Ijtimoiy fanlar ögaymi?
Maʼlumki, mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlaş uçun bor kuç va imkoniyatlar sarflanayotgan bir paytda maʼnaviyatni teran tuşunadigan insonlarning roli beqiyos ekanligi, buning uçun tarbiya asosi bölgan ijtimoiy fanlarni şakllantiriş zarurligi juda köp aytilgan va aytilyapti. Bu boradagi yutuqlarimizdan közing ham, köngling ham quvnaydi. Asosan, ijtimoiy fanlarga asoslangan yangi oliygohlar faoliyat yuritayotgani, ularda talabalar uçun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar, albatta, tahsinga sazovor.
Ammo bugungi kunimizda ham ötmişimizda ijtimoiy fanlarga bölgan munosabatga öxşaş holatlar közga taşlanmoqda. Öquv yurtlarida şunday “texnik” rahbarlar borki, ijtimoiy fanlarning mazmun-mohiyatini tuşunmaydilar yoki tuşunişni istamaydilar. Eng açinarlisi şundaki, ijtimoiy fanlarning mazmun-mohiyatini tuşunmaydiganlar bu fanlar taqdirini özlariça hal qilişadi. Holbuki, Respublika taraqqiyoti bilan boğliq bunday öta muhim masalalar yuzasidan nufuzli oliygohlarda işlaydigan tajribali mutaxassislarga suyanmoq kerak. Bunday olimlar nafaqat respublika, viloyatlardagi oliy öquv yurtlarida ham juda köp.
Sönggi yillarda hatto siyosatşunoslik, pedagogika, psixologiya fanlari ham uç-tört soat hajmida qoldirilib, ularning “haqi” boşqa fanlarga tiqiştirildi. “Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi”, huquqşunoslik fanlari öqitilişi töxtatildi. Ayniqsa, diniy-ekstremizm va terrorizm kuçaygan bir davrda “dinşunoslik” fani ham 30 soat maʼruza, 60 soat amaliy maşğulot soati ajratilgan falsafa faniga tiqiştirildi. Bunda heç qanday mantiqni körmaysiz. Maʼlumki, Islom dini alohida olam. “Qurʼon”da barça dunyoviy ilmlar mujassamligi bugun barçaga maʼlum. Bolalarni maktab yoşidan boşlab öqitişimiz kerak bölgan “Dinşunoslik” oliy öquv yurtlarida alohida fan sifatida öqitilişi kerak. “Falsafa” fani ham şunday: bu fan ikki yarim ming yildan beri öqitilib, bugungaça takomillaşib keldi, yangi taʼlimotlari paydo böldi. Tabiat, jamiyat, inson tafakkurining har tomonlama rivojlanişiga asos böldi, qonun va kategoriyalari kengaydi. Yuzlab buyuk faylasuflar beqiyos maʼnaviy meros qoldirdilar. Bularni talabalar tugul barçamiz bilişimiz, taʼlimotlarini örganişimiz kerak. Yana bir kulguli holat: falsafa fani dasturida qadimgi Şarq mamlakatlari va Örta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy qaraşlariga atigi ikki soat ajratilgan. Axir, ikki soatda uşbu mutafakkirlar asarlarining hatto nomlarini sanab ulgurolmaysan-ku! Baʼzi birovlar, bu domla soat talaşyapti, deb öylar. Yöq, men taʼlim-tarbiyaga asoslangan ijtimoiy fanlar taqdiri, ularda aks etgan odatlarimiz, qadriyatlarimizni eʼzozlaşga nisbatan eʼtibor susayayotganidan, falsafa fanlari doktorlari — I.Soifnazarov, S.Mamaşokirov(rahmatli), V.Alimasov hamda internet saytlarida falsafiy asarlar tarğiboti bilan şuğullanayotgan bir qança faylasuflarning taklif va mulohazalari umuman nazarga ilinmayotganligidan taşvişdaman, xolos!
Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz faoliyatlarining ilk kunlaridan boşlab ijtimoiy fanlar ravnaqini yuksak maʼnaviyat belgilaşini uqtirib keladilar. Öylang, nega ijtimoiy fanlar yuzasidan dissertatsiya yoqlaganlarga Falsafa doktori unvoni berilyapti. Axir, ularning falsafa mohiyati tugul, “filosofiya” sözining luğaviy maʼnosini ham bilmasliklari ana şu eʼtiborsizlik natijasi emasmi? Dissertantlardan minimum imtixon oliş jarayonida ajablanamanki, ularning aksariyati biz bilan asrdoş faylasuflarni ham bilişmaydi. I. Möminov, M.Xayrullayev, E.Yusupov, J.Tulenov, S.P. Tursunmuhammedov, H.Pölatov, A.Valiyevlar davrimizning yirik faylasuflari edilar.
Maşhur iqtisodçilardan biri J.M.Keyns özining “Bandlik, foiz va pul umumiy nazariyasi”(1936) kitobida şunday yozadi: “Çinakam iqtisodçi öz işining bilimdoni böliş bilan birga maʼlum darajada matematik, tarixçi, davlat arbobi, faylasuf ham bölişi kerak. Umumiy tuşunçalarda xususiy narsalar haqida muşohada yuritib, mavhum va muayyanga öz eʼtiborini qarata olişi lozim. U kelajak uçun hozirgi zamonni ötmiş nuqtai nazaridan örganişi kerak”.
Demoqçimanki, ijtimoiy fanlar munosabatimizga qarab bizni yo yoruğlikka, yoki qoronğulikka boşlaydi. Bunday qoronğulik — maʼnaviy ojizlikdir. Buni ham bir misol bilan izohlamoqçiman: “Tarixiy xotirasiz kelajak yöq” deymizu yaqin ötmişimizda yaratilgan qator asarlarga bepisandlik bilan qaraymiz. Ötgan yetmiş tört yil içida yaratilgan asarlar makulaturaga topşirilyapti. Töğri, ular badiiy jihatdan adabiy talablarga javob bermas, ammo öşa adiblar tarixni çuqur bilganlar. Masalan, men tuğilgan qişloqda öttizinçi yillar Bozor buva degan dindor kişi yaşagan. Qatağon yillari uyi tintuv qilinişidan gumonsiragan Töra ismli öğli kitoblarni hojatxonaga taşlab yuborgan. Kitoblarning uvoli tutganmi, Töra Bozor çamasi ellik yillar aqli-huşidan ajralgan holda yaşab, yetmiş tört yoşida vafot etgan. Bu haqda qaysidir adibimiz asar yozgan. Agar Töra Bozor otasi örganayotgan ilmlarning mohiyatini anglab yetganida, kişiga ruhiy barkamollik baxş etadigan kitoblar qadriga yetganida ehtimol bunday ahvolga tuşmas edi.
Prezidentlikka nomzod Alişer Qodirovning saylovoldi dasturida mutafakkir Abdulla Avloniy fikriga asoslanib “Taʼlim – tarbiya” tamoyilini “Tarbiya – taʼlim” tamoyiliga aylantirişning vaqti keldi” deyilgan edi. Yaqinda “Özbekiston televideniyesidagi dolzarb mavzularga bağişlangan “Munosabat” körsatuvida bildirgan mulohazalarimni yuqoridagi fikrga asosladim. Afsuski, mutasaddilar matbuotdagi takliflarni hisobga olmaydilar, bahslarni tahlil qilmaydilar, bildirilgan munosabatlar joyida qolaveradi. Tegişli taşkilotlarga yetib bormaydi.
Yana bir taşvişli holat: baʼzi mutasaddilar vaqtli matbuot va internet saytlarida har jihatdan Yevropa “madaniyati”ni namuna sifatida körsatadilar. Ularni kamsitmoqçi emasman, ular öz örganganlarini hayotlarida aks ettiradilar, biz esa öz bilganlarimizni. Ularning örgangani bizning bilganlarimizga töğri kelmaydi. Ularni uyğunlaştirib individualizmni barq urdirişga nima hojat? Şunday ham Ovropaça hayot maʼnaviy olamimizga kirib böldi. Bilimsiz, öz anʼanalari, urf-odatlarini, nima yaxşi-yu nima yomonligini bilmaydiganlarni osongina yöldan ozdirmoqda: ota öğilni, öğil otani kamsitişi, ayançli ahvollarga solişi, meros talaşib aka-ukalar, opa-singillar, qavmu-qarindoşlar yuzkörmas bölib ketişlar, er-xotin örtasida ajralişlarning avjga çiqişi, öğirlik, tovlamaçiliklarning köpayişi, kattalarga hurmatsizlik, yigit-qizlarimizdan hayo va iffatning yöqolişi… Bu va bunga öxşaş barça illatlar köpayişining bir sababi, talabaning öquv dargohini, yetarliça bilim olmay, bitirişi tufayli emasmikin? Buni biz — mutasaddilar zinhor unutmasligimiz lozim.
Ziyodulla DAVRONOV,
Toşkent Moliya instituti
ijtimoiy fanlar kafedrasi
professori,
falsafa fanlari doktori
