONOV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan