Televideniye: Talab va istaklar qaçon inobatga olinadi?

Xalqimiz yaqin ötmişidan dalolat beruvçi jonli epizodlar — rasm-rusum, urf-odat va anʼanalar, kundalik hayot tarzining baʼzi körinişlari kinotasmalarga muhrlanib, bugungi kungaça yetib kelganiga guvoh bölamiz. Çunonçi, “Ajoyib xayolparast” filmida Yoqub duduq (Husan Musaboyev) Hasan (Baxtiyor Ixtiyorov)ning uyiga televizor olib kelişga kömaklaşgani, ikkalasi tomga antenna örnatgani, qöni-qöşnilar jam bölişgani, ammo televizor tomoşasi uzoqqa çözilmay körsatuvlar dasturi tugab qolgani yodingizdami?

Eʼtibor bergan bölsangiz, bir paytlar sotib olişga hammaning ham qurbi yetavermagani bois, qişloqdagi sanoqli xonadonlarda televizor bölgan. Öşa kezlarda “oynai jahon” tom maʼnoda nafaqat oila aʼzolari, balki qöni-qöşnilarni ham jipslaştiruvçi omil vazifasini bajargan. Darhaqiqat, televizor körişga qiziqiş kuçliligi sababli bir xonadonga töplaniş, telekörsatuvlar, kinofilmlar, konsert dasturlarini birga tomoşa qiliş, şuning barobarida bir dasturxon atrofida suhbatlaşiş, bir-birining quvonçu taşvişlariga şerik böliş qöni-qöşnilar örtasidagi mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlagan.

Aslini olganda, mavzuga doir dalil-isbot izlab “Ajoyib xayolparast” filmiga murojaat qilişimiz ham şart emas. Televizor xonadonlarda asta-sekin paydo böla boşlagan öşa davrni öz közi bilan körgan va yuqoridagiga aynan öxşaş voqea­-hodisalarda bevosita iştirok etgan kişilar hozir ham oramizda juda köp.

Ular bolalik xotiralarini yodga olganda, qişloq yoki mahallada dastlab kimlar televizor sotib olganini, uni köriş uçun qança yoşu qari borgani va şu bilan boğliq voqealarni maroq bilan sözlab berişadi.

Afsuski, bugungi kunga kelib televizor, qöni-qöşnilarni qöya turaylik, hatto oila aʼzolarini jips­laştiriş xususiyatini ham yöqotdi. Statis­tik maʼlumotlarga köra, hozir örta hisobda 4 kişidan iborat oilaga 2 dona televizor töğri kelar ekan. Xöş, buning nimasi yomon, xonadonda televizorning köp bölişi ham oila farovonligining bir belgisi-ku, deyişga şoşilmang. Negaki, oilaning har bir aʼzosi alohida televizorda özi yoqtirgan dasturni körişni istaydi va bunga özini töla haqli deb biladi. Natijasi esa barçaga maʼlum: ota öğli, ona qizi bilan birga ötirib suhbatlaşişga imkon topa olmaydi, çunki keçki paytda ulardan har biri televizorni alohida-alohida tomoşa qilişadi. Şu bilan göyoki bir-biriga xalaqit bermagan bölişadi.

Balki bunday yöl tutilişiga telekanallar köpligiga qaramasdan, butun oila aʼzolari bir joyga jam bölib, töplanib körişga arzigulik körsatuvlar, teledasturlar barmoq bilan sanarli ekani sabab bölayotgandir? Balki baʼzi yoşlar pandu nasihat eşitişni istamagani uçun televizorni alohida tomoşa qilişi şunçaki bahonadir…

Albatta, biz falon-falon körsatuvlarga tomoşabin umuman qiziqmaydi, manavi teleşou degani odamning asabiga tegişdan boşqasiga yaramaydi, özini “yulduz” deb çoğlayotgan ayrim yoş xonandalarning televizorda berilayotgan kuy-qöşiqlarida maza-matra yöq, kinoijodkorlarimizning xususiy telekanallar orqali namoyiş etilayotgan baʼzi filmlari kino emas, baçkanalikning naqd özginasi, xorijiy teleseriallar yoşlarimizni “ommaviy madaniyat” sari yetaklaydi, sönggi paytlarda efirga uzatilayotgan tok şoularning maʼno-mazmuni haminqadar ekanligini aytib ötirmasak ham ahvol şu darajada bölib qolgan.

Faqat… oddiygina bir haqiqat tan olinişi ham şart: televideniye orqali namoyiş etilayotgan dasturlar tomoşabinga nimadir berişi, birinçi navbatda, maʼnaviy ehtiyojni taʼminlaşga yönaltirilişi, yoşlarimizning dunyoqaraşi, fikrlaş qobiliyati, bilimlar doirasi kengayişiga xizmat qilişi kerak. Sirasini aytganda, körsatuv tayyorlaş jarayonida tomoşabin manfaati ustuvor hisoblansa, omma eʼtiboridan çetda qolmaydi. Ayrim teleboşlovçilarning “Bu hazil-ku!”, deya odob-axloq qoidalari doirasidan çiqişi, baçkana qiliqlar qilişi, özlari bilmagan holda qadriyatlarni toptaşi va boşqa salbiy holatlarga aslo yöl qöyib bölmaydi.

Unutmang, “Körsang ham şuni körasan, körmasang ham şuni körasan” qabilida teletomoşabinni majbur qiladigan, unga özga çora qoldirmaydigan zamonlar allaqaçon ötib ketdi. Telekanallar soni köpaygandan köpayib, tomoşabinning telekanallarnigina emas, körsatuvlarni ham tanlaş imkoniyati kengaydi.

Ammo ming afsus, bizda namoyiş etilayotgan körsatuvlarning ommabop­ligi reytingini aniqlaş haligaça yölga qöyilmagan. Holbuki, ötgan asrning 90-yillari boşida Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)da öqiyotgan kezlarimiz dunyoning rivojlangan mamlakatlari televideniye kanallarida malakasini oşirib kelgan öqituvçilarimiz bizga ularda telekörsatuvlar ommabopligi qanday aniqlanişini sözlab berişgandi. Öşa payt­lardayoq AQŞ yoki Buyuk Britaniyada televideniye texnika-texnologiyalari naqadar taraqqiy etganini qarang: qaysi telekanalda biron körsatuv boş­lanişi bilan qança teletomoşabin boşqa kanalga ötib ketgani, qançasi körsatuvni neça daqiqa, qançasi töliq körganini hisob-kitob qilib boradigan statistik elektron moslamalar mavjud bölgan ekan. Demak, tomoşabin eʼtiborini kam jalb etayotgan teleloyiha efirdan olib taşlanadi. Yoki aksinça, tomoşabinlari köpayib borayotgan körsatuv ijodkorlari rağbatlantiriladi. Muhimi, telekörsatuvlar ommabopligini aniqlaş va bu reyting körsatkiçlarini tomoşabinlarga uzluksiz namoyiş etib boriş telekanallar ravnaqiga xizmat qilgan. Qiziqişi, talab-istagi bilvosita hisobga olinayotganidan tomoşabin ham mamnun bölgan, albatta.

Mana, yurtimiz mustaqil davlat bölganiga ham oradan salkam öttiz yil ötdi. Raqamli televideniyega ötilgandan keyin bizda ham telekörsatuvlarning ommabopligi böyiça reytingini aniqlaş imkoni böladi, deyişgan edi. Xöş, televideniye bilan tomoşabin örtasida köprik vazifasini ötaşi kerak bölgan öşa reyting qani? Telekanallar xodimlari özi bilgança körsatuvlar tayyorlab, namoyiş etaversa-yu qança tomoşabin körayotganini bilişmasa, bundan kimga naf? Ular xolis bahoni qayerdan olişadi? Özining yutuğini ham, kamçiligini ham bilmaydigan teleijodkorlardan nima kutiş mumkin? Biz “Yopiğliq qozon yopiğligiça qolaversin” qabilida iş tutişdan qaçon voz keçamiz? Telekörsatuvlarning saragini-sarakka, puçagini-puçakka ajratiş va şu yöl bilan tomoşabin manfaatini himoya qiliş vaqti allaqaçon kelmadimi?

Muxtasar aytganda, telekörsatuvlarning ommabopligini aniqlaş reytingi yölga qöyilsa, ortiqça gapga xojat qolmaydi, negaki, har bir tomoşabin hisobda böladi, keraksiz dasturlar, şunçaki odamning vaqtini oladigan tokşoular, eksperiment tarzidagi baçkana teleloyihalar, zerikarli körsatuvlar öz-özidan yöqolib ketadi. Eng muhimi, şundagina televideniyeda tomoşabinlarning manfaati hisobga olinişiga erişiladi.

Suyundik MAMIROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan