Barxanlarning oq tuşlari
Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi yöllanmasi bilan
(Birinçi maqola)
… Nukusdan Möynoqqa yetib olişning andak muammolari bor ekan: yölovçi taksilar tuşdan keyin bölarkan. Yaʼniki, ertalab ul yoqdan kelgan maşinalar faqat tuşdan keyin bul yoqdan qaytarkan (demak, ulovlar ataylab kelişadi va qaytişga majbur). Dastlabki taassurotlarim çölning şiddatli şamollaridek keskin tartiblardan xabar bermoqda edi. Ixtiyoring özingda emas, amaldagi turmuş yösiniga böysunişga majbursan. Mening mezbonlarim maqbul yölni taklif qilişdi: dastlab Qönğirotgaça boriş va keyin Möynoqqa jönaş. Har holda bu ança jöyali yeçim bölib tuyuldi va men Qönğirotga yöl oldim.
Boşqa sohalarni bilmadim-u, transport masalasida qiyinçilik yöq. Nukusda ham bu yönalişda “kreativ” usullar joriy qilingan ekan, işonç bilan sim qoqasiz, toyçoq gijinglab turibdi-da. Şunday böldi. Salonga kirdim-u, haydovçining “qöşiğini ayta boşladim” – yana kuzovni töldiriş uçun allaqaylardan odamlarni yiğişi lozim ekan. Şunday ham böldi, ikki-uç tor köçaga kirib-çiqdi, maşina barvasta odamlar bilan töldi.
Yöl manzaralari taassurotlarga boy, ayniqsa, bu joylarga birinçi bor qadam qöygan kişi uçun hammasi jozibali, hikmatli tuyulaveradi.
Past böyli butalar, ipakdek eşilib yotgan qum dalasi, baʼzan qalin tuz qatlami közga taşlanadi. Qandaydir maʼnoda tanişlik, yaqinlik, hamohanglik bordek tuyuladi. Idrok etsam, uluğ yozuvçi Çingiz Aytmatovning maşhur romanlarida tasvirlangan hayot manzaralari jonlanayotgan ekan. Xuddi öşa – taşqi tomondan sokin, ammo botinida katta hikmat va asrorlar yaşiringan turmuş tarzi, barxanlar saltanatida çiyralgan odamlar.
Nukus – Beynav yöli xalqaro talablar darajasida bunyod etilgan, u Xöjayli, Şumanay, Qönğirot tumanlaridan ötib, qöşni mamlakatda davom etadi. Qatnov tiğiz, maşinalar köp. Qönğirotga yetgaç, temir kölikni almaştirişga töğri keldi. Bozorga öxşaş tor köçadan (hozir hamma joy bozor) taksilar jönar ekan. Odatdagidek, tirikçilik arqoniga çirmaşgan odamlar, turli yumuşlar bilan yugurişadi, ammo bu tördan çiqib keta olmaydi. Ularning safida göyo faqat men taşvişlardan xolidek edim.
Hassasini oyoq orasiga qistirib olgan odam örindiqni töldirib, oldinda ötiribdi. Orqa örindiqqa örnaşdim, haydovçi çarx urib odam izlaydi. Bir ayol aşqol-daşqolini bagajga tiqdi-yu, kira solib uyquga boş qöydi. Yana bir örin böş. Oldindagi kimsa “Ana, bizding ovulding kelinçagi, şu ketar çiqar” deb qoldi. Haydovçi gaplaşib, köndirib keldi. Kelinçak çol bilan ikki qöllab körişdi, menga ham qöl çözdi. Faqat jinday kutiş kerak böldi, hali suluv kelinçakning yumuşlari bitmabdi. Şu taxlit “Möynoq ekipaji” şakllanib yölga çiqdik. Möynoqda bölmaganman, lekin uning taʼrifi turli axborot vositalarida yetarliça keltirilmoqda, u “trendga aylangan”, men ham şu maʼrakada iştirok etiş uçun topşiriq bilan boryapman.
Möynoq ölkaning eng çekka hududida joylaşgan. Uning joni ham, boyligi ham Orol dengizi bölgan. Bugun bu tarix jahon ahliga maʼlum: Orol Möynoqni ham, uni qadrlamagan, asrab-avaylamagan odamlarni ham tark etib, tubsiz sahroda gumdon böldi. Endi faqat u yoqlardan yoqimsiz xabarlar keladi: dengiz oldin ikkita, keyin tört-beşta köllarga bölinib ketgan… Eng sönggi maʼlumot esa suv deyarli tugagan, faqat çuqur joylarda botqoqlik qolgan.
Balki bu iztiroblar ayni damda mening botinimda keçayotgandir, hamrohlarim esa şu joylarda umrguzaronlik qilib qartaygan odamlar, ularga issiq ham, sovuq ham taniş, issiq ham, sovuq ham farqsiz. Turmuş aravasi ularni yangi bekatlarda sudraydi, taşvişlarning tiğizligidan xotira qatlarini kavlab ötirişga, qolaversa, million marta takrorlangan qöşiqni xirgoyi qilişga hojat yöq. Kelinçak katta qozon yukladi, unda molga kunjara qaynatadimi, rözğorga ovqat tayyorlaydimi (şunday bölsa, kattagina xonadon ekan-da) uning işi, ammo unga ayol kişiga unça qovuşavermaydigan şu yumuş tuşgan ekan.
Qatnov kam, oçiği, ikki soatlar çamasi yölda yurgan bölsak, qarşi tarafdan yetti-sakkiz avtoulov duç keldi, birontasi quvib ötmadi-yov. Biz esa jamoatçilikning nazarini tortgan Möynoqqa ketayotgandik.
Demak, şaharça ança xilvatda joylaşgan, unga ataylab borilmasa, yölovçi maşinalar bölmaydi. Bunday joylarni “xalta-köça” yoki oddiy qilib, “tubkaning tubi” deyişardimi? Muammoning jiddiyligi qirralaridan biri ham şu ekan-da. Har holda, karvon yöllarining ustida joylaşgan manzillarga öz-özidan odamlar oqimi va taraqqiyot taşrif buyuradi. Bu hol ham bir omad.
Salonda sukunat, ovuldoşlar salomlaşib olişgaç boşqa suhbatga örin bölmadi, şekilli, gaplar uzildi. Oldingi örindiqdagi hassali çol haydovçi bilan özaro muloqot qilib ketayapti, uni tanişi, yana tanişlarini tilga oldi. Bu tomon esa kamgap. Saksovul, töranğil (bu joylarda uni “tol” deyişarkan) yöl çetlarida qör tökib turibdi, davomida esa şumurt, jinğovul va yantoqlar. Hakim ota, Jontemir eşon, Ajiniyoz ziyoratgohlari ortda qoldi, ularni çöl butalari panasida köriş qiyin, faqat yöl çetidagi yozuvlar eslatib turibdi. Ularning qatorida yaqinda bunyod etilgan “Oq kema” bolalar oromgohi közga yaltirab taşlanadi – biyobonga zeb berib turibdi.
Nihoyat, odamlar maskanlari közga taşlana boşladi. Çol maşinani öngga qayirişni söradi. Ilonizi yöldan borib, kök darvoza qarşisida töxtaldi. Hassasiga tayangança qiynalib tuşgan çol özini önglab olgaç, “Pulim esimdan çiqib öyda qolgan ekan, keyingi safar olarsan” degança beparvo uzoqlaşdi. Ammo haydovçi qoş uçirib ham qöymadi, heç narsa bölmagandek, orqaga qaytdi. Beixtiyor yuz söm uçun uygaça quvib borişga tayyor şahardagi avtobus nazoratçilari yodga tuşdi. Bir ozdan keyin kelinçak ham manzilini aytdi: “Katta tolli hovli…”. Maşina ketayapti, töxtaşga işora yöq. Nihoyat, haydovçi: “Hovlingiz esingizda bormi?” dedi. Kelinçak esa alanglab, “Ötib ketdingiz-ku. Bizning hovlini bilmaysizmi?” dedi ginali, göyo dunyodagi barça haydovçilar, qolaversa, hamma odamlar uning uyini bilişi kerakdek işonç bilan. Kelinçakning bu beğubor iddaosi menga şu yerliklarning olamşumul dunyoqaraşi ifodasi bölib tuyuldi. Bağrikenglikni qarangki, göyo dunyo yaxlit makon va unda hamma bir-birini tanişi lozim. Kengliklar bağridan Möynoqqa yetib qolganingizni taniş yozuvli lavh yodga soladi.
5-6 çaqirimga çözilgan köça keng va ravon, ikki tarafiga haşamatli çiroqlar örnatilgan. Özingizni katta şahardagidek his qilasiz. Yöl çetida maʼmuriy binolar, kutubxona, sport saroyi, suziş basseyni, muzey, hatto kurant joy olgan. Yölning öngga qayrilgan tarmoği dengiz tölqinlari şaşt bilan urilib, kamar hosil qilgança ortga qaytgan qirğoqqa olib çiqadi. U şaharçadan 3-4 çaqirim narida, ovoz çiqarib çaqirsa, eşitiladigan joyda. Bugun öşa sehrli qirğoq uzoq-uzoqlarga çekinib ketgan, balki qoçib ketgan dengizining ortidan xömraygança qarab turibdi. Qöl yetgudek joyda, quyida “kemalar qabristoni” . U 2010 yilda öşa paytdagi BMT boş kotibi Pan Gi Munning taşrifi munosabati bilan “taşkil qilingan”.
* * *
Möynoqning keyingi taqdirida jiddiy özgariş yasaşga turtki bölgan taşabbus 2017 yil Prezidentning saylovoldi uçraşuvida yangradi. Bu haqda öşa kunlarning jonli guvohi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Bibixon Ötametova şunday eslaydi:
— Saylovoldi uçraşuvi Kegeylida bölib ötgan edi. Öşanda Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev hududdagi ahvolni yaşirmay, butun boriça maʼlum qildi. Yiğilganlardan eng muhim, dolzarb bölib turgan muammolar haqida söradi. Deyarli hamma içimlik suvi yetişmasligini takrorlab ötdi. Nomzod barça masalalar böyiça özining tasavvuri borligi va ularning yeçimi yuzasidan rejalari mavjudligini taʼkidlab, birinçi darajali işkallarni hal qiliş maqsadida 1 trillion söm ajratilişini maʼlum qildi. Bunday eʼtibor yuragimizda sönib borayotgan umid uçqunlarini alangalatdi. Gap-sözlar jiddiy böldi, ularga işonmaslik mumkin emas edi.
Suvning ikkinçi nomi – hayot, obi hayot! Suv bölmasa tirikçilik, umuman, hayot bölmasligi kundek ravşan haqiqat. Afsuski, qoraqalpoq zaminida yillar davomida dengizning qurigan hududidan kötarilgan qum va tuz tufayli butun borliq şörlanib ulgurgan, ayniqsa, içimlik suvi bilan taʼminlaniş öta jiddiy muammoga aylangan edi. Garçi bu boradagi ahvol beş qöldek maʼlum bölsa-da, gaplar vaʼdadan nariga ötmas, 20-25 yillik quruq gaplar esa odamlarning ensasini qotirib, hafsalasini pir qilib ulgurgan edi. Oçiği, öşanda köpçilik bu gaplarni yana navbatdagi quruq vaʼda deb öylagandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning navbatdagi taşrifida gaplar yana ham oçiq va dangal böldi. Davlat rahbari masalani köndalang qöyib, böladigan gapni oçiq aytdi: “Olti oyda suv keladi!” Bu içimlik suvini neça ön yillardan beri kutib yurgan odamlar uçun katta yangilik edi. Öşandagi kayfiyatni uçraşuv iştirokçisi Bibixon Ötametova şunday ifodalaydi:
— Yiğiliş Qönğirot tumani markazida bölgandi. Minbardan davlat rahbari işonç bilan suv kelişini aytdi, qarsaklar yangradi. Yiğilişdan söng möynoqlik vakillar maşinada qaytayapmiz, töğrisi, nimalar bölayotganini idrok eta olmayapmiz. Haqiqatan, keyingi 2-3 yilda Möynoq hayotida şunçalar katta özgarişlar röy berdiki, ular tuşimizga ham kirmagandi. Odamlarimiz asfalt yölni orzu qilardi, trotuarni körmagandi, qulay şaroitlarga ega zamonaviy uylar faqat xayolda edi. Ammo ularning hammasi Möynoq hayotida böy körsatayotgan edi. Suv haqidagi xuşxabarni eşitib, hamma hayajonda, quvonçini qay tarzda ifodalaşni bilmaydi. Ha, toza içimlik suvi bizga özini şunçalik aziz qilgan edi, hovuçni töldirib suv içişni tuşlarimizda körardik, xolos.
Haqiqatan, davlat rahbarining gapi – gap edi, olti oyda Töyamöyindan Qönğirotga toza içimlik suvi keldi. Möynoq tumani aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş muammosini hal qilişga qaratilgan Qönğirot-Möynoq suv inşooti qurildi, nihoyat 101 kilometr uzunlikda vodoprovod quvurlari yotqizilib, toza içimlik suvi yetkazib berildi. Mazkur bunyodkorlik işlariga 26,6 milliard söm sarflandi.
Közga taşlanadigan ikkinçi amaliy qadam — Orolning qurigan tubiga butalar ekiş masalasiga ham jiddiy eʼtibor qaratildi. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, ötgan 42 yilda 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bölsa, 2018-2019 yilda qariyb 500 ming gektarda himoya örmonzorlari barpo etilgan. Töplangan tajribadan kelib çiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar yerni yaşil hududga aylantiriş mumkinligi taʼkidlandi.
Albatta, respublikamiz jamoatçiligi axborot vositalari orqali keyingi 4-5 yilda Orol böyida olib borilayotgan kökalamzorlaştiriş tadbirlaridan yaxşi xabardor. Erta bahor faslida biyday maydonlarda qator bölib, ariq olayotgan traktorlar karvoni göyo sahroda yangi hayot elçilariga öxşaydi. Bu yumuş xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanmiş haşar tarzida taşkil qilindi, yaʼni bu xayrli işga barça viloyatlar, taşkilotlar öz hissasini qöşadigan böldi. Şubhasiz, bu darajadagi işni uyuştiriş oson emasdi: neça yuzlab texnikalar, minglab odamlar safarbar qilingandi. Ularni viloyatlardan jamlaş, juda uzoqdagi çekka hududga yetkazib keliş keng kölamli taşkilotçilikni talab qilardi.
Har holda, muhtaram Prezidentimizning qatʼiy talabçanligi va mohir taşkilotçiligi tufayli hammasi muvaffaqiyatli uddalandi. Bunday keng kölamli yumuş birinçi marta taşkil qilinayotgan edi. Vazifa aniq: dengizning suv tark etgan zaminiga saksovul va boşqa çöl ösimliklarining uruğini qadaş. Şu bilan qurigan dengiz tubida yaşil qoplama yaratiş. Agarki, Orolni tiklaş imkoni bölmas ekan, endi qum köçişining oldini oliş sönggi çora bölib turibdi.
Dengizning qurigan qismi 5,5 million gektar bölsa, şundan 3,5 millioni Qoraqalpoğistonning hududiga töğri keladi. Uning 2 million gektari örmonzorga aylantirilsa, vaziyat ança yaxşilanadi. Buning uçun esa har yili 100 ming gektar maydonga uruğ qadaş kerak böladi. Agar şu tarzda jadal harakat qilib, dengizning qurigan qismi yaşillik bilan öralsa, 15-20 yil orasida qum köçiş xavfini bartaraf etişga erişiş mumkin. Keyingi 4 yilda 1 732 796 gektar maydonga çöl ösimliklari uruği qadaldi. Bu boradagi tajribalarni qozoğistonliklar ham örganib ketişdi. Qurigan dengiz tubida yaşil hudud barpo qilinayotganining ijobiy taʼsirini aholi bilayapti. Keyingi paytlarda qum böronlarining köçişi sezilarli kamaydi.
Albatta, bularning hammasi odamlarning meʼyorida hayot keçirişlariga qaratilgan çoralar. Kelajak haqida ham yetarliça ğamxörlik qilinyapti. Tumanda 93 foiz bola maktabgaça tarbiya muassasalariga jalb qilingan. Bu mamlakat böyiça yuqori körsatgiçlardan hisoblanadi. Bunday natijani taʼminlagan davlat darajasidagi yuksak ğamxörlikni his etmaslik mumkin emas. Jumladan, xususiy boğçalar tarmoğini kengaytirişga katta eʼtibor berildi. Ularga 1 foizli imtiyozli kreditlar ajratildi. Zamonaviy şaklda binolar qurilişiga alohida eʼtibor qaratildi. Ana şunday zamonaviy, hatto namunali tarbiya muassasalaridan biri Furlitov ovulida taşkil etildi.
— Bu ovul tarixida bolalar taʼlim muassasasi – boğça nimaligini bilmagan, — deydi mudira Ulbösin Ortiqova, — ayni paytda ovulda yuz örinli xususiy boğça faoliyat körsatyapti.
Ulbösin matematika öqituvçisi sifatida yoş avlodga taʼlim-tarbiya berdi, tuman xalq taʼlimi bölimini boşqardi. Öşa yillardagi ahvol uning köz öngida. Bir bolaga bir kv.m ham joy töğri kelmasdi, hozir uning “Xadiça” deb nomlanuvçi boğçasida barça zamonaviy talablar joriy etilgan (jumladan, bir bolaga 3,5 kv.m joy töğri keladi), boğçalar taʼmirlaş nimaligini bilmay, ota-onalarning jamğarmasiga qarab turardi. Ovuldoşlar yangi tarbiya maskanining afzalligini allaqaçon his etişibdi, talab juda yuqori ekan. Hamma joylar band, istovçilar esa köp.
Bibisora Turumbetova neft-gaz sohasida işladi, jamoat yumuşlarida faol böldi, xullas, ongli hayotini tumanning ravnaqiga bağişladi. Ayni paytda xususiy boğça taşkil qilib, kelajak egalarining komil tarbiya topişlarida fidoyilik qilmoqda. 2019 yilda imtiyozli kredit olib, iş boşlagan edi. Onaxon davlatimizning eʼtibori tufayli yangi iş örinlari yaratilganidan, daromad manbalari köpayganidan mamnun.
— Saksovulzorlar barpo qiliş ğoyasining naqadar hayotiyligini hayotning özi tasdiqlamoqda, — deydi Bibisora Turumbetova. — Qum köçişlari kamayişi bilan birga yaşil örmon yaratişga ixtisoslaşgan mukammal xöjalik tizimi paydo böldi. Hozir köplab oilalar saksovul uruğini yiğiş bilan band. Hatto ön tonnalab uruğ yiqqan, 70-80 million söm daromad körgan oilalar bor.
“Intilganga toleʼ yor” deganlaridek, ilmiy izlanişlar, yuzaga kelgan ekologik holatdan maqsadli foydalanişga intiliş borasida baʼzi yutuqlar qölga kiritilmoqda. Mutaxassislar öta şörlangan suvda bemalol yaşay oladigan mavjudotni aniqladilar. Bu artemiya bakteriyasi bölib, jonivorlar birin-ketin yöq böla boşlagan şaroitda artemiyalar öşa jadallikda köpaya boşladi, çunki dengizda ularni yeydigan baliqlar qirilib ketdi. Artemiya sistalari akvamadaniyat, agrosanoat, farmatsevtika, tibbiyot va kosmetologiyada qöllaniladi. Ayni paytda mahsulot çet elga eksport qilinmoqda.
Şunday qilib, ikki minginçi yillardan boşlab Qoraqalpoğistonda artemiya sanoatiga asos solindi. 2009 yilda bu yerda artemiya ovlaydigan bitta korxona bölib, yiliga 3 tonna artemiya sistasini yiqqan bölsa, 2018 yilga kelib ularning soni 23 taga, yiğilgan mahsulot esa 580 tonnaga yetdi. Eʼtiborlisi, bu işga çet el korxonalari ham katta qiziqiş bildirdi va “Jasmin gold” MÇJ negizida “Orol artemiyasi” Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi tuzildi. U 2017 yilda öz faoliyatini boşladi. 2021 yilda 29 korxona faoliyat körsatib, 9 105 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Möynoqdagi 6 korxonaning uluşi 5, 9 million dollarga töğri keladi.
Unutilgan Möynoqqa yangi hayot qaytişi bilan köplab yangiliklar paydo böldi. Hatto taksi xizmatining yölga qöyilgani olamşumul özgariş böldi: telefonda buyurtma berasiz, köz oçib-yumgunça ulov tayyor. Holbuki, avvallari bu yerda biron joyga borişning özi katta daxmaza edi. Ravon yöllar oçilib, ularning çetlarida çiroqlar örnatildi, keçalari şaharça çaroğon bölib ketadi. Odamlar töy-tantanalarini orasta restoranlarda ötkazadigan böldi. Zamonaviy uylar qurilişi bilan xonadonlarni xarid qiliş imkoni yaratildi, qançalab oilalar boşpanali böldi. Bu axborotlar kimlargadir şunçaki oddiy tafsilotlardek tuyulişi mumkin, ammo ularning ahamiyatini his etiş uçun 5-6 yil oldingi hayotni köz oldiga keltiriş lozim böladi. Inson yaxşilikni his etib, ezgulikni qadrlasa, bugungi özgarişlarning qadriga yetadi.
Tuman markazida yana qanday özgarişlar röy berdi? “Hunarmandlar qişloği”da baliqçining eski uyi qayta taʼmirlanib, uy-muzeyiga aylantirilgan. U yerda xuddi ötmişga qaytib, Orol baliqçisi kabi xayol surişingiz mumkin. Aynan şu muzey yonida sayyohlar uçun xostel ham taşkil qilingan. Şuningdek, uy-muzeyi qoşidagi dökonda Orol, Möynoq hamda qoraqalpoqlar hayotiga oid har xil suvenirlar sotuvga qöyilgani köpçilikka manzur bölmoqda.
* * *
Boşidan qança siru savdolarni ötkazgan Möynoq tuproği köplab maşhur zotlarga beşik bölganini köplar bilmaydi. Tasavvur qiling: qöl yetgudek joyda dengiz mavj urib turibdi. Uning bağrida va tevarak-atrofida naqd xazinaning özi hisoblanuvçi nabotot va hayvonot olami kengliklarga körk berib yastanib yotibdi. Albatta, bunday serfayz joyda hayot qaynaydi, odamlar uning barakali va orombaxş quçoğiga intiladi. Xuddi şunday, ilm-fanda, adabiyot-sanʼatda, jangovarlik va botirlikda öçmas nom qoldirgan köplab zotlar tarjimai holi Möynoq bilan boğliq. Hatto ularning nomini bir qur sanab ötganda ham kattagina röyxat böladi.
Albatta, Sulaymon Boqirğoniy – Hakim otani yurtimizda jamoatçilik yaxşi biladi. Maşhur şayx Ahmad Yassaviyning suyukli şogirdi, Zangi otaning piri komili bölgan zot asli Xorazm diyorida dunyoga kelgan bölsa-da, ilmda kamolga yetgaç, Möynoq zaminiga taşrif buyurgan, yaʼni ustozi başorat qilganidek, u mingan oq tuya hozirgi Möynoqdan 70 kilometr, Qönğirotdan 23 kilometr berida yastangan hududda “baqirgan” (“Boqirğon” nomi şundan), şu bilan komil şayx va şoirning maskani ana şu obod göşa ekanini xabar qilgan.
Ayni paytda maşhur maşoyix umrguzaronlik qilgan, baʼzi manbalarda Oqqörğon deb qayd etilgan, ayni çoqda Möynoq tumanidagi Hakim ota mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan avliyoning marqadi ustida katta meʼmoriy yodgorlik barpo etilgan. Uning bunyod qilinişida Toşkent viloyatidan taşrif buyurgan quruvçi va meʼmorlar astoydil ğayrat qilganlar. Hozirda bu hududda keng kölamli obodonlaştiriş va bunyodkorlik işlari amalga oşirilayapti.
Toşkent viloyatidan kelgan ustalarning taşrifini şogirdning ustozga hurmati tarzida qabul qiliş lozim. Zero, Zangi ota ziyoratgohi mazkur viloyatda joylaşgan, kelgusida Hakim ota marqadi ham xuddi şu darajada obod qilinadi va yurtdoşlarimizning tabarruk maskanlaridan biriga aylanadi – bu vazifa Yurtboşimizning şaxsan topşiriği sifatida qabul qilingan. Ayni paytda Hakim ota ziyoratgohida qöş gumbazli maqbara qad kötargan, haşamatli bino ham qurilgan, u qiroatxona va muzeyga aylantiriladi. Katta şaharlarnikidan qolişmaydigan namozgoh masjidda hamma zamonaviy şaroitlar mujassam.
Rosti, hozirça atrofi baland yovşanlar, jinğil, şuvoğu yantoqlar bilan qurşalgan taqirda moviy gumbazlarning qad kötarib turişi inson xohişi va irodasi hamma narsaga qodirligini tasdiqlab turgandek tuyuladi. Göyo bir paytlar piri komilning “Tuya çökkan manzilda bir gul oçilib turgan böladi” degan başorati neça yuz yillar ötib bugun qaytadan namoyon bölayotganga öxşaydi. Ha, “oqqan daryolar oqaveradi”, Orol atrofida ham bir kun gavjum hayot qaytadi. Möynoqning umidga töla kengliklarida şunday sado yangragandek böldi.
Möynoqliklar maşhur Berdaq ham şu hududlarda dunyoga kelgan, deb taʼkidlaydilar. Ajiniyoz Quyonboy öğli, Ernazar Olaköz öğli singari ijodkorlikda özlarini namoyon qila olgan va millat madaniyatida maʼlum darajada iz qoldirişga ulgurgan zotlar ham yurtdoşlarining çinakam faxriga aylangan. Hatto jamoatçilik unça bilmaydigan, ammo maqbarasi şu yaqin joyda qad rostlab turgan, hozir ham ixlosmandlarning qadami uzilmaydigan Jontemir botir haqida ham köplab xotiralar, rivoyatnoma hikoyalar mavjud ekanki, ularni tartibga solib örganiş, avvalo, töplaş faqat Möynoq emas, balki qoraqalpoq millati tarixidagi baʼzi voqealarga aniqlik kiritişi, töldirişi mumkin.
Şuningdek, qoraqalpoq ötmiş adabiyotida tez-tez tilga olinib turadigan Kunxöjaning vatani ham Möynoq deb hisoblaydilar. Albatta, bu daʼvolarni tasdiqlaydigan dalillar mavjud, faqat ularni yana ham teranroq örganiş, atrofliça tadqiq qiliş bugunning vazifasi bölib qolayotir. Şuningdek, XVIII-XIX asrlar adabiyoti sahifalarida Utiş, Umar, Abdiqodir nomlari ham bot-bot eslanadi. Bu ijodkorlar ham Orol mavj urgan hududlarda dunyoga kelganlar, bu joylarning tabiatidan ilhomlanganlar, boy ijodiy muhitidan bahra olganlar, öz asarlarida yurtdoşlarining hayotini jöşib kuylaganlar.
Albatta, bu pleyada uzluksiz davom etgan. Bu holni yarim hazil, yarim çin tarzida Orolning xosiyatidan, uning baliqlari şarofatidan, deb izohlaşadi (eʼtibor bering, insoniyat qanday bebaho boyligini boy berib turibdi!). Ötgan asrning boşlarida ölkaga rahbarlik borasida ança dong taratgan Asam Begimov nomini hurmat bilan tilga olişdi. Özida haqiqiy yetakçilik, yölboşçilik qobiliyatlarini mujassamlaştirgan A.Begimov 35 yoşida maşhur rahbar sifatida tanilgan ekan. Taniqli olimlar Tilovbergen Jumamuratov, Jumanazar Bozorboyev va yana köplab ziyolilar bugun unutilayozgan Möynoq ötmişining yorqin damlarini esga solib turadi.
— Möynoqliklarning ertangi kunga umidi, işonçi ötmişning yorqin lahzalaridan kuç oladi, — deydi uzoq yillar “Orol baliqçisi” gazetasi muharriri bölib işlagan Kunsuluv Nosirova, — bunyodkorlik, obodonçilik işlari bilan baravar madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham ötkazilmoqda. Tuman markazidagi Adiblar xiyoboni yoki “Kitob-kafe” qiroatxonasi ana şunday maʼnaviy qadriyatlarimizni eslatib turadi. Bu maskanlarda ertangi kunga umid va uning yaqinligiga işonç yaşaydi.
Orolböyi aholisi hayotini yaxşilaş haqidagi gap-sözlar 50 yillardan beri davom etadi, lekin vaʼdalaru quruq tadbirlar bilan ötgan neça ön yillar bir taraf, keyingi 4-5 yilda qilingan amaliy işlar bir taraf. Jumladan, Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan BMT şafeligida Orolböyi mintaqasi uçun köp şeriklik asosidagi “Trast-fondi” tuzildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi, Orolböyida innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya örmonzorlari, Amudaryo deltasida kiçik suv havzalari barpo etilmoqda. Orol hududiga jon ato etadigan bu saʼy-harakatlar hayotbaxşdir.
Eng keyingi yangiliklardan biri – aviaqatnovlarni yölga qöyiş borasidagi orzular ham amalga oşdi. 12 sentyabr kuni Toşkent – Nukus – Möynoq yönalişi böyiça uçgan samolyot Möynoqqa qöndi. Endi bu parvoz doimiy böladi, haftaning duşanba kunlari hatto Möynoqdan Nukusga samolyotda boriş imkoni yaratildi.
Dengiz mavjlari töxtagan hududda yaratuvçilik, bunyodkorlik bir zum tinim bilgani yöq. Xuddi şunday! “Keling, döstlar, Möynoq yoqqa; kelsangiz, kelajak uçun olib borilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlarining guvohi bölasiz”, deydi mehmondöst döstlar.
Joningni taslim qilmay tuproqqa,
Kelsang böy bermasdan qiynoqqa.
Yangi jannat ruhi hamroh böladi –
Qadam bosişing bilan Möynoqqa!
Hakim SATTORIY
