Şifokor nega adabiyotni bilişi kerak?

Kuni keça yurtimizda taʼlimni nazorat qiliş komissiyasi ins­titutimizga keldi. Taʼlim sifatini har bir yönalişlarida tekşirib tanlov fanlariga gal kelganda institutimizda boşqa tibbiyot institutlaridan farqli ravişda dars jadvalida “Badiiy adabiyotda tibbiyot” fanini körgan tekşiruvçi bu fanga qiziqib kafedraga çiqdilar. Albatta, na Vazirlar Mahkamasi, na Oliy taʼlim qaror va farmoyişlarida “qöyilsin!”, “öqitilsin!” deb belgilanmagan fan haqida tuşunçaga ega bölib, uning maqsad va vazifalariga qiziqqan komissiya aʼzosi kalendar rejamizni körgaç va biz bilan suhbatlaşgaç fanning zarurligiga aslo şubha qolmadi.

Haqiqatdan “adabiyot atomdan kuçli …”, deganda Abdulla Qahhor ming bor haq edilar. Adabiyot yiğlatadi, kuldiradi, kinoya qiladi va oxir-oqibatda taʼsir qiladi. U bizlarni yomon bölişga yöl qöymaydi, u töğri yöl tanlaşimizga yordam beradi. Uşbu fanni dars jadvalida körişni orzu qilganimda mening hayotimda bir savol çarx urar edi: “Biz bölajak şifokorlarimizni qanday bölişini xohlaymiz?” Albatta bilimli, albatta mehrli, albatta hamdard. Fikrimça, biz tavsiya qilayotgan dars davomida ötayotgan sohaviy badiiy asarlar biz tarbiyalayotgan şifokorlar aynan şunday bölişi yölidagi eng katta kömakçi hisoblanadi. Tabobat otasi bölmiş ibn Sinoning buyuk tabibligi bilan birgalikda şoir va adib bölganligi buning isboti.

Maʼlumki, ruhşunos mutaxassislar tomonidan badiiy adabiyot insonlarni yaxşi fazilatlar bilan boyita oladigan, atrofdagilarga nisbatan eʼtiborli va mehrli bölişiga yordam beradigan soha ekanligini isbotlovçi köpgina tajribalar ötkazilgan. Ularda badiiy adabiyot köpgina ğaroyibotlarni yaratiş xususiyatiga ega ekanligi haqida xulosa amaliy jihatdan tasdiqlangan.

Jumladan, xayr-saxovat işlarida iştirok etiş istagi, faol fuqarolik pozitsiyasi, zöravonlik hissining kamayişi va hokazo.

Mahorat bilan tasvirlangan asar qahramonlari bizni uşbu voqea içiga çuqurroq kirişga majbur qiladi. Biz mutolaa jarayonida qahramon ahvoli qanday ekan, deb xayoldan ötkazamiz va maʼlum vaziyatga tuşgan personajning özini tutişini kuzatamiz va aynan şu vaziyatda özimizni qanday tutişimiz mumkinligi bilan taqqoslaymiz. Yoki bu vaziyatni idrok etiş muhimligini köz oldimizga keltirib, istiqboldagi harakatlarimizni tasavvur qilamiz. Bu (boşqa inson közi bilan kelajakni tasavvur qiliş) özgalarni tuşuniş uçun bajariladigan maşqlarni eslatadi.

Şuning uçun kanadalik ruhşunos Kit Outli badiiy adabiyotni: “Ongimizni maşq qildiruvçi trenajyor”, — deb ataydi. Badiiy adabiyot mutolaasi boş miyamizning u yoki bu sohasini faol­laştiradi. Mutolaa yordamida biz birov uçun qayğurişni örganar ekanmiz, badiiy adabiyot kitobxonlari ilmiy-hujjatli asar kitobxonlaridan köra yaxşiroq ijtimoiy könikmaga ega deya olamizmi? Bir sinovda iştirokçilarga şunday vazifa topşiriladi: hammaga ikkitadan köz ifodalangan suratlar beriladi. Topşiriq esa taqdim etilgan suratdagi köz ifodasi va yuz muşaklaridan kitobxonning qanday his-haya­jonga tuşişini kuzatişdan iborat. Kitobxonlarga tanlaş uçun bir neça variantlar taqdim etiladi: uyaliş, aybdorlik hissi, xayolparastlik, xavfsiraş. Bir qaraşda, közlardagi farqni aniqlaş qiyin emasdek tuyulsa-da, ammo bu vazifa ança muşkul keçadi. Mazkur vazifa natijasi esa şunday yakunlangan: badiiy adabiyotni köproq öqiganlar yuqori natijaga erişgan.

Demak, badiiy adabiyotni köp mutolaa qiluvçilarning ijtimoiy bilim orttiriş qobiliyatlari ham yuqori, yaʼni ular boşqalar nimani his qilib öylayotganliklarini yaxşiroq anglaşadi. Ruhşunoslar tajribasiga köra, badiiy adabiyot mutolaasi davomida miya faolligining kuçayişi insonda birovlar nima öylayotgani haqida mulohaza yuritganda faollaşadigan sohalarda röy berar ekan. Kaliforniya universitetida roman mutolaa qiluvçilar boşqalarning his-tuyğularini yaxşi tuşunişadi, ammo bu ularni yaxşi fazilatlar egasiga aylantiradimi yoki yöqmi, degan savolga javob topiş uçun tajriba ötkazilgan. Bunda tadqiqotçilar hammaga taniş usulni qöllaşgan. Bexosdan bir neçta ruçka va qalamlarni tuşirib yuborgan kişi bölasiz, söng sizga yordamga kim kelişini kuzatasiz. Uşbu topşiriqda iştirok etuvçilardan vazifani bajarişdan avval boşqalarga hamdardlik darajasini belgilovçi savollarga javob berişni iltimos qilişadi.

Keyin qisqa hikoya öqiladi va bu hikoya ularga qanday taʼsir qilganligi haqida bir qator savollar beriladi. Masalan, öqigan roman qahramonini qanday tasavvur qiladi? Hikoyani öqib tugatgaç personajlar haqida köproq maʼlumotga ega böliş istagi bormi? Eksperiment taşkilotçilari boşqa xonadan nimadir olib kelişmoqçi bölişadi va şu onda 5–6 ta ruçkani bexosdan tuşirib yuborişar edi. Natijada,   hikoyadagi qahramonga hamdard bölib, hayajonga tuşgan kitobxonlar yordamga şoşilişar edi.

Ana şunday köpgina tajribalar ötkazgan Yevropaning yetakçi mamlakatlaridagi OTMlarining tibbiyot fakultetlarida gumanitar modullarni kiritayotganligi bejiz emas.

“Badiiy adabiyotda tibbiyot” yoki boş­qaça söz bilan sohaviy badiiy adabiyotni 3 yildan beri öqitib kelmoqdamiz.

Har yili kalendar rejasidan tibbiyotga aloqador yangi-yangi asarlar örin oladi. Bu asarlar özbek va xorijiy   badiiy asarlarning mumtoz namunalari va sohaviy badiiy publitsistikasi. O.Genrining “Sönggi yaproq”, “Hamdardlar” asarlari bemor uçun kasallikdan tuzalişiga işonç qançalik muhim ahamiyatga egaligini körsatadi, yoki bir xil dard hatto duşmanlarni ham döstlarga aylantirişi mumkinligini uqtiradi. N.Qiliçevning “Baliq ovi”asarida bir bolaning vafot etganida oila aʼzolari, şifokor qançalik aybdor ekanligi haqida fikr yuritişga majbur qilsa, Ş.Xolmirzayevning “Bodom qişda gulladi” asari şifokor, hamşira, palatadagilarning gap-sözlari, oddiy hazili inson salomatligida qançalik şifo beruvçi va buzğunçi rol öynaşi mumkinligidan saboq beradi. Aziz Nesinning tibbiyotga bağişlangan hajviy asarlari kinoyali kulgu bilan tibbiyotdagi muammolarning oğriq nuqtalarini foş etsa, Dino Butssatining “7 qavat” hikoyasi insonning biror voqeani öziga olişi salomatligida qançalik fojiaviy namoyon bölişini taʼkidlaydi. Aslida bu asar öta falsafiy. U haqida juda-juda köp bahslaşiş mumkin. Bu insonning hayoti eng yuqori qavatdan pastki qavatgaça asta-sekin tuşib borişi haqidami yoki boşqami? S.Kingning “Çekişni taşlang korporatsiya”si soğlom turmuş tarzining ğaroyib usulini qöllaşni tavsiya etsa, M.Bulgakovning “Yoş şifokor yozuvlari”da oliy öquv yurtining bitiruvçisi guberniya şifoxonasiga borib amaliyotni mustaqil boşlaşining turli holatlarini aks ettiradi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning tibbiyotga oid şeʼrlarini öqib ham tibbiy, ham maʼnaviy bilim, zavq olasiz. A.Kup­rinning “Ajoyib şifokor”ini, F.Uglovning “Jarroh yuragi”, Genri Marşning “Zarar keltirma”, Ö.Hoşimovning “Imon”, şifokor Jumanazar Beknazarovning asarlarini öqiganda şunday şifokorlarga havas qilasiz. Izzat Sultonovning “Imon” dramasida tibbiyot ilmidagi öğrilik, köçirmakaşlikning ayançli ahvolini körasiz. N.Dumbadzening “Abadiyat qonuni” romanida esa ança muddat şifoxonada ötkazgan jarayonida şunday qonun yaratadi: inson qalbi uning tanasidan 100 barobar oğirroq. Şunçalik oğir-ki, uni kötarişga bir kişining quvvati yetmaydi…

Şuning uçun biz insonlar to tirik ekanmiz bir-birimizga yurakni töxtab qolişidan saqlaşga yordam berişimiz zarur: siz — menikini, men — boş­qanikini, u — uçinçinikini va hokazo çek-çegarasizlikkaça.

Bunday asarlar va ulardan bahramand bölgan tibbiyotçi talabalar yetuk inson fazilatlarga ega kadr bölib çiqişidan xursand bölasiz.

Ha, taniqli adib Abdulla Qahhor fikrini davom ettirsak, sohaviy badiiy adabiyot quvvatini atomdan ham kuçli, deyiş mumkin.

Ha, bu kurs bizni institutimiz rahbariyati bilan maslahat natijasida dars jadvalidan joy oldi. Ammo bu fanni dars jadvaliga qöyişda biz Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev tomonidan jamiyatimiz yoşlari istiqbolini, ularning keng dunyoqaraşga ega böliş­larini közlab çiqargan “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi hujjatini asos qilib oldik.

Har bir fanni obrazlar, his-tuyğular orqali özlaştiriş yanada yuqori natija beradi.

Bir guruhda “Sönggi yaproq” asarida muallif zotiljamni zolim qari çolga öxşatganini öqib, talabalarga savol berdim: “Agar turli kasalliklarni hayvonlarga öxşatiş mumkin bölsa, qaysi kasallikni qaysi hayvonga öxşatar edingiz?”

Şunda bir talaba “Saraton kasalligini ilonga öxşatar edim”, – dedi. “Nima uçun? – degan savolga, –saraton öz – özidan paydo bölmaydi, kuçli stress, siqiliş, darmondorilarni, ovqatlarni notöğri isteʼmoli bu kasallikni keltirib çiqaradi. Ilon ham tegmagan odamga tegmaydi”, – deb javob qaytardi. Biz fanimizda söz qudratining möʼjizalarini köramiz. Rusiyzabon guruhlari kirganda “Vraç” sözi “vrat” sözidan olingan desak, aldaş kerakmi, deb taajjublanişadi.

Yöq, aldaş kerak emas, avraş degani. Demak, bemorni dardidan çalğitib, xayollarini tuzaliş tomonga yönaltiriş zarur.

Agar tibbiyot insonning tanasini davolasa, adabiyot ruhiyatiga şifo beradi.

Tibbiyotçilarimiz katta bilim zaxirasi bilan ruhiyatni davolovçi söz qud­ratiga ega bölsalar, bu davoning darajasi va taʼsiri yanada oşişi tabiiy.

Mazkur kurs bizda 36 soat 18ta juft soat sifatida dars jadvallarimizdan örin olgan. Dars jarayonida talabalar şifokorlik bilimlarini boşqaça – badiiy söz orqali qabul qilişadi. Bu ularda kasbiy bilim bilan birga insoniylik, mehr-şafqat, hamdardlik kabi fazilatlarini şakllantiradi. Bir söz bilan aytganda qalb tarbiyasi bilan şuğullanadi.

Kavsar TURDIYEVA,

Toşkent pediatriya tibbiyot instituti

Özbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan