Atamalar komissiyasi qayerda?

Köpçilikka maʼlumki, Ohangaron şahri 1957 yillar sement zavodi qurilişi şarofati bilan “tuğilgan”. Yaʼni, 1966 yilda Xonobod posyolkasi Ohangaron şahri deb atala boşlangan. 1976 yildan boşlab viloyat maqomi berilgan. Savol tuğiladi. Xonobod nega Ohangaron deb nomlandi? Olmaliq şahri — 1951, Angren şahri esa undan oldin — 1946 yilda taşkil topgan. Undan   ham ilgari, aniqroği, 1926 yil hozirgi Ohangaronning nomi Qurama deb yuritila boşlangan. Ohangaron söziga rusiyzabon   aholining tili kelişmagani oqibatida “Axangaran”, “Axengaren”, “Xang­ren” atalavergani bois “Angren” sözi paydo bölgan va bu şunday nomdagi şahar paydo bölişiga olib kelgan. 1982 yil “Ohangaron” gazetasida çop etilgan “Köçangiz kimning nomida?” tanqidiy maqolasidan keyin Ohangaron şahriga — Xonobod, Angren şahriga esa Ohangaron nomini qaytariş uçun ança harakatlar   bölgandi, ammo bari   besamar ketdi.

Qiziq, öşa paytlarda agar köçada kasalxona bölsa — “Bolniçnaya”, poçta bölsa – “Poçtovaya”, aerodrom bölsa — “Aerodromnaya”, ariq bölsa — “Ariçnaya” va agar   tut daraxti bölsa — “Tutovaya” deb nomlab qö­yişgan. Axir, biz Moskva, Yekaterinburg, Novosibirsk, Çita kabi şaharlari nomini buzmay   işlatamiz-ku! Nega, özga millat yurtdoşlarimiz Toşkentni — Taşkent, Buxoroni — Buxara, Qöqonni — Kokand deb buzib aytadilar, yozadilar? Töğri, öşa vaqtda maqola taʼsirida “Vosxod” kinoteatri “Xonobod” nomini oldi.

Yana, maqola taʼsirida baʼzi nomlar özgardi. “K.Kalandarov”, “N.Boymatov”, “T.Yusupov”, “A.Karimov”, “K.Xolmuhamedov”, “A.Nabiyev” va “F.Xöjayev” kabi yangi köça nomlari paydo böldi. Biroq bu işda ham xatoliklar köp böldi.

Savol tuğiladi, yuqorida nomlari zikr etilgan siymolar kim? Karim Kalandarov — tajribali dehqon, taşkilotçi rahbar — sobiq Kuybişev nomli kolxoz raisi, xalq uni hozir ham “Karim rais” deb alqaydi. N.Boymatov — kolxozlaştiriş harakati faollaridan biri, Turmon Yusupov — usta dehqon, kolxoz raisi. Akrom Karimov — Afğoniston tuproğida halok bölgan, jangçi-baynalmilalçi. Qöçqor Xolmuhamedov — 1916 yilda oq podşoning mardikor oliş siyosatiga qarşi çiqqan mahalliy millat vakillaridan biri bölgan. Abdulla Nabiyev Özbekistonning birinçi faol komsomollaridan. Fayzulla Xöjayev kim bölganini esa deyarli barça biladi.

Kezi kelganda şuni aytiş kerakki, hozirgi “Temir ota” çoyxonasining örnida Leninning haykali bölardi. Keyin uni rahmatli Mansur Qoraxöjayev binokorlik materiallari sanoati texnikumining yangi binosiga köçirib ketdi. Mustaqillik şarofati bilan Abu Rayhon Beruniy haykali qad rostlagandi. Hozir öşa joyda yöq. Sababini köplar bilmaydi. Haykal voqeasining tarixi bunday: avvalgi texnikum yangi binoga köçirilib kollejga aylantirilgaç, joy qarovsiz bölib, hatto çorva mollari boqiladigan joy bölib qoldi. “Ohangaron” gazetasida eʼlon qilingan “Köçangiz kimning nomida?” maqolasi muallifi Sanoat kasb-hunar kolleji mutasaddilaridan şifer zavodi uçun haykalni söraydi. Ular, özimiz örnatamiz, deya uni olib kelgani talabalarni yuborişgan, talabalar iş jarayonida haykalni sindirib qöyişgan. Jonkuyar jurnalist Beruniy haykalini Toşkentdagi Skulptura korxonasida gips­dan yasatib keladi va hozir ham u “Ohangaronşifer” aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosi oldida körk berib turibdi.

Afsuski, bunday hol bugungi kunlarda ham kuzatilmoqda. Köçalarimizga “Bahor”, “Tinçlik”, “Paxtakor”, “Meʼmor”, “Quruvçi”, “Yangilik”   kabi nomlar qöyilgan. Bu köçalarga bunday nomlarni kim bergan? Bu haqda “Yoşlik” mahallasidagi yoşi uluğlardan söradim. Heç kim jöyali javob berolmadi. Nihoyat, öşa paytlar şahar kattalaridan biri bölgan akaxonimiz istehzoli jilmayib, dedi: “Şahar rahbari, arxitektor va yana bir-ikki “siymolar” kabinetda ötirvoli-ib nomlaşgan-da!”

Axir, Ohangarondan ham buyuk allomalar, şoirlar, öz kasbining fidoyilari, mehnati bilan xalq ardoğida bölganlar yetişib çiqqan. Usmon   Umarzoda, Ibrohim Aliyev, Mansur Qoraxöjayev, Majid Davronov, Tojimuhammad Xuşnazarov, Husan Urolov, Ötkir Zulfiyev, Toşton Sultonov, Xoltöra Eşnazarov, Umar Umrzoqov, Mamadali Davlatov, Xidirali Hayitqulov, Akrom Aʼzamov, Ilyosxon Ahrorov, Sattor Oripov kabi mamlakatimizda taniqli siymolar şular jumlasidandir. Şu örinda bir fikr. Bu insonlarni mamlakatimizda barça tanimas, lekin ular faoliyati viloyat miqyosida vaqtida ommalaşgan-ku! Agar har bir vohaning suyukli farzandlari nomi va xotirasi öz jo­yida şaraflansa köçalarni nomlaşda tuşunmovçiliklar kamaygan bölardi. Biz bularni bilamiz, ammo keyingi avlodlar sekin-asta ularni unutmaydilarmi? Şunday ekan, köçalarimizni şunçaki Olmazor, Şaftolizor, Gulzor, Terakzor kabi nomlar bilan ataş qay darajada örinli?

Endi köçalarni nomlaşda bunday xatoliklar, çalkaşliklar bölişi mumkin emas. Çunki odamlar uçun çinakam saodat eşiklari oçilmoqda. Odamlarning ongi, tasavvuri özgarmoqda. Köçalarimizga farovonlik quyoşining nuri tuşa boşladi. Keyin… Hayronman, bir paytlar Atamalar komissiyasi bölardi, hozir bormikin? Bölsa, nega uning taʼsiri yöq.

Ozod XUŞNAZARZODA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan