Denovda bir kun…

Denov Surxon   vohasidagi eng katta tumanlardan   biri. Umumiy maydoni 752,8 kvadrat kilometr yoki 80,9 ming gektardan iborat. Viloyat markazidan 156 kilometr şimoli- şarqda joylaşgan. Tumandagi   98   mahallada 68470 ta xonadon   bölib, 101921 oila istiqomat   qiladi. Demoqçimizki, kamida har oilada   ikkitadan hal qilinişi lozim bölgan muammo bölganda   ham   ikki yuz mingdan ortiq muammo köndalang turibdi!? Aholisi   402 mingga yaqin. Şundan 196 ming, 415 nafarini xotin- qizlar taşkil etadi. Joriy yil boşida aholi bandligi borasida ötkazilgan röyxatga köra, ularning 3448 nafari iş izlovçilar. Ötgan olti oyda ularning 65 foizi iş bilan taʼminlangan.

Hozirda tumanda 98 ta umumtaʼlim, 5 ta maktab- internat, 4 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta texnikum, 1 ta kollej, 1 ta oliygoh   fao­liyat olib boradi. Tuman tibbiyot birlaşmasi   tasarrufida 1 ta bolalar, 2 ta köp tarmoqli, 15 ta oilaviy poliklinika, 4 ta QVP, 1 ta sanitariya epidemiologik osoyiştalik markazi aholiga xizmat körsatib keladi. Turli sohalarda faoliyat olib borayotgan 3073 ta   tadbirkorlik subʼyekti mavjud. Bu   raqamlar zamirida katta ijtimoiy hayot barq urayotganligini tasavvur qiliş qiyin emas.

Ha, nafaqat Surxon vohasida, balki mamlakatimizda ham öz örniga ega tumanlardan biri bu Denovdir. Yaqinda uşbu göşada bölib, yangilanayotgan, obod bölayotgan, har qadamda quriliş, özgariş keçayotgan tumandagi işlar bilan tanişdik. Denov tuman hokimi Abdumalik Allamurodovga deyarli bir kun hamrohlik qildik.

…Selektordan söng hokim buva bilan tumanda yangi taşkil etilgan zavodga ketayotgandik, qönğiroq bölgaç, hokim haydovçiga: “Orqaga   qayting, “Şahrinav”   mahallasiga   boramiz”, dedi. Ikki mahalla odamlari tortişayotgan ekan. Yarim soatda muammo hal etilib, masʼul   rahbarlarga tegişli topşiriqlar   berildi. Bundan söng köp qavatli uylar qurilayotgan kiçik dahaga bordik. Hokimning quriliş böyiça örinbosari boşçiligida bir guruh mutaxassislar, bunyodkorlar yiğilişgan ekan. Birgalaşib bölajak maktab va boğça binosi   qurilişini uzoq muhokama etdilar. Hokim: “Köp qavatli uylarga   odamlar köçib kela boşlaşdi. Aholiga qulaylik kerak.   Maktab va boğça binosini tezda   qurmasak bölmaydi”, — dedi.

Törtta fermer dalasida bölib, ğalla örimining kunlik natijasi suriştirildi. Oldingi kundan 50 tonna kam bölganligi uçun keçasi soat ikkigaça kombaynlar örişni töxtatmasligi qatʼiy   tayinlandi. Ğalla klasterining rahbar-mutaxassislari bilan maslahatlaşildi. Qaysidir fermer dalasiga örim kombayni kiritişga tayyorligini közdan keçirişdi. Xullas, keçasi soat   önda (tan oliş kerak, juda toliqib qolgandim) hokim, endi sizlar borib dam olingizlar, bir soatdan keyin ştab yiğilişi bor, dedi. Siz ham yaxşi dam oling, deya xayrlaşdik.

Ön ikki soatda ön ikki tadbir, qatnaşsa nima qipti, deyişingiz mumkin! Axir öşa tadbirda kötarilgan ön ikkita muammoni yeçiş va ijrosini ham taʼminlaş zarur. Bu narsalarni keltirişimizdan maqsad, körganlarimizning tafsilotini bayon qiliş emas, oçiği, jismonan bir kişiga, sportçiga ham oğirlik qiladigan yumuşlar.

Demoqçimizki, Prezidentimiz bekorga hokimlarning köpgina vakolat   vazifalarini kengaşlar zimmasiga ötkaziş vaqti keldi, deb aytmagan ekanlar. Öttiz yilki hokimiyat qaror, farmoyiş çiqaruvçi va ijro etuvçi “mexanik” organga   aylanib qolgan. Tabiiyki   faoliyatini tahlil qiladi, lekin tanqid qilmaydi. Kengaşlar esa allaqaçon sessiya ötkaziladigan kuni zalni töldirib turadigan guruh yoki xolis tomoşabinga aylanib qolgan. Şunday bölsa-da, bugun öz vazifasini sidqidildan ado etayotgan rahbarlar kam emas. Denov tumani hokimi ham odamlarni rozi qiliş bilan birga yuksak marralarni közlaniga guvoh böldik. Omadini bersin!

Safar OMON,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan