Jurnalist korrupsionerlarga qarşi kuraşa olişi şart!

Har soha egasining öz xizmat vazifasi bor. Masalan, çegaraçilar hududlarimiz daxlsizligini qöriqlasa, tibbiyot xodimlari salomatligimizni muhofaza qiladilar. Jurnalistlar esa ommaning köngli uçun masʼul. Uni oğritadigan masalalarni, omma ongini boşqa yöllarga boşlab ketadigan ğoyalarni ulardan avvalroq anglaydigan, davlatni ham, ommani ham ogohlikka çorlab turadigan kasb egalaridir. Şunday ekan, ular köprik emas, yelkasida elu yurt manfaatini ortib olgan jafokaş fidoyilardir. Jurnalistlarning umri doimo kuraşlar jabhasida ötgan. Jamiyat manfaatiga zid kelayotgan holatlarni örganiş, foş etiş, muammolarga barham beriş — jurnalistning işi.

Bunday faoliyat, tabiiyki, yulğiçlar, talonçilar, öğri va muttahamlik qilayotgan boş­­qa guruhlarga yoqmaydi. “Ol tovoğim, ber tovoğim” qabilida yaşaşga könikkan korrup­sionerlar jurnalistni öz oralarida körişni xohlamaydi. Iloji boriça, jurnalistlarni jamiyat içidan siqib çiqarişga, eng kamida faoliyat körsata olmaydigan, naridan-beri harakatlanib tursa böladigan ahvolga tuşirib qöyişni xohlaydilar. Buni heç kim körmaydi, isbotlay olmaydi. Çunki korrupsiya yaşirin jarayon, şuning uçun uning oldini olişda jurnalist jinoiy guruhlar ketidan poylab yura olmaydi! Jamiyatda u yoki bu holat yuzasidan jurnalistik suriştiruv olib boradigan OAV xodimining közi ötkir, xayoli uçqur, qalbi olov bölişini vaziyatning özi talab etmoqda. U korrupsion jarayonni doimiy kuzatişi, aniq maʼlumotlarni töplaşi, ularga işonç hosil qilişi va tahlil qilmoqçi bölgan mavzu haqida aniq fakt va dalillarga ega bölişi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzuda korrupsion holat bormi, yöqmi, bunga avvalo özi işonişi, qolaversa, jamoatçilikni, undan söng sud – huquq idorasi xodimlarini ham işontira olişi lozim böladi. Aks holda tahlilga tortilgan tomon jurnalistni tuhmatçilikda ayblab sudga berişi, sud esa isbotini topmagan tanqidiy-tahliliy material uçun tahririyatni raddiya berişga majbur etişi, pirovard natijada, maqolani yozgan jurnalist jazolanişi mumkin. Tajribada bu kabi voqealarga juda köp marta duç kelingan va bu hol hamon davom etmoqda. Buning sababi jinoyatçi heç qaçon özini jinoyatçiman, deb qöl qovuştirib ötirmaydi. Toki, aybi isbotlanmagunça qarşi kuraşadi, bu yölda har qanday imkoniyatdan foydalanadi. Demak, jurnalist uçun izquvarlik yölidan boriş ham oson emas.

Xöş, şunday holatda jurnalist qanday yöl tutişi kerak?

Masalan, soha xodimi tahririyatga kelib tuşgan şikoyatga köra korrupsion vaziyat, uni tahlil qiliş, jinoyatni oçiş haqida topşiriq olganida işni şikoyatni sinçiklab tahlil qilişdan boşlagani, şikoyat yozgan odamning asl maqsadi nima ekanligini, çinakam adolat istayotganiga amin bölişi lozim. Çunki amaliyotda butunlay teskari holatlar ham bölgan. Birovlar öziga raqib bölgan odamlarga qarşi kuraşiş maqsadida ham OAVdan foydalanişni maʼqul körişadi. Baʼzan körolmaslik, hasad tufayli ham şu yöl tanlanadi.

Bir gal Samarqand viloyati, Iştixon tumanidan R. ismli fermer qöşni fermerning ustidan “Hurriyat” gazetasiga şikoyat yozib keldi. Tabiiyki, uning şikoyati örganib çiqiş uçun qabul qilib olindi. Şikoyat mazmuni quyidagiça edi: “Qöşni” fermer reja böyiça paxta, ğalla ekilişi kerak   bölgan maydonning hammasiga paxta va ğalla ekmay, davlatni aldayotganmiş. Çegirib qolingan yerga yeryonğoq, torvuz-qovun kabi poliz mahsulotlari ekib, bozorda pullayotganmiş. Xöş, yerga töliq paxta, ğalla ekmasa, rejani qanday töldirayapti, deb tahririyat xodimlarini işontirmoqçi böldi.

Şunda tahririyat xodimi   jurnalistik suriştiruvni şikoyatçining özidan boşladi. Şikoyatçi ogohlantirildi. Yaʼni, fermer haqiqiy tadbirkorga öxşaydi, yerga yaxşi işlov berib, hosildorlikni oşiriş hisobidan rejani bajarayotgandir, adaşmang, biz tekşirtiramiz, ertaga uyalib qolmang, dedi. “Yöq, u aniq jinoyatçi, mana isbotim bor”, — deb poliz ekinlarining suratlarini ham ilova qildi.

Xullas, “Fuqarolarning murojaati töğrisida”gi qonunga köra murojaatçining şikoyati eʼtibordan qoldirilmadi. Tahririyat xodimi qoidaga rioya etib, uşbu şikoyatni Qişloq xöjaligi vazirligi qoşidagi ekin maydonlarini kadastrlaş mutaxassisidan xulosa olişga kirişdi. Buning uçun kadastrlaş mutaxassisi, viloyat va tuman hokimligidan vakillar, tahririyatning bu işga masʼul xodimidan iborat maxsus guruh tuzilib, voqea joyiga birgalikda çiqildi. Şikoyatga binoan, yer maydonlari ölçandi. Oşiqça, yoki yaşirin ekin maydoni borligi isbotlanmadi. Şunda öşa “qöşni” fermer guruhdan şikoyatçi fermerning yerini ham kadastrga mosligini ölçaşni talab qildi. Şunday qilindi. Natija “ğalati” bölib çiqdi. Yaʼni, şikoyatçining özida yaşirin ekin maydoni borligi aniqlandi. Buning ustiga uning yillar davomida paxta, ğalla rejalarini bajarmay kelayotgani ham maʼlum bölib, u bilan tuzilgan şartnoma bekor qilindi. Şikoyatçining özi birovga tuhmat qilgani uçun sudda javob beradigan böldi.

Mana bir şikoyatning ortidan ötkazilgan jurnalistik suriştiruv natijasi. Jurnalis­tik suriştiruv uzoq davom etadigan, murakkab jarayon, uni şoşmaşoşarlik va qiziqqonlik bilan amalga oşirib bölmaydi. Korrupsiyaga qarşi kuraşda jurnalistning iştiroki samarali bölişi uçun har tomonlama faoliyat olib borilişi kerak, çunonçi, avvalo, fuqarolarning maʼnaviyatini oşiradigan, korrupsiyaga qöl urmasligi uçun or-nomusini, insoniy his-tuyğularini uyğotadigan taʼsirçan publitsistik maqolalarga köproq   urğu berilsa, maqsadga molik albatta. Şu maʼnoda ijtimoiy tarmoqlar olib borayotgan qisqa, lönda, tezkor maʼlumotlar öz samarasini ber­yaptiki, korrupsion holatlar tez oşkor etilmoqda.

Jurnalist mahoratli bölsa öz işini puxta taşkil etadi. Aksinça bölsa, aynan şu holatlarda öz obrösini tuşirib qöyiş hollari köp kuzatilgan. “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunda “korrupsiya”, “korrup­siyaga oid huquqbuzarlik”, “korrupsiyaga qarşi kuraşiş”, “manfaatlar töqnaşuvi” kabi tuşunçalar aniq va töliq bayon etilgan. Bu tuşunçalarni har bir fuqaro bilişi uçun aholining huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, jamiyatda korrupsiyaga qarşi murosasizlik munosabatini şakllantiriş zarur. Bu ham qalam ahlining işi.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarşi kuraşda jamoatçilik vakili sifatida jurnalistlar faol bölmasa, butun insoniyatni taşvişga solayotgan uşbu ijtimoiy illat, yaʼni korrupsiya inson huquqlarining, bozor mexanizmlarining buzilişi, insonlar hayot darajasining yomonlaşuviga olib keladi. Demokratiya va huquqiy tartibotni kuçsizlantiradi, xalqaro xavfsizlikning uyuşgan jinoyatçilik, terrorizm va boşqa tahdidlariga şaroit yaratadi.

Xöş,   jamiyatni içdan yemirişga qodir illat – korrupsiyaga qarşi kuraşda, uning oldini olişda ommaviy axborot vositalari yana nimalar qilişga qodir? Mamlakatimizda korrupsiya bilan boğliq vaziyat haqida alohida söz yuritişga hojat yöq. Çunki ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat bilan xabardor har bir fuqaro bu haqda ozmi-köpmi eşitgan. Faqat uşbu muammoning biz kötarmoqçi bölgan mavzu bilan bir boğliqlik tomoni haqida töxtalib ötsak.

Ayrimlar korrupsiyaga qarşi kuraşişning samaradorligiga unça ham işonişmaydi. Ular “pora beriş va oliş bizning qonimizga singib ketgan, bir narsa bermasangiz işingiz bitmaydi” degan   fikr bilan yurişadi. Aholi örtasidagi bunday qaraşlarga barham beriş uçun qonun va axloq tuşunçalari uyğun holda har bir amaldorning qon-qoniga singib ketişi lozim. Afsuski, faqat qonunni bilişning özi, axloqdan uzoq bölgan huquqiy ong korrupsiya balosidan asrab qolmasligini hayotning özi körsatib turibdi. Oliy yuridik maʼlumotga ega bölgan huquq-tartibot organlari xodimlarining pora bilan qölga tuşayotganligi ular haqida şakllangan ijtimoiy fikrning yanada salbiyroq bölişiga olib kelmoqda. Masalan, Oliy sud xodimi, Samarqand viloyatida (sobiq) hokim, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida sudyalar turli miqdordagi pora bilan qölga olingani, Toşkent şahrida bir neçta   tuman hokimlari, hokimlik masʼul xodimlari jinoyat ustida qölga tuşgani, jamoatçilikni taşvişga solayotgan illatlardir. Şu örinda bir haqli savol tuğiladi: xöş, davlat boşqaruvi tizimida işlayotganlar qonun talablaridan bexabarmi? Yöq, bunday deb bölmaydi. Şunga qaramasdan, hokimlik tizimida oddiy xodim hisoblangan mutaxassisdan tortib ayrim viloyat, tuman hokimlari, ularning örinbosarlari pora bilan qölga tuşayotganligini qanday izohlaş mumkin?

Eskiroq bölsa ham bir maʼlumotni keltirib ötaylik. Yangilari bundan-da, ayançli. 2018 yilning 9 oyi davomida Samarqand viloyatida 132 nafar mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 90 nafari özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş, 17 nafari firibgarlik, 25 nafari hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş, 4 nafari pora beriş, 2 nafari pora oliş va boşqa jinoyatlarda ayblangan. Egallab turgan vazifasi böyiça tahlil etadigan bölsak, ulardan 22 nafari içki işlar idoralari, 2 nafari davlat soliq inspeksiyasi, 7 nafari oliy va örta maxsus taʼlim muassasasi xodimlari, 11 nafari majburiy ijro byurosi inspektorlari, bir nafardan tuman hokimi örinbosari, prokuratura, notarial idora, adliya organlari xodimlari, hakamlik sudi sudyasi va boşqalardir.

Viloyat prokuraturasi katta tergovçisi tomonidan zarnews.uz saytida keltirilgan uşbu faktlar korrupsiyaga faqat huquqiy ong pastligi sabab bölmasligini yaqqol körsatib turibdi. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş uşbu illatni keskin kamaytiriş yölida amalga oşirilişi zarur bölgan muhim vazifalardan sanaladi. Ammo bizning OAV ana şu muhim vazifani tölaqonli bajaryapti, deb ayta olmaymiz. Buning qator obʼyektiv va subʼyektiv sabablari mavjud.

Mavzuni tölaqonli yoritiş uçun OAV xodimlari yetarli könikmaga ega emasligi, qonun talablarini çuqur bilmaslik ana şunday sabablardan biridir. Korrupsiya holatlarining turli sohalarni qamrab olib, rang-barang körinişda tuslanişi jurnalistdan ana şu sohalardan, ularga doir qonunçilikdan yaxşigina xabardor bölişi lozimligini körsatmoqda.

Korrupsiyaga qarşi jangga otlangan jurnalist uning huquqlari kafolatini taʼminlaydigan qonunlarning amalda uni himoya qilişiga köp ham işonmaydi. Çunki korrupsioner odatda yuqori mansabdagi ambitsiyasi kuçli, yaʼni har qanday tanqidiy gap-söz nafsoniyatiga tegadigan, bunday sözlarni eşitişga örganmagan, aksariyat hollarda jizzaki amaldorlardir. Jurnalistning bu kuraşdan eson-omon çiqişi uçun jamiyatda qonun ustuvor va sud tizimi amalda töla-tökis mustaqil bölmoği lozim. Bundan taşqari, erkin söz himoyasiga tayyor turgan, nohaq ayblangan jurnalistga yon bosa olişga jurʼat qila oladigan haqiqiy siyosiy partiya va jamoat taşkilotlari zarur.Siyosiy partiyalarimiz, ularning sevimli naşrlari esa faqat saylov paytida osmonga qarata paxtavon öq otiş bilan ovora. Qolaversa, kerakli axborotni oliş imkoniyatlari yetarli emasligi, axborot manbalarining çala oçiqligi ham OAV xodimlarining korrupsiyaga samarali kuraş olib borişiga tösqinlik qiluvçi omillardan desak, xato bölmas.

Yana bir muhim jihat: jurnalist qança vaqt, kuç va asab sarflab, köp haftalik suriştiruvini yakunlaşi uçun qança mablağ kerak? Eşik qoqib borsang, “Obuna majburiy emas” deydiganlar jamiyat rivojining közi va quroli bölgan matbuotni qöllovçi döstmi yoki   korrupsionerlarning taʼsiridagi odamlarmi? Obunadan tuşgan mablağ tahririyatning bosmaxona xarajatlariga ham yetmay turganda davr taqozo qiladigandek jurnalistik suriştiruvlarni olib borişga yöl bölsin! Şu bois, taassufki, jurnalistning bajargan işi oddiy xabar yoki maqoladan   nariga öta olmayapti. Matbuotning gullab-yaşnaşini korrupsionerlar xohlaşmasligiga yorqin misolda, bu. Ehtimol, OAV çiqişlari köp hollarda qoğozda qolib ketayotganining sababi ham şunda. Hozir ham turli idoralardan haqiqat topolmagan tadbirkorlar “Törtinçi hokimiyat”ga murojaat qilib, yordam söraşadi. Ularning dardini eşitib, muammolari haqida maqolar ham eʼlon qilinmoqda. Lekin tegişli taşkilotlar unga deyarli munosabat bildirmayapti. Muammo esa yana öz holiça qolib ketadi, fuqarolarning turli idoralarga şikoyati davom etaveradi. Uşbu holat böyiça istagança misollar keltiriş mumkin.

Dilimizdagi mujda şundan iboratki, hali ham imkoniyat bor. Tiş-tirnoği bor ayrim jurnalistlar bir neça yillardan söng “pensiya”ga çiqib ketgaç, xabarkaşlikka kuni qolmaslik uçun bugungi matbuotimiz özi uçun özi kuraşişi kerak. Buning uçun u haqiqiy “törtinçi hokimiyat” vakillari ham öz eʼtiqodida mustahkam, kasbiga oid puxta malakaga ega bölişi bugungi davr talabi. Allomalar taʼkid­laganidek, “Haq olinur”.

Öktam MIRZAYOR

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan