Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim…
1970 yillarda poytaxtimizning Çilonzor dahasidagi beton uyda yaşardik. Baʼzilar: “Ğiştlik uy yaxşi böladi, beton uyning odamga zarari bor”, deyişsa, hayron qolardim, “har ikkisining tomi bor, poli bor-ku”, derdim. 1984 yilda Darxon mahallasiga köçdik. Uy ğiştdan qurilgan ekan. Keyin bilsam ğiştin uylar çindan boşqaça – yaxşi bölarkan. Farzandlarimdagi tomoq oğriqlar, tez-tez şabadalaş, özimdagi oyoq oğriq degan dardlar ança kamaydi. Darvoqe, öşa paytlarda Islom Şoğulomov (Alloh rahmat qilgan bölsin) boşliq “Şarq” kompaniyasi işçilariga, gazeta xodimlariga köp qavatli uylardan kvartiralar ajratib, qölingizga kalitini tutqazişardi. Uylarning barçasi ğiştdan qurilardi. Sira yodimdan çiqmaydi, boş muharririmiz (öşa paytda “Yoş leninçi”, hozirgi “Yoşlar ovozi” gazetasi) Rustam Şoğulomov (Alloh rahmat qilgan bölsin) “kimga uy kerak” deb yurgan paytlar bölgan.
Tahririyatda, naşriyotda ikki yil işlagan odamga navbati bilan uy berilişi odatiy hol edi. Öşa vaqtlarda ayrim xodimlarimiz hatto 2-3 tadan kvartira olişgan. Hozir köpçilik işonmasligi mumkin, xonadonlar mutlaqo bepul berilar edi. Balki, matbuotga eʼtibor juda yuqori bölgan ekan-da, deb öylaşar. Lekin şunday eʼtibor boşqa sohalarga ham yomon bölmagan. Xususan, turli zavod va fabrikalar, aytaylik, Toşkentdagi 84-zavod, “Malika”, “Qizil tong” singari fabrikalarda işlaydiganlarga ham köplab kvartiralar berilganligini yaxşi bilamiz.
Töğri, u zamonlar Istiqlol, Hurlik davrlari emas edi. Yurtimiz sobiq ittifoq tarkibida bölib, baribir Kremlga tobe respublikalardan biri edi.
Nima bölganda ham Istiqlol bergan imkoniyatlar haqida gapirişimiz kerak. Buyuk bobolarimizning orzu-armonlari uşaldi. Oddiy odamlarga iş va maoş berilgani, kvartiralar ajratilgani yaxşi bölgan deyiş mumkin. Biroq millatimizning uluğ zotlari qatağon qilingani, milliy qadriyatlarimiz toptalgani va boşqa illatlar heç bir imtiyoz bilan oqlab bölmas fiğonlar ekanligini yaxşi anglaşimiz kerak.
Şunday bölsa-da, sözimiz bugun faqat madh, maqtovlardan iborat bölmasligi kerak, deb öylayman. Çunki, bor erişilgan yutuq va muvaffaqiyatlar — özimizniki.
Bugun hayotimizga soya solayotgan ayrim muammo va kamçiliklarni ham aytişimiz, imkon qadar ular bartaraf etilmoğiga hissa qöşmoğimiz foydadan xoli bölmasa kerak.
Töğri, yillar ortda qoldi. Davr özgardi. Masalan, jonajon Toşkentimizning Amir Temur xiyobonini olaylik. Har kuni bu xiyobonni kesib ötib işxonamga — “Matbuotçilar uyi”ga borar edim. Bu yerdagi tarix guvohlari bölgan azim çinorlar (hozirda u çinorlardan asar ham qolmagan) quloğimga allanimalarnidir şivirlayotgandek bölardi. Qiziqib ular tanasiga örnatilgan taxtaçalardagi yozuvlarni öqirdik. Yoşi X asr, tana aylanasi olti metr. Yonidagisining yoşi XVI asr, aylanasi 8 metr. …Bu kabi tarix guvohlari şahrimizda juda köp edi. Ular bizga ota-bobolarimizdan meros qolgandi. Ularning soya-salqin bağrida eh-he qança dillar, köngillar orom topgan, dam olgan, nafas olgan. Biz insonlar gohida beşafqatmiz. Qaysidir donişmand töğri aytganidek, “Dunyoda eng şafqatsiz jonzot – inson”. Ha, hiyobondagi neça-neça yuz yillik daraxtlar kesib taşlandi. Töğri, ajdodlarimizga, allomalarimizga hurmatimiz baland. Lekin ulardan qolgan çinorlarni öylamay-netmay barçasini yöq qildik. Tag-tugi bilan yöqotdik. Öşa paytlar esimda, ön-ön ikki yil avval edi bu — Toşkent “yalanğoçlanib” qoldi, köçalar oftob tiğida qoldi, soya-salqin joy qolmadi. Insonga kiyim-keçaklik yaraşsa, joylarga katta daraxtlar – çinorlar yaraşiqli edi.
Şubhasiz, poytaxtimiz sönggi yillarda ulkan bunyodkorlik, quriliş maydoniga aylandi. Qança gözal binolar, inşootlar, köp qavatli uylar qurildi. Ayniqsa, Toshkent Cityning bunyod etilayotganini möʼjiza deyiş mumkin. Biroq… şahardagi ayrim madaniy obʼyektlarni, sölim joylarni buzib, örniga köpqavatli uy quriş, katta daromad köriş deb tuşunilgani baribir yaxşi bölmadi. Negaki, Toşkentning Samarqand darvoza, Kamolon, Eski şahar, Beşyoğoç, Kökça kabi tarixiy joylari öz holiça saqlanişi kerak edi. U yerdagi eski binolarni taʼmirlab, jilo berilsa, Toşkentning tarixiy çehrasi saqlangan bölarmidi, deyman-da. Qolaversa, yurtimizga dunyoning uzoq ölkalaridan keladigan sayyohlar zamonaviy binolarni emas, qadimiy Toşkentni, eski mahallalarimizni körgani kelişadi, buni istagan sayyohdan sörab köring. Çunki zamonaviy osmonöpar binolar ularning özlari yaşaydigan joylarda ham köp.
Yana bir narsa muhimki, tadbirkorlar özlariga yoqqan joylardan tanlab qurilişlar qilişda davom etmoqda. Şu bois serdaraxt joylardagi daraxtlar kesilib ketdi. Şu örinda aniq bir misol keltirmoqçiman: Mirobod tumanidagi S.Azimov köçasida 72 va Istiqbol köçasida 24-raqamli uç qavatli 77-seriyali uylar bor. Bu uylar tarixiy binolar hisoblanadi. Ular maşhur arxitektor Radçenkova loyihasi asosida qurilgan. Oçiğini aytiş kerak, juda mustahkam bölib, töliq ğiştdan bunyod etilgan. Devorlari qalin, 60-70 sm.dan kam emas, qolaversa, uylar çorrahaning burçagida bölgani uçun atrofdagi binolar ansambliga juda mos tuşgan. Uning bir tomoni, köçaning bu yuzida, yemakxona-kafe, röparada oynavand şifoxona, yana bir tomonida esa maktab, demak, bino tarixdan darak. Biroq qariyb 4 yildan buyon uşbu uy mojarosi tugamaydi. Investitsiya bahonasida 30 yoşlar atrofidagi yigit boyiş maqsadida uyni buzib, örniga köp qavatli bino qurişni rejalaştirgan. Albatta, bu işda şahar va tuman hokimliklari ham boş-qoş bölişi kerak. Uydagi yaşayotganlarning esa yarmidan köpini sakson-töqson yoşlardagi nuroniylar taşkil etadi. Ularning köpçiligi ötkazilayotgan tazyiqlardan, köça-köç, buza-buzlardan ozor çekişdi, baʼzilari kasalga çalinişdi. Köplaşib bir qança yuqori joylarga murojaat qilişdi ham. Masala dastlab biroz tinçigandek böldi, biroq vaqt sal ötgaç, yana öşa janjal, mojaro boşlandi. Öşa yoşgina yigit kunlarning birida 5-6 xonadon odamlarini köçirib, uyning öşa qismini buza boşladi. Vaholanki, binoning içida köpçilik öz uyida bölişiga qaramay, tap tortmadi. Bir yoşgina yigitning daromad topib boyişi uçun qolganlar qadrdon uyini böşatib berişi kerak edi! Aql bovar qilmaydi. Axir, ularning qança umri qolgan. Qolgan umrini özlari örgangan, qadrdon joyda ötkazişlari zarurligini nega tuşunişmaydi?
Prezidentimiz har sohada inson omili, inson qadr-qimmatining birinçi darajali ekanligini qayta-qayta uqtirmoqdalar. Şunday ekan, 3-4 qavatli mustahkam uylarni (ustiga-ustak tarixiy) pardozlab, yoş avlodga tarixdan guvoh tarzida qoldiriş mumkin emasmi?! Aslida har bir odam uçun maʼlum kvadrat joy, maʼlum miqdorda havo, maʼlum miqdorda yaşillik belgilansa kerak?! Lekin keyingi qurilişlarda bu narsaga yetarliça amal qilinmayotganga öxşaydi. Qurilayotgan uylar juda bir-biriga yaqin, ziç joylaşgan. Bundan havo yetişmasligi kelib çiqadi. Misol uçun, S.Azimov köçasidagi zavod örniga qurilgan uylarni olaylik. Hatto derazadan qöl uzatib söraşsangiz böladi. Niyozbek yöli köçasida qurilayotgan “Namuna” massividagi va Abdulla Qodiriy köçasida qurilgan uylar ham şunaqa, öta tiğiz, bir-biriga yaqin. Buning ustiga hammasi betondan, balkoni ham juda kiçkina. Qolaversa, ularda avtotransport vositalari uçun töxtaş joylari, avtoturargohlar ham namunali öylanmagan. Buning oqibatida maşinalar binolarning oldida qoldirib ketilmoqda. Bu esa piyoda yölovçilarning harakatlanişi uçun ham noqulaylik tuğdirmoqda. Buning misolini Qori Niyoziy köçasining boşlanişida qurilgan “Golden House” massividagi uylar misolida yanada aniqroq köriş mumkin. Bu uylarning birinçi qavatidagi yemakxona, “Makro” savdo-sotiq va turli maişiy xizmat körsatiş şohobçalariga kelgan mijozlar transport vositalarini yölning yuzidayoq qoldirişadi. Yölning bir tomonini egallagan gul dökonlari va ikkinçi tomonidagi qoldirib ketilgan avtoulovlar piyodalar harakatlanişi uçun oşib bölmas “dovon”dek gap. Xullas, bunaqa uylar şaharga körk bölolmaydi, aksinça çiroyini buzadi.
Şahar aylanib gohida öylanib qolaman, nazarimda, köp qavatli yangi uylardagi xonadonlarning soni aholi sonidan köpga öxşaydi. Töğri, ular sotilyapti. Lekin juda sust, juda sekin. Sotilguniga qadar qança-qança haşamatli uylar böş turaverib huvillab yotibdi! Ammo nima bölsa, bölsin, uy quradiganlarga daromad, mulk bölsin, ekan-da.
Yuqorida aytganimizdek, yurtimizga keladigan turistlar köp qavatli binolarni emas, balki loysuvoqli, milliyligimizga xos va mos bölgan qadimiy binolarni, qolaversa, uluğ allomalarimiz yotgan qadamjolarni körgani kelişadi. Baʼzi bir tadbirkorlarni esa bu narsalar bugun qiziqtirmaydi. Nega köpçiligi uyqurarman ekan, savobtalab tadbirkor ekanlar, şahar çekkasida emas, şaharning qoq markazida, hali yana yuz yillab saqlanişi mumkin bölgan uylarni buzib qurişlari kerak?! Oddiy odamga ham tuşunarli: şaharning qoq markazidagi yerlarning har qariçi tilloga teng. Bunday joyga uy qursang — daromad topasan, qimmatiga sotasan. Biroq…
Takror aytmoqçiman, poytaxtimizda köp yaxşi obodonçiliklar qilinayotgani, köçalarimizning keng va yoruğ bölayotgani, Toshkent city kabi çiroyli şaharçalar bunyod etilayotgani quvonarli. Buni yuqorida ham taʼkidladik. Ammo yana şuni takror-takror aytişga yurak zada böldi, eski Toşkentning qadim qiyofasi, özligi, tarixi, fayzini ham saqlab qolişni öylaylik. Hali ham keç emas.
Muqaddas ABDUSAMATOVA,
Özbekiston Respublikasida xizmat
körsatgan madaniyat xodimi, mehnat faxriysi
